O’zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti qurbonov xurshid raupovich «O’zbekiston mustaqilligi sharoitida agrar sohadagi tub islohotlar: yutuqlar va muammolar



Download 0,73 Mb.
bet1/7
Sana14.02.2017
Hajmi0,73 Mb.
#2506
  1   2   3   4   5   6   7





O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI

XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PЕDAGOGIKA INSTITUTI
QURBONOV XURSHID RAUPOVICH


«O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI SHAROITIDA AGRAR SOHADAGI TUB ISLOHOTLAR:

YUTUQLAR VA MUAMMOLAR
(Navoiy viloyati misolida)»

Mutaxassislik: 5A 140601 «Tarix»

Tarix magistri darajasini olish uchun
DISSЕRTATSIYA
Ish ko’rib chiqildi Ilmiy rahbar

va himoyaga qo’yildi

____________________ ___________________

(imzo)


kafеdrasi Ilmiy maslaxatchi

mudiri_____________

____________________ ____________________

(imzo) (imzo)

«___»________2006 yil.

Navoiy – 2009 yil.



O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI

XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PЕDAGOGIKA INSTITUTI

TARIX FAKULTETI

O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI
QURBONOV XURSHID RAUPOVICH


«O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI SHAROITIDA AGRAR SOHADAGI TUB ISLOHOTLAR:

YUTUQLAR VA MUAMMOLAR
(Navoiy viloyati misolida)»
Mutaxassislik: 5A 140601 «Tarix»
Tarix magistri darajasini olish uchun

Navoiy – 2006 yil.

O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGI SHAROITIDA AGRAR SOHADAGI TUB ISLOHOTLAR:

YUTUQLAR VA MUAMMOLAR

(NAVOIY VILOYATI MISOLIDA)
REJA:
KIRISH
01. Ishning mavzusi va dolzarbligi.

02. Mavzuga oid bajarilgan ilmiy tadqiqotlar va ularga munosabat.

03. Mavzuning ilmiy ahamiyati va uni hayotga tadbiq etish masalalari.
I Bob. Agrar sohada tub islohotlar o’tkazishning zaruriyati, uning o’ziga xos xususiyatlari va omillari.
I.1. Mustaqillik sharoitida agrar sohadagi islohotlarning zarurligi.
I.2. Islohotlarning moddiy shart-sharoitlarini yaratilishi va ularning huquqiy kafolatlanishi.
I.3. Agrar sohada bozor infrastrukturasini shaklantirish.
II. Bob. Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qishloq xo’jaligining o’rni.
II.1. Navoiy viloyatida agrar islohotlarning amalga oshirilishi.
II.2. Agrar sohada dehqon va fermer xo’jaliklarining rivojlantirilishi, yutuqlar va muammolar.
II.3. Viloyat qishloq xo’jaligida xalqaro hamkorlikning yo’lga qo’yilishi.


XULOSA VA TAKLIFLAR
ILOVALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Kirish

Bugun jamiyatimiz shuni anglab oldiki, hayotimizni yaxshilash, aholi turmush darajasini ko’tarish, iqtisodiyotimizni samaradorligini oshirish, halqimizni boqish, istiqbolimizni rejalash – xullas, qanday muammo, qanday masalani ko’rmaylik, ularning aksariyati birinchi navbatda qishloq xo’jaligiga borib taqaladi. Hammamizni boqadigan, ozuqa beradigan soha-qishloq xo’jaligi tarmoqlaridir.


I.A.Karimov
O’zbekiston mustaqillikka erishganiga 15 yil bo’lmoqda. Shu vaqt ichida O’zbekistonda misli ko’rilmagan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Halqimiz jipslashdi, tinch-totuvlik hukm surmoqda. Davlatimiz poydevori mustahkamlanib, O’zbekiston jahon miqyosiga chiqdi. Bugungi O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim islohotlarni amalga oshira borib, taraqqiyot va buyuk kelajak sari dadil odimlamoqda. O’tgan vaqt mobaynida siyosiy tizimdan tortib iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, ma’naviyat tubdan o’zgardi. Biz ochiq bozor iqtisodiyotiga va kuchli ijtimoiy himoya tizimiga ega bo’lgan huquqiy demokratk va dunyoviy davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lidan dadil odimlayapmiz.

«Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir.»1

Hur O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ilgarigi holatidan demokratik huquqiy jamiyat va bozor iqtisodiyoti qadriyatlariga o’tishning o’ziga xos yo’lini tanlab oldi.

«Halq manfaatlariga javob beruvchi mustaqil iqtisodiy siyosat-O’zbekistonni mustaqil rivojlantirishning ajralmas shartidir»1- deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov.

Mamlakatimiz sharoitida agrar sohani rivojlantirmasdan turib, umumiqtisodiyotni ko’tarish qiyin ish. Agrar tarmoq respublikamiz iqtisodiyotining eng muhim sohalaridan biridir. Zero, hozirgi kunda respublikamizda yashaydigan 26 milliondan ortiq aholining 65% foizga yaqini qishloqlarda istiqomat qilib, mamlakat yalpi mahsulotining bir qismi ushbu soha ulushiga to’g’ri keladi.

Mustaqillik sharoitida iqtisoliy sohadagi, ayniqsa, agrar sohadagi tub islohotlarni amalga oshirirsh, mavjud muammolarni o’rganib chiqish va hal etish, ko’zlangan natija va yutuqlarga erishish, iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, yerlarni o’z egalariga berish, dehqon-fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va shular asosida iqtisodiyotni taraqqiy toptirish bosh maqsadimizdir. Ushbu nuqtai nazarlar, fikr va mulohazalar muhtaram Prezidentimiz nutqlarida, sessiya ma’ro’zalarida, qonun xujjatlarida, qarorlar ijrosida va jamoatchilik fikrlarida bayon qilinadi.

Jumladan, Prezidentimiz I.A.Karimov Oliy Majlisning 1999yilgi XIV sessiyada qilgan ma’ro’zada mamlakatimizning yangi asr boshida amalga oshirish lozim bo’lgan ustivor yunalishlarning birinchisi iqtisodiyotimizning muhim tarmog’i bo’lgan qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish masalasiga qaratilgandi.

Iqtisodiy sohani yanada erkinlashtirish maqsadi-birinchi navbatda davlatning boshqaruv rolini chegaralash, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida, shu jumladan agrar sohada ham xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlash demakdir.

Mamlakatimizda qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning huquqiy asoslari yaratildi. O’nlab qonunlar, hukumat qarorlari ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarning qonun me’yorlari va tartib qoidalar asosida amalga oshirilishida asos bo’lib xizmat qilmoqda. Qishloq xo’jaligada ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, turli mulkchilik hamda xo’jalik yuritish shakllarini faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan huquqiy me’yoriy asoslar yaratildi.

Bugungi kunda mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatiga o’zining munosib ulushini qo’shadigan, har jihatdan salmoqli mavqega ega bo’lgan Navoiy viloyatida ham agrar sohada tub islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Navoiy viloyatida agrar islohotlarning borishi, uning viloyat iqtisodiy taraqqiyotidagi o’rni, dehqon-fermer xo’jaliklarining rivojlantirilishi, erishilayotgan yutuqlar, yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar, ularni oldini olish choralari, viloyat qishloq xo’jaligida halqaro hamkorlikning yo’lga qo’yilishi, tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish masalalariga qaratilgan keng ko’lamli tadbirlar shular jumlasidandir.

Navoiy viloyati mamlakatimizning hududiy jihatdan eng yirik mintaqalaridan biridir. Viloyat xo’jaligida agrar sektor alohida o’ringa ega. Viloyat aholisining 45% dan ko’progi qishloqlarda istiqomat qiladi. Qishloq aholisi dehqonchilik, chorvachilik va qishloq xo’jaligining boshqa sohalarida bandlar.

Qishloq xo’jaligidagi tub islohotlardan maqsad aholi turmush sharoitini yaxshilash, mulkchilikning barcha shakllarini taraqqiy ettirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va o’rta biznesni yanada shakllantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va yangi ishchi o’rinlarini yaratish, samarali mehnat qilish, daromad olish, viloyat iqtisodiyotini yuksaltirish va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo’shishdan iboratdir.

Bugungi kunda qishloq xo’jaligida yaxshi natijalarga erishilmoqda. Yutuk bor joyda kamchiliklar ham bo’ladi, albatta. «Iqtisodiy islohotlarning o’tgan davridagi asosiy qiyinchiliklari va uning ba’zi joylarda oqsashiga-dehqonlarimiz, fermerlarimizning va ularga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning huquqiy bilimlari yetishmasligi sabab bo’lmoqda.»1- deydi, O’zbekiston Qishloq va suv xo’jaligi vazirining birinchi o’rinbosari A.Jo’rayev.

«O’zbekiston mustaqilligi sharoitida agrar islohotlar: yutuqlar va muammolar (Navoiy viloyati misolida)» mavzusidagi magistrlik darajasini olish uchun dissertatsiya mavzusi bugungi mustaqil O’zbekiston sharoitida dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Zero, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyati Respublikamiz iqitisodiyotining ustuvor tarmog’i bo’lgan qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshiriladigan tarkibiy o’zgarishlarni talab etadi.

Mavjud yer maydonlarini shirkatlarga ajratib foydalanish samaradorligi ko’zlangan natijalarni bermadi. Ana shu sababdan mustaqillika erishilgan dastlabki kunlardanoq qishloq xo’jaligi sohasiga katta e’tibor qaratildi. Masalan: 1991 yil 21 dekabrda qabul qilingan «Dehqon (fermer) xo’jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik foaliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi Farmon qishloq xo’jaligi ishlab chiqarilishini zamon talablari asosida tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida 1991 yildan to hozirgi kungacha yozlab Farmon, qaror va qonunlar qabul qilindi. Vaqt o’tar ekan, jamiyatning barcha tarmoqlari singari qishloq xo’jaligida ham yangidan-yangi o’zgarishlar qilish talab etiladi. Ana shu o’zgarishlar O’zbekiston davlatining iqtisodiy salohiyatini dunyodagi iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishiga olib keladi.

Tanlangan mavzuda tadqiqotning predmeti – asosan, qishloq xo’jaligi sohasi bo’lib. Uni rivojlantirish, tarkibiy to’zilishi, yer munosabatlari, huquqiy asoslari va foydalanish uslublari, bozor infrastrukturasini shakllantirish, dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirishdan iboratdir.

Tadqiqotning ob’ektiBu asosan, yer bo’lib, pudrat, shirkatlar, dehqon (fermer) xo’jaliklari, ularning ish faoliyati va ishlash mexnizmlari, mashina traktor parklari (MTP) va qishloq mehnatkashlarining faoliyatidir.

Tanlangan mavzuning maqsad va vazifalari - mustaqillik va bozor munosabatlariga sharoitida O’zbekiston Respublikasi, qolaversa, Navoiy viloyati iqtisodiyotining asosiy negizi bo’lgan qishloq xo’jaligini rivojlanishini ob’ektivlik va tanqidiy yondashuv asosida tahlil etish, qo’lga kiritilgan yutuqlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni o’rganib, ularni umumlashtirish hamda shular asosida ilmiy xulosalar chiqarish - dissertatsion tadqiqotning asosiy maqsadi qilib belgilangan. Shularga asoslangan holda quyidagilar ushbu ilmiy ishning vazifalari qilib olindi:


  •     Qishloq xo’jaligining iqtisodiy jarayonlarga ta’siri, mohiyati va tarkibiy to’zilishini o’rganish hamda uning bozor iqtisodiyoti sharoitida ahamiyatini ko’rsatish, agrar sektorni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi amaliyotda ko’rsatish;

  •    Iqtisodiy qonunlarning agrar sektorni rivojlantirishga bo’lgan ta’sirining hozirgi holatini tahlil qilish, yutuq va mavjud muammolarni aniqlash;

  •      Agrar sektorga davlat byudjeti mablag’lari ta’siri mexanizmini takomillashtirish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanishning asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib o’tish;

  •      O’tkazilgan tadqiqot natijasida ushbu mavzu bo’yicha takliflar ishlab chiqish.

Tanlangan mavzuning amaliy ahamiyati shundaki, yakuniy xulosalar asosida ushbu mavzuda yoritib o’tilgan yutuqlar va muammolardan to’g’ri xulosa chiqarilgan holda faoliyatni to’g’ri tashkil qilish va samarali mehnat munosabatlariga erishishdir.

Yana shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda qishloq xo’jaligida olib borilayotgan tub islohotlar natijasida ko’plab yutuq va kamchiliklar sodir bo’ladi. Ana shu kamchiliklarni qanday bartaraf etishda ilmiy asoslangan fikr-mulohazalardan oqilona foydalanish ahamiyatlidir. Zero, bu tadqiqot ishi bir qancha tajriba va sinovlar natijasida, ilmiy tafsilotlar va qiyosiy tahlillar asosida yozilgan.



Tanlangan mavzuning manbaviy va ma’lumot bazasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Prezidentimiz I.A.Karimov asarlari, O’zbekiston Respublikasi va Navoiy viloyati statistika bosharmalari, viloyat qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi, viloyat fermerl xo’jaliklari uyushmasi, Respublika va viloyatdagi kutubxonalardagi mavzuga oid manbalar, adabiyotlar, monografiyalar, nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari, matbuot materiallari, fermerlar bilan suhbatlar va internet ma’lumotlari hisoblanadi.

Tanlangan mavzuning tarkibiy tuzilishi – Kirish , 2 Bob, 6 ta paragraf va xulosa qismlaridan iborat bo’lib, ilovalar, jadvallar, foydalanilgan adabiyotlar hamda mundarija ham tarkibdan o’rin olgan.

Ma’lumki, qishloq xo’jaligiining rivojlanishi ko’p jihatdan ilm-fan yutuqlari va ilg’or tajribalarni joriy qilishga bog’lik. Shu bilan birga rahbar kadrlar va mulkdorlarning huquqiy savodxonlikdlarining qanchalik yuqori va salmoqli ekanligiga bog’liqdir. Shularni hisobga olgan holda Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi qoshida qishloq xo’jaligining barcha sohalarini qamrab oluvchi va o’z tarkibida tajribali mutaxassislar hamda olimlarni biriktiruvchi turli yo’nalishlarda maxsus Kengashlar tuzilgan bo’lib, har qanday kadrni qishloq xo’jaligi sohasiga dahldor bo’lgan fan yutuqlari, bilim va tajribalar asosida malakalarini oshirishlarida ko’maklashadilar.

Iqtisodiy yuksalish bo’lsagina mamlakat taraqqiy etadi, xalq to’q, ma’naviy yetuk bo’lib, buyuk kelajak sari dadil odimlayveradi.


I BOB. AGRAR SOHADA TUB ISLOHOTLAR OTKAZISHNING ZARURIYATI, UNING OZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA OMILLARI.
I.1. Mustaqillik sharoitida agrar sohadagi

islohotlarning zarurligi
«Mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish haqida gapirganimizda iqtisodiyotimizning asosiy negizini tashkil etuvchi soha-qishloq xo’jaligidagi ishlarning ahvoli bizning diqqat markazimizda turmog’i lozim»1 - deb ta’kidlaydi, yurtboshimiz I. Karimov.

Agrar soha respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlaridan bir bo’lib qolmoqda va O’zbekiston yalpi ichki mahsulotining asosiy qismini yaratuvchi tarmoqlarning faoliyati mazkur sohaga bog’liqdir. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan tarkibiy o’zgarishlar ishlab chiqarishni xususiy sektorda ishlab chiqarilishiga olib keldi.

Mamlakatimizda qaror topgan mustaqillik birinchi navbatda, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ustuvor yo’nalishlarni belgilab olishni talab etdi. Chunki mustaqillikgacha bo’lgan davrda mamlakat iqtisodiyoti masalasi, uning yutug’i va kamchiligi, umuman taqdiri Markaziy hokimiyat qo’lida edi. Respublika mustaqil ravishda o’zi tanlagan holatda iqtisodiy islohotlar o’tkaza olmagan. Konstitutsiyada belgilangan demokratiya, erkinlik amalda qo’llanilmagan. Qishloq aholisi faqatgina mahsulotni belgilangan vaqtda va belgilangan miqdorda yetishtirib berishi talab qilingan. Birgina mamlakatning asosiy boyligi bo’lgan paxta yetishtirish yiliga 6 mln. tonna qilib belgilangan. Buni esa O’zbekiston sharoitida yetishtirish mumkin bo’lmagan. Chunki yerlarning mileorativ holati va suv tanqisligi mavjud bo’lgan joylarda hosildorlik juda past yoki umuman bo’lmagan. Mustaqil O’zbekistonning hozirgi sharoitida ham 4 mln. tonnadan ortiqroq paxta yetishtirish mumkin xolos.

1978 yilda qabul qilingan Konstitutsiyada barcha yerlar davlat hisobida bo’lgan. Xususiy mulk bo’lmagan. Har qanday shaxs davlat korxonasida, davlat zavod-fabrikasida, tashkilotlarida va davlat yerlarida mexnat qilishi qat’iy belgilab qo’yilgan. Aholi qishin - yozin tinimsiz mehnat qilgan. Turmush sharoit og’ir, demokratiya to’g’risida gap bo’lishi mumkin emasdi. Bunday sharoit va taziyq ostida yashayotgan , ezilgan halq sabr kosasini to’ldirgan edi. Buning davosi asrlar davomida halq orzu - umidi bo’lgan mustaqillikka va erkinlikka erishish edi.

1991 yilda erishilgan mustaqillik halqimiz orzu - umidlarini ro’yobga chiqardi. Mamlakat o’z fuqarosiga ega bo’ldi. Davlat boshqaruv apparati organlari, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari shakllandi. Armiya, militsiya, prokuratura va boshqa hokimlikar mustaqil O’zbekiston bag’rida o’z halqi uchun faoliyat ko’rsata boshladi. Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardanoq O’zbekiston o’z yo’lini tanlab olishi kerak edi. O’zbekiston bozor munosabatlariga asoslanadigan huquqiy davlat qurish yo’lini tanladi. Tarraqqiyotning besh tamoyili Respublika Prezidenti tomonidan e’lon qilindi va hayotga joriy etildi. O’zbekiston davlati siyosiy, iqtisodiy- ijtimoy va ma’naviy-madaniy sohalarda islohotlar amalga oshira boshladi.

Ana-mana deguncha bugun mustaqil O’zbekiston davlati 15 yoshga to’lmoqda. Bu tarixiy qisqa davr mobaynida mamlakatda misli ko’rilmagan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Kechagi O’zbekiston bugungi O’zbekistondan yer bilan osmoncha farq qiladi. Mamlakatmizda soat sayin o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. O’zbekiston davlati borgan sari dunyoga o’zini ko’z-ko’z qilmoqda. Ayniqsa, qishloq xo’jaligi sohasida tub o’zgarishlarning borishi eng dolzarb va zarur edi. Zero, avval iqtisod keyin siyosat tamoyiliga asosan, oddiy aytganda, halqning qorni to’q bo’lmasa ish ham samarali bo’lmaydi. Shuning uchun ham xalqning oziq-ovqat manbai bo’lgan, mamlakat iqtisodiyotining negizi bo’lgan qishloq xo’jaligini tubdan isloh qilish zaruriy chora-tadbir edi.



Respublikaning umumiy yer fondi 44797,7 ming ga, barcha qishloq xo’jalik yerlari 27987 ming ga, shundan sug’orishga yaroqli yerlar 5 mln. ga, sug’oriladigan yerlar maydoni 4238,6 ming ga, qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning umumiy maydoni salkam 32 mln. ga, ekiladigan yerlar 4090,2 ming ga, haydalma yerlar 4474,5 ming ga .

Respublika yer fondining asosiy qismi (62% ga yaqini) qishloq xo’jalik yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fuqarolar yerlari-tomorqa (1%), o’rmon va to’qayzorlar (3,2%) va qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan yerlardan (34,2 %) iborat. Sug’oriladigan yerlar jami yer resurslarining 9,2 % ni tashkil etishiga qaramay Respublika qishloq xo’jaligida yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 98,5 % shu yerlarda yetishtiriladi.1

O’zbekistonda 20 asrda sug’oriladigan yerlar maydoni sezilarli ko’paydi (1914 yilda 1809,5 ming ga; 1994 yilda 4238,6 ming ga). Keyingi o’n yilliklarda irrigatsiya-melioratsiya ishlariga katta e’tibor berildi. Respublika aholisi sonining o’sish sur’atlari sug’oriladigan yerlarni kengaytirish sur’atlaridan o’sib ketish natijasida aholi jon boshiga to’g’ri keladigan sug’oriladigan haydalma yer maydoni yildan-yilga kamayib bordi. Yerlardan okilona foydalanish, ularni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash, xo’jalik yuritishning hamma shakllarini teng huquqlar asosida rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida respublikada yer munosabatlari O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (1998 yil aprel; 1998 yilning 1 iyulidan amalga kiritilgan) bilan tartibga solinadi.

Mustakillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab hukumatimiz, shaxsan Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo’jaligini isloh qilishga qaratilgan ko’plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan muhim iqtisodiy islohotlar allaqachon ijobiy natijalar bermoqda, ya’ni ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bozor tamoyillari asosida shakllanmoqda. Xususiy mulk, mulk egasi, mulkdorlar sinfi kabi iboralar hayotimizda kundalik ishlatiladigan va o’zining tub ma’nosi bilan yangi jamiyatni ifodalovchi iboralarga aylanib bormoqda.

Xo’jalik yuritishning, yerga egalik qilish va undan foydalanishning yangi shakllari mujassamlanishi, boshqarish tizimining bozor munosabatlariga moslashib borishi, ekinlar strukturasining bozor talabiga karab takomillashtirilishi, mahsulot yetishtiruvchilar va ularga xizmat ko’rsatuvchilar hamda muhsulot sotib oluvchilar o’rtasidagi munosabatlarning shartnoma asosida olib borilishi, mamlakat qishloq xo’jaligidagi barqarorlikni ta’minlovchi asoslar bo’lib xizmat qilmoqda. Shuning bilan bir qatorda, qishloq xo’jaligining bundan keyingi rivojlanishi ishlab chiqarish munosabatlarini yangi bosqichga ko’tarishni talab qiladi.

O’zbekiston hududi qishlok xo’jaligi jihatdan 3 mintaqaga bo’linadi:1 tog’ va tog’ oldi mintaqasi, Respublika hududining 20% dan ko’prog’ini tashkil etadi. Asosan, lalmikor dehqonchilik (bug’doy, arpa , no’xat, zig’ir), bog’dorchilik va tokchilik tarqqiy etgan, bu mintaqada mavsumiy bahorgi – ko’zgi yaylovlar bor, chorvachidigi go’sht – jun yetishtirishga ixtisoslashgan. Sug’orma dehqonchilik mintaqasi, Respublika hududining 20%ni tashkil etadi. Farg’ona vodiysi, Mirzacho’l, Dalvarzin cho’li, Chirchiq - Ohangaronисослашган.горида ишлаб чиари, давлат хр ва киёсий таантириш, дерликларни топширди., С.Иноятов ва бошкалар узлари, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxon – Sherobod vodiylari, Quyi Amudaryoni o’z ichiga oaldi. Asosan, paxta, shuningdek kanop, don (bug’doy, makkajo’xori, sholi), kartoshka, sabzavot-poliz ekinlari (qovun, tarvuz, qovoq), yem-hashak ekinlari (beda, sudano’t, perko va boshqa) yetishtiriladi. Bog’ va tokzorlar, tutzorlar, rezavor meva maydonlari bor, go’sht-sut chorvachiligi rivojlangan. Cho’l-yaylov mintaqasi, Respublika hududining 60% ni tashkil etadi. Asosan cho’l va suvsiz tekisliklardan iborat. Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpog’istonda va Farg’ona vodiysining markaziy qismida joylashgan.

Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning 2003 yil 24 martda qabul qilingan «Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida»gi Farmoni qishloq xo’jaligida hozirgacha olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarga yakun yasash bilan bir qatorda, sohaning bundan keyingi rivojlanishining yo’nalishini belgilab berdi. Farmonda keltirilgan tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning qishloq xo’jalik ekinlarini mustaqil ravishda joylashtirish va mahsulot yetishtirish hajmini pastdan, mintaqalarning ixtisoslashganligiga qarab kontraktatsiya shartnomalari asosida belgilashini, shuningdek, dehqonlarga yetishtirgan mahsulotini, tegishli mol-mulkini, moliyaviy va moddiy resurslarini o’z xohishiga ko’ra tasarruf etish huquqi berilishi, mamlakatimizda bosqichma-bosqich demokratik tamoyillarni joriy qilib borilishining navbatdagi bosqichi bo’lmoqda. Tovar mahsulot ishlab chiqaruvchilarga erkinliklar berilishi, ulardagi mehnat va mahsulot yetishtirishga bo’lgan munosabatlarni mutlaqo o’zgartirib yubormoqda. Ular endi ishni ko’proq ishonch bilan tashkil qilmoqdalar.

Farmonda huquqiy masalalar, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan bog’lik barcha sub’ektlarning huquq va majburiyatlari bosh mezon qilib olingan. Bu bejiz emas, chunki qishloqda ishlab chikarish munosabatlarini takomillashtirar ekanmiz, buni huquqiy masalalardan boshlashimiz kerak. Qolaversa, iqtisodiy islohotning o’tgan davrdagi asosiy qiyinchiliklari va uning ba’zi joylarda oqsashiga – qishloq xo’jaligi xodimlarining va ularga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning huquqiy bilimlari yetishmasligi sabab bo’lmoqda.

Farmonda qishloq xo’jaligini boshqarishni takomillashtirishga alohida e’tibor berilgan. Respublikamizda iqtisodiy islohotlarning bir necha bosqichlari o’tganligiga qaramasdan, hanuzgacha ma’muriy-buyruqbozlik uslubidan to’liq voz kecholganimiz yo’q. Farmongacha, qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimida respublika, viloyat va tumanlar miqyosida ish yuritishda bir – birini takrorlash, xo’jaliklar va fermerlarning ichki ishlariga aralshish hamda moddiy resurslarni markazlashtirilgan ravishda taqsimlash davom etib kelmoqda. Shuningdek, shirkat xo’jaliklarida rahbar kadrlarning qo’nimsizligi va shirkat rahbarlarining tez-tez almashtirib turilishi, xo’jalikning ishlab chiqarish va moliyaviy natijalarga salbiy ta’sir ko’rsatayotganini alohida ta’kidlab o’tish kerak. 1998 yil 18 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «1998-2000 yillardagi davrda qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi to’g’risida»gi Farmoni - agrar sohada iqtisodiy islohotilar jarayonini chqurlashtirishni ta’minlash, qishloq xo’jalik kooperativlari(shirkat)larni shakllantirish, mulkiy paylar va oilaviy pudrat tizimini joriy etish asosida qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantrish, tuproq unumdorligini oshirish, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, seleksiya va urug’chilikni yaxshilash, raqobatbardosh qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish maqsadida ushbu dastur qabul qilingan.

Qishloq xo’jaligini isloh qilishni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari mamlakat hayoti va iqtisodiyotida agrar sohaning tutgan o’rni, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, shu bilan birga xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib borish va rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqmoqda.

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining X sessiyasidagi ma’ruzasida qayd qilingan, qishloqda bozor munosabatlarini joriy qilish muammolarini yechishda mutlaqo yangicha yondashuv bo’lishi kerakligiga asoslangan.

Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning naqadar muhim ligi quyidagilar bilan belgilanadi:



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish