LYUKSEMBURG
Poytaxti: Lyuksemburg shahri. Maydoni: 2,6 ming km2 Aholisi: 500 ming kishi (2007), 600ming kishi (2016). Rasmiy tillari: lyuksemburg, fransuz, nemis tillari. Aholisining diniy tarkibi: katoliklar - 87%, qolgani - protestantlar, musulmonlar va boshqalar. Davlat tuzumi:konstitutsiyaviy monarxiya. Pul birligi: yevro.
Lyuksemburg, Buyuk Lyuksemburg Gersogligi - Yevropaning shimoli g‘arbida joylashgan davlat. Davlat boshlig‘i - gersog. Lyuksemburg - YI a’zosi. Aholisining etnik tarkibi: lyuksemburglar - 63%, italyanlar, portugallar, fransuzlar, belgiyaliklar va nemislar - 37%.
Mamlakat hududi qirlardan iborat. Shimolda Arden tog1 massiv qismlari, janubda tepaliklar sharq tomon zina tarzida pasayib boradi shunindek bu yerda, voha daryolari mavjud. Lyuksemburg iqlimi mo‘tadil, dengiz iqlimidan kontinental iqlimga o’zgaruvchan. lyulning o‘rtacha harorati +18° C, yanvarda 0° C -2° C. Ammo Ardeni tog‘larida qor yog’adi va qattiq sovuq bo’ladi (-15°C), o’rtacha yog’mgarchilik yiliga 700-850 mm.
Daryolar asosan Germaniya chegarasi bo‘ylab oquvchi 34 km uzunlikdagi Mozel daryosi havzasiga tegishlidir. Mamlakat hududining 1/3 qismini o’rmonlar (tekisliklarda eman va qora qayin o’rmonlari, tog’larda ignabargli o’rmonlar), daryo vodiylarini esa bog’lar va uzumzorlar egallagan.
Xo`jaligi. Lyuksemburg - iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan biri. YIMning 83% xizmat ko‘rsatish sektoriga to‘g‘ri keladi. Ishga layoqatli aholining 90% mazkur sohada ishlaydi. Lyuksemburg - Yevropaning yirik moliyaviy markazlaridan (210 ta bank; Yevropa valuta bozorini 10%) biridir. Mamlakatdagi barcha aholi tekin ijtimoiy va tibbiy yordam bilan ta’minlangan. Sanoatining asosiy yo‘nalishi - qora metallurgiya. Mamlakatda sut va go‘sht chorvachiligi yaxshi rivojlangan. Ishlov beriladigan yerlardan olinadigan mahsulotlaming yarmi mollarga yem-xashak tarzida beriladi. Bu yerda uzum (mamlakat mozel vinolari bilan mashhur), meva, savzovat va gullar yetishtiriladi. Eksport qilinadigan asosiy mahsulotlar: po‘lat, to’qimachilik , kimyoviy mahsulotlar va plastmassa.
BELGIYA
Poytaxti: Bryussel shahri. Maydoni: 30,5 ming km2 Aholisi: 10,6 mln.kishi (2007), 11,3 mln.kishi (2016). Rasmiy tillari: niderland, fransuz va nemis tillari Aholisining diniy tarkibi: katoliklar - 81%, musulmonlar - 2,5%. Davlat tuzumi: konstitutsiyaviy monarxiya tuzumidagi federativ davlat. Pul birligi: yevro.
Belgiya Qirolligi - Yevropaning shimoli g'arbida joylashgan davlat. Davlat boshlig‘i - qirol. Belgiya - YI a’zosi. Aholisining etnik tarkibi: flamandlar - 58%, vallonlar - 32%, nemislar - 1% va boshqalar.
Belgiya - iqtisodi yaxshi rivojlangan davlat. YIMning 72% - xizmat ko’rsatish tizimiga, 26% - sanoatga va 2% - qishloq xo’jaligiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatda qora va rangli metallami (mis, rux, qalay, aluminiy va boshq.) eritish ishlari jadal yo‘lga qo’yilgan. Bundan tashqari mashinasozlik (yig’ish, elektrotexnika va elektronika) neftni qayta ishlash, kimyo, to’qimachilik, mebel, shishasozlik, matbaa sanoatlari yaxshi rivojlangan.
Qishloq xo’jaligida chorvachilik ustun turadi. Dehqonchilikda esa bug’doy, arpa, sholi, qandlavlagi, kartoshka va yem-xashak ekinlarini yetishtirish muhim o’rin egallagan. Mamlakat pivo va gullar yetishirishi bilan ham mashhur. Issiqxonalarda qulupnay, uzum va shampinonlar o’stiriladi. Bundan tashqari mahalhy hunarmandchilik mahsulotlari: gilamlar, bronza va billur buyumlar xaridorgirdir.
MONAKO
Maydoni- 36 km.kv. Aholisi- 40000 kishi. Poytaxti- Monako shahri. Mamlakat janubiy Yevropada, O’rta yer dengizi qirg’og’ida joylashgan. Katta qismini Fransiya o’rab turadi. Ma’muriy jihatdan 4 kvartaldan iborat. Davlat tuzumi konstitutsion monarxiya. Davlat boshlig’i knyaz. Qonun chiqaruvchi hokimiyat milliy kengash, 18 a’zosi bor. Dini- katoliklar 95%. Davlat tili- Fransuz, ingliz, italyan tillari. Aholisining etnik tarkibi: fransuzlar-55%, italyanlar-17%, monakoliklar- 16% bo’lib inglizlar, nemislar ham yashaydi. Mamlakat aholisi 2010 yilda 34000 kishi, 2025 yilda 37000 kishi bo’lishi kutilmoqda. Aholi zichligi 1 kv.km maydonga 30000 kishidan 19,6 ta, o’lim darajasi esa 16,6 ta. Aholining tabiiy o’sishi 0,3% ga yetadi. O’rtacha umr ko’rish erkaklarda 72, ayollarda 80 yoshga teng. Monako- BMT ga a’zo.
Davlat 1215 yilda tashkil topgan. 1419 yilda mustaqilligini e’lon qiladi. 1524 yilda Ispaniya tarkibida 1641 yilda Fransiya tarkibiga kiradi. Hozirda mustaqil davlat. Monako- Fransuz Riv’yerasidagi jahonga mashhur kurort. Davlat daromadi- ning katta qismi-savdo-sotiq, chet el turistlariga va qimorxonalarga xizmat ko’rsatish, pochta markazlarini chiqarishdan tushadi. Monako hududida jahonga mashhur okeanografiya muzeyi va instituti bor. Monako savdo sheriklari Fransiya, Italiya, Shveysariya, Germaniya. Qishloq xo’jaligi sust rivojlangan. Temir yo’llari uzunligi-1,6 km. Jami YAMM 475 mln AQSH dollariga teng. Pul birligi- fransuz franki.
Do'stlaringiz bilan baham: |