O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
IJTIMOIY FANLAR VA MA`NAVIYAT ASOSLARI KAFEDRASI
“VOYAGA YETMAGANLAR O’RTASIDA JINOYATCHILIKNI
OLDINI OLISH MUAMMOLARI”
METODIK TAVSIYA
TUZUVCHI: O’QITUVCHI BOYMIRZAEVA RAHIMAXON
Namangan 2014
2
Ushbu metodik tavsiyada voyaga etmaganlar o`rtasida jinoyatchilik va
huquqbuzarlikni sodir etilishi va uning induvidual tartibda oldini olishga doir
ma’lumotlar berilgan. Metodik tavsiyadan voyaga etmaganlar o`rtasida jinoyatchilikni
oldini olishda va maktab o`quvchilarini pedagogik - psixologik va huquqiy tahlil
qilishda foydalanish mumkin. Metodik tavsiya umumiy o’rta ta’lim maktablari
psixologlari, huquqshunoslik fani o’qituvchilari hamda qiziquvchilarga
foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Tuzuvchi : o`qituvchi R.Boymirzayeva
Taqrizchilar: o`qituvchi M.Umrzoqova
o’qituvchi A.Qoriev
Mazkur tavsiya Namangan VPKQTMOI ijtimoiy fanlar va ma`naviyat asoslari
kafedrasining 2014-yil __ ________dagi yig`ilishida (__-sonli bayonnoma)
muhokama qilindi va institut o`quv-uslubiy kengashinig 2014-yil ___ ______dagi
-sonli qaroriga asosan tasdiqlanib,chop etishga ruxsat berildi
3
SO`Z BOSHI
Bozor iqtisodiyoti tizimi munosabatlariga o’tishda keng miqyosli demokratik
islohotlar, siyosiy tizimni yangilash, huquqiy demokratik davlatni shakllantirish,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini yanada to’laroq ta’minlash, shaxs uchun
qonunlarni buzishdan ko’ra unga amal qilishni rag’batlantiruvchi huquqiy tizimni
yaratish yo’lida mamlakatimizda juda muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov ta’kidlaganidek, "Yoshlar bilan ishlash
masalalari alohida e’tiborni talab qiladi. Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz
qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo’lib voyaga yetishiga,
farzandlarimizning hayotga nechog’li faol munosabatda bo’lishiga, qanday oliy
maqsadlarga xizmat qilishiga bog’liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak"
1
.
Bizga ma`lumki, Sobiq Ittifoq davrida voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini
oldini olish va unga qarshi kurashishga yetarli darajada e’tibor bo’lsa ham ammo
jinoyat qonunidagi bunday jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan normalar shu
vaqtgacha biror marta ham tizimlashtirilgan holda, hozirgi jinoyat kodeksimizdek
alohida bir bo’limda berilmagan edi. Unga ko’rsatilgan normalar jinoiy
javobgarlikni umumiy qoidalarini o’z ichiga olish bilan birga, voyaga yetmaganlar
tomonidan jinoyat sodir etilganda ularga nisbatan jazo turlarining ancha
takomillashganligi, sud ularga jazo tayinlashda o’smirning ruhiy rivojlanganlik
darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog’lig’ini, sodir etgan jinoyatining
sabablarini, katta yoshdagi kishilar va vaziyatning jinoyat sodir etilishdagi o’rnini
e’tiborga olib, javobgarlik yoki jazodan ozod qilishda unga nisbatan davlatimiz
tomonidan beriladigan bir qancha yengilliklarda ifodalanadi. Voyaga yetmaganlar
tomonidan jinoyat sodir qilinganda, davlat tomonidan ularning bu qilmishiga
beriladigan jazoga nisbatan ancha yumshoqligi qadimgi quldorlik davlatlariga ham
xos bo’lgan.
Huquqiy demokratik davlat qurish va jamiyat taraqqiyotining rivoji o’sib
kelayotgan avlodning ta’lim va tarbiya darajasiga bog’liqdir. Bunga erishish uchun
esa avvalo jamiyat a’zolarining siesiy, ijtimoiy, huquqiy saviyasini o’stirish kerak. Har
1
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z ko’limiz bilan kuramiz. T.7. - T. 1999. 385-6.
4
bir fuqaro, har bir inson o’z haq-huquqlarini yaxshi bilishi va himoya qila olishi zarur.
Zamon talablaridan kelib chiqqan holda fuqarolarning huquqiy madaniyati, ongi va
bilimlarini yanada oshirish asosiy vazifalardan biri bo’lib qolmoqda.
Bu
vazifalarning
ajralmas
qismini
jamiyatga
zid
xatti-harakatlar,
huquqbuzarliklarga qarshi kurash tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining "Voyaga yetmaganlar ishi bilan shug’ullanuvchi komissiyalar
faoliyatini
takomillashtirish
to’g’risida"gi Qarorida
2
voyaga
yetmaganlar
huquqbuzarliklarining oldini olish, jinoyatchilik va jamiyatda sodir etiladigan boshqa
salbiy xatti-harakatlarga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan aniq choralar
belgilab berilgan. Ularni amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar,
ayniqsa ichki ishlar organlarining faoliyati muhim o’rin tutadi. Shuning uchun ham
ular faoliyatining samaradorligini oshirish davlat oldida turgan dolzarb vazifadir.
"O’zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o’rin egallashi, -
degan edi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov, -...avvalambor, yangi
avlod, unib-o’sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo’lib voyaga yetishiga
bog’liqdir"
3
. Shunday ekan, aytish mumkinki, bu sohada yo’l qo’yilgan har qanday
kechikishlar, har qanday xatolar kelajakka qaratilgan zarbadir.
Ushbu tavsiyada voyaga yetmaganlar jinoyatlarini indnvidual oldini olishning
o’ziga xos xususiyatlari va voyaga yetmaganlar jinoyatlarini indnvidual oldini olishning
tashkiliy-taktik asoslarini batafsil tahlil etilgan. Tavsiyadan voyaga etmaganlar o`rtasida
jinoyatchilikni oldini olishda huquqbuzarlikkka va jinoyatga moyil o`quvchilarni
shaxsini o`rganishda, maktab o`quvchilarini pedagogik - psixologik va huquqiy tahlil
qilishda foydalanish tavsiya etiladi.
2
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to’plami. — 2006. — № 6. — 99-m.
3
Karimov I A. "Kamolot" yoshlarimizning chinakam suyanchi va tayanchi bo’lsin. 2006.
5
I-bob. Voyaga yetmaganlar jinoyatlarini indnvidual oldini olishning o’ziga xos
xususiyatlari.
Hozirgi davrda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi to’g’risida yetarli darajada
statistik materiallar to’plangan va uni tahlil qilishning usullari ishlab chiqilgan.
Bularning barchasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ahvolini to’g’ri baholash,
undaga miqdor va sifat ko’rsatkichlaridagi (strukturasi va boshqa ko’rsatkichlarini ham)
o’zgarishlarni bilish imkonini beradi. Ayrim vaqtlarda alohida hududlardagi
jinoyatchilikning miqdor va sifat ko’rsatkichlarida, shuningdek, jinoyat sodir etuvchi
shaxslar va turli xil jinoyatlar tarkibida aniq bo’lmagan ma’lumotlar bo’lishiga qaramay
voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining aniq ahvolini bilish imkoniyati bor.
Umuman O’zbekistonda jinoyat statistikasi ma’lumotlariga ko’ra, aniqlangan
jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarning jinoyatchiligi 1990-yilgacha nisbatan
bir tekisda, ya’ni har besh yilda 48 foizga o’sib kelgan. 1991 yildan bunday
tendentsiyada jiddiy o’zgarish yuz berdi. Voyaga yetmaganlarning ro’yxatlarda qayd
qilingan jinoyatchiligi o’sishi 1995-1996 yillarda 8 foizni tashkil etgan. Agar solishtirib
ko’rganda shu vaqt ichida voyaga yetmaganlarning jinoyatchiligi Rossiya
Federatsiyasida 20 foizga; Ukrainada 16,8 foizga; Ozarbayjonda 18,1 foizga;
Qozog’istonda 14,9 foizga; Turkmanistonda 9 foizga; Belorusiyada 9,8 foizga
o’sgan
4
.
O’zbekistonda 2002 yili 50 ming jinoyatchi hukm qilingan bo’lsa, shundan 2
mingdan ortig’i voyaga yetmaganlar bo’lgan, bu 4 foizni tashkil etadi. 1996 yili
51.602 jinoyatchi jazoga hukm qilingan bo’lsa, shundan 2.023 tasini voyaga
yetmaganlar jinoyatchiligi har doim guruh bo’lib sodir etish xususiyatiga ega
bo’lgan. Voyaga yetmaganlar tomonidan guruh bo’lib sodir etiladigan
jinoyatlarning hissasi katta yoshdagilar tomonidan guruh bo’lib sodir etiladigan
shunday jinoyatlarga nisbatan 1,55 marta ko’p va voyaga yetmaganlar
4
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Axborotnomasi, 2003 yil 3-son.
6
tomonidan sodir etiladigan umumiy jinoyatlarning 20 foizdan 80 foizgachasini
tashkil etadi
5
.
Muayyan yoshdagilik, ruhiy va boshqa ijobiy yoki salbiy xususiyatdagi
guruh huquqining bunday o’ziga xos xususiyatlari chetga chiqish bo’lmay, balki
voyaga yetmaganlar uchun xos bo’lgan hulqiy me’yor hisoblanadi.
Keyingi
yillarda
huquqqa
hilof
bo’lgan
xulqli
guruhlarning
mustahkamlanish jarayoni yuz berganligi kuzatilmoqda. Taxminan shunday
guruhlarning beshdan uch qismida guruh ishtarokchilari har xil yoshdagilardan
iborat bo’lib, bu hol ularning barqarorligini, uzoq muddat mobaynida jinoiy
faoliyat olib borishini ta’minlaydi, guruhning qisqa vaqtda bir necha jinoyatlarni
amalga oshirish qobiliyatini oshiradi, jinoiy tadbirkorlik bilan, tezkor va qat’iy
harakatlar qilishni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.
Jinoiy uyushmalar va uyushgan guruhlar tomonidan o’smirlar guruhini
o’zlariga bo’ysundirishning faol jarayoni yuz bermoqda. Ishsiz va mayda tijorat
bilan shug’ullanadigan o’smirlar, ozodlikdan mahrum bo’lish joylaridan bo’shab
kelgan voyaga yetmaganlar, hayotda o’z o’rnini topolmaganlar, kam
ta’minlangan oilalardagi o’smirlar hisobiga bunday guruhlarning ijtimoiy bazasi
yanada kengaymoqda. Maxfiy iqtisodiyot va uyushgan jinoyatchilik strukturasiga
bunday shaxslar faol jalb qilinmoqda. Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma
rahbarlari o’zlarining ta’sir doirasiga o’smirlarni ko’proq jalb qiladilar va
ulardagi jinoyatchiga xos bo’lgan hulqning shakllanishini diqqat bilan kuzatib
boradilar.
Jinoyat sodir etilishiga olib keladigan sharoit va sabablar muammosi har
qanday kriminologik malakaviy ish ishida u yoki bu darajada o’rganiladi. CHunki
bu muammo huquq buzishlarni o’rganuvchi asosiy masala hisoblanadi.
O’smirlarning oila tomonidan nazoratsiz qoldirilishi o’quv yoki mehnat
jamoasining ta’siridan chiqib qolishi ularda mas’uliyatsizlik, hamma hulqlarni
qilaverish mumkinligi hislarini mustahkamlashga sabab bo’ladi.
5
Ismoilov N. T. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish muammolari // Qonun
himoyasida. - 2003.
7
Huquqbuzarlikni birinchi marta qilganda jazosiz qoldirish qonun talablarini
inkor
qilish,
atrofdagilarning
fikri
bilan
hisoblashmaslik
odatlarining
shakllanishiga sabab bo’ladi.
Agarda ana shu bosqichda jinoyatchilikning oldini olish sub’ektlari
tomonidan muayyan choralar qo’llanmasa, o’smir ijtimoiy bilim va talablarni
o’zida singdirishi qiyinlashadigan ahvolga tushib qoladi, o’z ehtiyojlarini
qondirishning
mumkin
bo’lmagan,
hatto
qonunga
hilof
usullaridan
foydalanishga o’tib olishi mumkin.
Voyaga yetmaganlarning jinoiy xulqini etnologik o’rganish yuzasidan olib
borilgan malakaviy ishlar natijalari shunday xulosaga olib kelmoqdaki, voyaga
yetmaganlar jinoyatchiligini hozirgi davrda oldini olishda e’tibor, eng avvalo,
o’smirlar tomonidan jinoiy jazolanadigan huquq buzishlarning sodir etishi
mumkinligining oldini olishga qaratilishi kerak. Jinoyat uchun jazolashga majbur
bo’lgandan ko’ra, uning oldini olish uchun barcha chorani ko’rgan afzalroqdir.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi 14 yoshdan 18 yoshga qadar bo’lgan
shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning yig’indisidir
6
. Voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligi ham umuman jinoyatchilikni vujudga keltiruvchi omillar ta’sirida
rivojlanadi. Shu sababdan ham voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini tadqiq etishda
kriminologiyaga oid bo’lgan umumiy tavsiflar, ko’rsatkichlar va usullardan
foydalaniladi. Shu bilan birga voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining tahlili aynan
voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar va shart-
sharoitlarni aniqlashga qaratilishi lozim.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishni jinoyat huquqiy
choralar vositasida ta’sir ko’rsatish bilan qo’shib olib borish o’sib kelayotgan
avlodni ma’naviy sog’lig’ini muhofaza qilishning sharti hisoblanadi. Voyaga
yetmaganlar jinoyatchiligi respublikamizda so’nggi 2000 yillarda umumiy
jinoyatchilikning 3,4%ni tashkil qilib kelmoqda. Ushbu ko’rsatkich 2001 yilda
4,5%ni tashkil etdi.
6
Криминология. М., “Бек”, 1998.123- bet.
8
Jinoyatchilarning anchagina qismi latent bo’lib qolmoqda, chunki
atrofdagilar ko’pincha ularning jinoyatlarini yoshi bilan bog’liq bo’lgan sho’xlik
deb hisoblaydilar va bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar
bermaydilar.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi quyidagi xususiyatlarga egadir:
a) voyaga yetmaganlar tomonidan solir etilgan og’ir zo’rlik ishlatib va
tamagirlik ular jinoyatchiligining 8%ni tashkil etadi va bu ko’rsaikich anchagina
barqarordir.
b) voyaga yetmaganlar tomonidan ko’proq o’g’irlik, talonchilik, bezorilik
sodir etiladi.
c) voyaga yetmaganlar tomonidan guruh bo’lib sodir etilayotgan jinoyatlar
miqdori ko’paymoqda.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi tuzilishida jinoyat huquqiy retsedivning
hissasi kattalarnikiga nisbatan pastroqdir. Ekspetlar xulosasiga ko’ra voyaga
yetmaganlarga jinoiy jazo o’rniga boshqa jazo choralari qo’llanilgandan keyin ular
tomonidan qayta jinoyat qilish hollari ko’proq uchraydi.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish, ular shaxsini
tarbiyalash va axloqan tuzatish ijtimoiy faoliyatdir, axloqiy va huquqiy chetga
chiqishning hamda uning jinoiy faoliyatga o’sib chiqishining oldini olishdir,
voyaga yetmagan kishi shaxsidagi endi shakllana boshlagan g’ayri ijtimoiy
o’zgarishlarning oldini olib, to’g’ri yo’lga solishdir, shuningdek, unga ta’sir
qiluvchi mikromuhitdagi salbiy va kriminogen faktorlarni bartaraf qilib, voyaga
yetmagan tomonidan jinoyat sodir etilishi oldini olishdir.
Ma’lumki, g’ayriijtimoiy xulq g’ayriaxloqiy, huquqqa hilof va jinoiy
bo’ladi. Ana shulardan dastlabki ikkitasi jinoyatchilikning oldini olishning
ob’ekti bo’la oladi.
Har bir maktab o’quvchisidan tortib, yuqori mansabda ishlaydigan
shaxslargacha bilishlari kerak.
9
Voyaga yetmaganlarni jinoyatlari xaqidagi ishlarni yuritishning xususiyati
deganda, gap jinoyat sodir etish vaqtida 18 yoshga to’lmagan shaxs to’g’risida
boradi. Lekin alohida protsessual harakatlarni amalga oshirish vaqtida shaxs
voyaga yetgan taqdirda unga voyaga yetmaganlarning jinoyatlari xaqidagi ishlarni
yuritish qoidalari qo’llaniladi. Voyaga yetmaganlarni jinoyatlari xaqidagi ishlar
bo’yicha isbotlanishi lozim bo’lgan holatlardan asosiylaridan biri voyaga
yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlarni aniqlashdan iboratdir.
Voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar uning ijtimoiy ruhiy
holatidan kelib chiqadi. Bu uning xayotiy tajribasizligi biron odamga o’xshashga
intilishi, o’ta ta’sirchanligi, tengdoshlari orasida o’zini ustun qo’yishga intilishi
o’ziga nisbatan xurmat e’tiborni qozonishni xoxlashi, kayfiyatining keskin o’zgarib
turishi, o’ylamasdan harakatlar qilishi, vokealarni o’z dunyo qarashi jihatidan
qabul qilishi va huquqiy jihatdan cheklangan layoqat maqomi bilan ta’riflash
mumkin. Voyaga yetmaganlar ishlarini olib borishda tergovchi ular bilan ruhiy
yaqinlik yaratishi lozim.
Voyaga yetmaganning salomatligi haqidagi ma’lumotlarni uni davolagan
shifokorlar, kasalxona va poliklinikalarda yuritilgan hujjatlardan olish mumkin.
Salomatlik to’g’risidagi ma’lumotlarni voyaga yetmaganning ota-onasi, qonuniy
vakillari, qo’shnilari, tanishlari va unga yaqin bo’lgan shaxslar berishlari mumkin.
Isbotlanishi lozim bo’lgan holatlardan yana biri voyaga yetmaganning turmush va
tarbiya olgan sharoitlarini aniqlashdir. Bunda voyaga yetmaganning ota-onasi yoki
ularning qonuniy vakillari to’g’risidagi barcha ma’lumotlar ilova qilinishi lozim
(ularning ma’lumoti, mutaxassisligi, tashkilotchiligi, ma’naviy xususiyatlari, bir-
biriga va farzandlariga bo’lgan munosabatlari, bolaning ota-onasiga bo’lgan
munosabati, hurmati, uni tarbiyalashdagi ishtiroki). Voyaga yetmaganning moddiy
ahvoli (oilaning moddiy xo’jalik ahvoli, voyaga yetmaganning mulki, uning
maoshi miqdori) to’g’risidagi ma’lumotlar e’tiborga olinadi.
Voyaga yetmaganni munosib hulq-atvorini va uni chaqiruvlarga binoan
kelishini ta’minlash bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarmagan, bolalar
muassasalari ma’muriyatlarining javobgarligi to’g’risidagi muammoga e’tiborni
10
qaratish lozim. Qonunning asl maqsadiga ko’ra, bolalar muassasasida
tarbiyalanayotgan ayblanuvchini qarovga olish haqidagi yozma majburiyat ushbu
muassasa rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan ma’muriyatning boshqa
vakillaridan olinadi.
Voyaga yetmaganni munosib hulq-atvorini va uni chaqiruvlarga binoan
kelishini ta’minlash bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarmagan, bolalar
muassasalari ma’muriyatlarining javobgarligi to’g’risidagi muammoga e’tiborni
qaratish lozim. Qonunning asl maqsadiga ko’ra, bolalar muassasasida
tarbiyalanayotgan ayblanuvchini qarovga olish haqidagi yozma majburiyat ushbu
muassasa rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan ma’muriyatning boshqa
vakillaridan olinadi.
Voyaga yetmagan shaxsning ma’lumoti xaqidagi axborotlar ham e’tiborga
olinadi (qaerda o’qishi, qobiliyati, baxolari, o’qishga munosabati kattalarga,
oilasiga, tengdoshlariga bo’lgan munosabatlari). Aniqlanishi lozim bo’lgan
sharoitlardan yana biri voyaga yetmaganning aloqalari, bo’sh vaqtini o’tkazish
muhiti, uning qiziqish doiralari, mahallada va uyda o’zini tutishi, qanday
uyushmalarga a’zoligi aniqlanadi. Voyaga yetmaganni jinoiy qilmish sodir
qilishdan avval qanday xuquqbuzarliklar sodir etgani, unga nisbatan qanday
choralar qo’llanilgani va bu choralar qanday natijalarga olib kelgani to’g’risidagi
ma’lumotlar o’rganilishi lozim. Bundan tashqari agar voyaga yetmagan shaxs xech
qaerda o’qimasa yoki xech qaerda ishlamasa, buning sabablarini ham o’rganish
kerak.
Voyaga yetmaganlarda jamiyatga qarshi bo’lgan dunyoqarash va
ko’nikmalar qanday sharoitlarga asosan, ya’ni noto’g’ri tarbiya, ba’zi shaxslarning
ta’siri, salbiy namuna oqibatlari aniqlanadi. Jinoyatni sodir etishda aynan voyaga
yetmaganlar yoshiga mansub bo’lgan sabablar borligi (mayda narsalarni o’g’irlash,
o’zini ko’rsatish uchun mashina yoki matosiklni olib qochish) ham aniqlanadi.
Voyaga yetmaganlarning barcha turdagi ishlarini ko’rishda ichki ishlar
bo’limlari tomonidan dastlabki tergov o’tkazilishi shart. Voyaga yetmaganlarning
11
ishi bo’yicha surishtiruvchi jinoyat ishini qo’zg’atib, uni tergov organlariga
dastlabki tergovni amalga oshirish uchun yuboradi.
Voyaga yetmaganlarni so’roq qilishda O’zbekiston JPKning 553-moddasiga
binoan himoyachi, tergovchining ruxsati bilan uning qonuniy vakili, tergovchi yoki
prokurorning ixtiyoriga ko’ra pedogog yoki psixolog ham ishtirok etishi mumkin.
Tergovchi voyaga yetmaganning shaxsini, qaysi tilda ko’rsatma bera olishini
aniqlashi, protsessual xuquq va majburiyatlarini tushuntirib, unga qanday jinoyat
sodir etishda gumon qilinayotganiligini e’lon qiladi.
Voyaga
yetmaganlarning
jinoyat
sodir
etishida
katta
yoshdagi
dalolatchilarning yoki boshqa ishtirokchilarning bor yo’qligi, u shaxslar tomonidan
voyaga yetmaganga turli jismoniy yoki ruhiy ta’sir ko’rsatilgani, shu sababdan
voyaga yetmagan shaxs jinoyatda ishtirok etgani holatlari aniqlanishi lozim.
Jinoyat protsessi qatnashchilaridan biri bu voyaga yetmaganning qonuniy vakilidir.
Uning ishda ishtirok etishi O’zbekiston JPKning 549-moddasida belgilangan.
Qonuniy vakil ishda ishtirok etishga voyaga yetmagan yoxud belgilangan
tartibda muomalaga layokatsiz deb e’tirof etilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi,
sudlanuvchi, jabrlanuvchining huquq va majburiyatlarini himoya qilish uchun jalb
qilinadi. Ishda qonuniy vakil sifatida ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar,
homiylar, voyaga yetmaganga yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb
e’tirof etilgan ishtirokchiga homiylik qiluvchi muassasa va tashkilotlarning
vakillari qatnashishi mumkin. Voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishda gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan birga, jabrlanuvchining qonuniy vakili
esa jabrlanuvchi bilan birga, shuningdek, uning o’rnida ham ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |