- jahon xo’jaligining paydo bo’lishi va kengayishi;
jahon xo’jaligining chuqurlanishuvi;
Hozirgi zamon jahon xo’jaligi bir xil bo’lmasdan unga o’zining ijtimoiy tarkibi, siyosiy tuzumi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish munosabatlari, shuningdek xalqaro iqtisodiy munosabatlar ko’lami, xarakteri va shakllari ilan ajralib turadigan milliy xo’jaliklar kiradi.
Хalqaro mehnat taqsimoti. Hozirgi jahon xo’jaligining asosini xalqaro mehnat taqsimoti tashkil etadi. Mehnat taqsimotining oddiy shakli, jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida erkaklar bilan ayollar, keksalar bilan yosh bolalar o’rtasidagi mexnat taqsimoti bo’lgan. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan jamoa o’rtasidagi mehnat taqsimoti ham o’zgardi. Endi u nafaqat jamiyatning ichki qismidagi mehnat taqsimotidan tashkil topibgina qolmasdan, balki xo’jalik tarmoqlari, konxonalar va hatto unda ishlaydigan ishchilar o’rtasidagi mehnat taqsimotini ham qamrab oldi.
Хalqaro mehnat taqsimotining ajralmas qismi geografik mehnat taqsimotidir. U hududlarning ixtisoslashuvini, mahsulotlar va xizmatlar ayirboshlashini ifodalaydi. Geografik mehnat taqsimotining oliy shakli – xalqaro mehnat taqsimoti bo’lib, u ayrim mamlakatlar xo’jaligining ma’lum mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashini va bu maxsulotlarni boshqa mamlakatlar bilan ayirboshlashini bildiradi. Хalqaro mehnat taqsimoti eng avvalo moddiy ishlab chiqarish tovarlarining xalqaro savdosi bilan ifodalanadi, lekin u shuningdek, xizmatlar ayirboshlashini ham o’z ichiga oladi (xalqaro turizm, moliyaviy vositachilik, transport xizmati, kadrlarni o’qitish va boshqalar).
Jahon mamlakatlarining o’zaro iqtisodiy aloqalari faqat tovar savdosi va xizmat ayirboshlashi bilan cheklanmaydi. Hozirgi jahon xo’jaligi kapital oqimlari va odamlarning migratsiya oqimlari mavjudligi, ularning aralashib ketganligi bilan xarakterlanadi. Bularning hammasi birgalikda “Хalqaro mehnat taqsimoti” tushunchasini tashkil etadi.
Jahon mamlakatlari xo’jalik qiyofasini ularning xalqaro ixtisoslashuvi belgilab beradi. Masalan, Yaponiya radioelektronika va robototexnika, avtomobil, dengiz kemalarining yirik eksportyori hisoblanadi. Saudiya Arabistoni, Quvayt va Fors qo’ltiђining boshqa mamlakatlari neft eksportiga ixtisoslashgan. Har qanday mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotiga jalb etilishi birinchi navbatda ishlab chiqarish kuchlari va rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Shu sababli yuksak darajada sanoatlashgan mamlakatlar qimmatbaxo mahsulotlar – mashina va jihozlar, kimyo sanoati mahsulotlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib, xalqaro mehnat taqsimotida yetakchilik qiladilar. Rivojlanayotgan mamlakatlar esa mineral xom ashyo va qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan xalqaro savdoda ishtirok etadilar. Jahon xo’jaligi insoniyatning butun tarixi davomida shakllangan. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Yevropa va Osiyodan keyin Yer kurrasining boshqa qit’alari ham xalqaro savdoga jalb etildi. Qit’alar o’rtasidagi mahsulotlar almashinishi jahon bozorining paydo bo’lishiga olib keldi. Transportning rivojlanishi bu bozorning bundan keyingi rivojlanishiga yordam berdi. Dengiz transporti barcha qit’alarni bir-biri bilan bog’ladi. XIX asrning 2 yarmidan boshlab temir yo’llarining uzunligi keskin oshib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |