Mavzu: GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI.
Reja:
Geografik o`rni, maydoni va chegaralari.
Davlatchilikning shakllanish tarixi va boshqaruvi.
Aholisi va uning tarkibi.
Xo`jaligi: sanoat va qishloq xo`jaligi tyarmoqlari.
Transport va tashqi iqtisodiy aloqalari.
Tayanch so`z va iboralar: geografik o`rin, davlatchilik, davlat boshqaruvi, aholi tarkibi, xo`jaligi, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, iqtisodiy aloqlar.
Maydoni 357000 km2. Aholisi 82,2 (2001 y.), 82,4 mln kishi (2006 y.), 82,6 mln kishi (2016y.). Poytaxti Berlin (3,4 mln kishi). Davlat tili nemis tili. 1949 yil 3 davlat (AQSH, Angliya, Fransiya) akkupasiyasi zonasida tashkil topgan. IGO’ga ko’ra Yevropaning markazida joylashgan bo’lib, temir yo’llar, suv, avtoyo’llar va havo yo’llari tugunida joylashganligi xarakterlidir. GFR iqtisodiyotida Reyn va uning irmog’i Rurning ahamiyati katta. Barcha qo’shni davlatlari yuqori darajada rivojlangan.
GFR 1955 yil NATOga, 1973 yil BMTga a’zo bo’ldi. 1970 yillarga kelib Polsha, Chexiya, GFR va sobiq Ittifoq bilan chegara yaxlitligini tan oldi. 1957 yildan buyon EIga a’zo. GFR hududiga 1980 yillari AQSH raketa-yadro qurollari va harbiy bazalari joylashtirilgan. GFR-16 ta o’lkaning federasiyasidir. GFRda quyidagi siyosiy partiyalar mavjud: 1. Xristian-demokratik ittifoqi (HDI). 2. Erkin demokratik partiya (EDP). 3. Germaniya sosial- demokratik partiyasi (GSDP). 4. Germaniya kommunistik partiyasi (GKP). 5. Ko’katparvarlar partiyasi-atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotining qo’shilishidan 1980 yil tashkil topgan. 6. Milliy demokratik partiya (NDP)-1964 yil tuzilgan. 7. Nemis kasaba soyuzlari birlashmasi (NKP).
Germaniya qirolligi X asrda tashkil topgan bo‘lib, uning asoschisi deb Germaniya imperiyasining qiroli Genrix I hisoblanadi. Uning merosxo‘ri Ottan I Rim imperiyasini vujudga keltirdi. Bu imperiya o‘z ichiga turli knyazlik va monarxiyalarni olgan va rasman 1806-yilgacha davom etgan. XIX asrda Germaniya Prussiya boshchiligida birlashib bordi. 1871-yilda Prussiya qiroli boshchiligidagi German imperiyasi tuzilganligi e’lon qilindi. Bu davlatning poytaxti Berlin edi. 1919-yilda Birinchi jahon urushidan so‘ng Veymar Respublikasiga aylandi. 1933-yilda hokimiyat tepasiga Gitler boshchiligidagi natsistlar keladi va uchinchi Reyx tuzilganligi haqida e’lon qilinadi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Germaniya 4 ta okkupatsiya sektoriga bo‘linadi. 1949-yilda ikki german davlati Germaniya Demokratik Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi tashkil topadi. GDR poytaxti Berlin shahri, GFR poytaxti esa Bonn shahri edi. Kommunistik tuzum ag`da-
rilgach bu ikki davlat yagona Germaniyaga birlashdi. 1991-yil 20-iyunda Berlin Germaniyaning poytaxti deb e’lon qilindi
Aholisi. GFR aholisining soni jihatidan Yevropadagi eng yirik mamlakati 82,6 mln (2003y.), 82,6 mln kishi (2016y.). Tug’ilish koeffisenti 9%0, o’lim 11%0. 1 ayolga 1,3 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i 15%, 64 yoshdan o’tganlar 17%. O’rtacha umr 75-81 yosh. YAMD 48260 dollar (2016y.).
Aholisining etnik tarkibi: 91% nemislar, qolganlari turk, polyak, serb, italyan, xorvat, rus va boshqa millatlarga mansubdir. Aholining 90% shaharlarda yashaydi. Aglomeratsiya markazlari - Berlin, Gamburg va Myunxen. Quyi Reyn aglomeratsiyasi (aholisi 11 mln. dan ortiq) - Yevropadagi eng katta aglomeratsiya. Unga Reyn-Vestfaliya hududidagi Kyoln shahri, Dyusseldorf, Duysburg, Essen, Dortmund va boshqa kichik urbanizatsiyali shaharlar kiradi.
Aholining joylashuvi, uning mehnatda bandlik strukturasi GFRning industrial mamlakat ekanligini ta’kidlaydi. Aholining o’rtacha zichligi (1 km2ga 240 kishi) ga ko’ra Yevropada hatto dunyoda oldingi o’rinlardan birida turadi. Reyn-Rur aglomerasiyasining ba’zi joylarida aholi zichligi 1 km2ga 5000 kishigacha yetadi. Urbanizasiya darajasiga ko’ra dunyoda oldingi o’rinlardan birida turadi. Aholisining 75% shaharlarda yashaydi. Reyn daryosi boylari va Rur havzasi ekologik jihatidan eng iflos hudud hisoblanadi. GFRda aholisining 48% noishlab chiqarishda, 41% esa sanoat va qurilishda band.
Xo`jaligi. Germaniya - dunyoning iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan davlatlardan biri. GFR xo’jaligining bu qadar yuksalishiga Janubiy Yevropa va Janubi-G’arbiy Osiyo mamlakatlaridan kelayotgan 3-4 mln kishilik arzon ishchi kuchlarining ta’siri ham yuqori. YIMning 70% xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keladi, qolgan 29% esa sanoat va qurilishga to‘g‘ri keladi. Xizmat ko‘rsatish sohasi GFR iqtisodiyotining asosini tashkil qiladi. Hozirgi paytda telekommunikatsiya va axborotlar tarmoqlari jadal rivojlanib bormoqda. GFRning bank-moliya sektori Yevropa Ittifoqidagi eng qudratli sektordir. Dunyoning eng yirik 50 bankidan 8 tasi Germaniyaga qarashli. ITTKI tizimiga Germaniyaning YIMlarining 2,5% sarflanadi. Xizmat ko‘rsatish sohasida ijtimoiy xizmatlarga alohida joy ajratilgan. Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan asosiy mablag'lar nafaqaxo‘rlar pensiyasi (xarajatning 1/3 qismi) va ishsizlik bo‘yicha nafaqalarga sarflanadi. Germaniya aholini tibbiy yordam
muassasalari bilan ta’minlash bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallagan. Mamlakatda turizim yaxshi rivojlangan. Germaniyada tosh, qo‘ng‘ir ko‘mir (dunyoda 1-o‘rin) va kaliy tuzlari qazib olinadi. Olingan tabiiy gaz mamlakat ehtiyojining faqat 1/3 qismini qoplaydi. Germaniyada elektr quvvatini asosan AES (30%) va IES (63%) ishlab chiqaradi.
GFR tabiiy resurslardan toshko’mir, kaliy tuzi va tosh tuz konlariga boy. 1986 yil GFRda 81mln t. toshko’mir qazib olingan. GFR energetikasida 1960 yillargacha toshko’mir asosiy o’rin tutgan.FTI davrida toshko’mir qazib olish keskin kamayib energetika balansida neft-gaz hissasi 60%gacha ko’tarildi. AESlar soni ayniqsa ko’paymoqda. 2006 yil GFR 560mlrd kVt.soat (dunyoda 4-o’rin) elektr energiya hosil qildi. Qora metallurgiya sanoati uchun temir rudasini 90%i chetdan keltiriladi, xromit va marganes ham chetdan keltiriladi.GFR 1986 yil 28,9mln t. choyan, 45mln t. po’lat, 36mln t.prokat ishlab chiqaradi.
Mamlakatda mashinasozlik sanoati yetakchi o‘rinni egallaydi, u sanoatning 1/2 va eksport mahsulotlarining 1/2 qismini tashkil qiladi. Mamlakat dunyoda yengil avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha 3-o‘rinda turadi (yiliga 5 mln. dan ortiq). Germaniyada raketa, fuqarolik samolyotlari va harbiy samolyotlar, sun’iy yo‘ldoshlar, radarlar, masofaga uzatuvchi asboblar, aviatsiya va raketa dvigatellari ishlab chiqariladi, shuningdek, nazorat- o‘lchash apparatlari, tibbiy jihozlar, axborot texnikasi, robototexnika, maishiy texnika, raketasozlik va optik mexanika sanoatlarida ham ishlab chiqarish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Germaniya kimyoviy mahsulotlar eksporti bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turadi. Kimyo sanoatida plastmassa, sun’iy tola va kauchuk ishlab chiqarish yaxshi rivojlangan. Bundan tashqari dori-darmon ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakat dunyoda 2-o‘rinda turadi. Mamlakatda matbaachilik juda yaxshi rivojlangan. Germaniya sanoatining eng qadimiy sohalari bo‘lmish qora metallurgiya va oziq-ovqat sanoatlari inqirozga yuz tutgan. Pivo va tamaki ishlab chiqarish bo‘yicha Germaniya YIda yetakchi o’rinda turadi. Sanoatining ayrim tarmoqlari. Masalan: yengil va oziq-ovqat sanoati o’sishidan deyarli to’xtab qolmoqda.
Qishloq xo’jaligi o’z mahsulotining qiymati jihatidan sanoatdan 20 barobar orqada turadi. Germaniya qishloq xo‘jaligida chorvachilik muhim rol o‘ynaydi. U qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 2/3 qismini ishlab chiqaradi. Germaniya YIda yirik qoramollar bo’yicha 2-o‘rin, cho’chqalar bo‘yicha 1- o‘rinda turadi. Ekin yerlarining 2/3 qismiga asosan bug‘doy, афа, suli va qora bug’doy ekiladi. Germaniyaning janubi g’arbida milliy vinochilik asosi bo‘lmish uzumchilik rivojlangan.
Yuksak intensiv qishloq xo’jaligi mamlakatning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini 76%ni ta’minlamoqda. Yirik fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligining asosini tashkil etadi. Qishloq xo’jaligida yetakchi tarmoq chorvachilik bo’lib, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 4/5qismini beradi. GFR chorvachiligi asosini qoramol va cho’chqa tashkil etadi. Donli ekinlar ichida bug’doy, javdar, arpa, suli asosiy rol oynaydi. Arpadan piva tayyorlanadi.B u soha Bovariyada yaxshi rivojlangan. Xemel ko’p yetishtiriladi. Donli ekinlarning o’rtacha hosildorligi gektariga 52,5 sentner.
Transporti. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 32,5 ming km (1/3qismi elektrlashtirilgan). Temir yo’llarda yuk tashish bo`yicha Fransiyadan keyin 2-o’rinda turadi.GFR daryo transporti muhim ahamiyat kasb etadi, hatto butun Evropa boyicha. Eng muhim transport tugunlari: Gamburg, Myunxen, Kyoln.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. GFR uchun muhim ahamiyatga ega. 1986 yil mamlakat ishlab chiqariladigan jami mahsulotning 25%i eksport qilinadi. Asosiy eksport mahsulotlari: avtomobillar, stanoklar, sanoat jihozlari, elektrotexnika buyumlari, kimyoviy moddalar, qurol-yarog’, uskunalar, transport vositalari, dori-darmon va tikuvchilik mahsulotlarini.
Importi: sanoat mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, xom-ashyolar, neft-gaz.
Do'stlaringiz bilan baham: |