O’zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti qurbonov xurshid raupovich «O’zbekiston mustaqilligi sharoitida agrar sohadagi tub islohotlar: yutuqlar va muammolar


II. BOB. NAVOIY VILOYATINING IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTIDA QISHLOQ XO’JALIGINING O’RNI



Download 0,73 Mb.
bet3/7
Sana14.02.2017
Hajmi0,73 Mb.
#2506
1   2   3   4   5   6   7

II. BOB. NAVOIY VILOYATINING IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOTIDA QISHLOQ XO’JALIGINING O’RNI.
II. 1. Navoiy viloyatida agrar islohotlarning amalga oshirilishi

Qishloq xo’jaligida islohotlar amalga oshirilmasa, hech qaysi sohada o’zgarish bo’lmaydi.



I.A.Karimov.
«Navoiy viloyati deganda ko’z oldimizda biri – biridan ulkan sanoat korxonalari, mamlakatimizni elektr quvvati, ma’danli o’g’itlar va turli kimyoviy moddalar bilan ta’minlaydigan, davlat xazinasini qimmatbaxo metallar bilan to’ldirishga katta hissa qo’shayotgan zamonaviy noyob inshootlar namoyon bo’ladi», deb ta’kidlagan edi, Prezidentimiz I.Karimov Navoiy viloyatining 1998yil 11 noyabrdagi navbatdan tashqari sessiyasida.1

2005 yil Navoiy viloyatining iqtisodiy tahlilini ko’rib chiqadigan bo’lsak:

Otgan yil mobaynida viloyatda iqtisodiy barqarorlikka erishilib, asosiy makroiqtisodiy ko’rsatgichlar bo’yicha ijobiy natijalar qayd etildi. Hisobot davrida jami mintaqaviy mahsulot hajmi o’tgan yilning shu davriga nisbatan 100,6 (2004 yilda -107,6%) foizni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 103,6 (2004 yilda-109,3%) foizni, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish 104,9(2004 yilda-108,6%) foizni, chakana savdo aylanishi 106,9 (2004 yilda-123,5%) foizni, aholiga pullik xizmat ko’rsatish 118,1(2004 yilda121,8%) foizni, eksport hajmi 151,1 foizni, import 108,4 foizni tashkil etdi.

Navoi viloyati yalpi ichki mahsulotning to’zilishida sanoatning ulushi 48% (2004yilda-42,2%), qishloq xo’jaligi 18%(2004yilda-23,1%), qurilish 6%92004 yilda-5,3%), savdo va umumiy ovqatlanish 3,0%(2004yilda-3,0%), va boshqa tarmoqlar 19%(2004yilda-26,4%)ni tashkil etdi.2 Agar bu ko’rsatgichni o’tgan yil bilan taqqoslasak, unda sanoatning ulushi 3,9%ga, savdo va umumiy ovqatlanishning ulushi 0,4%ga kamaygan, lekin qishloq xo’jaligining ulushi 0,7%ga ortgan. Viloyat asosan, sanoatning rangli metallurgiya sohasiga ixtisoslashgan bo’lib, oxirgi yillarda qishloq xo’jaligi ham, rivojlanib bormoqda.

Viloyat aholisi respublika aholisining 3,1 % ni tashkil etsada, umum respublika yalpi ichki mahsulotining 5,3% ni, sanoat mahsulotlarining 13,8%ni, eksportning 7,8%ni, importning 6,7%ni, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 3,8%ni, investitsiyaning 5,7 %ni tashkil etadi.

Hududiy dasturga asosan, viloyat bo’yicha jami 1134,8 mln. So’mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 1072,0 ming AQSH dollari iqtisod qilindi. Mazkur loyihalar amalga oshirilishi bilan 2004 yilda qo’shimcha 49 ta yangi ishchi o’rinlari yaratiladi.



Qishloq xo’jaligida

179774,1 mln. so’mlik mahsulot ishlab chiqarilib, bu ko’rsatgich o’tgan yilga solishtirilganda 108,6% foizni, 104271 gektar maydonga g’alla ekilib, 184,8 ming tonna yoki reja 134,9% foizni, g’allaning o’rtacha hosildorligi gektariga 42,0 sentnerni, 40255 gektar maydondan 117,1 ming tonna paxta xom ashyosi olinib, reja 106,5% foizga, o’rtacha hosildorlik gektariga 29,1 sentnerni tashkil etdi. (Ilovalarga qarang)

2006 yilning 1 yanvar holatiga viloyatda fermer xo’jaliklari soni 5673 ta bo’lib (jadval ilova qilinadi), ularga xo’jalik yuritish uchun 150,530 gektar yer ajratilgan. Fermer xo’jaliklari a’zolari soni 26901 nafarni tashkil etdi.1

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi «Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning muhim yo’nalishlari to’g’risida»gi 326-sonli Farmoniga asosan, 2004-2006 yillar davomida 41 ta shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklariga aylantirish ko'zda tutilgan.

Shunga asosan, viloyat hokimining 2004 yil 27 dekabrda 249-sonli qarori qabul qilinib, tumanda surunkali zarar bilan ishlayotgan, istiqbolsiz 10 ta shirkat xo’jaligini fermer xo’jaliklariga aylantirish bo’yicha qayta tashkil etish komissiyalari tuzildi. Viloyat hokimining mazkur qaroriga asosan, Qiziltepa tumanidagi «Qo’yimazor», Navbaxor tumanidagi «Oxunboboyev» nomli, «Istiqolol», «Navro’z», Xatirchi tumanidagi SH.Rashidov, A.Yorlaqabov, Amir Temur nomli, «O’zbekiston», «Ko’ksaroy», Konimex tumanidagi H.Olimjon nomli shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklariga aylantirish bo’yicha qayta tashkil etish komissiyalarining yig’ilishlari o’tkazildi. Fermer xo’jaliklariga aylantirilayotgan 10 ta shirkat xo’jaligining umumiy yer maydoni 12689,5 gektar bo’lib, shundan ekin maydoni 6643,5 gektarni tashkil qiladi. (Ilovaga qararng)

Hozirgi kunda sobiq shirkat xo’jaliklarining yer maydonlarida 838 ta fermer xo’jaliklari tashkil etish loyihalashtirilib, konturlar bo’yicha fuqarolardan fermer xo’jaligi tashkil etish yo’zasidan 1786 ta arizalar qabul qilingan.

Shuningdek, qishloq joylarida fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi infrato’zilma obektlarini tashkil etish bo’yicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, bugungi kunda joylarda 7 ta minibank, 10 ta muqobil MTP, 10 ta YOMM, 10 ta SFU, 8 ta mineral o’g’itlar sotish shohobchasi, 8 ta zooveterinariya xizmati ko’rsatuvchi obektlarni tashkil etish bo’yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.

Chorvachilikda

Qishloq xo’jaligining hamma tarmoqlarini jadal rivojlantirish, sanoatning xom-ashyoga, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talablarini yaxshiroq qondirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirishda jamoat chorvachiligini tez sur’atlar bilan taraqqiy etishtirish, xususan mollar sonini ko’paytirish va ularning mahsuldorligini oshirish ayniqsa katta ahamiyatga ega. Chorvachilik mahsulotlari – go’sht, sut, tuxum, jun, qorako’l teri, pilla, asal va boshqa chorva mollar va parrandalar sonini zarur miqdorda ko’paytirish hamda ularning mahsuldorligini oshirish yo’li bilan erishish mumkun.

Chorvachilik qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i bo’lishi bilan birga halq farovonligida katta o’rin tutadi.

Keyingi yillarda chorvachilikni rivojlantirishga muntazam kapital mablag’lar ajratib kelindi. Ular asosan uch yo’nalish bo’yicha amalga oshirildi.



Birinchisi yem-xashak mablag’larini kengaytirish munosabati bilan mustahkam yem-xoshak bazasini yaratish.

Ikkinchi yunalish bu zotdor mollarning nasl va mahsuldorlik sifatlarini maqsadga muvofiq yaxshilashdan iboratdir.

Uchinchi yo’nalish bu tarmoqning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, uni industriyalashtirishdir.

Chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan aholi ehtiyoji xozirgi kunda to’la qondira olinayotgani yo’q. Buning ustiga chorva mollarining tuyoq soni yildan yilga kamayib ketmoqda. Xozirgi bozor iktisodiyoti sharoitida chorvachilik iqtisodiyotini ko’tarishning barcha asosiy yo’llari va imkoniyatlaridan omilkorlik bilan foydalanishni takazo etiladi.

Chorvachilik mahsulotlarini sotish, qayta ishlash, saqlash, ist’emolchilarga yetkazib berish sohasida ham yangi vazifalar vujudga kelmoqda. Chorvachilikni yanada samarali rivojlantirishning yana bir yo’li uni intensivlashtiridir.

Chorvachilikni intensiv rivojlantirish asosiy ishlab chiqarish fondlarini ko’paytira borib, joriy ishlab chiqarish harajatlariga ko’proq mablag’ sarflash, shu asosida har bir bosh mollar hisobiga olinadigan yalpi mahsulot, yalpi va sof daromad miqdorini muntazam ravishda oshira borishni ko’zda tutadi. Intensivlashtirish ishlab chiqarishni iqtisoslashtirish, mol boqish va parvarish qilishning ilg’or usullarini joriy qilish asosida amalga oshiriladi.

Chorvachilikni intensivlashtirish omillari ishlab chiqarish jarayoning sifat jihatlarini aks ettiradi. Intensivlashtirish ko’rsatkichlari esa rivojlantirishning miqdor jahatini ko’rsatadi. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish va samaradorlikka erishshishda mustahkam yem-xashak bazasi hosil qilish katta ahamiyatga ega. yem-xashak bazasi deganda barcha chorva-mollarini yetarli miqdorida zarur ozuqa moddalari bilan ta’minlovchi yem-xashak ishlab chiqarish, saqlash va foydalanish bo’yicha manba metodlar sistemasi tushuniladi.

Tajribalardan ma’lumki mollar mahsuldorligining 50-80% o’zgarishi tashqi muhit omillari bilan bog’lik, ya’ni ularni oziqlantirishdir. Chorva mollarini yetarli darajada oziqlantirmaslik va sifatsiz oziqlantirish ularning mahsuldorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. yem-xashak qanchalik ko’p jamgarilsa, sut, go’sht, jun, tuxum va boshqa chorva mahsulotlarni shunchalik ko’p yetishtiriladi. Mollarning serpushtligi oshib, mahsuldorligi keskin oshadi. Ishlab chiqarish harajatlari kamayib, mahsulot tannarxini arzonlashtirish uchun qulay sharoit tug’iladi.

Respublika Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 24 martdagi “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni ko’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi va boshqa qarorlari iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va bozor tamoyillarining erkin ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish, xo’jaliklarni nodavlat shakllariga aylantirish, mahsuldorligi past chorva fermalarini jamoaga mulk qilib berish yo’li bilan qishloq xo’jalikda islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, dehqon(fermer) xo’jaliklari ishini yo’lga qo’yishga keng imkoniyatlar ochib berdi. Chorva mollari zotini yaxshilash tadbirlari ishlab chiqildi. 1993-1995 yillarda kartoshka, meva-sabzavot mahsulotlari, chorva, parranda, sut, tuxum, qorako’l teri va jun mahsulotlariga erkin(kelishilgan) narxlar joriy etildi. Bu esa xo’jaliklarning o’zlari yetishtirgan mahsulotlarni o’z xohishiga foydalanishga imkon yaratdi. Davlat buyurtmasi faqat paxta va donga nisbatan saqlanib, 1995 yilda uning miqdori xo’jaliklarda yetishtirilgan hosilning paxta bo’yicha 60%, don bo’yicha 50%, 1996 yilda esa paxta tolasi bo’yicha va don bo’yicha 50% darajada saqlanib qoldi. Qishloq xo’jalik korxonalarida mulkning muayyan qismini pay va ulush holida xodimlarga biriktirib quyishga asoslangan xo’jalik yuritishning yangi shakllari-xo’jaliklarni yopik turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish boshlandi.

Viloyat tumanlarida chorvachilik mahsulotlari yetishtirishning ko’paytirishning hal qiluvchi shartlaridan biri, har bir xo’jalikda yem-xashak ekinlari ekiladigan maydonlar kengaytirilishi, hosildorligi oshirilishini taqozo etadi. Yem-xashak ekinlari esa chorva mollarining ozuqa bazasini mustahkamlash imkonini beribgina qolmay, tuproq unumdorligi boshqa qishloq xo’jalik ekinlari kabi yem-xashak ekinlaridan ham mo’l hosil olish imkonini beradi.

Chorvachilikda barcha toifadagi xo’jaliklar bo’yicha go’sht ishlab chiqarish 61165 tonna yoki o’tgan yilga nisbatan 108,8 %foizni, shu jumladan, qishloq xo’jalik korxonalarida 8723 tonna yoki 102,6% foizni, fermer xo’jaliklarida 1039 tonna yoki 114,2% foizni, axoli shaxsiy xo’jaliklarida esa 51403 tonna yoki 109,8% foizni tashkil etdi. Viloyada o’tgan yilga nisbatan 4613 tonna ko’p go’sht ishlab chiqarilgan.

Hisobot davrida barcha toifadagi xo’jaliklar bo’yicha 170694 tonna, o’tgan yilga nisbatan 108,7% foizga ko’p sut ishlab chiqarildi, jumladan: fermer xo’jaliklarida (statistika) 5244 tonna yoki 104,9% foizni, agolining shaxsiy xo’jaliklarida 162282 tonna yoki 108,9% foizni, qishloq xujalik korxonalarida esa, 3168 tonna yoki yilning shu davriga nisbatan 105,6% foizni tashkil etdi.1

Navoiy viloyati mamlakatimizning hududiy jihatdan eng yirik mintaqalaridan biridir. Viloyat hududining asosiy qismi bepoyon va boyliklarga kon Qizilqum sahrosidir. Navoiy sanoati bilan mamlakatimizning yetakchi viloyatlaridan biri hisoblanadi. Aholining 65 foizidan ko’pi shaharlar va shahar tipidagi qo’rg’onlarda istiqomat qiladi.

Navoiy viloyati sanoat jihatdan nafaqat respublikada, balki Mustaqil Davlatlar Hamdustligida, qolaversa, dunyo miqyosida ham qimmatli sanoat xom ashyosiga ega hududdir.

Viloyat xo’jaligida qishloq xo’jaligi sohasi alohida o’ringa ega.

«Viloyatimizda iqtisodiyotning qishloq xo’jaligi sohasida olib borilayotgan tub islohotlardan asosiy maqsad – qishloqda yerga, mahsulotlarga ega bo’lgan haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish va ularni tez sur’atlar bilan rivojlantirishdir.»2

Navoiy viloyatida qishloq xo’jalik yer turlari maydonlarining 1999-2001 yillardagi o’zgarish sur’ati ma’lumotlari:

Jami ijtimoiy ishlab chikarishdagi qishloq xo’jaligi yerlari –

1999y – 10135378 gektar, 2000y – 1013904 gektar,

2001y – 10138791 gektar,

Jami xaydaladigan yerlar -- 1999y – 112421 gektar,

2000y – 112571 gektar , 2001y – 111881 gektar.

Navoiy viloyatida sug’oriladigan yerlarning 1999 – 2001 yillardagi harakati to’g’risida ma’lumot:

1999y – 91931 gektar, 2000y – 92083 gektar,

2001y – 91379 gektar.

Yangi yerlarni o’zlashtirish – 1999y – 450 gektar,

2000y – 412 gektar, 2001y – 288 gektar.

Fermer xo’jaliklariga yer ajratish - 1999y – 13377 gektar,

2000y – 26192 gektar, 2001y – 54021 gektarni tashkil etgan.1

2006 yil – 62,7 ming gektar.

Respublika qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatayotgan mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllaridan eng istiqbollisi, mehnatkashlarga, mulkka, yerga, mahsulotga egalik hissini uyg’otishga sharoit yaratadigan xo’jalik yuritish shakllari – qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari), femer va dehqon xo’jaliklari belgilandi va amaliyotda joriy qilinmoqda.

Xo’jalik yuritishning bu uch shaklini va faoliyat ko’rsatishi hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Mulk to’g’risida»gi (13.10.1990y), «Qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari) to’g’risida»gi (30.04 1998y.), «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»gi (30.04.1998y.), «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi(Yangi tahriri 26.08.2004y), «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi (19.11.1991y) kabi qonunlar bilan belgilab berilgan.

Qishloq xo’jaligida tub o’zgarishlardan ko’zda tutilgan maqsad aholi turmush sharoitini yaxshilash, mulkchilik shakllarini taraqqiy ettirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ishchi o’rinlarini yaratish, samarali mehnat evaziga daromad olish va mamlakat iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirishdan iboratdir.

Shu o’rinda, ko’zda tutilgan eng muhim maqsadlardan yana biri qishloqda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ko’plab kichik-kichik korxonalar qurish, servis-xizmat ko’rsatish sohalarini yo’lga qo’yish, qishloq mehnatkashlari uchun zarur maishiy xizmat turlarini rivojlantirishdir.

Qishloq xo’jaligida kichik va o’rta biznesni rivojlantirishning muhimligini anglamaslik, loqaydlik qilish olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning ko’zlagan maqsadlariga yetishida to’siq bo’ladi.

«Odamlarning qishloqdan zavod va fabrikaga emas, balki sanoatni odamlar ho’zuriga – qishloqqa olib borish kerak.»1, - deb ta’kidlaydi yurtboshimiz. Bu borada qimmatbaho gigant fabrikalar emas, balki ixcham, kerak bo’lganda ishlab chiqariladigan mahsuloti turini o’zgartira oladigan korxonalar qurishga ahamiyat berish lozim.

Bugungi kunda Respublikamiz qishloq joylarida kichik korxonalar, kichik va o’rta biznes faollashib bormoqda.

Navoiy viloyatida ham shu singari qishloq xo’jaligi sohasiga xizmat qiladigan ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari mavjud.

Jumladan, «Navoiazot» ishlab chiqarish birlashmasi, «Elektroximzavod» hissadorlik jamiyati, «Navoiy mashinasozlik zavodi», «Navoiy non mahsulotlari » ishlab chiqarish birlashmasi, «Navoiydon», paxta tozalash zavodlari, Zarafshon shahrida «Agama» ishlab chiqarish korxonalari, parrandachilik fabrikalari, shuningdek, har bir tumanda konservalash kichik korxonalari, har xil mevalarni qishin-yozin yetishtirib beradigan limonariyalar, issiqxonalar, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va maishiy xizmat shahobchalari faoliyat ko’rsatmoqda.

Bozor iqtisodiyotiga o’tishning hozirgi bosqichiga kelib «Qishloqxo’jalikta’minotto’zatish», «Qishloqxo’jkimyo», «Mevasabzavoto’zumsanoat», «Go’shtsanoat» kabi birlashmalar tarkibida o’nlab xususiylashgan mulk shakllari paydo bo’ldi. Viloyat bozorlari qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan to’la bo’lib, aholi ehtiyojlarini qondirmoqda.

Navoiy viloyatida dehqon va femer xo’jaliklarining har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi natijasida bu sektorda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Dehqon va fermer xo’jaliklarining ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotining 80 foizidan ortig’ini tashkil qiladi. Bu ko’rsatgichlar: 1998y – 68,8%,

1999y – 66,2%, 2000y – 65,5%, 2001y – 69% bo’lgan.

Bugungi kunda fermerlar oldida turgan asosiy vazifalardan biri, rivojlangan mamlakatlar fermerlarining tajribalarini o’rganish, xorijiy sarmoyadorlar bilan o’zaro hamkorlik qilish va munosib o’rin egallashdir.

Darvoqe, «Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish natijasida 2006 yilning oxiriga borib mamlakatimizda mavjud su’oriladigan ekin maydonlarining 75 foizi fermerlar ixtiyoriga o’tadi.»1

Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomondan esa muammolar ham yuk emas, albatta.

Bugungi kunda viloyatda mavjud imkoniyatlardan to’laqonli foydalanilmokda, desak, yanglishamiz. Qishloq xo’jaligida birgina paxta yetishtirish sohasini oladigan bo’lsak, 2004 yildagina shartnomaviy reja bajarildi. «Viloyat, viloyat bo’lib bunday natijaga erishmagandi. Respublikadagi man-man degan paxtakor viloyatlarni ortda qoldirib, uchinchi urinda – haqiqiy g’oliblar safoda marraga yetib keldik»2

Endilikda mavjud muammolarni ilmiy o’rganish va ularni oldini olib faoliyatni to’g’ri tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.

Viloyat qishloq xo’jaligidagi muammolarni sanab ko’radigan bo’lsak, jumladan:

- yerlarni mileorativ holatini yaxshilash;

- sho’rlanishni oldini olish;

- yuqori hosildorlikka erishish;

- yangi ishchi o’rinlarini yaratish;

- qishloqda korxonalar tashkil qilish;

- import o’rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarish;

- dehqon (fermer)larning huquqiy salohiyatini oshirish;

- moddiy texnika bazasini yaratish;

- eksportbob mahsulotlar yetishtirish;

- urug’chilikni ilmiy asosda tashkil qilish va boshqalar.

O’zbekiston qishloq xo’jaligi ilmiy ishlab chiqarish Markazi Navoiy viloyati bo’limi tahliliga ko’ra tajribalar shuni ko’rsatadiki, qaysi xo’jalikda, tumanda dehqonchilik ilmiy asosda tashkil etilsa, xususiy fermer xo’jaliklari shakllangan bo’lsa, shu yerda qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olinmoqda.

Demak, dehqonchilikdan yaxshi natijalarga erishish uchun bor bilim, kuch va g’ayratni sarf etish darkor. Jiddiy kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik, muammolarni o’z vaqtida hal etish maqsadga muvofiqdir.



II.2. Agrar sohada dehqon va fermer xo’jaliklarining rivojlantirilishi, yutuqlar va muammolar.

Navoiy viloyatida dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirish borasida olib borilgan ishlarda O’zbekiston Respublikasi Dehqon va fermer xo’jaliklari uyushmasi Navoiy viloyati vakilligining xizmatlari katta. Chunki dehqon va fermer xo’jaliklari, ularning faoliyati, rejalari va muammolarini hal etish aynan uyushmaning vazifalari jumlasiga kiradi.

Ushbu uyushmaning 2003-2005 yillar davomida Dehqon va fermer xo’jaliklari faoliyati to’g’risidagi hisoboti buning yaqqol misolidir.

Yurtboshimizning bevosita rahbarligida qishloq xo’jaligida islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Respublika Prezidentining 2003 yil 27 oktyabrdagi «2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to’g’risida»gi Farmoni talabalaridan kelib chiqib, yer kodeksi, «Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida», «Fermer xo’jaligi to’g’risida» va «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»gi qonunlarga tegishli qo’shimcha va o’zgarishlar kiritildi. Shuningdek, 2004 yil 24 dekabrdagi 607 – sonli qarorida Respublikamiz qishloq xo’jaligi istiqbolida asosiy mahsulotni yetishtiruvchi fermer xo’jaliklari etib belgilandi.



Natijada viloyatimizda fermer xo’jaliklari soni jadal ortib, 2003 yilda 3512 tani, 2004 yilda 4205 tani, 2005 yil 1 iyul holatida 5485 tani, 2006 yil 1yanvar holatiga kelib 5673 tani tashkil etdi. (Ilovaga qarang)

Ularga ajratilgan jami yer maydonlari 150530 gektarni, o’rtacha bir fermer xo’jaligiga 26 gektardan to’g’ri keladi. Fermer xo’jaliklarida ishlovchilar soni esa 26901 kishini tashkil etmoqda. 2003 yilga nisbatan hozirda fermer xo’jaliklari soni 2161 taga, ularga ajratilgan yer maydoni 10494 gektarga, fermer xo’jaliklarida ishlovchilar soni 3687 kishiga ortgan.1

Bugungi kunda mavjud fermer xo’jaliklarining 3464 tasi paxta, 801 tasi g’allachilik, 340 tasi chorvachilik, 1068 tasi meva-sabzavotchilik yo’nalishlrida faoliyat ko’rsatmoqda.



Past rentabelli, zarar ko’rib ishlayotgan shirkat xo’jaliklarini tugatish va ular negizida fermer xo’jaliklarini tashkil etish borasaida bajarilgan ishlar:

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 yanvardagi 386 - sonli qaroriga asosan viloyatdagi past rentabelli, zarar ko’rib ishlayotgan 5 ta shirkat xo’jaligi, 2003 yil 30 oktyabrdagi 476 – sonli qaroriga asosan 10 ta shirkat xo’jaligi, 2004 yil 24 dekabrdagi 607-sonli qaroriga asosan 10 ta shirkat xo’jaligi (jami 35 ta) tugatilib, Ushbu tugatilgan shirkat xo’jaliklari negizida tender tanlovlar asosida 2298 ta fermer xo’jaligi tashkil etilib, ularga shirkat xo’jaliklarining 32179 gektar yer maydonlari taqsimlab berildi. (ilovalarga qarang)

Viloyatdagi fermer xo’jaliklariga joyida xizmat ko’rasatish, ularni mineral o’g’it, yoqilgi mahsulotlari bilan ta’minlashni, bank xizmati, texnika xizmati, konsalting – axborot xizmati, texnika xizmatlarini yaxshilash borasida 27 ta muqobil MTP, 36 ta SFU, 35 ta yoqilg’i quyish shahobchasi, 21 ta minibank, 18 ta zooveterinariya shahobchasi, 10 ta konsalting – axborot markazlari, 9 ta qishloq xo’jaligi mahsulotlari tayyorlash shahobchalari tashkil etilib, dehqon va fermer xo’jaliklariga xizmat qilmoqda.

Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, shirkat xo’jaligi davridagiga nisbatan fermer xo’jaliklari ijobiy natijalarga erishmoqdalar.

Jumladan, fermer xo’jaliklarda har bir gektardan olinayotgan hosildorlik tugatilgan shirkat xo’jaliklariga nisbatan paxta yetishtirishda 5-8 sentnerga, g’alla yetishtirishda 10-13 sentnerga ko’payganligini ko’zatish mumkin.

Dehqon va fermer xo’jaliklari tomonidan qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish borasidagi natijalar.

Viloyatda o’tgan 3 yilda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda fermer xo’jaliklari salmog’i sezilarli ravishda ortib, asosiy mahsulot yetishtiruvchi kuchga aylandi.

Qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i bo’lgan paxtachilikda 2003 yilda fermer xo’jaliklari viloyatda yetishtirilgan paxtaning 42 % ini (41740 tonna) yetishtirgan bo’lsa, 2004 yilda 60 %ga (67081 tonna) yetishtirgan bo’lsa, joriy yilda bu ko’rsatgich 65 % ga yetdi. Shuningdek g’allachilikda 2003 yilda viloyatda yetishtirilgan g’allaning 50%i (734335 tonna), 2004 yilda 64 %i fermer xo’jaliklari hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2005 yilda bu ko’rsatgich 78 % ni tashkil qildi.1

G’alla ekkan 3048 ta fermer xo’jaliklari 2843 ta fermer xo’jaliklari kontraktatsiya shartnomalarini ortig’i bilan bajardi. Davlatga 54537 tonna don topshirib, reja 101%ga bajarildi. O’rtacha hosildorlik 43,5 sentnerni tashkil qildi.

Dehqon, fermer xo’jaliklarida o’tgan 3 yilda o’rtacha hosildorlik paxtachilikda 2,9 sentnerga, g’allachilikda 10,8 sentnerga oshdi.

Hosildorlikning oshishi, moddiy-texnika resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanilishi natijasida paxtachilikda samaradorlik 2004 yilga kelib 32,3%ni, g’allachilikda 26,2%ni tashkil etdi.

Fermer xo’jaliklari tomonidan meva, sabzavot, ozum, poliz, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish miqdori ham ortib bormoqda.

2005 yil fermer xo’jaliklarimiz tomonidan 11736 tonna sabzavot, 3106 tonna meva, 1360 tonna kartoshka, 2100 tonna ozum, 4485 tonna poliz, 1039 tonna go’sht, 5244 tonna sut, 541 ming dona tuxum, 76 tonna jun ishlab chiqarildi.2



Viloyatdagi fermerchilik harakatining ilg’or vakillaridan paxta-g’allachilikda:

Qiziltepa tumanidan: «Valiobod», «Halim-Olim», «O’zbekiston», «Sa’di bobo», «Abdulla bobo» kabi fermer xo’jaliklari;

Xatirchi tumanidan: «Go’zal Marjona», «Bog’inur Umid», «Toshbotir bobo», «G’aybulla To’rayev», «Il-2000», «Qudrat - Shams», «Namozbobo-2000» fermer xo’jaliklari;

Navbaxor tumanidan: «Islom ota», «Madaminov Muslim», «Yangi yer», «Istiqbol», «Mohina», «Turon» fermer xo’jaliklari;

Karmana tumanidan: «Rahim Ismoilov», «E.Xudoyqulov», «Ergashev Otabek», «Anvar Axtamov», «Shaxzod - 2000», fermer xo’jaliklari;

Konimex tumanidan: «Bisen», «Olimjon», «Sardor», «Ravshan» fermer xo’jaliklari;

Nurota tumanidan: «Karim Juman», «Majnuntol», «Boqibobo», «Xo’jaqulbobo» fermer xo’jaliklari;


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish