- «I Pekin and Karmana» qo’shma korxonasiga – 220,0 ming AQSH dollari.
- «Nja pz Avtoyo’l» qo’shma korxonasiga – 54,8 ming AQSH dollari
- «Navoiy Silk» qo’shma korxonasiga – 701,0 ming AQSH dollari
- «Saribel Diamet Korakul» qo’shma korxonasiga – 29,0 ming AQSH dollari
- «Akva Tudakul» qo’shma korxonasiga – 91,9 ming AQSH dollari.
Qo’shma korxonalarning shakllantirish va asbob - uskunalar olish uchun Xorijiy kreditlar olinmoqda.1
Joriy yilning 9 oyi davomida viloyat bo’yicha «Osiyo tarqqiyot banki» mablag’lari hisobidan 52 ta loyiha (qiymati 471,0 ming AQSH dollari) o’zlashtirilgan.
Bundan ko’rinib turibdiki, viloyatda tabiiy boyliklar zahiralari yetarli, faqat ularni mahalliy va chet ellik investorlar bilan hamkorlikda tejab tergab ishlab chiqarishning tashkil etilishi, investitsiyalar jalb etilishiga alohida ahamiyat qaratilishi shu kunning eng muhim va dolzarb masalalaridan biriga aylandi.
Agrar sektorga byudjet mablag’larini yo’naltirishning xorijiy usullari.
Agrar xo’jalik yuksak darajaga chiqqanida aholini to’la to’kis qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Shunday sharoitda ularga talabning ortishi faqat aholi sonini o’sishiga qarab yuz beradi. Jon boshiga mahsulotlar xaridi o’smaganidan talabning ortishi aholi sonining o’sishiga mos keladi. Albatta, bunday qonuniyat rivojlangan mamlakatlarga xos, kam rivojlangan mamlakatlarda oziq-ovqatga talab tez o’sadi, chunki aholining to’qligi hali ta’minlangan emas. Shu sababdan aholi iste’molida oziq-ovqat sarfining hissasi rivojlangan mamlakatlarda kamroq va rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’proq foizni tashkil qiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda davlatning qishloq xo’jaligini qo’llab-quvvatlash dasturlarida fermerlarga ko’maklashish chora-tadbirlari belgilanadi. AQSHda bular quyidagilardan iborat:
-
1. Davlat fermerlar mahsuloti o’ta arzonlashib ketib, ular xonavayron bo’lmasliklari uchun mazkur mahsulot narxining eng quyi chegarasini belgilaydiki, ulardan past narxda uni sotish mumkin bo’lmaydi. Buni fermerlarni qo’llab-quvvatlash narxi deb aytiladi.
-
2. Davlat ortiqcha qishloq xo’jaligi mahsulotini sotib olib, uning g’amlamasini uyushtiradi. Davlat xarid etgan miqdorda mahsulot taklifi qisqaradi, bu qishloq xo’jaligi mahsuloti narxlarini barqarorlikda tutib turish imkonini beradi.
-
3. Davlat ortiqcha mahsulotni bozorga chiqarmay turgan fermerlarga uni saqlash sarfini qoplash uchun subsidiya beradi. Shuningdek, subsidiya ekin maydonini davlat tavsiyasiga binoan qisqartirgan fermerlarga ham beriladi.
-
4. Davlat qishloq xo’jaligi mahsuloti eksportini subsidiya berish, soliqlarni qisqartirish orqali rag’batlantiradi, ayni vaqtda import uchun boj pulini ko’paytirish, import miqdorini cheklash orqali milliy qishloq xo’jaligi tovarlari bozorini himoya qiladi.
-
5. Davlat qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan fan texnika muammolari sarfini o’z zimmasiga oladi, bu bilan fermerlarni bir qator sarflardan holi qiladi. Bu esa fermer xo’jaliklari xarajatlarini tejalishiga yordam beradi.
Xullas, davlatning chora tadbirlari qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorida talab-taklif muvozanatini ta’minlashga va fermer xarajatlarini qisqartirishga qaratiladi. Bu rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi agrar munosabatlarda davlat o’zining iqtisodiyotini tartiblash choralari bilan faol qatnashishdan darak beradi.
XULOSA
Mustaqil Respublikamiz iqtisodiyotining asosini hozirgi sharoitda tashkil qiluvchi dehqonchilik sanoatini boshqarishni ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish muammosi juda murakkab va ko’p qirrali masalalardan biridir. Buni amalga oshirish uchun ko’plab ilg’or qishloq xo’jalik xodimlarining qo’lga kiritgan yutuqlarini o’rganish juda katta ilmiy tadqiqot va mahalliy sharoitni hisobga olgan xolda tajribalar o’tkazish talab qilinadi.
Hozirgi kunda eng muhim masala qishloqda mulk masalasini hal qilmasdan turib, mexnatni tashkil etishning har qanday mukammal tizimi samara bermasligini yaxshi anglab olish zarur. Qishloq istiqboliga erishish uchun yerni haqiqiy egasi bilan taminlaydigan xo’jalik yuritishning yangi shakllari, ya’ni oilaviy pudrat va paychilikni rivojlantirish yo’li bilan ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. yerga paychilik asosida jamoa bo’lib egalik qilish bilan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini pudrat shaklida tashkil etishni uyg’unlashtirish xo’jalik korxonalarini tozish shakli va maqomi tamoyillarini butunlay qaytadigan ko’rib chiqishni talab etadi.
Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan ortiqcha mehnat resurslarini sanoatga, xizmat ko’rsatish sohasiga jalb etish davlat agrar siyosatining g’oyat muhim yo’nalishi hisoblanadi. Qishloq joylariga sanoatni olib kirish zamonaviy texnologiyaga ega bo’lgan kichik korxonalarni ochish hisobga yangi ish joylarini yaratish ustivor vazifa hisoblanadi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan yuqori va unumli foydalanishning asosiy omillari tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muhim omillari bilan birgalikda jamoa, ijara yoki dehqon(fermer) xo’jaliklarini yuqori malakali hozirgi respublikamizda jadal su’ratlar bilan amalga oshirilayotgan islohotlarni tushunib yetgan mutaxassis kadrlar, dehqonchilik va chorvachilik sohalarida mukammal tajribaga ega bo’lgan qishloq xo’jalik xodimlarini tanlashga va ularning unumli ishlashlari uchun yetarli sharoitlar yaratib berilishiga bog’liq. Ya’ni yerni yoki bogni chorvachilik fermalarini, korxonani yuqori bilimli, tashkilotchi, el hurmatiga ega bo’lgan, o’z ish faoliyatiga ijodiy yondoshib ishlaydigan, so’zi bilan ishi bir bo’lgan odamlarga berilsagina ishlab chiqarish imkoniyatlaridan unumli foydalanish mumkin.
Yuqorida bayon qilingan fikr mulohazalarga asosan dehqonchilik sanoatini boshqarishda ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun :
-
Mavjud yer maydonlaridan(resurslaridan foydalanishda fan yangilarini, ilg’orlar tajribalarini keng qo’llash va shu asosda kam harajat qilib, ularni haqiqiy egalariga berib imkoniyatlar darajasida hosil olishga erishish.
-
Agrotexnika talablari asosida mahalliy va madaniy o’gitlar bilan ta’minlash hamda qishloq xo’jalik zararkunandalari bilan kurashda biologik usullarni keng qo’llashni tashkil qilish.
-
Qishloq xo’jaligini yuqori hosil beradigan urug’lar bilan ta’minlashga asosiy e’tiborni qaratish.
-
Xalqimizni chorvachilik mahsulotlari bilan yetarli darajada ta’minlash uchun yuqori mahsulotlari bilan jamoa, dehqon(fermer) xo’jaliklarni, qishloq aholisini ta’minlash.
-
Dehqonchilikda, chorvachilikda mavjud texnikalardan unumli foydalanish chora-tadbirlarni izlab topish, yangi texnika va texnologiyalarni keng joriy qilish.
-
Qishloqlarda yashovchi ishchi kuchlaridan to’g’ri foydalanish, mavjud tibbiy boyliklarni qayta ishlash bo’yicha xalk ist’emoli mollari ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar tashkil qilish, aholiga savdo, maishiy va madaniy xizmat ko’rsatish masalalariga keng jalb qilish zarur.
Yuqorida bayon qilingan tadbirlarni amalga oshirish orqali O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “O’zbekiston - iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” nomli kitobida bayon qilingan “Islohotlarning ikkinchi bosqichida strukturaviy siyosatning eng muhim ustivor yo’nalishi qishloq xo’jaligida va umuman agrosanoat kompleksida chuqur progressiv siljishlarga erishdir. Bu siljishlar oziq-ovqat muamosini tubdan hal etishga, qishloq xo’jalik xom ashosini qayta ishlashga va qishloqlarda kichik korxonalar barpo etishga, qishloqning ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirishga, qishloq aholisining turmush darajasini oshirishga qaratilishi lozim” - degan ko’rsatmalarini ruyobga chiqarishga zamin yaratildi deb o’ylaymiz.
Bugungi kunda agrosanoat sohasida faoliyat ko’rsatayotgan har bir rahbar qishloq xo’jaligi sohasining qonuniy asoslarini, me’yoriy xujjatlarni chuqur o’zlashtiribgina qolmay, balki ularning targ’ibotchisi va tashviqotchisi ham bo’lishi lozim.
Tugatilayotgan xo’jalik hududida oldindan tashkil etilgan fermer xo’jaliklarining faoliyati o’rganilib, yerdan unumli foydalanib yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishgan, qishloq xo’jalik texnikalariga va yetarli ishchi kuchiga ega bo’lgan da’vogarlarga qo’shimcha yer maydoni ajratish tajribasini ko’proq qo’llash kerak.
Tugatilayotgan shirkat xo’jaliklaridagi texnikalarni fermer xo’jaliklarining yer maydonlariga qarab shartnoma asosida o’zoq muddatli ijaraga (keyinchalik sotib olish huquqi bilan) berilishi kerak.
Tashkil etilayotgan muqobil MTPlarda mustahkam texnika bazasini yaratish uchun ehtiyot qismlarni, kerakli tirkamalarni hamda Yangi texnikalarni lizing asosida berilishini yo’lga qo’yish lozim. Ulardagi mavjud texnikalarni garovga qo’ygan holda yangilarini olish uchun uzoq muddatli kreditlash mexanizmini joriy etilishi va kelgusida muqobil MTPlarni xususiylashtirish davr talabidir.
Bugungi kunda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishning keng qamrovli choralarini ko’rish kerak.
Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida o’tkazilayotgan islohotlarning borishi, chuqurlashuvi va samaradorligini oshirishda ijobiy natijalar bilan bir qatorda kamchiliklar ham mavjud. Qishloq xo’jaligini tubdan isloh qilish bilan bog’liq ko’plab muhim omil va imkoniyatlar hali ishga solinmagan.
Avvalo qishloq xo’jaligini isloh qilishning asosiy maqsadi-qishloqda haqiqiy mulkdorlarni, mulk egallarini shakllantirish yo’li bilan yerga, mulkka munosabatni o’zgartirishga erishishdir.
Shu bilan birga ko’plab qishloq xo’jalik korxonalarida xo’jalik yuritish shakllarini ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulotni rag’batlantirishda rasmiyatchilikka yo’l qo’yilmoqda. Qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning serharajat mexanizmi hamon ustunlik qilmoqda. Bu ishdab chiqarishda, mahsulot tannarxida nomutanosiblikni keltirib chiqaradi. Bu esa moddiy xarajatlar bilan ishlab chiqarish natijalarida haddan tashqari katta farq bo’lishiga olib kelmoqda. Qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarining iqtisodiy va texnologik mustaqilligi yo’lida to’siqlar mavjud.
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga urug’chilik va chorachilikda naslchilik muammolariga yetarli e’tibor berilmayotir. Qishloq xujalik ekinlarini parvarishlashda agrotexnika talablari bo’zilmoqda.
Bundan tashqari hozirgi bosqichida qishloqda xo’jalik yuritishning zaif jihatlari, bu birinchi galda dehqonning yerga, mulkka, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga va daromadga egalik qilishining huquqiy asoslariga tegishlidir.
Qishloq xo’jaligini isloh qilish amaliyoti va maqsadlaridan uning huquqiy asosini takomillashtirish jarayoni orqada qolmoqda.
Agrar tarmoqning jadal o’sishi mamlakatda umumiy iqtisodiyetning o’sishi uchun asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Shu sababli mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi uchun makroiqtisodiy kursatkichlarda qishloq xo’jaligining o’rniga aloqida e’tibor berilmoqda.
Chet mamlakatlarda qishloq xo’jaligida band bo’lganlar ulushi mehnatga qobiliyatli aholining 5-7%dan ortmaydi. O’zbekistonda esa bu ko’rsatkich 40%dan ortiqdir.
Qishloq joylarida istiqomat qiluvchilar ulushi 60%ni tashkil etadi. Bu o’z navbatida qishloqdagi ortiqcha mahsulot resurslarini bo’shatish va boshqa tarmoqlarga jalb qilish, ulardan samarali foydalanishni qayta ko’rib chiqishi talab etadi.
O’zbekistonda agrar tarmoq hosildorligini oshirish imkoniyati nihoyatda katta. Bu jahonda keng qo’llanayotgan agrotexnik me’yorlarga, qoidalarga amal qilishni, dehqonchilik madaniyati va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni oqilona tashkil etishni talab etadi, xolos.
Bu quyidagilardan iborat :
1.Tuproq hosildorligini oshirmasdan, yerga o’z vaqtida ishlov bermasdan turib yaxshi natijalarga erishib bo’lmaydi. Sug’orish tarmog’idan foydalanishi va uni boshqarish mexanizmini yo’lga qo’yish zarur.
2.Selleksiya ishlarini tashkil etishni yaxshilash, o’zoq yillar davomida ko’plab xo’jalik, tuman, viloyatlarda paxta, don va boshqa qishloq xo’jalik ekinlari ekishda hosildorligi past urug’ navlaridan foydalanishi natijasida paxta hosildorligi Respublikada 1997 yil bilan taqqoslaganda 30,7 sentnerdan 23,8 sentnerga tushib qolgan.
Hosildorlikning pasayishi kartoshkachilik va sabzovotchilikda ham mavjud.
3.Har bir ekin o’z tabiyatiga mos ravishda tegishli agrotexnologiyaga amal qilishni talab etadi.
Bu tuproqni vaqtida tayorlash, urug’ni muddatida ekish,erga mineral o’g’it solish va paxtachilikda defolyatsiyani vaqtida o’tkazishning ahamiyati katta. Eng muhimi hosilni nobud qilmasdan yig’ishtirib olish zarur bo’ladi.
4.Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va ximiyalash muammosidir. Qishloq xo’jaligini texnika bilan taminlashda ijobiy natijalarga erishilmoqda.
5.Dehqon mehnatini tashkil etishni takomillashtirish, rag’batlantirish omillarini kuchaytirish lozim. Keyingi yillarda past rentabelli va zarar ko’rayotgan qishloq xo’jalik korxonalari soni oshib bormoqda. Shu sababli Oliy Majlisining X sessiyada qishloq xo’jalik korxonalarni sannatsiya qilish haqidagi qonunining qabul qilinishi bu muomalarni hal qilishga qaratilgan.
Xo’jalik yuritishning bu tamoyillarini eng avallo mulkka munosabatni tubdan o’zgartirish lozimligini ko’rsatdi. Bu o’rinda yerga egalik masalasi eng muhim masala bo’lib qoladi. yerga egalik tushunchasining o’zi ancha keng bo’lib, u yerdan qanday maqsadda foydalanishga qarab o’zgartirib turadi.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishda foydalanilmaydigan yerlarini qurilishlari bilan sotish, yerlarni shaxsiy qurilish uchun kimoshdi savdosida sotish va boshqa ishlar keng amalga oshirilmoqda.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni tashkil etish va ixtisoslashtirish eng muhim omillardan hisoblanadi. Hozirgi dehqonchilik asosan paxta va g’alla yetirishtirishga ixtisoslashtirilmoqda. Bu ish aksariyat sug’oriladigan yerlarda amalga oshiriladi. Bu jarayon xo’jaliklararo sug’orish tarmoqlari orqali suv bilan ta’minlaydi. Shu sababli bunday yerlar sotish va sotib olish ob’ekti bo’lishi mumkin emasligini tasdiqlaydi.
Umuman olganda O’zbekiston mustaqilligi sharoitida agrar sohadagi islohotlarning jadal rivojlantirilishi mamlakat iqtisodiy salohiyatining nechogolik taraqqiy etishiga bog’liq.
Bugungi kunda fermer xo’jaliklarini rivojlantnrnsh, qishloq infratuzilmasini shakllantirish, kichik va o’rta biznesni taraqqiy toptirish agrar siyosatning maqsad va vazifasidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
-
O’zbekison Respublikasi Konstitusiyasi. T: "O’zbekiston" 2003 y.
-
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining Farmoni «Rеspublikada dеhqon-fеrmеr xo’jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash to’g’risida» 1992yil,7 yanvar
-
O”zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining Farmoni «Yaylov chorvachiligi (qorako’l, quy, yilqi, tuya) xodimlarini himoya qilish to’g’risida» 1992yil,7 yanvar.
-
27. O’zbekiston Rеspublikasi Prеzidеntining Farmoni «Fеrmеr xo’jaliklarini xususiylashtirish to’g’risida» 1004 yil, fеvral.
-
28. O’zbekiston Rеspublikasi Prеzidеntining Farmoni «Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini davlat yo’li bilan qullab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida» 1996yil, 3 aprеl.
-
29. O’zbekiston Rеspublikasi Prеzidеntining Farmoni «2004-2006 yillarda fеrmеr xo’jaliklarini rivojlantirish konsеpsiyasi to’g’risida» 2003 yil, 27 oktyabr.
-
O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik to’g’risida”gi
konuni. (15.02.1991 y.)
-
O’zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish
to’g’risida” qonuni. (06.06.1993y.)
-
O’zbekiston Respublikasining “Urug’chilik to’g’risida” qonuni.
-
(29.08.1996)
-
O’zbekiston Respublikasining “Seleksiya to’g’risida”qonuni .
-
(30.08.1996y)
-
O’zbekiston Respublikasining “Qishloq xo’jaligi korxonalarini
sanatsiya qilish to’g’risida” qonuni (25.12.1997y.)
-
34.O’zbekiston Respublikasining “Er kodeksi to’g’risida”qonuni
(30.04.1998)
-
O’zbekiston Respulikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risida”
qonuni (30.04.1998)
-
O’zbekiston Respublikasining “dehqon xo’jaligi to’g’risida”
qonuni (30.04.1998)
-
O’zbekiston Respublikasining “Qishloq xo’jaligi kopperativi va
shirkat xo’jaligi to’g’risida” qonuni (30.04.1998)
-
O’zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to’g’risida”
qonuni (30.04.1998).
-
Karimov I.A. "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li" T: "O’zbekiston" 1993 y.
-
Karimov I.A. "O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura" 1-jild. T: "O’zbekiston" 1993 y.
-
Karimov I.A. "Dehqonchilik taraqqiyoti – farovonlik manbai" T: "O’zbekiston", 1994y.
-
Karimov I.A. "Iqtisodiy islohot: ma’suliyatli bosqich" T: "O’zbekiston", 1994 y.
-
Karimov I.A. "Iqtisodiy islohotlarni chuhurlashtirish yo’lida" T: "O’zbekiston", 1995.
-
Karimov I.A. "Maqsadimiz - tinchlik, barqarorlik, hamkorlik". T. O’zbekiston televideniesi muxbirining savollariga javoblar. 1995 yil, 27 oktabr.
-
Karimov I.A. " O’zbekistonning siyosiy – ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari" T: "O’zbekiston", 1995.
-
Karimov I.A. "Bizdan ozod va obod Vatan qolsin" 2-jild, T: "O’zbekiston" 1996 y.
-
Karimov I.A. "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir" 3-jild, T: "O’zbekiston", 1996 y.
-
Karimov I.A. " O’zbekiston iqtisodiy yuksalish yo’lida" T: "O’zbekiston", 1996.
-
Karimov I.A. "Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi". 5-jild. T: "O’zbekiston", 1997 y.
-
Karimov I.A. "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" T: "O’zbekiston" 1997 y.
-
Karimov I.A. "Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q". 7-jild. T: "O’zbekiston" 1997 y.
-
Karimov I.A. "O’zbekiston buyuk kelajak sari". T: "O’zbekiston", 1998 y.
-
Karmov I.A. "Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" T: "O’zbekiston" 1998 y.
-
Karimov I.A. Qishloq xo’jaligi tarakkiyoti - to’kin hayot manbai. Toshkent, "O’zbekiston", 1998.
-
Karimov I.A. "Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz". T: "O’zbekiston" 1999 y.
-
Karimov I.A. "Barkamol avlod orzusi" T: "Sharq" 1999 y.
-
Karimov I.A. "Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz" 8-jild. T: "O’zbekiston", 2000 y.
-
Karimov I.A. "Biz tanlagan yo’l - demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li", 11-jild. T: "O’zbekiston" 2003 y.
-
Karimov I.A. "Odamlar haqida g’amxo’rlik, istiqbolni o’ylab ish tutish – har bir rahbarning burchidir". Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdan tashqari sesiyasida so’zlagan nutqi. “Do’stlik bayrog’i”gazetasi 2002 yil, 1-iyun №67 son.
-
Karimov I.A. "Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir". O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchikik palatasi av Senatining qo’shma majlisida so’zlagan nutqi. “Xalq so’zi”gazetasi 2005 yil, 29 - yanvar №20.
-
Karimov I.A. "Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim". 2005 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. “O’zbekiston ovozi”gazetasi 2006 yil, 11- fevral №18.
-
Azimov A. «Razvitiе sеlskogo xozyaystva Uzbеskoy SSR za 60 lеt Bratskoy sеm’е narodov SSSR». T: «Fan» 1985yil.
-
Abdullaеv Yo. «Bozor iqtisodiyoti asoslari» 100 savolga 100 javob. T: «Mеhnat» 1997 yil.
-
Abdullaеv Yo. «Makroiqtisodiy siyosat» 100 savolga 100 javob. T: «Mеhnat» 1998 yil.
-
«Barkamol avlod-O’zbеkiston taraqqiyotining poydеvori» T: «O’zbеkiston», 1998 yil.
-
Jo’raеv N. Azizov Sh. «Ijtimoiyot asoslari» T: «Ma'rifat-Madadkor», 2003 yil.
-
Jo’raеv А. «Qishloq xo’jaligidagi islohotlar»// “Muloqot” jurnali 2004 y, №2.
-
Ibrohimov A. va boshqalar. «Vatan tuyg’usi» T: «O’zbеkiston» 1996 yil.
-
. «Iqtisodiy islohotlar» T: «O’zbkiston» 1998 yil.
-
Karimova G. «Polito-ekonomichеskoе rеformi v Uzbеkistanе: rеalii i pеrspiktivi» T: «O’zbеkiston» 1995 yil.
-
Mustafoеv E. «Oq yo’l sеnga fеrmеrlik» T: «O’qituvchi» 2001 yil.
-
. Navoiy viloyati dеhqonchilik tizimining ilmiy asoslari. Navoiy-2002yil.
-
Navoiy viloyati. T: «Yangi asr avlodi» 2004 yil.
-
Tuxliyev N. O’zbekiston Respublikasi iktisodiyoti. Toshkent, "O’zbekiston milliy ensiklopediyasi", 1998.
-
. Usmonov S.N., Dadaboyev Yu.T. Bozor iktisodiyoti asoslari. Toshkent, "Fan", 1999.
-
Ermatov A. «Sug’oriladigan dеhqonchilik» T: «O’qituvchi» 1983yil.
-
Ermatov E. Usmonov M. «Qishloq xo’jaligi aholisi turmush darajasining o’sishi» T: «Mеhnat» 1989yil.
-
«O’zbеkiston Rеspublikasi mustaqil davlat» T: «Adolat» 1995yil.
-
. O’zbеkiston fеrmеr xo’jaliklari uyushmasi Navoiy viloyati vakilligi hisoboti.Navoiy-2006 yil.
-
«Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturi» 2000-2002yy. T: «O”zbеkiston» 2000 yil.
-
. Qodirova T. «Navoiy» T: «G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti» 2000yil.
-
. «Qishloqda ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish asoslari» T: «Ijod
-
dunyosi» 2004 yil.
-
. «Jamiyat va boshqaruv»//jurnali. 2003 y. № 1, 4 sonlari, 2005 № 3 soni.
-
«Iqtisodiyot va ta'lim»//jurnali. 2003 yil № 1, 2 sonlari.
-
. «Xo’jalik va huquq»// jurnali. 2004 yil № 10. oktyabr.
Viloyat faoliyatda ko’rsatayotgan fermer ho’jaliklarining sifat tarkibi haqida
MA’LUMOT
T’R
|
fermer ho’jaliklar nomi
|
5673
|
1
|
Shundan
|
|
|
A) fermer ho’jaliklari rahbarlarining ma’lumatlari bo’yicha :
|
|
|
- Oliy
|
1691
|
|
- o’rta maxsus
|
1815
|
|
- umumiy o’rta
|
2167
|
|
|
|
|
b) fermer ho’jaliklari rahbarlarining mutaxassisligi bo’yicha :
|
|
|
- agranomlar
|
1248
|
|
- zootexniklar, vetvrachlar
|
511
|
|
Iqtisodchilar, moliyachilar, huquqshunoslar
|
398
|
|
-injenerlar, mexaniklar
|
427
|
|
- pedagoglar, vrachlar
|
258
|
|
- mexanizatorlar, shoferlar
|
610
|
|
- boshqa mutaxassislar
|
197
|
|
- mutaxassisligi yo’qlar
|
2024
|
2
|
Ayol fermerlar soni
|
|
3
|
Fermer ho’jaliklari rahbarlarining yosh tarkibi
|
|
|
18-25 yosh
|
784
|
|
26-35 yosh
|
1097
|
|
36-45 yosh
|
2144
|
|
46-60 yosh
|
1479
|
|
60 yoshdan yuqori
|
169
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |