Ta'lim sohasidagi islohotlar.O’zbekiston ovozi.Ijtimoiy-siyosiygazeta.
70
Fransiyada
sharqshunoslik
Institutlarining
shakllanishi
va
Sharq
mamlakatlari madaniyatibilan qiziqishi XIX asrning oxiridan boshlandi. XX
asrning ikkinchi yarmidan Markaziy Oiyo mutafakkirlarining ilmiy merosiga doir
tadqiqotlar, jumladan falsafa, astronomiya, matematika, musiqashunoslik fanlariga
doir tadqiqotlar ko’plab qilina boshlandi. XXI ning boshlaridan bugungi kungacha
Beruniy ijodiga doir 16 ta, Ibn Sino ijodiga doir 13 ta, Xorazmiy, Forobiy,
Farg’oniy ijodlariga doir 20 dan ortiq asarlar chop etildi.
Fransiya ta’lim tizimiga e’tibor bersak maktab ta’limida har bir fan
doirasida fanning tarixi va unga hissa qo’shgan olimlarning ijodi o’qitilib boriladi
(2.2 bobda qarang). Bunday yo’l orqali o’quvchilarning fanga bo’lgan qizishi
orttirilib, olimlarning hayoti va asarlari bilan tanishtirib boriladi. Fanni o’qitishda
Yevropalik olimlarning, ayniqsa fransuz sharqshunoslarning ilmiy tadqiqotlari
orqali o’quvchiga vatanparvarlik ruhiyati tarbiyalanadi.
Fransuz sharqshunoslarining asarlarini tahlil qilib, uni yurtimiz ta’lim
tizimida qo’llasak, Fransiya va O’zbekistonning ilmiy hamkorligidan,
tajribalarning almashinuvidan yangi ilmiy imkoniyatlar ochiladi. Bu esa
umumta’lim, o’rta va oliy ta’lim tizimimizda ijobiy ta’sir qiladi. Shu maqsadda
fransuz sharqshunoslarining Sharq ma’naviy merosiga oid tajribalaridan maktab
ta’limida foydalanish yuzasidan quyidagi takliflarni ilgari suraman:
-
7-sinf o’zbekiston tarixi darsligida Sharq ma’naviy merosi haqida
gapirilganda, xorijiy davlatlardagi ushbu mavzularga oid tadqiqotlarni yoritish;
darslikda Xorazmiy, Beruniy Ibn Sino va boshqa allomalarning hayoti va faoliyati
yoritiladi-yu, ammo chet el mamlakatlardagi ilmiy merosi bilan bog’liq masalalar,
ularning g’arb ilmiga bo’lgan ta’siri yoritilmaydi. Vaholanki, Yevropa
mamlakatlarida fan tarixi doirasida fanning taraqqiyotiga hissa qo’shgan
olimlarning asarlari va ularning nazariyalari o’qitiladi;
-
Milliy istiqlol g’oyasi darslarida Yevropalik olimlarning Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqa allomalarimizning ilmiy merosiga doir
tadqiqotlari haqida gapirish, ularni turkumlash va ulardagi insonparvarlik,
vatanparvarlik g’oyalarining mujassamligini ko’rsatish;
71
-
Aniq fanlar doirasida fransuz matematik va asronom olimlarining
Beruniyning astronomiya, matematika, fizika, metafizika fanlariga oid asarlarini
o’rganganligini, shuningdek, qiyosiy tahlil qilganligini va shu tahlillar asosida
yangi zamonaviy nazariyaga asos solganligini aytib o’tish;
-
Fransiz olimlarining tadqiqotlari O’zbekistonda umumiy ta’lim
maktablarda, fransuz tilida ixtisoslashgan sinflarda yoki umuman fransuz tili
darslarida ushbu mavzular o’qituvchi tomonidan fanga bog’lab o’tilishi, shular
bo’yicha ilmiy uslubiy qo’llanmalar yaratilishi, ommaviy axborot vositalarida
chiqilishi lozim;
-
Beruniyning tarixiy qarashlarini, qadimgi xalqlarning urf-odat va
marosimlarini o’rganganligini va ularning fransuz tarixchilari asarlarida qanday
yoritilganligini tarix fani darslarida ko’rsatib o’tish;
-
Hozirgi kunda fransuz olimlarining Beruniy va Ibn Sino asarlari
haqidagi qarashlarini o’zbek olimlarining qarashlari bilan qiyoslab ko’rish va
yagona xulosaga kelish zarur deb bilaman;
-
Har zamonda ham Yevropalik olimlar uchun Ibn Sino, Beruniy
asarlari ularning diqqat markazida bo’lib o’rganilganligi, shuningdek o’zining
yuksak bahosini topganligini tarixiy faktlar asosida yoritish;
-
Ixtisoslashtirilgan fransuz tili sinflarida hozirgi fransuz olimlarining
aynan Ibn Sino va Beruniy asarlari yuzasidan tadqiqot olib borilayotgan olimlar
bilan uchrashuvlar o’tkazish;
-
Maktablarda dars berayotgan iqtidorli tarixchi, filologlarni fransuz
maktab o’qituvchilari orasida onlayn konferensiya va uchrashuvlarni amalga
oshirish, ularni fransiyaning sharqshunoslik maktablariga malaka oshirish
kurslarida yuborish.
Fransiya sharqshunos olimlari Shimoliy Afrikaning Aljir Xalq Demokratik
Respublikasida joylashgan Xalqaro Beruniy astronomiya klubining a’zosi sanaladi
(ma’lumki, ushbu davlat 1848-1962-yilgacha Fransiya mustamlakasi bo’lgan).
Ushbu klub 1983-yil 17-fevralda Abu Rayhon Beruniy xotirasiga atab tashkil
etilgan. Rasmiy tili fransuz tili hisoblanadi. Bugungi kunda Fransiya, Rossiya,
72
Portugaliya, Tunis, Suriya va boshqa ko’plab Afrika qit’asidagi davlatlar ushbu
klubga a’zo sifatida ilmniy faoliyat yuritishadi. Klubga Beruniyning astronomiya
sohasida qilgan ijodi ko’plab tadqiqotlar orqali yoritilib konferensiya va ilmiy
anjumanlar o’tkazilib kelinadi. Fransiyaning ushbu klubga a’zoligi mamlakatda
Sharqshunoslik ilmining rivojlanishida, Beruniy asarlari orqali mamlakatda
astronomiya, astrologiya, falakiyotshunoslik fanlariga oid yirik ilmiy manbalar
to’planishiga sabab bo’lmoqda. Markaziy Osiyo respublikalari orasida O’zbekiston
ushbu klubga a’zo bo’lsa, yurtimizda aniq fanlarning taraqqiy etishiga, hamda
Beruniy ilmiy merosiga bo’lgan qiziqishning ortishiga va ta’lim tizimimizda jahon
tajribasidan yanada unumli foydalanishga olib keladi. Zero, muhtaram
yurtboshimiz
Do'stlaringiz bilan baham: