3.2. Maktab tarix ta’limida Fransuz sharqshunoslari tajribasidan foydalanish
Barcha insoniyat bitta sayyorada yashayapti va biosferaning bir qismi
hisoblanadi. Olimlarning tushunishicha insoniyat kelajagi dunyo miqyosidagi
insoniy ehtiyojlar tizimining o’sishiga bog’liq bo’lib qoldi. Ushbu jarayonda
dunyoni anglash, barcha fanlardan foydalanish, shuningdek inson ehtoyijlarini va
orzularini qanoatlantirish zarurligi tushunildi. Bunda insoniyat jadal sur’atda
barcha fan sohalarida ya’ni sport, tarbiya, madaniyat, ilmiy-texnika, axborot
kommunikatsiya, ijtimoiy va tabiiy fanlar, shuningdek ko’plab sohalarda
hamkorlikni yo’lga qo’ydi. Butun insoniyat madaniyati ilmiy bilimlarni o’z ichiga
olgan yirik meros bo’lishi mumkin. Ilmiy bilimlar har bir insonga tabiat va
jamiyatni chuqurroq tushunishga, hozirgi va kelajak avlodga sifatli hayot tarzini
oshirishga, sog’lom muhit yaratishga yordam berishi mumkin.
Ilmiy bilimlar taraqqiyoti insoniyatga turli kasalliklarning davolash
usullarini va hayot umrining uzayishiga olib keladi. Dunyoning ko’plab qismida
aholining qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarish ehtiyojining o’sib bormoqda.
Ushbu jarayon insonga texnologik ishlanmalar va yangi energetik manbalarni
topishga imkon yaratmoqda. Yangi ilmiy bilimlar insoniyatni texnikaviy yutuqlar,
ilmiy, madaniy va intellektual salohiyatini boyitish bilan birgalikda iqtisodiy
rivojlanishni ta’minlaydi.
Ilmiy fikr yuritish manbalarni turli xil ko’rish, ularni tushunish, tabiiy va
ijtimoiy sohalarda tanqidiy tahlil qilish qobiliyatiga tayanadi. Shunday qilib
insoniyat hayotida fanning rivojlanishi erkin va tanqidiy fikr yuritishga tayanadi,
hamda YUNESCO Nizomida aytilganidek, ilmiy jamoaga urf-odat, madaniyat va
dinlarining kelib chiqishiga yordamlashadi. Ilmiy sohada millarlararo hamkorlikda
ishlash dunyo miqyosidagi xavfsizlikni va tinchlikning rivojlanish shakllarini
ta’minlaydi, ilmiy yutuqlarning keyingi bosqichlarini tezlashtiradi.
Yuqorida ta’kidlaganimdek, yurtimiz mustaqillikka erishganidan so’ng
barcha sohalar qatori, ta’lim tizimida ham o’z yo’lini tanlab oldi. Yurtimizda ta’lim
68
tizimini o’qitishda qadimdan mavjud tariximiz, dinimiz va ma’naviyatimiz bilan
bog’langan holda olib borilmoqda. Ushbu jarayonda chet el davlatlarning sinovdan
o’tgan tajribasidan foydalanish, rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikni yo’lga
qo’yish, ular bilan tajriba almashinish lozim bo’ladi.
Ma’lumki Sobiq Ittifoq davrida tilimiz, dinimizva san’atimiz, shuningdek,
buyuk allomalarimizning nomlari, ularning bebaho asarlari kamsitilar, ularni
o‘rganish, rivojlantirishga yo‘l qo‘yilmas edi. Buning zamirida xalqimizni
ijodkorlikdan, yaratish tuyg‘usidan begona qilib ko‘rsatishga urinish, uning milliy
tarixi yo‘q, degan soxta va g‘arazli fikrni odamlar ongiga singdirib, ularni mute va
qaram qilishga qaratilgan makkor siyosat yashirin edi. Stalinning totalitar tuzumi
o’zining yuqori bosqichiga chiqqan bir davrda, Yevropa jamiyatida rivojlanishning
yangi bosqichi ya’ni moderniatsiya jarayoni boshlandi. Bu jarayon Yevropa ta’lim
tizimida ijobiy ta’sir qilib, ilmiy tadqiqotchilik, texnika va ijtimoiy sohalarda
ko’zga ko’rindi. Bugungi kunda yarim asrdan ortiq vaqt o’tibtiki, g’arb ilmida va
ilmiy tadqiqotchilik sohasida yirik ilmiy meros jamlandi. Fransiya, Germaniya,
Angliya va boshqa davlatlarda Sharq ma’naviy merosiga oid qilingan tadqiqotlar,
ularning xulosalari asnosida o’ziga xos maktab shakllandi.
Mustaqillikning dastlabki davrlarida yurtboshimiz Sobiq Ittifoq tomonidan
yurtimizga yuritilgan achinarli siyosat natijalariga barham berishda, xalqimizning
bunyodkorlik, ijodkorlik dahosini qayta uyg‘otishga, uni o‘z taqdiri, o‘z hayotining
tom ma’nodagi egasiga aylantirishga bosh sababchi bo’ldilar va bizga taraqqiyot
yo’lini ko’rsatdilar. Ayni paytda zamonning o’zi yangicha taraqqiyot yo‘lini
taqozo etardi. Yurtboshimiz tomonlaridan xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini
inobatga olgan holda boshlab berilgan islohotlar yurtimizdagi barcha sohalarni
qamrab oldi. Yurtimizda ta’lim tizimi uzoqni ko’zlab bosqichma-bosqich Davlat
dasturi asosida isloh qilina boshlandi. Bunday oqilona yo’lni ko’ra bilgan
yurtboshimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |