O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi «jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi»



Download 3,55 Mb.
bet105/172
Sana31.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#213208
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   172
Bog'liq
2 5317052362920036734

Mavzu: FRANSIYA RESPUBLIKASI.

Reja:

  1. Geografik o`rni, maydoni va chegaralari.

  2. Davlatchilikning shakllanish tarixi va boshqaruvi.

  3. Aholisi va uning tarkibi.

  4. Xo`jaligi: sanoat va qishloq xo`jaligi tyarmoqlari.

  5. Transport va tashqi iqtisodiy aloqalari.

Tayanch so`z va iboralar: geografik o`rin, davlatchilik, davlat boshqaruvi, aholi tarkibi, xo`jaligi, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, iqtisodiy aloqlar.
Maydoni: 549,2 mln. km2. Aholisi 58,3 mln (1996 y.), 59,8 mln (2001y .), 62,1 mln. (2006 y.), 64,6 mln. kishi (2016 y.). Poytaxti: Parij shahri. Rasmiy tili: fransuz tili. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: yevro.

Fransiya Respublikasi - Yevropa g‘arbidagi davlat. Uning tarkibiga Korsina oroli, mayda orollar, dengiz ortidagi 10 ta departament va hududlar (Gvadelupa, Martina, Reyunon, Yangi Kaledoniya va boshqalar) kiradi. Davlat boshlig‘i - prezident. Fransiya-YeI a’zosi. Fransiyaning IGO’ uchun 2 ta asosiy xususiyati xosdir: 1. Fransiya “YeI”ga a’zo mamlakatlar bilan bevosita chegaradosh bo’lib, uning chegarasi yaqinida bu mamlakatlarning industrial rayonlari joylashgan. Masalan: Reyn-Rur, London rayoni, qolaversa Yevropadagi Markaz o’qi o’tgan. 2. Fransiya sohillari Atlantika okeanining dengiz va qo’ltiqlari bilan bevosita tutashgan bo’lib, bu holat jahon mamlakatlari bilan arzon dengiz transporti orqali savdo-sotiq qilish imkononi beradi.

Fransiya quruqlik orqali 8 mamlakat bilan chegaradosh bo’lib, ayniqsa GFR, Italiya, Buyuk Britaniya bilan chegaradoshligi muhim rol oynaydi. Fransiya ma’muriy jihatidan 96 departamentga bo’lingan. Parij alohida departament huquqiga ega. Fransiya Yevropada maydoniga ko’ra eng yirik mamlakat hisoblanadi.

Fransiya aholisining 93.6 foizi - fransuzlar, lekin bulaming choragini muhojirlar avlodi tashkil etadi, jumladan, jazoirliklar, portugallar, italiyaliklar, ispanlar va boshqalar. Rasmiy tarzda ro’yxatdan o‘tgan chet elliklar 3.6 mln. kishidan (portugallar, ispanlar, jazoirliklar, tunisliklar va boshqalar) iborat. Bu yerda fransuz tilidan tashqari kichik mahalliy guruh vakillari korsikan, breton, nemis, elzas, katalan va flamand tillarida so‘zlashadi. Mamlakatda 4 mln ga yaqin jazoirliklar, portugallar, italyanlar va ispanlar yashaydi. Aholisining diniy tarkibi: katoliklar - 80% atrofida, musulmonlar - 6%, qolgani protestantlar, yahudiylar va boshqalar.

Fransiyada tabiiy o’sish darajasi anchagina past bo’lib, millatning qarishi kuzatilmoqda. Tug’ilish koeffisenti 12%0, o’lim 9%0. 1 ayolga 1,9 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar 19%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 16%. O’rtacha umr 76-83 yosh. YAMD 40470 dollar (2016y.). Mehnat resurslarini to’ldirishning muhim vositasi qadimdan immigrasiya bo’lib kelgan. Aholi joylashuviga qishloqlardan odamlarning shaharlarga to’xtovsiz ko’chib kelishi (XX-asrda aholining buyuk ko’chishi) kuchli ta’sir etadi. Natijada urbanizasiya jarayoni jadal rivojlanib bormoqda. Hozirda Fransiya aholisining 80% shaharlarda, 20% qishloqlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Parij 2,1 mln kishi, Marsel 808 ming, Lion, Tuluza, Nissa, Strasburg.

Fransiya 1949 yil NATOga kirgan edi, lekin 1966 yil u NATOdan rasmiy ravishda chiqib ketgan bo’lsada, baribir hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda. Prezident 7 yil muddatga saylanadi. Asosiy siyosiy partiyalari: 1. Respublikani quvvatlovchi birlashma (1976y.t.t.).Sharl Fure, Robert Ouen, Sen-Simon. 2. Fransiya sosialistik partiyasi (FSP 19051.). 3. Fransiya kommunistik partiyasi (FKP 1920 y.t.t.).

Xo`jaligi. Fransiya xo’jaligi 2-jahon urushida katta iqtisodiy zarar ko’rdi. Iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlari yangi texnika bilan ta’minlandi. Eng yangi tarmoqlar-atom, radiotexnika, neft kimyosi, aerokosmik tarmoqlar rivojlanadi.

Fransiya - yuqori rivojlangan mamlakat, dunyoning yetakchi mamlakatlardan biri. Iqtisodiyotining rivojlanganligi va eksport mahsulotlarining hajmi bo'yicha dunyoda 4-o‘rinda, AQSh, Yaponiya va Germaniyadan keyingi o'rinda turadi. 2003-yil YIMning 3% - o‘rmon va baliq xo'jaliklariga, 25% - sanoat va qurilish, 72% - xizmat ko'rsatish sohasiga to'g'ri keldi. Xizmat ko'rsatish sohasi yuqori ko'rsatkichlarga ega boTishiga qaramay mamlakat xo'jaligida sanoat muhim o'rin egallagan. Ishlov berish sanoati qazib berish sanoatidan ancha ilg'or rivojlangan. Mamlakatda uran, toshko'mir, tabiiy gaz va kichik miqdorda neft qazib olinadi. Elektr quwatining 77% ni AES ishlab chiqaradi (dunyodagi eng katta ulush), 14% ni GES va 8% dan ortiqrog'ini IES ishlab chiqaradi. Parij - dunyoda tan olingan moda markazi.

Energetika qisman o’z resurslariga tayanadi. Ko’mir asosan shimoldan (Elzas va Lotaringiyadan), neft va tabiiy gaz esa oz miqdorda janubi-g’arbdan qazib olinadi. Mamlakat neftga bo’lgan ehtiyojini asosan chet el hisobiga (Jazoir, Liviya, Venesuela, MDH va Yaqin Sharq mamlakatlari) qondiradi. Shuning uchun ham neftni qayta ishlovchi asosiy markazlar dengiz boylaridagi port shaharlarda (Marsel, Bordo, Nant, Gavr, Ruan) joylashgan. Fransiyani uran rudasiga boyligi va ko’p qazib olishi, shuningdek Afrikadagi sobiq mustamlakalardan uran konsentrantini ko’plab keltirilishiga asoslanib atom energetikasi va atom sanoati tez rivojlanmoqda.

Qora metallurgiya sanoati Yevropadagi eng katta Lotaringiya temir rudasi konlaridan foydalanadi. Lekin temir rudasini eksport qilishni ilgarigi ahamiyati yo’qolib bormoqda.O’rta Er dengizi sohillari boksitga boy bo’lib, Alp va Pireney tog’ etaklaridagi arzon GESlar energiyasi alyuminiy eritish imkoniyatini beradi.

Mashinasozlik butun sanoat mahsuloti qiymatining 1/3 qismidan ko’prog’ini va eksport mahsulotining asosiy qismini beradi. Mashinasozlik sanoatining joylashuvida Parij ayniqsa katta rol oynaydi. Butun mamlakatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining 25%ini birgina Parij beradi.

Kimyo sanoati tarmoqlari jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo’lib, bu sanoat korxonalari tarqoq joylashgan. Kimyo zavodlari xom-ashyolar yaqinida, portlarda, GESlar yaqinida va katta shaharlarda joylashgan.To’qimachilik sanoati o’zining ilgarigi ahamiyatini yo’qotgan (ip-gazlama va jun-gazlama) hozirda sintetik tolalardan to’qilgan turli matolar bilan jahonga tanilmoqda.

Fransiyada charm-poyabzal sanoati hamda qo`lqoplar ishlab chiqarish yaxshi rivojlangan. Fransiya - konyak va shampan vinosi vatani, vinochilik bo'yicha dunyo yetakchisi.

Qishloq xo’jaligi. Mamlakat rivojlangan agrosanoat majmuasi va ko'p tarmoqli unumdor qishloq xo'jaligiga ega. Ilg'or yo'nalishlardan biri - chorvachilik: yirik shoxh mollar chorvachiligi, go'sht-sut chorvachiligi, cho'chqachilik va boshqalar rivojlangan. Fransiya hududining 35% haydaladigan yerlardir. Qishloq xo’jaligi ko’p tarmoqli bo’lib, go’sht, sut tayyorlash, bug’doy, qandlavlagi yetishtirish jihatidan Yevropada 1-o’rinda, uzum vinosi tayyorlash, sohillarda ustrisa yig’ish jihatidan dunyoda 1-o’rinda. Asosiy texnika ekini-qandlavlagi. Rona daryosi etaklarida-sholi, Shampan viloyatida (O’rta dengiz boyi) uzum, Nissa rayonida gul ko’p ekiladi (parfyumeriya uchun). Mehnatga yaroqli aholining 10% qishloq xo’jaligida band.

Fransiyada tashiladigan jami yukning 60,7% dengiz transportida, 21,2% avtomobil transportida, 10,6% temir yo’l transportida, 5,2% quvur transportida, 1,5% ichki suv transportida tashiladi.

Fransiyada tashiladigan jami yo’lovchining 84,2% avtomobil transportida, 9% temir yo’l transportida, 6,8% havo transportida tashiladi. Mamlakat ichkarisida tashiladigan yuklarning yarmi temir yo’llarda tashiladi. Temir yo’llar salkam 40000 km bo’lib, uning 10000 km elektrlashtirilgan. “Parij-Bordo” temir yo’lining tezligi 350 km. soat uzunligi 515 km.

Tashqi savdoda dengiz floti muhim rol oynaydi. Fransiya eksportining ¾ qismi tayyor buyumlar (avtomobillar “Reno”, samolyotlar A-310, dengiz kemalari, qurol-yarog’, AESlar uchun uskunalar, temir, alyuminiy, atir-upa, bug’doy, sut, go’sht, shakar, vino) ga to’g’ri keladi. Tashqi savdo 1-galda “EIH”ga va AQSH, Yaponiya bilan olib boriladi.

Fransiya chetga kapital eksport qiluvchi yirik davlat. Xalqaro turizm Fransiyaga katta daromad keltiradi. 1989 yil Fransiyaga 50,2 mln turist kelib ketdi va turizmdan 16,5 mlrd dollar daromad tushdi. Dunyoda 1-o’rinda. 2001 yil Fransiyaga 75 mln turist kelgan.

Asosiy eksport mahsulotlari: mashinasozlik mahsulotlari, aviakosmos sanoati mahsulotlari, ilmiy asbob-uskunalar, mashinalar, temir, kimyoviy mahsulotlar, dori-darmon, oziq-ovqat, vino, tamaki mahsulotlari, yung, gazlama, qog'oz, kiyim, parfumeriya va boshqalar.


Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish