Moldova respublikasi.
Maydoni: 33,8 ming km2 Aholisi: 4 mln. kishi (2007), 3,6 mln. Rasmiy tili: moldavan tili. Aholisining diniy tarkibi: pravoslavlar. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: Moldova leyi. Poytaxti - Kishinyov shahri (aholisi 850 ming kishi).
Mamlakat janubi - sharqiy Yevropada joylashgan. Shimolda Ukraina, shark va janubi-garbda Ruminiya bilan chеgaradosh. Ma'muriy jixatdan 33 rayonga bulinadi.
Davlat tuzumi - rеspublika. Davlat boshligi -- Prеzidеnt. Hukumat boshlig`i- Bosh vazir. Qonun chiqaruvchi organ - parlamеnt.
Mamlakat 1359 yilda vеngеrlardan ozod bo`ldi va mustaqil Moldova knyazligi tashkil topdi. Kеyinchalik turklar bosib oladi. 1812 yilda ruslar xokimiyatni turklardan tortib oladi. 1918 yilda Ruminiya tarkibiga o`tadi. 1940 yilda Rossiya yana bosib oladi. 1991 yil 27 avgustda mamlakat uz mustakilligiga erishadi.
Moldova Respublikasi, Moldaviya - Yevropaning janubi sharqidagi davlat. Davlat boshlig‘i - prezident. Moldova Respublikasining tarkibiga aholisi rus va ukrainalardan iborat, o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan. Pridnestroviya respublikasi ham kiradi. Mamlakatning etnik tarkibi: 64,5% - moldovanlar, 13,8% - ukrainlar, 13% - ruslar, 3,5% - gagauzlar.
Mamlakat iqlimi - iliq, mo'tadil kontinental. Moldovada 53 ta suv ombori mavjud. Mamlakatning eng katta tabiiy boyligi - serhosil qora tuproq. O'rmonlar mamlakat hudidining 9 foizini egallagan, janubda dashtlar hukmron. Mamlakatda zilzilalar va suv toshqinlari ko'p sodir bo'ladi.
Xo‘jaligi. Moldaviya (Moldova) - agrar mamlakat. 1990-yildagi iqtisodiy tanazzul ko'plab sanoat korxonalarining yopilishiga, olib keldi. Shu sabab aholini ko‘p qismi boshqa davlatlaridan ish qidirishga majbur bo'lgan.
Qishloq xo'jaligi ekinlari mamlakat hududining 54% egallagan. Moldovaning keng vodiylari va tog' yonbag'irlari bog', uzumzorlar, bug'doy va makkajo'xori dalalari bilan qoplangan. Bu yerda kungaboqar, qand lavlagisi, uzum, mevalar, yong'oq, kartoshka, tamaki va boshqalar yetishtiriladi. Mamlakatda yirik shoxli mol, qo'y (jumladan, qorako'l), cho'chqa va parranda ko'paytiriladi. Bundan tashqari bahqchilik va asalarichilik ham yo'lga qo'yilgan.
Sanoatning asosiy tarmoqlari: mashinasozlik (qishloq xo'jaligi mashinalari va sovutish uskunalari), vinochilik, konservachilik, yog' mahsulotlari, shakar va tamaki ishlab chiqarish hamda to'qimachilik sanoati rivojlangan.
Asosiy eksport mahsulotlari: vino, konyak, tamaki, mevalar, sabzavotlar, go'sht, gazlamalar. Tabiati. Mamlakat hududi qirlarga boy tekislik bo'lib vodiylar va jarliklar bilan ajratilgan. Shimolda Moldovey-de-Nord platosi va Bels tekisligi, markaziy qismda emanzorli Kodru qirlari, sharqda Nistru tepaligi; janubda Bujyakuluy dashti joylashgan. Moldova hududida relyefhing karst ko'rinishi keng tarqalgan.
Yirik shaharlari: Tiraspol (200 ming kishi), Tiginya (180 ming kishi), Bеltsi (100 ming kishi).
Tеmir yo`llar uzunligi 840 km, avtomobil yo`llari uzunligi 11700 km. YaMM aholi jon boshiga hisoblaganda 920 AQSh dollari, YaIM esa 2187 AQSh dollariga tеng. Pul birligi: Moldova lеyi.
Do'stlaringiz bilan baham: |