PORTUGALIYA
Maydoni-92,3 ming kv.km. Aholisi-10,3 mln kishi. Poytaxti - Lissabon shahri (700 ming kihi). Mamlakat janubi-g’arbiy Yevropada, Pireney yarim orolining g’arbiy qismida joylashgan. Madeyra va Azor orollari ham Portugaliyaga qaraydi. Shimol va Sharqdan Ispaniya bilan chegaradosh bo’lib, g’arb va janubdan Atlantika okeani suvlari bilan yuviladi. Ma’muriy jihatdan 22 okrugga ajratiladi. Davlat tuzumi- respublika. Davlat boshlig’i-prezident, hukumat boshlig’i- bosh vazir. Qonun chiqaruvchi hokimayiti- parlament. Dini-katoliklar 90%, Protestantlar 8%, boshqalar 2%
Davlat tili- Portugal tili. Aholining 99,7 % ni portugallar tashkil etib, 10 ming braziyaliklar, 15 ming ispan, 1 ming ingliz hamda boshqa millat vakillari bor. Mamlakatdan tahsqarida 2.2 mln Portugal yashaydi. Aholi zichligi har km.kv maydonga 294,8 kishidan to’g’ri keladi. Tug’lish darajasi har ming kishiga 11 ta, o’lim darajasi esa 10 ta bo’lib, aholining yilik o’sishi 0,3% ga yetadi. O’rtacha umr ko’rish erkaklarda 72, ayollarda 79 yoshga teng. Portugaliya- BMT, XVF, NATO, YEIHga a’zo.
Mamlakat boy tarixga ega. Bu yerda davlatchilik eramizdan avvalgi ikkinchi asrda boshlangan. Ko’p marta fransuzlar bilan jang olib borgan. 1810 yilda inglizlar yordami bilan fransuzlardan ozod qilingan. 1908 yilda mamlakat podshosi Karlos-1 o’ldirilganidan keyin respublika deb e’lon qilindi.
Mamlakat iqlimi subtropik iqlim bo’lib, o’rtacha havo harorati + 18C. Portugaliya shimoli past tog’liklardan iborat. Yirik daryolari- Taxo, Duero, Gvadiana. O’rmonlar 5% maydoni egallaydi. Unga buk, qarag’ay, dub, evkaliptlar o’sadi. Hayvonlardan bo’ri, tulki, silovson, quyon cho’chqa, bugu’lar bor. o’plab kaltakesak va ilonlarni ham uchratish mumkin. Portugaliya industrial-agrar mamlakat. Mamlakat volfram ( xalqaro ahamiyatga molik) kam miqdorda mis, neft, uran va marmar qazib olinadi. Tikuvchilik, to’qimachilik va trikotaj poyabzal sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat korxonalarida baliq, konserva, uzumni qayta ishlash vinochilik asosiy o’ringa ega.
Yerdan foydalanish darajasi quyidagicha: Haydaladigan 32%, otloq va yaylovlar 16% o’rmonlar 5% va boshqa yerlar 37%. Qishloq xo’jaligidagi asosiy yo’nalish uzumchilik va sitrus mevalarni yetishtirish hisoblanadi. Bug’doy, makkajo’xori, javdar, kartoshka, arpa, suli, loviya va savzavot ekinlari ham yetishtiriladi. An’anaviy tarmog’i baliqchilik. Mmlakat sardiniya balig’I eksporti bo’yicha dunyoda 2- o’rinda turadi.
Yirik shaharlari: Portu (330 ming kishi), Imbra (90 ming kishi), Faru (40 ming kishi). Mamlakatda temir yo’llar uzunligi-3163 km, avtomobil yo’llar uzunligi - 73661 km ga teng.
Eksporti: 6.4 mlrd AQSH dollari, tayyor kiyimlar( 30%), paxta to’qimachiligi, qog’oz, baliq konservasi, vino, karton, uskunlar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |