Amaliy ish
Amaliy mashg`ulotni boshlashdan avval taom pishirish bo`yicha sanitariya – gigiyena talablarini o`quvchilarga eslatib o`tiladi.
Taom tayyorlash vaqtida gaz elektroplitasidan foydalanishda issiq idishlar, issiq suyuqliklar, o`tkir asboblar bilan ishlashda texnik havfsizlk qoidalariga qa`tiy rioya qilish kerak.
Ish joyini tashkil qilish.
Pazandachilik darslarida amaliy ishlarni 4 –5 ta o`quvchilardan iborat guruhlar bilan o`tkazish maqsadga muvofiqdir. Har bir guruhga boshqaruvchi tayyorlanadi va guruh a`zolariga boshqaruvchisi masalliqlar, idishlar, taomlarni tayyorlash bo`yicha qancha miqdorda mahsulot solinishi belgilangan ko`rsatmali karta beradi. Guruh boshqaruvchisi tomonidan guruh a`zolariga kim qanday ish bilan bandligi bo`lib beriladi.Ish joyini to`g`ri tashkil qilinish taomning sifati va tez tayyorlab topshirilishiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |