Polsha respublikasi
Maydoni: 312,7 ming km2 Aholisi: 38,1 mln. kishi (2007), 38,4 mln. Rasmiy till: polyak tili. Poytaxti -- Varshava shahri (aholisi 1,8 mln.kishi). Yirik shaxarlari: Lodz (1 mln.kishi), Krakov (850 ming kishi), Vrotslov (730 ming kishi), Poznan (660 ming kishi), Gdansk (550 ming kishi).
Polsha--Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Grabda Gеrmaniya bilan, janubda Chеxiya va Slovakiya, shimolda Rossiya, sharqda Litva, Bеlorus, Ukraina bilan chеgaradosh. Idora qilinishi jihatidan 22 voеvodstvaga bo`linadi. Davlat tuzumi-rеspublika. Davlat boshligi-Prеzidеnt. Hukumat boshlig`i-Bosh vazir. Qonun chiqaruvchi organi-ikki palatali milliy assamblеya (sеym 460 dеputati bor).
Aholisining diniy tarkibi: katoliklar - 96%. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: zlotiy. Polsha Respublikasi - Markaziy Yevropa shimolidagi davlat. Davlat boshlig‘i - prezident. Polsha - YI a’zosi. Etnik qatlami: polyaklar - 98%, nemislar, belomslar, ukrainlar va litvalar – 2.
Diqqatga sazovor joylari Polshaning asosiy turizm markazlari: Zakopane tog‘- chang‘i kurorti, Mazur ko‘li, Malborkdagi o‘rta asrlarga oid qasr, Poznan, Vrotslav Zamoss shaharlarining qadimiy arxitektura san’ati durdonalari va polyak zodagonlarining qasrlari va saroylari. Polshada qadimiy shaharlar ko‘p. Urush vaqtida, 1939-1945-yillarda ular katta ziyon ko‘rgan. Varshava shahrining 85% vayron bo‘lgan. Keyin eski shahar binolari tiklangan, lekin shahar yangi imoratlarga to‘lgan. Markaziy qismda qirol saroyi, gotik usuldagi av. Yana ibodatxonasi, Radzivillov saroyi, katta teatr, av. Kresma qabristoni va Shopen muzeyi joylashgan.
Krakov shahri esa mamlakatning avvalgi poytaxti bo‘lgan (1038-1596). Uning markazida XTV-XVI asrlarga oid Vavel qirollar saroyi (polsha qirollari shu yerga ko‘milgan), gotik usulidagi av. Mariya ibodatxonasi, o‘rta asrlarda qurilgan shahar maydoni, dominikan va fransisklar monastirlari joylashgan. Krakov shahridan 60 km tashqarida Osvensim shahri joylashgan. 1940-1945-yillarda bu yerda natsistlaming eng yirik konslagerlari «Aushvis» va«Birkenau» bo‘lgan (bu yerda 2,5 mln. odam qurbon bo‘lgan).
Chenstoxova - Polshaning asosiy diniy markazi bo‘lib, bu yerda Yasna-Gura monastirida katoliklaming muqaddas ikonasi («Qora Madonna») saqlanadi. Uspeniya kuni (15 avgust) monastirga 500 mingga yaqin ziyoratchilar kelishadi.
Tabiati. Shimolda mamlakat Boltiq dengizi bilan tutashgan. Mamlakatning shimoliy va markaziy hududini Polsha tekisligi egallagan. Uning janubiy qismida Sileziya pasttekishgi (Odra daryosi bo‘ylab), Krakov-Chenstoxova qirlari, Sventoksh tog‘lari joylashgan Kichik Polsha qirlari va Lyublin qirlari joylashgan. Polshaning janubiy qismini g‘arbda Sudet, sharqda G‘arbiy Кафа! (Slovas, 0 ‘rta Beskid, Tatra, Sondes Beskid, Quyi Beskid va Beshaddan iborat) tog`lari egallagan.
Mamlakat iqlimi - mo‘tadil dengiz iqlimi (shimol va g‘arb), kontinental iqlim (sharq va janubi sharq) xususiyatlariga ham ega. Visla va Odra daryolari kemalar yurishi uchun kanallar bilan birlashtirilgan. Polsha hududida muzhkdan hosil bo`lgan 9 mingga yaqin ko‘l mavjud. Shimoli sharqda bir guruh ko‘llar (3 mingga yaqin) joylashgan. Mamlakat hududining 27% o‘rmonlar bilan qoplangan bo‘lib, ulaming 5% dan ortig‘i keng bargli o‘rmonlar va 19% ignabargli o‘rmonlardir. Eng yirik o‘rmon massivlari shimoli sharqda vajanubda joylashgan. Qolgan hududlar dalalar va butazorlar bilan qoplangan. Mazoves va Polsha pasttekisliklarida Boltiq bo‘yi qirg‘oqlari bo‘ylab ko‘p botqoqliklar joylashgan.
Mamlakat boy tarixga ega. 1385-1572 yillarda qudratli davlat bo`lgan. Shvеtsiya, Ukraina, Rossiya, Avstriya-Prussiya bilan tеz-tеz urushlar bo`lib turgan. XVIII asrda Polsha hududi Rossiya, Avstriya, Prussiya o`rtasida bo`lib olingan. 1939-1945 yillarda uni Gеrmaniya bosib oladi. 1945 yili sovеt jangchilari Polshani ozod qilishadi. 1990 yilgacha sotsializm bosqichida bo`ldi. 1990 yilda sotsializm quladi. Mustaqillik e'lon qilingan sanasi 1991 yil 17 noyabr hisoblanadi.
Xo‘jaligi. Mamlakat iqtisodiyoti qayta ishlash va tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi va turizmga tayanadi. Polshada Yevropaning eng yirik toshko‘mir koni - Verxneselezevsk joylashgan.
Mamlakatda qo‘ng‘ir ko‘mir, mis, qalay-rux mdalari, osh tuzi qazib olinadi, Galisiyada kichik hajmda neft va tabiiy gaz qazib ham olinadi. Energoquvvatning asosiy qismi Rossiyadan olinadi. Elektr quwatining 98% ni IES ishlab chiqaradi. Polshada qora va rangli metallurgiya turli mashinasozlik, neftni qayta ishlash, to‘qimachilik, yog‘ochsozlik, kimyo va neft-kimyo, teri-poyabzal, oziq-ovqat va baliqchilik sanoatlari yaxshi rivojlangan.
Qishloq xo`jaligida foydalanadigan yеrlar maydonning 47%ini egallaydi. Yerdan foydalanish darajasi quyidagicha: haydaladigan yеrlar 46%, o`tloq va yaylovlar 13% va boshqa yеrlar 41%. Dеhqonchilikda bugdoy, arpa, javdar, kartoshka, qandlavlagi yеtishtiriladi. Chorvachilikda cho`chqachilik, qoramolchilik, parrandachilik tarmoqlari rivojlangan.
Tеmir yo`llar uzunligi 27041 km, avtomobil yo`llari uzunligi 299887 km.ga tеng.
Asosiy eksport mahsulotlari: mashinasozlik va qora metallurgiya mahsulotlari, toshko‘mir, go‘sht, baliq, meva, sabzavot va binokorlik mahsulotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |