Chorvachilikda: «Zulm-Saroy», «Xoji Rayim», «Toshbibi», «Erkin», «Yuldo’z», «Istiqlol – 10 yilligi», «Haqiqat» fermer xo’jaliklari;
Meva – sabzavotchilikda: «Mahfo’za», «Shayx Shodi», «Shuxrat», «Soxib», «Jahon bobo», «Shirin», «Boychechak», «Azamat», «Sharbat-98», kabi fermer xo’jaliklari safi kundan-kunga kengayib bormoqda.
Dehqonchilikda mehnat qilib el-yurt olqishlariga sazovor bo’layotgan fermerlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlariga loyiq topilmoqdalar.
(Ilovaga qarang)
Viloyatda 2005 yil 1 aprel holatida 140612 ta dehqon xo’jaliklari mavjud bo’lib, ulardan 623 tasi yuridik maqomga ega hisoblanadi.1
Bugungi kunda viloyatda ishlab chiqarilayotganmeva, sabzavot, kartoshka, chorvachilik mahsulotlarining asosiy qismi dehqon xo’jaliklari hissasiga to’g’ri kelmoqda.
Jumladan, 2004 yida ishlab chiqarilgan go’shtning 83%i, sutning 94%i, kartoshkaning 90%i, sabzavotning 74%i, mevaning 63 %i dehqon xo’jaliklari salmog’iga to’g’ri keladi.
Fermer xo’jaliklarining moddiy-texnika ta’minoti, lizing asosida qishloq xo’jalki texnikalari bilan ta’minlash
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi 383-sonli «Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qaroriga asosan, fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning shartnomalarni bajarilishida mas’uliyatini oshirilganligi, joylarda infratozilma shaxobchalarining tashkil etilganligi, yoqilg’i, mineral o’g’itlar agrotexnologik karta asosida ajratilishi yo’lga qo’yilganligi, fermer xo’jaliklarini moddiy texnik resurslar bilan ta’minlashda ijobiy o’zgarishlarga olib keldi.
Viloyat «Qishloqxo’jalikkimyo» korxonasi bo’limlari tomonidan 2003 yilda 2296 ta fermer xo’jaligiga 6951 tonna mineral o’g’itlar yetkazib berilgan bo’lsa, 2004 yil 2953 ta fermer xo’jaligiga 9648 tonna, 2005 yil hosili uchun esa 11876 tonna mineral o’g’it yetkazib berildi.1
«Navoiy neftmahsulotlari» unitar korxonasi tomonidan 2003 yil 5005 tonna dizel yoqilgi, 2004 yilda esa agrotexnologik kartalarga asosan davlat ehtiyoji uchun paxta va g’alla yetishtiruvchi fermer xo’jaliklariga 7737 tonna hamda tovar xom ashyo birjasi orqali 2348 tonna jami 10085 tonna yoqilgi mahsulotlari yetkazib berilgan.
«Fermer xo’jaliklari tomonidan yoqilgi resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanishi natijasida 2004 yilda agrotexnologik kartada belgilanganiga nisbatan 549 tonna, ya’ni 66,2 mln. So’mlik dizel yoqilgisi iqtisod qilindi.»2
Hukumatimiz tomonidan belgilangan imtiyozdan unumli foydalanilayotgan fermer xo’jaliklari soni ortib 2003 yilda 30 ta fermer xo’jaligi lizing asosida 38 ta qishloq xo’jalik texnikasini olgan bo’lsa, 2004 yilda 65 ta fermer xo’jaligiga 85 ta texnika, 2005 yilning 1-choragida esa 29 ta fermer xo’jaligiga 36 ta qishloq xo’jalik texnikasi ajratib berildi. (Ilovaga qarang)
Fermer xo’jaliklari olayotgan daromadlarini birinchi navbatda qishloq xo’jaligi texnikasi olishga sarflayotgani natijasida, fermer xo’jaliklarida mavjud qishloq xujalik texnikalari soni va sifati ko’payib bormoqda. Jumladan, 2003 yilda fermer xo’jaliklarida 1546 ta har xil qishloq xo’jalik texnikasi mavjud bo’lgan bo’lsa, 2004 yilda 2979tani, keyingi yillarda esa bundanda ko’proqni tashkil etdi.
Dehqon va fermer xo’jaliklarini kredit mablag’lar bilan ta’minlash
Hukumatimizning fermer xo’jaliklarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasida olib borgan siyosati samarasida, ularni moliyaviy qo’llab-quvvatlash borasida ham doimiy ishglar amalga oshirilmoqda. Tijorat banklari va byudjetdan tashqari fondlar tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kredit mablag’lari 2003 yilda 1792,7 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2004 yilda esa 1812,1 mln. so’mni tashkil etdi.
Bundan tashqari 2004 yilda davlat ehtiyoji uchun paxta va g’alla yetishtiruvchi fermer xo’jalikalridan 1769 ta paxta yetishtiruvchi xo’jaliklariga 3313,5 mln so’m, 265 tagalla yetishtiruvchi fermer xo’jaliklariga 141 mln. so’m imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi. 2005 yil 1- choragida 1831 ta paxta yetishtiruvchi fermer xo’jaliklariga 3474 mln so’m, 734 ta g’alla yetishtiruvchi fermer xo’jaliklariga 318 mln. so’m imtiyozli kredit mablag’lari berilgan.
«Respublika Dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tomonidan 2003 yilda viloyat fermer xo’jaliklariga 27 mln, 2004 yilda 37 mln. so’m imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi»1
Dehqon va fermer xo’jaliklarining iqtisodiy, huquqiy va kasbiy bilimlarini oshirish, ularning huquq-manfaatlarini himoya qilish borasida qilingan ishlar.
Dehqon va fermerlar uyushmasi viloyat vakilligi hamda tuman vakilliklari o’zlarining oldilarida turgan birinchi navbatdagi vazifa etib fermer xo’jaliklari xodimlarini bilimlarini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya etish borasida etgan davrda bir qator ishlarni amalga oshirdilar. Hisobot davrida fermer xo’jaliklari rahbarlarini iqtisodiy, huquqiy bilimlarini oshirish, qayta tayyorlash borasida 4135 nafar fermer xo’jalik rahbarlari o’qitildi va malakasi oshirildi. Jumladan, 734 nafar xodim Karmana qishloq xo’jalik kolleji xo’zurida tashkil etilgan biznes maktabda malakasi oshirilgan bo’lsa, 3401 nafar xodim tuman markazlarida hamda qishloq fuqarolar yig’inlarida tashkil etilgan o’quvlarda 100 gektardan ortiq yer maydoniga ega bo’lgan 64 nafar fermer xo’jaligi 1 haftalik o’quv va amaliy seminarlarga jalb etildi.
2004 yilda «Evropada xavfsizlik va hamkorlik» tashkiloti (OBSE) va Amerikaning YUSAID tashkilotlari bilan hamkorlikda viloyatdagi 265 nafar fermer xo’jaliklarining 2 kunlik o’quv seminarlari tashkil etilib, malaka oshirdilar. Respublikada tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, fermer xo’jaliklar faoliyatida foydalanishi uchun bank, soliq, sug’urtaga oid me’yoriy xujjatlar to’plami chop etilgan. 240 ta kitob to’plami fermer xo’jaliklariga tarqatilgan.
Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish borasida hukumatimiz chiqargan qarorlarning mazmunini fermer xo’jaliklarga berilayotgan imtiyozlar, ularning yutuqlari va oldilaridagi muammolari to’g’risida Respublika va viloyat televideniyesi va radiosida viloyat hamda tuman vakilliklari tomonidan ko’rsatuv va eshitirishlar uyushtirildi.
Viloyatimizdagi fermerchilik harakatidagi ilg’or tajribalar, Respublika «Halk so’zi», «Qishloq hayoti», «O’zbekiston ovozi», «Fidokorlar» kabi gazetalarda, viloyatning «Do’stlik bayrog’i», «Znamya Drujbы» gazetalarida yoritib borilmoqda. Viloyat va tuman vakilliklari tomonidan joylarda fermer xo’jaliklar oldidagi muammo va kamchiliklar o’rganilib, ularning taklif va mulohazalari jamlanib, Respublika Dehqon va feremr xo’jaliklari uyushmasiga takliflar berib borilgan va uyushma orqali fermer xo’jaligi Namunaviy Nizomga, yer berish tartibiga, yer ijara shartnomasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
O’tgan yillar davrida tuman vakilliklari tomonidan yerlardan samarali foydalanib kelgan 363 ta fermer xo’jaliklariga 6005 gektar qo’shimcha yer berish bo’yicha mahalliy hokimliklarga tavsiyalar berilgan va ijobiy hal etilgan.
Viloyat Adliy boshqarmasi, viloyat Prokuraturasi hamkorligida viloyat xo’jalik sudlarida 376 ta fermer xo’jaligi foydasiga 235,8 mln so’mlik mablag’ undirib berilgan.2004 yilda Viloyat Monopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish boshqarmasiga murojjatlar qilinib, MTP korxonalaridagi «Keys» kombaynlarida 1 gektar g’alla maydonining o’rish narxi yuqoriligi asoslab berildi va har gektar yerdan 1435 so’mga kamaytirishga erishildi.
2003 yilda Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda Karmana tumanidagi 40 ta, Navbahor tumanidagi 37 ta fermer xo’jaligiga paxta tozalash korxonalari tomonidan 23137 ming so’m mablag’ to’lab berilishiga Amaliy yordam ko’rsatildi.
2004 yilda viloyat vakilligi tomonidan 17 ta fermer xo’jaligiga yer maydonlarining holati hosildorlik belgilanishi, sharlnomalar to’zishdagi noaniqliklarni sudlarga chiqarilib, adolatli hal etishda yordam berildi.
Fermer xo’jaliklarini huquq-manfaatlarni himoya qilish, ularning rahbarlarini iqtisodiy, huquqiy bilimlarini oshirish borasida
bajarilayotgan ishlar.
Fermer xo’jaliklari rahbarlarini iqtisoiy, huquqiy bilimlarini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya etish, fermer xo’jaliklari uyushmasi viloyat va tuman vakilliklari oldida turgan 1-navbatdagi vazifadir. 2004 yilda Karmana Qishloq xo’jaligi kolleji hozurida tashkil etilgan biznes maktabida 572 ta, joriy yilning 6 oyi mobaynida 200 nafar fermer xo’jaligi rahbarlari qayta tayyorlanib, malakalari oishirildi. Respublika fermerlar uyushmasi tashabbusi bilan 2004 yil avgust oyi hamda 2005 yil aprel oyida «Evropada xavfsizlik va hamkorlik» tashkiloti bilan hamkorlikda viloyatdagi 100 nafarga yaqin fermer xo’jalik rahbarlari «O’zbekistonda fermerlikni rivojlantirish» mavzusida 2 kunlik o’quv seminariga ishtirok etishi ta’minlangan.
Xatirchi, Navbahor, Karmana, Nurota tuman vakilliklari tomonidan yerdan unumli foydalanayotgan 87 ta fermer xo’jaligiga 1364 gektar qo’shimcha yer maydoni ajratishda amaliy yordam ko’rsatildi.
Fermer xo’jaliklarini qonuniy haq-huquqlarini himoya qilish borasida viloyat xo’jalik sudi tomonidan fermer xo’jaliklar manfaatlarini ko’zlab 326 ta da’vo ishlari ko’rib chiqilib, ular foydasiga 66 mln So’m mablag’ undirib berildi. Xatirchi, Navbahor, Karmana tuman vakilliklari tomonidan pila tayyorlov korxonalaridan fermer xo’jaliklariga topshirilgan pilla uchun mablag’larni to’lab berilishiga amaliy yordam ko’rsatildi.1
Viloyatimizdagi fermerchilik harakatidagi yutuqlar va muammolar doimiy ravishda Respublika va viloyat gazetalarida hamda OAVlarida keng yoritib borilmoqda. Joylarda fermer xo’jaliklari oldida turgan muammo va kamchiliklar o’rganilib, Respublika Dehqon va fermerlar uyushmasiga taklif va mulohazalar bilan murojaat qilinmoqda.
Muammolar
Bugungi kunda shirkatlarning ichki xo’jalik mexanizmini takomillashtirish, feremer xo’jaliklarini tashkil etish va ularga servis xizmatlari ko’rsatish ishlarini qoniqarli deb bo’lmaydi.
Shirkat xo’jaliklari bilan tayyorlovchi va xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar o’rtasida to’zilayotgan shartnomalar talabga javob bermaydi. Ularning aksariyati tayyorlov tashkilotlari mayefaatlarini ko’zlab tezilmoqda. Bu borada Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining viloyat boshkarmalari va tuman bo’limlari tomonidan yetarli ish olib borilmayapti.
Ayrim hollarda shirkat xo’jaliklarini tugatish bo’yicha tashqi etilgan komissiyalar tomonidan fermer xo’jaliklari tanlovi nomigagina yo’zaki o’tkazilmoqda. Ko’pgina hollarda yer maydonlarini haqiqiy ishlovchilarga bermasdan, sohadan o’zoqda bo’lgan, dehqonchilik tajribasiga ega bo’lmagan, shahardan kelgan yoki qishloq xo’jaligiga umuman aloqasi bo’lmagan boshqa shaxslarga berish davom etmlqda.
Fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi MTP larning shartnomalarni o’z vaqtida bajarmaslik hollari ko’plab uchramoqda. Banklar fermer xo’jalkilariga kredit berish masalasiga yetarli e’tibor bermayapti.
Fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatish maqsadida tugatilgan shirkat xo’jaliklari hududida tashkil etilgan yuridik xizmat va konsalting markazlari, mini banklar, muqobil MTPlar, suvdan foydalanuvchilar uyushmalari, yoqilg’i-moylash materiallari va mineral o’g’itlar sotish shahobchalari kabi bozor infrato’zilmasi ob’ektlari aksariyat hollarda nomigagina tashkil etilgan.
«Buning asosiy sababi,- deydi O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.Mirziyoev, o’zining «Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish-davr talabi» nomli maqolasida,- ayrim tuman hokimlarining, sohaga aloqador tashkilotlar, shirkat va fermer xo’jaliklari rahbar hamda mutaxassislarining qishloq xo’jaligi bo’yicha qabul qilingan qonunlar, hukumat qarorlari va tegishli me’yoriy xujjatlarning mazmun-mohiyatini to’liq tushunib yetmasligidir. Bu esa o’z navbatida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda.»1
Muammo shuki:
- tuman hokimlari rahbarligida faoliyat ko’rsatayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha tuman komissiyalarining ishlari talab darajasida emasligi;
- Ushbu komissiyalar tomonidan iqtisodiy islohotlar jarayoni chuqur tahlil qilinmayapti, mavjud xato va kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish choralari ko’rilmayapti
- aksariyat hollarda, shikatlarni fermer xo’jaliklariga aylantirish bo’yicha to’zilayotgan qayta tashkil etish komissiyalariga yetarli tajribaga ega bo’lgan masalaga adolat nuqtai nazaridan yondoshadigan mutaxassislar jalb qilinmaganligi.
«Ayrim xo’jaliklar, - deb ta’kidlaydi, O’zbekiston Respublikasi Dehqon va fermer xo’jaliklari uyushmasining raisi S.Qobilov, - balansidagi yo’llar, gaz va suv quvurlari tegishli vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilib olinmagan, sotiladigan ob’ektlar esa hanozgacha sotilmasdan qolib ketmoqda. Shirkat xo’jaliklari balansidagi «Dala shiyponlari» fermer xo’jaliklariga xususiylashtirilib berilmoqda. Ammo, ayrim tumanlarda sotib olingan «Dala shiyponlari»ni bo’zib, materialarini sotib yuborish yoki boshqa maqsadlarda fodalanish hollari sodir bo’lmoqda»2
Bugungi kunda agrosanoat sohasida faoliyat ko’rsatayotgan har bir rahbar qishloq xo’jaligi sohasining qonuniy asoslarini, me’yriy xujjatlarni chuqur o’zlashtiribgina qolmay, balki ularning targ’ibotchisi va tashviqotchisi ham bo’lishi lozim.
Tugatilayotgan xo’jalik hududida oldindan tashkil etilgan fermer xo’jaliklarining faoliyati o’rganilib, yerdan unumli foydalanib yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishgan, qishloq xo’jalik texnikalariga va yetarli ishchi kuchiga ega bo’lgan da’vogarlarga qo’shimcha yer maydoni ajratish tajribasini ko’proq qo’llash kerak.
Bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, bugungi kunda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishning keng qamrovli choralarini ko’rish kerak.
II.3. Viloyat qishloq xo’jaligida xalqaro hamkorlikning
yo’lga qo’yilishi.
Navoiy viloyatida 2006 yil 1 yanvar рolatiga:
Kichik korxona ………..473
Mikrofirmalar………...9051
Fermer xo’jaligi……...5673
Xususiy korxona……….2060
Tash. etilgan XIK (хususiy ishlab chiqarish korxonalari)……….36
Ichki xududiy maxsulotda (IHM)Kichik biznes (KB)ulushi….20,9%
Kichik biznesda bandlik…192500
Agrar sektor - O’zbekistonning asosiy iqtisodiy sohalaridan biri hisoblanadi. U xalq xo’jaligining ham eng muhim tarmoqlaridan biri bo’lib, uning barqaror rivojlanishini ta’minlash davlat iqtisodiyot siyosatining markazida turibdi. Aholining o’sib borayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabini, qayta ishlash sanoatini xom-ashyo bilan ta’minlash hamda respublikani tashqi eksport imkoniyatlarini kuchaytirish qishloq xo’jaligining rivojlanganlik darajasi bilan bog’lik. Shuning uchun ham agrar sektorning iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish, bozor sharoitlariga mos bo’lgan yangi xo’jalik mexanizmini yaratish eng dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirish imkoniyatlari sanoatda, umumiy iqtisodiyotda mujassamlashgan. Qishloq xo’jaligini jadal olg’a siljitish uchun juda katta miqdorda moliyaviy resurslar zarur. Bu qadar salmoqli mablag’lar yoki mamlakat ichkarisida ishlab topilishi, yoki xorijiy davlatlardan, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan qarz olish hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Qaysi yo’lni tanlashni, mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib, o’sha davlatning o’zi hal qiladi. Deyarli barcha mamlakatlarda, hatto rivojlangan mamlakatlarda ham qishloq xo’jaligi norentabel hisoblanadi, shuning uchun ham davlatdan ko’mak oladi. Qishloq xo’jaligiga yordam ko’rsatish uchun, avvalo umumiy iqtisodiyotda, sanoatda jiddiy o’zgarishlar, siljishlar yoz berishi kerak edi.
Jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, sanoatsiz qishloq xo’jaligini rivojlantirib bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligi barcha xalk xo’jaligi majmui tarmoqlari, eng avvalo, sanoat bilan chambarchas bog’lik. U hozir sanoat bilan boshlanib (ishlab chiqarish vositalari, madaniy o’g’itlar ishlab chiqarish), sanoat bilan tugallanadi (yetishtirilgan xom ashyo va mahsulotlarni qayta ishlash, tayyor mahsulotga aylantirish). Bu ikki tarmoq o’rtasidagi aloqa vertikal integratsiya yoki agrosanoat integratsiyasi jarayoni bo’lib, borgan sari chuqurlashib boraveradi.
Rivojlangan mamlakatlarda aholining 3-5 foizini tashkil etadigan fermerlar oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’z xalkini to’la ta’minlabgina qolmay, ayni paytda o’z mahsulotlarini boshqa davlatlarga ham eksport qiladi. Gollandiya yoki Amerikada fermerlarga servis xizmati bo’yicha qanchadan-qancha aholi band ekanligini ham e’tibordan soqit qilib bo’lmaydi. Fermer o’z uyida yoki fermasida turib, kerakli urug’lik, mineral o’g’itlar yoki texnika xizmati uchun, arzon va ishonchli ta’minotchi hamkoriga buyurtma berishi va uni o’z vaqtida olishi mumkin.
Qo’shma korxonalar
2005 yilning o’tgan davri mobaynida viloyatda barcha sohalarda ichki bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirish, qishloq infratuzilmasining rivojlantirish borasida aniq chora - tadbirlar amalga oshirildi.
«Hisobot davrida hududiy ichki mahsulot hajmi o’tgan yilning shu davriga nisbatan 100,0 %ni, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 109,2%ni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 106,35ni (Zarafshon-Nyumontdan tashqari), Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 100,4%ni, kapital qo’yilmalar 135,0%ni, pudrat ishlari 104,2%ni, chakana savdo aylanmasi 107,7%ni, pullik xizmat ko’rsatish 123,3%ni, tashqi savdo aylanmasi hajmi esa 94,4%ni tashkil qilgan.»1
Viloyatda 2005 yil 1oktyabr holatiga 44 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi ro’yxatga olingan korxonalardan 34 tasi faoliyat ko’rsatmoqda, 5 ta korxona o’z faoliyatini butunlay va 10 ta korxona o’z faoliyatini vaqtinchalik to’xtatgan.
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyati davomida eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosa oladigan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Doimiy faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar quyidagi tarmoqlarda ishlamoqda:
Kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mashina qurilish sanoati, qimmatbaho metallar ishlab chiqarish va boshqalar.
Qo’shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ishlar, xizmat ko’rsatish umumiy hajmi 151,9 mlrd so’m bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 29,7 mlrd so’mga kamaygan yoki 83,6 % ni tashkil qilgan.
Joriy, 2005 yilning yanvar-sentyabr oylarida qo’shma korxornalarning import hajmi o’tgan yilning shu davriga nisbatan 82,8 % ga teng bo’lib, 50,6 mln. AQSH dollarini tashkil qildi.
2005 yil mobaynida viloyatda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ichki bozorni iste`mol mollari bilan to’ldirish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, dehqon fermer xo’jaliklari tashkil etish borasida ibratli ishlar amalga oshirildi.
Ya`ni, viloyatda ishlab chiqarilgan hududiy mahsulot hajmi 850,3 mlrd so’mni, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 100,6 foizni tashkil etdi. Aholi jon boshiga esa, IXM ishlab chiqarish hajmi 1044,0 ming so’mga to’g’ri keldi.
Jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish o’tgan yilning shu davriga nisbatan 103,6 foizni (Zarafshon-N`Yumont kushma korxonasidan tashqari), xalq iste`mol mollari ishlab chiqarish hajmi 103,9 foizni, qishloq xo’jaligi jami mahsuloti 104,9 foizni, kapital qo’yilmalar 134,1 foizni, chakana savdo aylanmasi 106,9 foizni, pullik xizmat ko’rsatish hajmi 118,1 foizni tashkil etdi.
Ichki hududiy mahsulot asosiy qismini, ya`ni 48 foizini sanoat mahsulotlari tashkil qilgan bo’lsa, 18 foizini qishloq xo’jaligi mahsulotlari, 6 foizini qurilish, 3 foizini savdo va umumiy ovqatlanish, 6 foizini nooziq-ovqat va 19 foizini boshqalar tashkil etdi.
2005 yil davomida viloyat bo’yicha jami berilgan kredit mablag’lari miqdori 52032,7 mln. So’m bo’lib, shundan kichik va o’rta biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab quvvatlashga 12875,6 mln.so’m mablag’ yunaltirildi.
KXBT sub`ektlarining 5,9 foizi sanoat, 69,5 foizi kishlok xujaligi, 4,5 foizi kurilish, 12,6 foizi savdo va 7,5 foizi boshka soxalarga tug’ri keladi.1
Sanoat korxonalari, kichik va qo’shma korxonalar, yordamchi xo’jaliklari va yakka mexnat faoliyati bilan shug’ullanuvchilar tomonidan amaldagi narxlarda 1550,4 mlrd. So’m miqdorida sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi. 2005 yilda o’tgan yilning shu davriga nisbatan rangli metallurgiya sanoatida 102,0 foiz, qurilish materiallari sohasida 106,9 foiz ishlab chiqarish hajmi o’sishiga erishildi.
2006 yilning 1 yanvar holatiga kelib, quyidagi sanoat mahulotlari ishlab chiqarish bo’yicha o’sish sur`atlari kuzatildi: o’simlik yog’i -2666 tonna (1,9 marotaba), shrot-8069 tonna (1,9 marotaba), krupa -29 tonna (1,7 marotaba), lint -3432 tonna (1,5 marotaba), paypoq mahsulotlari -70 ming juft (1,5 marotaba), osh tuzi -5060 tonna (144,0 foiz), alkogolsiz ichimliklar -19 ming dall (127,6 %), qandolotchilik mahsulotlari -1164 tonna (106,6 %), pivo -421 ming dall (127,6 %), elektrodlar -656 tonna (128,6 %), sirka kislotasi -6995 tonna (123,9 foiz%), chigit -66638 tonna (121%), sement -2507,7 ming tonna (107,8%).
2005 yilda xalq iste`mol mollari ishlab chiqarish 56,9 mlrd. so’mni tashkil qilib, bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 103,9 foizni tashkil qildi. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 26,2 mlrd. so’mni yoki 122,1 foiz, noozik-ovqat mahsulotlari 28,9 mlrd. so’mni yoki 90,5 foizni tashkil etdi.
Viloyatda barcha iqtisodiy tarmoqlar bo’yicha ro’yxatdan o’tgan sub`ektlar soni 2006 yil 1 yanvar holatiga 11827 ta bo’lib, shundan 10981 tasi kichik biznes va xussiy tadbirkorlik sub`eklaridir.
Jumladan, 10164 tasi mikrofirmalarni, 500 tasi kichik korxonalarni va 317 tasi boshqa sub`ektlarni tashkil etadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda yil davomida 1636 ta tadbirkorlik sub`ektlari tashkil etildi. Shuningdek, viloyatda shu yil 1 yanvar holatiga 10675 ta xo’jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyat yuritayotgan bo’lib, shundan 9524 tasi kichik biznes sub`ektlaridir.
Faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining 5,9 foizi sanoat, 69,5 foizi qishloq xo’jaligi, 4,5 foizi qurilish, 12,6 foizi savdo va 7,5 foizi boshqa sohalarga to’g’ri keladi.1
Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki hududiy mahsoltdagi ulushi 20,9 foizni tashkil etib, bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 0,1 foizga oshgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash maqsadida viloyat tijorat banklari va boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan 2005 yilda 13646,6 mln.so’m o’rniga 13710,7 mln.so’m kredit ajratildi. Shundan bank mablag’lari hisobidan kredit ajratish rejasi 12802,0 mln.so’m o’rniga 12875,6 mln.so’mga yoki 101,0 foizga, byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan esa, 844,6 mln. so’mga bajarildi. Byujdjetdan tashqari ajratilgan kreditlarning 745,0 mln. so'mi bandlik jamg’armsi hisobiga, 29,8 mln. so’mi dehqon-fermer xo’jaliklari uyushmasi hisobiga, 60,3 mln. so’mi «Tadbirkorbank» mablag’lari hisobiga to’g’ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga yangi ish o’rinlari yaratish 2005 yil dasturi rejasi 20329 ta bo’lib, haqiqatda 22142 ta ish o’rinlari yaratilgan yoki reja 109,0 foizga bajarildi. 2005 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni sub`ektlarining tashqi savdo aylanmasidagi hajmi 10,15 mln. AQSh dollarini, shundan eksport hajmi 10,15 mln. AQSh dollari, import hajmi esa, 9,17 AQSh dollarini tashkil etdi.
Qayd etib o’tilayotgan vaqt mobaynida tadbirkorlik sub`ektlarini informatsion qo’llab quvvatlash, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish markazlarida 2304 nafar kadr tayyorlandi. Bozor infratuzilma institutlari orqali tadbirkorlarga 11525,6 ming so’mlik xizmat ko’rsatildi yoki reja 103 foizga bajarildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida har yili O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o’rtasida o’tkaziladigan «Tashabbus» ko’rik-tanlovi munosabati bilan xorijiy va mahalliy kompaniyalarning mini-texnologiyalari ko’rgazmasi tashkil etilyapti. Ko’rik-tanlovning respublika bosqichida Navoiy shaxridagi «Ortomedfarmservis» MChJ «Sog’liqni saqlashga qo’shgan hissasi uchun» nominaciyasi bo’yicha Prezident sovriniga, «eng yaxshi ekologik toza mahsulot» nominaciyasi bo’yicha xalqaro «EKOSAN» jamg’armasi hamda Chexiya davlatining mamlakatimizdagi elchixonasi sovriniga sazovor bo’ldi.
Bundan tashqari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni sub`ektlari bilan Isroil va Pol`sha vakillari, Xitoyning «SINATEKS», Hindistonning «Savers Impeks», Rossiyaning «Russkaya Trapeza» kompaniya vakillari ishtirokida biznes uchrashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, Ukrainaning Zaporoj`e, Rossiyaning Astraxan` va Yaroslavl` Savdo-sanoat palatalari bilan aloqalar o’rnatildi.
Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ularni kerakli axborotlar bilan ta`minlash uchun 2ta shaxar, 8 ta tumanda axborot-maslahat markazlari, Navoiy shaxrida Xotin-qizlarni tadbirkorlik asoslariga o’qitish o’quv markazlari tashkil etildi. Mazkur markazlarning barchasi «Norma» huquqiy dasturi hamda mini-texnologiyalar katalogiga kiritilgan «PENTIUM-3» rusumidagi komp`yuterlar bilan ta`minlandi. 2005 yil davomida tadbirkorlik faoliyatiga ukitilganlarning jami soni 4208 nafarni tashkil etdi. Bugungi kunda asosiy. Bugungi kunda asosiy e`tibor kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari ulushini viloyat ichki hududiy mahsulotida keskin ko’paytirishga qaratilgan.
Masalan, Konimex tuumanidagi 2005 yilda mineral suv «Akvirus» shu`ba korxonasida 15ta, «Konimex oazis produkt» MChJda 35 ta, Qiziltepa tumanidagi «Vang’ozi agroeksport» xususiy korxonasida o’simlik yog’i va un mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilishi bilan 90 ta, «Qiziltepa sharbati»da 21 ta, Xatirchi tumanidagi «Zarafshon yog’-moy zavodi»da 23 ta, granit plitalar ishlab chiqarishga mo’ljallangan «Zarland industriya» MChJda 45 ta, Navbahor tumanidagi «Munis umidi» savdo firmasida kichik bosmaxona ishga tushirilishi bilan 15 ta yangi ishchi o’rinlari tashkil etildi.
Viloyat bo’yicha hisobot davrida tovar aylanishi hajmi 170762,7 mln. so’m bo’lib, bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 106,9 foizga, shundan davlat tarmog’i ulushi 5,4 foizga, 94,6 foizi xususiy tarmoqlar ulushiga to’g’ri keldi. Bundan tashqari, uyushgan tarmoqlar ulushi 33,1 foiz, uyushmagan tarmoqlar ulushi 26,7 foiz, jamoa savdo ulushi bilan birgalikda 66,9 foizga teng bo’ldi. Tovar aylanishi ahqoli jon boshiga o’tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 6,5 foizga o’sdi. Tovar aylanishi hajmining 7,6 foizi umumiy ovqatlanish sohasiga to’g’ri kelib, bu ko’rsatkich 12924,7 mln. so’mni yoki o’tgan yilga nisbatan 104,9 foizni tashkil etdi.
Aholiga pullik xizmat ko’rsatish hajmi 47407,3 mln. so’mni yoki 118,1 foizni, davlat tarmoqlari ulushi 41,2 foizni, xususiy tarmoqlar ulushi 58,8 foizni, pullik xizmat ko’rsatish sohalari indeksi 112,3 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida maishiy xizmat ko’rsatish hajmi 7997,1 mln.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan 127,6 foizni, davlat tarmog’i ulushi 12,5 foizni, sohaning asosiy qismi, ya`ni 87,5 foizi xususiy tarmoqlari ulushiga to’g’ri keldi. Maishiy xizmat ko’rsatish sohasi bo’yicha jami 294 ta yangi ishchi o’rniga ega bo’lgan 231 ta maishiy xizmat ko’rsatish nuqtasidan 172 tasi qishloq joylarida tashkil etildi.
2005 yil davomida viloyat bo’yicha aholi daromadi 427081,1 mln. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 23,8 foizga o’sdi.
Hisobot davrida 212226,2 mln. so’mlik jami qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarilib, bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 104,9 foizga teng bo’ldi. Shundan dehqonchilik mahsulotlari 103076,9 mln. so’mni, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 109149,3 mln.so’mni tashkil etdi.
2006 yil 1 yanvar holatiga viloyatda 5673 ta fermer xo’jaliklari tashkil etilgan bo’lib, ularga 150530 gektar er maydoni ajratilgan.
Jami fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 49250,7 mln.so’mni.yoki (127,0 foiz), dehqon xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilagn mahsulotlar hajmi 131686,3 mln. so’mni (yoki 106,7 foiz) tashkil etdi.
Viloyat bo’yicha shu davr davomida 28477,0 ming AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilgan bo’lib, shundan:
-to’g’ridan - to’g’ri xorijiy investitsiyalar – 1034,6 mln so’m;
- xorijiy kreditlar – 30569,2 mln so’mni tashkil etdi.
Ya’ni, to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalar quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |