O’zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti qurbonov xurshid raupovich «O’zbekiston mustaqilligi sharoitida agrar sohadagi tub islohotlar: yutuqlar va muammolar



Download 0,73 Mb.
bet2/7
Sana14.02.2017
Hajmi0,73 Mb.
#2506
1   2   3   4   5   6   7

Iqtisodiy masala – agrar sohada mamlakat yalpi ichki mahsulotining chorak qismi yaratiladi, agrar soha bilan ishlab chiqarish va intellektual salohiyatning yarmidan ortig’iga bevosita aloqador va shu qatori qishloq xo’jaligi mahsuloti mamlakat eksport salohiyatida asosiy o’rinni egallaydi;

Ijtimoiy masalada – qishloq xo’jaligini rivojlantirishning samaradorligi bilan faqat qishloq joylarida yashaydigan 60% aholining turmush darajasigagina bog’liq bo’lmay, balki butun mamlakat aholisining farovonligiga bog’liqdir;

Siyosiy masalada – qishloq xo’jaligini isloh qilishning borishi va samaradorligi bilan jamiyat yangilanishining hamma jarayonlari amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning natijalari, o’zgarishi va jamiyatda demokratik asoslarning rivojlanishiga bog’liq bo’lib qolmoqda.

Ma’lumki, qishloq xo’jaligining rivojlanishi ko’p jihatdan ilm-fan yutuqlari va ilg’or tajribalarni joriy qilishga bog’lik. Shuni hisobga olib, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi qoshida qishloq xo’jaligining barcha sohalarini qamrab oluvchi va o’z tarkibida tajribali mutaxassilar hamda olimlarni biriktiruvchi oltita yo’nalishda maxsus Kengashlarning to’zilishi va Kengash raislari vazirlikning xay’at a’zolari bo’lishi hamda vazirlikning tegishli boshqarmalari va bo’linmalari Kengashning ishchi organlari vazifasini bajarishi sohani boshqarishni mutlaqo yangicha demokratik shakliga aylanmoqda. Bu o’z navbatida qishloq xo’jaligini boshqarishga keng miqyosda tajribali mutaxassislar va olimlarni jalb qilish imkoniyatini yaratib berayapti.

Ma’lumki, Prezidentimiz xo’jalik yuritish shakllaridan fermerlikni rvojlantirishga katta e’tibor berib, fermerlar muammolarini hal qilish hamda ularga yordam berish to’g’risida ko’pdan beri g’amxo’rlik qilib kelmoqda. Bunga misol qilib fermerlar huquqlarini kengaytirish, fermerlar haqidagi qonunlarga qator o’zgartirishlar kiritilishi, shu jumladan, ularga yerlarni uzoq muddatga ijaraga berish va ijara muddatida meros qilib qoldirish huquqining berilishi va bu yerlarni shirkatlar yer balansidan chiqarilishi, xizmat ko’rsatuvchi va tayyorlov hamda qayta ishlash korxonalari bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnoma tuzish huquqining, resurslardan foydalanish va yollanma ishchilar olib ishlatish huquqining berilishi kabilarni keltirish mumkin.

«Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi, «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»gi qonunlar qabul qilingandan sung o’tgan qisqa davrda dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirish sohasida ijobiy o’zgarishlarga erishildi. Qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfiga asos solindi, dehqonning yerga, mulkka va o’zi ishlab chiqarayotgan mahsulotga egalik hissi paydo bo’ldi. Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda dehqon va fermer xo’jaliklarining o’rni va rolini yanada oshirish masalalariga katta e’tibor berildi. Shuningdek, dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlar bilan ularga bir qator imtiyozlar yaratildi.

«2005 yilning 1 yanvar holatiga kura Respublikada fermer xo’jaliklari soni 116741 tani tashkil etib, yaqin 3 yil davomida respublikamizdagi 337 ta qishloq xo’jalik korxonalari tugatilib, ularning negizida 20 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Respublikaning 11 tumanidagi shirkat xo’jaliklari tuliq tugatildi.»1

Fermer xo’jaliklarini tashkil etish o’z natijalarini bermoqda. 2003 yilda 177 xo’jalik negizida 11383 fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Natijada paxtaning hosildorligi 4,3 sentnerga, donning hosildorligi3,8 sentnerga oshdi. Rentabellik darajasi, paxtachilikda – 2,4 foizdan 7,4 foizga, donchilikda – 3,8 foizdan 22,7 foizga oshdi.

Yuqoridagi farmonga ko’ra Qishloq va suv xo’jaligi vazirligiga irrigatsiya tizimlarini havzalar bo’yicha boshqarish tamoyillari asosida yer usti va suv resurslarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va barcha darajalarda suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini joriy etish yuklatilgan.

2005 yilning 1 choragida 445 ta zarar bilan ishlayotgan va past rentabelli shirkatlar o’rnida tanlov asosida 22,7 ming ta fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Mazkur xo’jaliklarga 722,9 ming ga yer maydoni ajratilib, ulardan 471,2 ming ga ekin maydonlari hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan 22,7 ming fermer xo’jaliklarining 15,1 ming tasi yoki 66,5%i paxtachilikka ixtisoslashgan.2

2005 yildan boshlab davlat rejasini bajarayotgan barcha fermer xo’jaliklari imtiyozli kreditlar asosida kreditlanmoqda.

Tabiiy sharoitning qulayligi va vujudga kelgan iqtisodiy muhitning yaxshilanganligi sababli o’tgan yilga nisbatan sabzavotlar (usish – 14,1%), qorako’l terilari (8,7%), jun (7,8%), go’sht (6,6%), sut (5,8%), tuxum (2,6%) ishlab chiqarish sezilarli darajada o’sdi. Dehqon va fermer xo’jaliklarida barqaror o’sish kuzatilmoqda. Ularning ulushiga barcha ishlab chiqarilayotgan sabzavotlarning 81,5%dan ortig’i (2004 yilning 1 choragida 72,2%), go’shtning 95,6% (2004 yilning 1 choragida 95,5%), sutning 98,6% (98%) to’g’ri kelmoqda. Mos ravishda shirkat xo’jaliklarining fermer xo’jaliklariga aylantirilayotganligi sababli ularning ulushi sezilarli darajada pasayib bormoqda.

(1,2,3,4-jadvallarga qarang.)

Tahlil qilinayotgan davr mobaynida qoramollar sonidan boshqa barcha chorva mollarining soni o’sishi ko’zatildi, ayniqsa dehqon va fermer xo’jaliklarida. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda xususiy sektor ulushi ortib bormoqda. Buning natijasida respublikadagi mavjud yirik shoxli qoramollarning 99,6% (2004 yilning 1 choragida 95,5%), jumladan sigirlarning 97,5% (96,6%), qo’y va echkilarning 74,8% (72,2%), cho’chqalarning 77,4% (68,9%), otlarning 85,3% (82,9%), va 71,1 % parrandalarning (68,6%) bugungi kunda dehqon va fermer xo’jaliklarining qaramog’ida boqilmoqda.(5,6,7,8-jadvallarga qarang).

Tahlil qilinayotgan davrning o’ziga xos jihatlaridan biri bu, fermer xo’jaliklari sonining keskin oshishi hisoblanadi. 2005 yilning 1 aprelida fermer xo’jaliklari soni 22,7 mingtaga o’sib 116,7 mingtani tashkil etdi. Fermer xo’jaliklariga 3,5 mln ga (2004 yilda - 2,5 mln. ga) yer maydoni biriktirilgan, shundan 2,7 mln. ga yer maydoni yoki 72,4% ekin maydonlari hisoblanadi.

(9-jadvalga qarang)

Respublika qishloq xo’jaligida mulkchilik shakllariga ko’ra kooperativ (jamoa xo’jaliklari, xo’jaliklararo korxonalar, shirkatlar uyushmalari, davlat xo’jaliklari negizida tashkil etilgan xo’jaliklar, jamoa mulkiga aylantirilgan fermalar va boshqalar), davlat (davlat xo’jaliklari, naslchilik zavodlari, o’quv tajriba hamda tajriba xo’jaliklari), xususiy (dehqon va fermer xo’jaliklari, xususiylashtirilgan korxonalar), aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklari (shaxsiy ehtiyojlar uchun ayrim qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish) sektorlari mavjud.

Respublikada qishloq xo’jalik mahsulotining 99% foizi iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqarilmoqda.1 Qishlok xo’jaligining YaIM tarkibidagi ulushi 2005 yilning 1 choragida o’tgan yilning shu davriga nisbatan 0,6 foiz darajaga pasaydi va 9,1%ni tashkil etdi. (2004 yilning 1 choragida – 9,7%). Iqtisodiyotni isloh qilis hva erkinlashtirish borasida amalga oshirilgan chora tadbirlar natijasida qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti 6,6%ga ortdi. Jumladan, dehqonchilik mahsulotlari o’sish sur’atlari 110,2% (2004 yilning 1 choragida 106,2%), chorvachilikda 106,0 % (106,8%)ni tashkil etdi. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti tarkibida mulk shakllari va mahsulot turlari bo’yicha sezilarli o’zgarishlar yuz bermadi. 1-chorakda o’tgan yildagiga nisbatan 1,9 % daraja past bo’lsa ham chovachilik mahsulotlarininng yuqori salmog’i saqlanib qoldi va 84,3% ni (2004 yilning 1 choragida 86,2%) tashkil etdi. Dehqonchilik mahsulotlari ulushi 1,9 foiz daraja o’sib, o’tgan yildagi 13,8%dan 15,7%ga yetdi. (10 va 11 jadvallarga qarang)1

Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligini isloh qilish va mustahkamlash chora-tadbirlari amalga oshirildi. Uning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:

Qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishning huquqiy asoalari yaratildi. Mustaqaillikning birinchi yillarida qabul qilingan «Yer to’g’risida»gi, «Kooperatsiya to’g’risida»gi, «Ijara to’g’risida»gi, «Dehqon xo’jaliklari to’g’risida»gi Qonunlar va qishloq xo’jaligini isloh qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Hukumat qarorlari qishloqda yangi huquqiy munosabatlarni vujudga keltirishga imkon berdi, natijada ko’p ukladli iqtisodiyot shakllanishiga, fermer va dehqon xo’jaliklari rivojlanishiga sharoit yaratildi.

Qishloqda yangicha xo’jalik yuritish mexanizmining, qishloq xo’jaligini moliyalashtirish, kreditlash va sug’urta qilishning yangi tizimining, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot va qishloqqa keltiriladigan texnika, yoqilg’i va mineral o’g’itlar uchun bo’ladigan o’zaro hisob-kitobning asoslari ishlab chiqildi va tadbiq etildi. Qishloq xo’jalik korxonalarining iqtisodiy mustaqilligi kengaydi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotib olishda shartnomaviy baholar tizimikengqo’llanilmoqda. 5 yil Qishloq xo’jaligida boshqaruv tizimi va tamoyillari yangilandi. Sovxozlar tugatilib, ular mulkchilikning boshqa shakllariga o’zgartirildi yagona Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tashkil etildi. Qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatish maqsadida «Paxta bank», «G’alla bank», «Mevasabzavot bank», «Turon-bank», «Zamin-bank» tijorat banklari va «O’zagrosug’urta» kompaniyasi to’zildi. Mashina traktor parklari tashkil qilindi. Qishloq joylarida ijtimoiy va bozor infrato’zilmasi jadal sur’atlarda shakllanmoqda.Turli mahsulotlar yetishtiriladigan yerlar tashkil etildi. Er fondi yaxshilandi va rivojlantirish, tuproq unumdorligini oshirishga katta e’tibor qaratildi.

Amalga oshirilgan chora – tadbirlar natijasida 1997 yil jami Qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlar hajmining 98,4 foizi nodavlat sektoriga to’g’ri keldi.

I.2.Islohotlarning moddiy shart – sharoitlarini yaratilishi va ularning huquqiy kafolati
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor

iqtisodiyotining qonunchilik

asosini yaratish bu – faqat o’tish

davrining majburiy shartigina

bo’lib qolmay, balki, huquqiy

davlatni barpo etishning o’ziga xos

xususiyati hamdir.

I.Karimov

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat qishloq xo’jaligida chuqur islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi. Respublika hukumati mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmog’i bo’lgan qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilik nodavlat shakliga o’tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon (fermer) xo’jaliklari faoliyatini yo’lga qo’yish kabi masalalarni hal etishga e’tibor bermoqda. Respublika Parlamenti qishloq xo’jaligida tub burilishlarning huquqiy asoslarini yaratadigan qonunlarni qabul qildi. Jumladan, “Yer to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to’g’risida”, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”, “Ijara to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, Xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari to’g’risida”, “Er solig’i to’g’risida”, “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantyrishni rag’batlantirish to’g’risida”, 1998 yil aprel oyida Oliy Majlisning XI sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi, “Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’grisida”gi qonunlari hamda hukumat qarorlari qishloq xo’jaligida ko’p ukladli iqtisodiyot poydevorini yaratishga yo’l ochdi. Birinchi navbatda paxta yakka hokimligini bartaraf etish va ekin maydonlari tarkibini ilmiy asosda to’zish tadbirlari ko’rildi. Yangi iqtisodiy sharoitlarda O’zbekistonning eng muhim oziq-ovqat resurslari bilan o’zini-o’zi ta’minlashga erishish vazifasi qo’yildi. Respublika g’alla mustaqilligini ta’minlash yo’lida katta dastur ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirila boshladi. Paxta maydonlari qisqartirildi, tarkibiy to’zilishi o’zgartirilib, g’alla maydonlarining ulushi 40-45 % ga yetkazildi va 5 mln. ton. G’alla tayyorlandi, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlari davom ettirilmoqda. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishda dehqonlarning shaxsiy tomorqa xo’jaliklariga 500 ming ga dan ko’proq hosildor yer ajratib berildi, uning umumiy maydoni 750 ming gektarga yetkazildi. Qishloq xo’jaligi sohasidagi zarar ko’rib ishlayotgan davlat xo’jaliklari, iqtisodiy jixatdan o’zini oqlamagan xo’jaliklar xo’jalik yuritishning shirkatlar, ijarachilar uyushmalari, xususiylashtirilgan fermalar kabi iqtisodiy samarasi ko’proq shakllarga o’tkazildi, jamoa xo’jaliklari rivojiga sharoit yaratildi. Bankrotlik yoqasida turgan korxonalar uchun sanatsiya choralari ko’rildi. Davlat xo’jaliklari mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirildi, ularning negizida jamoa xo’jaligi, shirkat xo’jaligi, ijarachilar uyushmasi tashkil etildi, katta maydonlardagi bog’ va tokzorlar xususiylashtirildi. Mahsuldorligi past davlat va jamoa xo’jaliklarining norentabel qoramolchilik fermalari mehnat jamoalari mulki qilib berildi.

Mustaqil O’zbekiston davlati bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat qurish yo’lidan olg’a odimlamoqda.

Mamlakatimizda qaror topgan mustaqillik birinchi navbatda, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ustuvor yo’nalishlarni belgilab olishni talab etdi.

«Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida yangi bozor munosabatlarini faol shakllantirish, mulkni davlat tassarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirish, tashqi savdoni erkinlashtirish hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish ob’ektiv suratda muassasalarning Yangi bo’g’inlarini tashkil etishni taqozo etadi», - deb ta’kidlaydi I.Karimov.1

Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish iqtisodiy islohotlar yo’lining negizidir.

Islohotlarning birinchi bosqichida qishloqda fermerlar va dehqon xo’jaliklari paydo bo’ldi. Respublika 1997 yil oxirida 20 mingdan ortiq fermer xo’jaligi ishladi. Ularning deyarli yarmi chorvachilikka ixtisoslashgan.

Respublika Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni, Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 martdagi “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash chora- tadbirlari to’g’risida” va boshqa qarorlari iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, bozor tamoyillarining erkin ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish, xo’jaliklarni nodavlat shakllariga aylantirish, mahsuldorligi past chorva fermalarini jamoaga mulk qilib berish yo’li bilan qishloq xo’jaligida islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, dehqon va fermer xo’jaliklari ishini yo’lga qo’yishga keng imkoniyatlar ochib berdi. Chorva mollari zotini yaxshilash tadbirlari ishlab chikildi. Andijon, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida shirkat xo’jaliklari negizida qoramolchilik, naslchilik zavodlari, Andi­jon, Jizzax Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari jamoa xo’jaliklarida naslchilik xo’jaliklari tashkil etildi. Respublikaning barcha viloyatlardagi ixtisoslashgan xo’jaliklarda zotli mollar yetishtiriladigan va sotiladigan tayanch punktlar ishi yo’lga ko’yildi. Kim oshdi savdosi orqali qoramollar xo’jaliklarga va aholiga sotildi.

Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 18 martdagi Farmoniga muvofiq Respublika komissiyasi to’zilgan edi. Bu komissiya 1998-2000 yillarga muljallangan qishloq xo’jaligidada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturini ishlab chiqdi. Darhaqiqat qishloq xo’jaligida islohotlar chuqurlashmas ekan, iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham bu masalani hal etish oson ko'chmaydi. Qishloqda islohotlarni amalga oshirish yo’zasidan bir qator tadbirlar belgilanmoqda. Farmonlar, Qarorlar qabul qilinib, qishloq xo’jaligini moddiy va moliyaviy, texnikaviy jihatlardan qo’llab-quvvatlash choralari ko’rilmoqda.

Nima uchun bugungi kunga kelib islohotlar markazi qishloq xo’jaligiga ko’chirilmoqda?

Islom Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida ta’kidlaganidek: “Hozirgi vaqtda aynan iqtisodiyotning agrar sektorida katta-katta zahiralar mavjud. Ularni ishga solish yaqin vaqt ichidayoq sezilarli natijalar berishi mumkin. Butun iqtisodiy o’zgarishlarning yakuni, barqarorlik va halq farovonligi ko’p jihatdan tub o’zgarishlar jarayonlari agrar sektorni qanchalik keng qamrab olishiga, qishloqda islohotlar qanchalik chuqur borishiga bog’liq bo’ladi”.1

Demak mustaqillikning o’n beshinchi yilida qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirish, qishloqda turmushni yangi pog’onaga ko’tarish jiddiy qo’yilgan ekan, bu avvalo, hayot taqozosi, qolaversa, kun tartibiga qo’yiladigan har bir shior, vazifa real imkoniyatga tayanmog’i lozim. Bugun ana shunday imkoniyatlar yuzaga kelmoqda.

Iqtisodiyotning izchil tarzda ko’tarilib borishi, milliy valyutaning barqarorligi va yanada mustahkam bo’layotganligi, jahon iqtisodiyoti jarayoniga chuqurrok kirib borish hamda dunyo ishbilarmon diralari bilan yanada mustahkam aloqalar o’rnatish, bularning barchasi taraqqiyotning ilmiy asoslangan strategiyasi hamda davlat tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat samarasidir. Hatti-harakatning aniq yo’naltirilgan dasturi, voqelik rivojini oldindan ko’ra bilish qobiliyati, mavjud muammolarni yechish borasida to’g’ri yulni topish – respublika rahbariyati faoliyatininng xususiyati va o’ziga xos belgisidir.

Respublikamizda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi bosib o’tildi. Bu bosqichda halqimizning turmush tarzi, an’analari va urf-odatlari har tomonlama hisobga olinib, O’zbekiston o’z taraqqiyot yo’lini aniq belgilab oldi. Respublikamizda bozor munosabatlariga o’tishning nazariy asoslari va mezonlari aniqlandi. Bu – iqtisodiyotning mafkuradan holi bo’lishi va uning siyosatdan ustuvorligi, davlatning bosh islohotchi sifatida tutgan muhim roli, iqtisodiy islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash, halqni himoya qilishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosat, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tishning tegishli shart-sharoitlar yaratilganda amalga oshirish. Bular ijtimoiy tafakkur nazariyasi xazinasiga Prezidentimiz I.Karimovning besh tamoyili bo’lib kirdi. Yurtboshimiz bu tamoyillar haqida BMT ning mo’tabar minbaridan turib gapirdi, endilikda buni butun jahon biladi. Shuni alohida ta’kidlash o’rinliki, uning ilmiy – nazariy qoidalari va ilgari surgan besh tamoyili amalda o’z hayotiyligini to’la tasdiqlamoqda.

Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi iqtisodiy tizimning huquqiy asoslarini yaratishga, davlatchilikni shakllantirish va mustahkamlash, kishilar ongidagi eskicha fikrlash tarzini bartaraf etishga qaratildi. Shu maqsadlar uchun bozor munosabatlari va demokratiya taraqqiyotini belgtlovchi Yangi Konstitutsiyaning yaratilishiga alohida ahamiyat berildi. Jahon tajribasi va respublikamizning o’ziga xos xususiyatlari chuqur o’rganilib, har tomonlama yetuk va mukammal Konstitutsiya yaratildi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning XII bobini «Jamiyatning iqtisodiy negizlari»ga bag’ishlangan moddalar tashkil etadi. Jumladan:

«Har bir shaxs mulkdor bo’lishga xaqlidir», yoki bo’lmasa, «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarining huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muxofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi dahlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin», deb ta’kidlangan.1 Shunga asosan, mamlakatimizda davlat mulki, yerlar yangi shakllarda xususiylashib, o’z egalarini topmoqda.

Respublikamizda qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlar qishloq xo’jaligi sohasida mulkchilik shakllarini o’zgartirish, xo’jaliklarga ko’proq erkinlik berish dehqon (fermer) xo’jaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga keng yo’l ochish masalasida muhim omil bo’lib, hayotimizda o’z samarasini berayapti.

Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida»gi 1994 yil 21 yanvardagi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi hamda «Chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xo’jaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish to’g’risida»gi qarorlari va shu kabi huquqiy xujjatlar misol bo’la oladi.

«Qishloqda boshqaruv tuzilmalarini qayta tashkil etish jarayonida birlamchi qishloq xo’jalik bo’g’ini qanday bo’lishi kerakligi aniq ma’lum bo’ldi. Bu – fermer xo’jaliklarini birlashtiradigan va ularga xizmat qiladigan, yo’l-yo’riq ko’rsatadigan va moddiy-texnikaviy ta’minot, texnika, agrokimyo xizmati ko’rsatish masalalarida yordam beradigan kooperativ bo’lishi lozim. Fermer xo’jaliklari qishloq xo’jalik ishlab chikarishni tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko’rsatishi lozim»1

Agar 1991 yilda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi butun hajmining 63 % i davlatga qarashli bo’lmagan sektor hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, hozirda deyarli 100% ga yetdi. (1997 yilda 98,4%ni tashkil etgan.)

Halol mehnat – yaxshi odat

Berur senga – saodat

Deb, bejiz aytilmagan. yerning haqiqiy egalari o’zlarining halol mehnatlari tufayli ham o’zlariga, ham halqiga qolaversa, malakat iqtisodiy taraqqiyotiga ham o’z hissalarini qo’shmoqdalar.

«O’zbekiston qudratli qishloq xo’jaligiga egadir»2 -, deb e’tirof etadi yurtboshimiz. Buni esa amalda isbotini ko’rib turibmiz.

Qonunlarning yetukligi va barqarorligi – bu iqtisodiy islohotlar yo’lidan muvaffaqiyatli olg’a borishning zarur shartidir.

Iqtisodiy qayta o’zgarishlar davrining boshlang’ich bosqichida O’zbekiston o’z strategiyasini va islohot kursini shakllantirish modelini ishlab chiqdi va uni amalda muvaffaqiyat bilan qo’llay boshladi. Bu nazariy ishlar Prezidentimizning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li», «O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy yo’nalishlari», «O’zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlari» risolalarida, shuningdek, «O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» risolalarida ilmiy jihatdan har tomonlama asoslab va ochib berildi.

Keng jamoatchilik e’tiborini o’ziga tortgan va e’tirof etilgan mazkur fundamental tadqiqotlar O’zbekistonda olib borilayotgan jarayonlarga chuqurroq kirib borish, respublikaning iqtisodiy-siyosiy kelajagini aniq-ravshan tasavvur etish va islohotlar evalyutsiyasini ko’zatish imkonini beradi.

«Erkin bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan demokratik jamiyot barpo etishdan iborat pirovard maqsad, - deb yozadi I.Karimov, - unga olib borpuvchi har bir bosqichda o’z ifodasini topmog’i kerak»1

Bu oddiy deklaratsiya emas, balki asta-sekin hayotga tadbiq etilayotgan aniq dasturdir. Bu maqsad yo’lida qadam-baqadam ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, kuchli hamda har tomonlama hisob-kitob qilingan ko’p ukladli iqtisodiy tizimni yaratish, shaxsiy mulkchilikning davlat muhofazasini ta’minlash, korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, iqtisodiy o’zgarishlar chuqur to’zilmasini amalga oshirish, kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgandir.

Hozirgi paytda O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning sifat jihatdan yangi, ikkinchi bosqichiga kirdi. Ushbu bosqich bozor munosabatlariga o’tish tuzilmalarini shakllantirishni yakunlashi, iqtisodiy tizimni va davlat mustaqilligini yanada mustahkamlash, milliy valyuta aylanishining barqarorligini va uning ichki konvertatsiyasini ta’minlash bilan bogliqdir.2

Bu bosqichda davlat mulkini xususiylashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni yakunlash, ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish, milliy valyuta - so’mni mustahkamlash, iqtisodni xom - ashyo yetishtirib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirish ko’zda tutiladi. Shu bilan bir qatorda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish siyosatini yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat beriladi.

Yurtboshimizning bevosita rahbarligida qishloq xo’jaligida islohotlar bosqichma-bosqich, izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Respublikamiz Prezidentining 2003 yil 24 martdagi «Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida»gi Farmoni mamlakatimiz agrar sohasini iqtisodiy, tashkiliy rivojlantirishning Yangi bosqichini boshlab bergan tarixiy xujjat hisoblanadi.

Ushbu Farmonga asosan:

- qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritish, mulkchilikning ijara shakli va shartnomaviy munosabatlarga asoslangan xolda amalga oshirilishi;

- qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlari iqtisodiy va huquqiy jihatdan himoya qilinishi;

- tayyorlov, qayta ishlash korxonalari, moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, moliya-bank massasalari hamda boshqa xizmat ko’rsatish tashkilotlarining faoliyati Ushbu maqsadga buysundirilishi;

- xo’jalik yuritishning shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklari shakllari saqlab qolinib, istiqbolda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish eng muhim ustuvor yo’nalish ekanligi belgilab qo’yildi.

Farmon talablaridan kelib chiqib, yer kodeksi, «Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida», «Fermer xo’jaligi to’g’risida» va «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»gi qonunlarga tegishli qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 oktyabrdagi «2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to’g’risida»gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 oktyabrda 476-sonli va 2003 yil 5 noyabrda 486-sonli qarorlari qabul qilindi.

Mazkur farmon va qarorlar bilan:1

- 2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi;

- 2004-2006 yillarda respublika bo’yicha 1020 ta past rentabelli, zarar ko’rib faoliyat ko’rsatayotgan, istiqbolsiz shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklariga aylantirish dasturi;

- shu davrda tegishli muqobil MTPlar, suvdan foydalanuvchilar uyushmasi (SFU), yoqilgi-moylash mahsulotlari, mineral-o’g’it va o’simliklarni himoya qilish vositalarini sotish shahobchalari, mini banklar va boshqa xizmat ko’rsatuvchi ob’ektlarni har bir viloyat bo’yicha tashkil etish dasturi;

- 2004 yilda fermer xo’jaligiga aylantiriladigan 284 ta shirkat xo’jaliklarining aniq ro’yxati;

- 2004 yilda Andijon, Jizzax, Navoiy va Samarqand viloyatlarida, 2005 yilda Korakalpogiston Respublikasi, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida fermer xo’jaliklarini paxta va g’alla yetishtirishdagi harajatlarni banklar orqali kreditlash tizimiga o’tkazish jadvali va boshqa bir qancha me’yoriy xujjatlar tasdiqlandi.

Shuningdek Prezident Farmonida:

- fermer xo’jaliklari tomonidan yetishtiriladigan mahsulotlarga ketadigan harajatlar ularning ishlab chiqarishdan olgan daromadlari hisobidan qoplanishi;

- agar femer ijarpaga berilgan yer maydonidan maqsadsiz foydalansa yoki shartnomada belgilangan ekin turlarini ekmasa, unga nisbatan qat’iy jazo choralari, ya’ni yerlardan foydalanish huquqidan mahrum qilishgacha bo’lgan choralar ko’rilishi;

- endi fermer xo’jaligiga yerni o’zoq muddatli ijaraga berish bo’yicha tuman hokimining qarori bilan tasdiqlangandan keyin kuchga kirishi belgilab berildi.

Bugunga kelib fermer xo’jaliklari soni 87 mingdan oshib ketdi. Ularga 2 mln. gektardan ortiq yer maydonlari biriktirilib berilgan, o’rtacha har bir fermerga 24,5 gektar yer maydoni to’g’ri kelmoqda.1

O’tgan davr mobaynida 337 ta past rentabelli, zarar ko’rib faoliyat ko’rsatayotgan, istiqbolsiz shirkat xo’jaliklari negizida 20 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari tashkil etildi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, fermer xo’jaliklarini past rentabelli, zarar ko’rib faoliyat ko’rsatayotgan shirkat xo’jaliklari negizida to’zish va bir vaqtning o’zida ularga xizmat ko’rsatuvchi bozor infrato’zilmasi ob’ektlarini ham tashkil etilishi fermerlikning rivojlanishida qulay imkoniyatlar yaratmoqda.

Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar o’zining natijasini bermoqda. Dehqonning yerga, o’zi yetishtirgan mahsulotga egalik hissi shakllanmoqda.

O’zbekistonda bozor munosabatlarining huquqiy asoslarini shakllantirishga ahamiyat berilayotgani har qanday kishining ham ruhiga taskin beradi. «Chinakam demokratizm, - deb yozadi I.Karimov o’z kitobida, - qonunlarning qay darajada ustunligi bilan, huquq va erkinliklar qanchalik keng berilgani, ijtimoiy kafolatlar kuchi bilan belgilanadi. Har qanday davlat, ayniqsa, chinakam demokratiyaga intilayotgan davlat o’z halqi manfaatlarini, o’z fuqarolarining or-nomusi va qadr-qimmatini, ularning hayoti va erkinligini ishonchli himoya qilishga qodir bo’lmogi darkor»1

Iqtisodiy islohotlarning huquqiy zamini qanchalik mustahkam bo’lsa, shuncha muvaffaqiyat bilan olg’a siljiydi.

Qishloq xo’jaligini rivojlantirish imkoniyatlari sanoatda, umumiy iqtisodiyotda mujassamlangan. Qishloq xo’jaligini jadal olg’a siljitish uchun juda katta miqdorda moliyaviy resurslar zarur. Bu qadar salmoqli mablaglar yoki mamlakat ichkarisida ishlab topilishi yoki xorijiy davlatlardan, halqaro moliyaviy tashkilotlardan qarz olish hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Qaysi yo’lni tanlashni, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, usha davlatning o’zi hal qiladi. Deyarli barcha mamlakatlarda, hatto rivojlangan mamlakatlarda ham qishloq xo’jaligi norentabel hisoblanadi, shuning uchun ham davlatdan ko’mak oladi. Qishloq xo’jaligiga yordam ko’rsatish uchun, avvalo, umumiy iqtisodiyotda, sanoatda jiddiy o’zgarishlar, siljishlar yo’z berishi kerak edi.

Jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatdiki, sanoatsiz qishloq xo’jaligini rivojlantirib bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligi barcha halq xo’jaligi majmui tarmoqlari, eng avvalo, sanoat bilan chambarchas bog’lik. U hozir sanoatdan boshlanib (ishlab chiqarish vositalari, ma’danli o’g’itlar ishlab chiqarish), sanoat bilan tugallanadi (yetishtirilgan xom-ashyo va mahsulotlarni qayta ishlash, tayyor mahsulotga aylantirish). Bu ikki tarmoq o’rtasidagi aloqa vertikal integratsiya yoki agrosanoat integratsiyasi jarayoni bo’lib, borgan sari chuqurlashib boraveradi. Go’sht, sut, sabzavot va boshqa mahsulotlar iste’molchi dasturxoniga tushishdan oldin sanoatda qayta ishlovdan o’tadi. Bu ob’ektiv jarayon.

Faqat rivojlangan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan jamiyatgina respublikaning davlat mustaqilligini va iqtisodiy qudratini ta’minlay oladi.



1.3. Agrar sohada bozor infrastrukturasini shakllantirish
Men oddiy bir haqiqatni barcha tushunib olishini istayman: erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish – bu bizning olg’a intilishiimzning kafolati va asosi, u nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir.
I.A.Karimov

Infratuzilma bu – mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita shug’ullanmaydigan, lekin ishlab chiqarishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etuvchi sub’ektdir.1

Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko’rsatadigan har bir davlatda ishlab chiqarish va bozor infrato’zilmalarini shakllantirish va uni rivojlantirish asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi.

Qishloqda kichik, o’rta va yirik mulkchilik shakllarining faoliyati uchun qulay hamda ularga yaqin bo’lgan hududlarda ishlab chiqarish va bozor infrato’zilma ob’ektlarining shakllantirilishi, birinchidan, qishloq xo’jaligi korxonalarining bevosita ishlab chiqarish bilan mashg’ul bo’lishlariga imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, ular tomonidan yetishtirilayotgan mahsulot tannarxining arzonlashuviga olib keladi.

Ma’lumki, infratuzilma tushunchasi so’nngi 5-10 yil mobaynida jamiyatda va umuman qishloq xo’jaligida ko’proq qo’llaniladigan bo’lib qoldi. Bozor infrato’zilmasi ob’ektlarini shakllantirishdan ko’zlangan asosiy maqsad, bu avvalo ishlab chiqaruvchilarning bank, sug’urta, konsalting hamda moddiy-texnika resurslariga bo’lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo’lib, raqobatli bozorda ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashdan iborat.

Ushbu ob’ektlarni tashkil etish jarayonida birinchi navbatta joylardagi talab va extiyojlardan kelib chiqqan holda mahsulot ishlab chiqaruvchilar joylashgan hududlar har tomonlama o’rganilib, to’liq tahlil qilingan qolda belgilanishi zarur.

Infratuzilma ob’ektlari faqatgina fermer xo’jaliklarining soniga qarab emas, ular ushbu hududda faoliyat ko’rsatayotgan dehqon xo’jaliklari, markazga uzoq – yaqinligi va boshqa ko’rsatkichlari inobatga olingan holda tashkil etilishi lozim.

Shuni inobatga olgan holda, qishloq xo’jaligi mahsultlari ishlab chiqaruvchilariga turli xizmatlar ko’rsatuvchi hamda ularga amaliy yordam beruvchi bir qator infratuzilmalar bugungi kungacha shakllantirildi va faoliyat ko’rsatmoqda. Ular asosan mahalliy sharoitdan kelib chiqqan xolda tashkil etilmoqda.

Tashkil etilgan infratuzilma ob’ektlarining faoliyati tahlil qilinganda, ular bugungi bozor sharoitida ishlar olib borilayotganligi va bu o’zining yaxshi samarasini berayotganligi kuzatilmoqda.

Amalda ishlab chiqarish va bozor infrato’zilmasi ob’ektlarini mavjud me’yoriy xujjatlar talablari asosida tashkil etishning quyidagi tartiblari mavjud:1

A) Muqobil mashina traktor parki (muqobil MTP) – qishloq xo’jaligi korxonalarida shartnoma asosida mexanizatsiya ishlarini amalga oshirish;

B) Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi (SFU) qayta tashkil etilayotgan qishloq xo’jaligi korxonalari hududida o’zaro suv xo’jaligi munosabatlarini tartibga solishni ta’minlash;

V) Yonilg’i – moylash materiallarini sotish shahobchasi viloyat va tuman hokimlarining qarorlari hamda, joylardagi neft baza unitar korxonalarining buyrug’i asosida fermer xo’jaliklariga aylantirilayotgan shirkatlarning yonilg’i-moylash materiallari saqlanadigan ombori negizida fermerlarga xizmat ko’rsatish;

G) Mineral o’g’it va o’simliklarni himoya qilish vositalarini sotish shahobchasi – viloyat va tuman hokimlarining qarori hamda viloyat va tuman «Qishloqxo’jalikkimyo» birlashmalarining buyrug’i asosida fermer xo’jaliklariga aylantirilayotgan shirkatlarning mineral o’g’it saqlanadigan ombori negizida fermerlarga xizmat ko’rsatish;

D) Mini – bank fermerlarga, dehqonlarga, tadbirkorlarga yaqin hududlarda xizmat ko’rsatish hamda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish;

J) «Naslli mollarni sotish va zooveterinariya xizmati ko’rsatish» shahobchasi tuman hokimining qaroriga hamda Respublika Davlat veterinariya bosh boshqarmasining litsenziyalash to’g’risidagi xujjatiga asosan chorvadorlarga xizmat ko’rsatish;

Z) Axborot ta’minoti va konsalting shahobchalari joylarda tovar ishlab chiqaruvchilar palatasi, Davlat mulki qo’mitasining hududiy boshqarmalari va tuman qishloq va suv xo’jaligi bo’limlari hamkorligida Ushbu sohada osonlik yaratish;

I) Qishloq xo’jalik mahsulotlari tayyorlov tarmoqlari shahobchalari mahalliy hokimliklar tomonidan yetishtirilgan mahsulotni ovoragarchiliksiz sotish maqsadlarida tashkil etiladi.

Tashkil etilgan infrato’zilma ob’ektlarining aksariyati Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan fermer xo’jaliklariga aylantirilgan shirkat xo’jaliklari negizida faoliyat ko’rsatmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 yanvardagi qarori bilan fermer xo’jaliklariga aylantirilgan 177 shirkat xo’jaligi hududida 118 ta mini bank, 129 ta mineral o’g’it sotish shahobchalari, 138 ta yoqilgi moylash materiallari sotish shahobchalari va boshqa infrato’zilma ob’ektlari tashkil etildi. Ammo Ushbu mini-banklarning 14 tasi, mineral o’g’it sotish va SFU shahobchalarining 12-16 tasi ishlamayapti. Jumladan, Jizzax viloyatida 8 ta, Sirdaryo viloyatida 2 ta mini bank, Jizzax viloyatida 6 ta minenral o’g’it sotish va 8 ta neft mahsulotlari sotish shahobchalari faoliyat ko’rsatmayapti.1

Shuningdek shirkat xo’jaliklar negizida tashkil etilgan fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatadigan mini banklar, o’g’it sotish shahobchalari, yonilg’i-moylash materiallar sotish shahobchalari to’liq ishlamay turibdi.

Qishloq xo’jaligida mulk shakllarining samarali faoliyat ko’rsatishlari uchun 259 mini-banklar (2004 yilda 146 ta), 398 muqobil MTP (208), 170 ta mineral o’g’itlar tarqatidigan punktlar (206 ta), 285 YOMM tarqatadigan punktlar (215ta), 112 ta zooveterinariya xizmatlari ko’rsatadigan punktlar (85 ta), 86 ta informatsion-konsalting xizmatlari ko’rsatadigan tarmoqlar (38ta), 11 ta qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash va realizatsiya qilish tarmoqlari (46ta), 1032,2 ming ga ekin maydonlariga xizmat ko’rsatayotgan 366 ta suvdan foydalanuvchilar asotsatsiyalari (156ta) tashkil etildi. Biroq fermer xo’jaliklari tomonidan suv bilan ta’minlash xizmatlariga o’z vaqtida to’lovlarni amalga oshirish ishlari sust bajarilmoqda. Bu esa SFA faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Masalan,2005 yilning 1 choragi uchun ko’rsatilgan xizmatlarning bor yo’g’i 19,2% iga o’z vaqtida pul to’langan xolos. 1 aprel holatiga ko’ra 73,8 mingta fermer xo’jaliklari o’z ixtiyorlari bilan 884 ta SFU larini tashkil etdilar va shartnoma asosida suvga haq to’lash ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.

Ko’rilayotgan davr mobaynida agrar sohaning moddiy texnika bazasi ham mustahkamlandi. 2005 yilning 1 aprel holatiga ko’ra qishloq xo’jaligiga 810 ta yer haydovchi transport traktorlari (2004 yilda – 662 dona), jumladan 710 donasi lizing asosida (508ta). Birinchi chorakda 650 ming tonna dizel yonilg’isi, 127,8 ming tonna mineral o’g’it, shulardan: 120 ming tonnasi azot, 6,1 ming tonnasi fosfor va 1,7 ming tonnasi kaliy o’g’itlari yetkazib berildi. Fermer xo’jaliklariga qaraganda dehqon va shirkat xo’jaliklari faoliyatida sezilarli o’zgarishlar yo’z bermadi. Mulk shakllari o’zgarishida asosiy e’tibor fermer xo’jaliklariga qaratildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sur’atlarining o’sish nuqtai nazaridan yuqori o’sish fermer xo’jaliklarida ko’zatildi.1 (12,13-jadvallarga qarang)

Umuman olganda qishloq xo’jaligida fermer xo’jaliklarini rivojlantirish evaziga amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlar evaziga tahlil qilinayotgan davr mobaynida ijobiy natijalarga erishildi. Shu bilan birga, shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklariga aylantirish bozor talablari bo’yicha shartnoma munosabatlarini shakllantirish ishlarida hamon hal etish lozim bo’lgan muammolar mavjud. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar xizmatlar ko’rsatuvchi turli mulk shaklidagi infrato’zilmani rivojlantirish dolzarb bo’lib qolmoqda.

Qishloqda bozor infrastrukturasining dastlabki ko’rinishlari namayon bo’la boshladi. Iqtisoslashtirilgan tijorat banklari - “Paxtabank”, “G’allabank”, “Mevasabzovotbank”, “Tadbirkorbank”, “Turonbank”, “Zaminbank”, Ipoteka banki to’zildi. Ular fermer xo’jaliklari va kichik korxonalarga xizmat qilmoqda.

Bozor infrastrukturasining rivojlanishidagi qoloqlik, ko’p sohalarning ham umuman rivojlanganligi yoki juda sekinlik bilan paydo bo’lishi,qishloqlarning sanoat va madaniy markazlardan o’zoqda joylashganligi bu sohani jadal rivojlantirishga, ayniqsa, qayta ishlash korxonalarining o’sishiga to’siq bo’lmoqda. Shuning uchun qog’ozlar bozorining, strukturasi konpaniyalarining, auditorlik va moliya xizmatilarining, tijorat banklarining ko’rsatadigan xizmat turlarini kengaytirish va servis-informatika, kompyuter-analitik, ilmiy-metodik xizmatlarini barpo qilish yo’lidagi ko’plap muammolarini yechib beradi. Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida paydo bo’lgan disproporsiyani yo’qotishda va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda tarmoq strukturasini sifat jixatidan qayta tashkil qilish, ilmiy asoslangan almashlab ekishni qo’llash hisobiga g’alla va yem - xashak ekinlarini ko’paytirish ham katta ahamiyatga ega. Agrosanoat kompleksida ishlab chiqarilayotggan mahsulotlar tarkibida asosiy mahsulot qishloq xo’jalik xom-ashyosi hisoblansa, yaqin kelajakda rivojlangan davlatlardagi kabi, asosiy mahsulot qayta ishlash sanoati va boshqa sanoat mahsulotlari ulishiga to’g’ri kelishi kerak. Shuning uchun ham farmonda qishloqda kechadigan strukturaviy o’zgarishda qayta ishlash sanoatini barpo qilishini jadal suratlar bilan rivojlantirish ko’zda tutilgan.

Bu esa zamonaviy texnika va texnologiyaga asoslanishi kerak. Bu sarflangan xom ashyo birligi hisobiga tayyor mahsulot chiqishining ko’payishiga, daromadning oshishiga, ekologik zararning kamayishiga olib keladi. Farmonning ikkinchi va uchinchi bandlarida mini traktor parklari qishloq xo’jalik korxonalari buyurtmalarini bajargani, xo’jaliklarga o’g’it yonilgi moylash materiallari yetkazib bergani uchun to’laydigan ko’shimcha qiymat solig’ini bekor qilish ko’rsatilgan. Bunday imtiyozlar amalga oshirilishi natijasida korxonalarda qoladigan mablag’lar evaziga ularning foydasi ortadi, ishlab chiqariladigan tovarlar sifatining ortishiga, mikdorining ko’payishiga va bozorlarda narxining arzonlashishiga olib keladi. Bu birinchidan, qishloq xo’jalik korxonalarining xarajatlarini kamaytirish va ularning daromadini ko’paytirish uchun yo’naltirilgan bo’lsa, ikkinchidan past darajada o’rnatilgan tarif va baholar xo’jaliklariga o’z ehtiyejlarini qoplashga va mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishga imkon yaratdi. Hozirgi kunda qishloq xo’jalik korxonalarining yangi traktorlar, kombaynlar va boshqa xo’jalik mashinalari sotib olish uchun mablag’lari yetarli emas. Farmonning turtinchi bandida bu muammoni hal qilish uchun yangi tashkil etiladigan mashina traktor parklariga zamonaviy qishloq xo’jalik texnikasini sotib olish va yangilash uchun zarur bo’ladigan mablag’larni topish Moliya Vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Bu mashina traktor parklari xo’jaliklarining yumushlarning shartnoma asosida bajaradi, natijada xo’jaliklarning yangi texnika sotib olishga bo’lgan ehtiyejlari birmuncha_kamayadi. Qishloqda zamonaviy bozor infratuzilmasini kompleks rivojlantirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:1

- faoliyat ko’rsatayotgan muqobil MTPlarning texnikalarini yangilash va ulardagi xizmat turini kengaytirish maqsadida, MTPlarga imtiyozli kreditlar berish choralarini ko’rish;

- suvdan foydalanuvchilar uyushmalari hamda muqobil MTPlarning har yili umumiy yig’ilishlarini o’tkazib, SFU va MTP faoliyatiga baho berish;

- muqobil MTP tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar uchun o’z vaqtida hisob-kitob qilish,ya’ni pul tushumini ta’minlash;

-SFU larda tuzilayotgan shartnomalarni qaytadan ko’rib chiqish;

- SFUlarda suv o’lchash asbob va uskunalari bo’lmaganligi bois, ularni ushbu qurilmalar bilan ta’minlash choralarini ko’rish;

- mineral o’g’it va yonilg’i-moylash mahsulotlari sotish shahobchalaridan o’g’it va yoqilgi olish mexanizmini qayta ko’rib chiqish;

- tegishli tijorat banklari Mini banklarda modem aloqalarini o’rnatish, ularda naqd pul tarqatish, kartoteka yuritish ishlarini amalga oshirish;

- axborot va konsalting xizmati shahobchalari bugungi kun talabi darajasida faoliyat yuritmayapti. Bugungi kunda ular respublikamizning barcha mintaqalarida va xorijiy davlatlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlarining, texnikalarining va boshqa zaruriy vositalarning narxlari to’g’risida axborot berish, fermer xo’jaliklarini qiziqtiruvchi barcha ma’lumotlar bilan ta’minlash va boshqa xizmatlar ko’rsatish lozim.


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish