O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi «jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi»



Download 3,55 Mb.
bet109/172
Sana31.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#213208
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   172
Bog'liq
2 5317052362920036734

NIDERLANDIYA QIROLLIGI

Maydoni: 41,5 ming km2. Aholisi: 16,4 mln. kishi (2007), 17 mln.kishi (2016).

Rasmiy tili: niderland tili. Aholisining diniy tarkibi: katoliklar - 34%, protestantlar

- 25%, musulmonlar - 3%, ateistlar - 36%. Pul birligi: yevro. Poytaxti-Amsterdam shahri (1.2 mln.kishi). Yirik shaharlari: Rotterdam (1 mln kishi), Gaaga( 500 ming kishi) Eyndxoven (300 ming kishi) Breda (270 ming kishi ) Utrext (250 ming kishi).

Niderlandiya Qirolligi - G‘arbiy Yevropada joylashgan davlat. G’arbdan, janubi-sharqdan Germaniya bilan chegaradosh. Ma’muriy jihatdan 12 ta provinsiyaga bo’linadi. Davlat tuzumi- konstitutsion monarxiya. Davlat boshlig’i- Qirol (Qirolicha). Qonun chiqaruvchi hokimiyati- ikki palatali parlament. Har bir shitati- komissar boshqaradi. Niderlandiya-YI a’zosi. Aholisining etnik tarkibi: niderlandlar - 80%, flamandlar - 11%, nemislar, frizlar va boshqalar - 9%. Niderlandiya - dunyodagi urbanizatsiyasi yuqori bo’lgan davlatlardan biri. Aholisining diniy tarkibi: katoliklar - 34%, protestantlar - 25%, musulmonlar - 3%, ateistlar - 36%.

Mamlakatdan tashqarida 1 mln. golland yashaydi. Aholi zichligi har kv.km yerga 378,5 kishidan to’g’ri keladi. Tug’ilish darajasi har ming kishiga 12.3 ta, o’lim darajasi esa 9.1 ta bo’lib, o’rtacha umr ko’rish erkkeklarda 75, ayollarda 81 yoshga teng. Niderlandiya-BMT, EIH, NATO ga a’zo.

Mamlakat iqlimi mo’tadil dengiz iqlimi bo’lib, o’rtacha yillik havo harorati +9C, yillik o’rtacha yog’in miqdori 700-800 mm atrofida. Eng baland joyi vaal’seberg (321m)tog’i. 40% maydoni dengiz sathidan pastda joylashgan. pol’derlar maydoni 230 ming ga yaqin. Asosiy daryolari- Reyn, Maas, Shel’da. O’rmonlar maydoni 8% bo’lib, unda dub, buk, qayrag’ochlar o’sadi. Hayvonlardan olmaxon, sassiqqo’zan, quyon, suvsar, kosulya bor. Ko’plab kishilar yashaydi. Mamlakat juda boy tarixga ega. Germaniya, Fransiya, sakslar, vikinglar, ispanlar qaramog’ida bo’lib kelgan. 1548 yilda Ispsniya Gollandiya mustaqilligini tan oldi. 1650 yildan to 1950 yillargacha Niderlandiya buyuk mustamlakachi davlat bo’lib, Indoneziya, Yangi Gvineya, Syrinam uning mustamlakalari bo’lib kelgan. Amsterdam shahriga 1300 yilda asos solingan.

Niderlandiya - iqtisodiy rivojlangan davlat. Hududi kichikligiga qaramay dunyo YIM 1% ni ishlab chiqaradi. Xizmat ko‘rsatish sohasi mamlakatning YIMning 73%ni tashkil qiladi, sanoat va qurilish sohasi 24,5% ni qishloq xo'jaligi va baliqchilik esa 2,5% ni tashkil etadi. Xizmat ko'rsatish sektorining asosiy tarmoqlari: transport va aloqa, kredit-moliya tizimi, ITTKI va ta’lim, xalqaro turizm infrastrukturasi. Tog‘-kon sanoatida tabiiy gaz birinchi o'rinda turadi (dunyoda qazib olinadigan gazning 3,1% ni qazib oladi; dunyo bo'yicha 6-o‘rin). Qayta ishlash sanoati ikki yetakchi tarmoqdan iborat: an’anaviy (transport mashinasozligi, asbobsozlik, metallurgiya, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati) va yangi ilmiy kashfiyotlar bilan bog'liq (radioelektronika, elektrotexnika, mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yetakchilik neft-kimyo va farmatsevtika sanoatlari) tarmoqlar. Rotterdam qiladi. Ba’zi yillarda dunyodagi tuxum eksportining 50% atrofida neftni qayta ishlash va neft-kimyo sohasidagi Niderlandiga tegishli bo'lgan. Issiqxonalar egallagan hudud Yevropaning eng yirik sanoat korxonalari joylashgan. Eng tez bo'yicha dunyoda 1-o‘rinda turadi. U yerda eksport uchun tankerlar bu yerga import qilinadigan neftni yetkazib beradi. Mazkur korxonalar Yevropa mamlakatlarini o'z mahsulotlari bilan ta’minlaydi.

Oziq-ovqat sanoati sut va go'sht mahsulotlarini hamda import qilingan какао va tamakini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Niderlandiya dunyoda eksport qilinadigan sariyog' va pishloq mahsulotlarining 1/5 qismini, quyiltirilgan sut mahsulotlarining 1/3 qismini va shokolad mahsulotlarining 1/5 qismini eksport qiladi.

Qishloq xo'jaligi samaradorligi bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari qiymatining 2/3 qismi chorvachilikka tegishli. Niderlandiya tovuq mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yetakchilik qiladi. Ba’zi yillarda dunyodagi tuxum eksportining 50% Niderlandiga tegishli bo'lgan. Issiqxonalar egallagan hudud bo'yicha dunyoda 1-o‘rinda turadi. U yerda eksport uchun erta pishar pomidor, qulupnay, uzum, shaftoh va olxo'ri yetishtiriladi. Ochiq joylarda esa karam, sabzi, bodring, piyoz yetishtiriladi. Haydaladigan yerlar 26%, o’tloq va yaylovlar 32% va boshqalar 33% ni tashkil etadi. Dehqonchilikda bug’doy, arpa, suli, qand lavlagi, kartoshka, sabzavot ekinlari ekiladi. Issiqxona mevalari va sabzavotlarini eksporti bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadi. gulchilik rivojlangan. Balaiqchilik va dengiz mahsulotlari yetishtirish ananaviy sohadir.

Niderlandiya gullar o'stirish va eksport qilish bo'yicha dunyoda yetakchilik qiladi. Dunyoda uzulgan gullaming 60% va tuvaklarda o'stiriladigan gullarning 50% Niderlandiyaga tegishli. Har yili 2 mlrd. bosh lola piyozi o'stiriladi. Lolaning 800 dan ortiq turi yetishtirladi. Lola, sunbul, nargis, atirgul, xrizantema gullari, urug'lari va ko'chatlari eksport qilinadi. Asosiy eksport mahsulotlari: sanoat mahsulotlari - 60%, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari - 25%, tabiiy gaz - 10%. Temir yo’llar uzunligi- 3037 km, avtomobil yo’llari uzunligi 10360 km.


Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish