12
II-bob. Voyaga yetmaganlar jinoyatlarini indnvidual oldini olish tushunchasi va
mohiyati
Voyaga yetmaganlar jinoyatlarini individual oldini olish tushunchasini va
mohiyatini yoritib beradigan kriminolog olimlarning fikrlari xususida bir necha
qarashlar
mavjud.
Jumladan,
G.A.Avanesov,
A.I.Dolgova,
Z.S.Zaripov,
K.E.Igoshev, I.Ismailov, Y.Karaketov, A.G.Lekar, M.Usmonaliev, V.S.Ustinov,
O.V.Filimonov, A.M.Yakovlevlarning
7
jinoyatlarni individual oldini olish masalalari
yuzasidan fikrlari qayd etilgan. Voyaga yetmaganlar jinoyatlarini individual oldini
olishni maxsus sub’ektlarning alohida faoliyati degan fikrlarga qo’shilgan holda
muallif voyaga yetmaganlar jinoyatlarini individual oldini olishga maxsus sub’ektlar
hamda jamoatchilikning huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash,
o’rganish, ularning jinoyatlarning sodir etilish sabablari va ularga imkon bergan aniq
sharoitlar bartaraf etish maqsadida ularga tarbiya, ijtimoiy nazorat vositalari orqali
oldini olish ta’sir choralarini qo’llashdan iborat alohida faoliyati deb ta’rif beradi.
Shuningdek voyaga yetmaganlar jinoyatlarini oldini olishning o’ziga xos
xususiyatlari ham tahlil qilingan. Bu xususiyatlarni voyaga yetmagan shaxs
psixologiyasi bilan bog’liq o’ziga xos xususiyatlar, voyaga yetmagan o’sib-
ulg’ayotgan muhit bilan bog’liq o’ziga xos xususiyatlar (ijtimoiy mikromuxit), voyaga
yetmagan shaxsga ta’sir qiluvchi kuchlarning maqsadi bilan bog’liq o’ziga xos
xususiyatlar, voyaga yetmaganlar jinoyatlarini oldini olish sub’ektlari faoliyati bilan
bog’liq o’ziga xos xususiyatlar, axborot almashish, demografik va migratsiya
jarayonlar bilan bog’liq xususiyatlarga ajratgan.
Voyaga yetmaganlar jinoyatlarining sodir etilish sabablari va ularga imkon
bergan sharoitlar uch guruhga ajratilgan. Birinchi guruhga iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi
omillar, ya’ni bozor munosabatlarining takomillashuvi, pulning qadrsizlanishi, aholi
o’rtasida tabaqalanishning yuzaga kelishi, yashash darajasinining pasayishi,
ishsizlik muammolari, giyohvandlikning o’sib borishi. 2005 yilda hech qaerda
o’qimaydigan va ishlamaydigan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan
7
Ismoilov N. T. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish muammolari // Xalq
ta’limi. - 1998.
13
jinoyatlar 44,8%ni tashkil etgan. Bu ko’rsatkich Toshkent shahrida 46,6%ni, Toshkent
viloyatida 54,8%ni, Andijon viloyatida 57,7%ni tashkil etgan. Voyaga yetmaganlar va
yoshlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlarning uchdan bir qismi 16 yoshdan yuqori
bo’lgan bosqinchilik, talonchilik va shaxsiy mulkni o’g’irlash jinoyatlari bo’yicha
ko’rsatkich 50 %ni tashkil qiladi. 2005 yilda Respublika bo’yicha IIO VEOHOOB
xizmat xonalariga 10884 nafar o’qimaydigan va ishlamaydigan voyaga yetmaganlar
olib keltirilgan, bu esa, jami olib keltirilganlar voyaga yetmaganlarning23,5 %ni
ko’rsatadi
8
.
Ikkinchi guruhga ma’naviy-ruhiy omillar, jamiyatda adolatsizlikning mavjudligi,
yoshlar tarbiyasidagi muammolar, yoshlar tafakkuridagi loqaydlik, boqimandalik,
tekinxo’rlik kabi xislatlarining keng tarqalishi, shuningdek, ularning muayyan qismi
o’rtasida g’arazgo’ylik, xislatlarining o’sib borishi, yoshlarni turli xil g’oyaviy ta’sir
ostiga tushib qolish holatlarining o’sib borishi, farzandlari tarbiyasiga salbiy ta’sir
ko’rsatuvchi ota-onalar sonining ortib borishi, yoshlar huquqiy ongining yetarli
darajada emasligi. 2004 yilda 2513 nafar farzandlarining tarbiyasiga salbiy ta’sir
ko’rsatgan ota-ona va ularning o’rnini bosuvchilar profilaktik hisobga olingan, 2005
yilda esa bu ko’rsatikich 2699 ni tashkil qilgan. 2005 yilda respublika oliy ta’lim
o’quv yurtlari talabalari tomonidan 247 ta jinoyat sodir etilgan, jinoyatlar turlari
bo’yicha
o’zgalar
mulkini
o’g’irlash,
bezorilik
jinoyalar
soni 8% ortgan
9
.
Uchinchi guruh tashkiliy-boshqaruv sohasidagi omillarni tashkil qiladi. Bularga
hokimiyat institutlarining samarasizligi, voyaga yetmaganlar jinoyatlarini oldini olish
faoliyati bilan shug’ullanuvchi sub’ektlarning faoliyatidagi kamchiliklar, voyaga
yetmaganlar jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy nazoratni tashkil
etish va amalga oshirishni tartibga soluvchi huquqiy asoslarning yetarli emasligi
hamda huquqiy tizimning takomillashmaganligi, voyaga yetmaganlar jinoyatlarini
8
Ismoilov N. T. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish muammolari // Xalq
ta’limi. - 1998.
9
O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 1998yil 28-dekabr, 1999 yil 30-aprel, va 1999 yil 4-may Plenumi
qarorlari. //- T.: 1999 yil
14
oldini olishning bevosita sub’ektlari bilan jamoat tuzilmalari o’rtasidagi o’zaro
hamkorlikning yetarli darajada emasligi. O’tkazilgan malakaviy ishdarga
qaraganda Ichki ishlar organlari VEOHOOB (guruh)larda xizmat qilib borayotgan
hodimlarning jami 97 % oliy ma’lumotlilar, 62, 8% pedagogik ma’lumotga ega
bo’lganlar, boshqa ma’lumotga 20%ni, atigi 10%ni yuridik ma’lumotga ega bo’lgan
xodimlar tashkil qiladi
10
. Fikrimizcha, ushbu xizmatga ko’proq huquqshunos-pedagog
kadrlar qabul qilinishi maqsadga muvofiqdir.
Jinoyatchilikning oldini olish tushunchasi va printsiplari quyidagilar:
1. Jinoyatchilikning
oldini
olish
jinoyatchilik
va
ayrim
turdagi
jinoyatlarning sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf qilish,
susaytirish va neytrallashtirish shuningdek, hayot tarzi yoki xulqi jinoyat sodir
etishi mumkinligidan dalolat berib turgan shaxslarni bunday yo’ldan qaytarishga
qaratilgan davlat va jamoatchilik tomonidan amalga oshiriladigan choralar
tizimidir.
2. Jinoyatchilik profilaktikasi qonuniylik, demokratizm, insonparvarlik,
odillik va ilmiylik printsiplariga mos ravishda amalga oshirilmog’i lozim.
3. Jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan faoliyatning qonuniyligi
deyilganda, profilaktikaning vazifalari, usullari va shakllari, bu vazifalarni amalga
oshiruvchi sub’ektlarning huquq va majburiyatlari va h.k.ning qonun va boshqa
normativ hujjatlar bilan yetarlicha huquqiy tartibga solinganligi tushiniladi.
4. Jinoyatchilik
profilaktikasining
demokratizm
printsipi
ushbu
faoliyatning:
- tegishli darajadagi vakillik hokimiyati organlarning nazorati ostida;
- jamoat tashkilotlarining bevosita ishtirokida va nazorati ostida;
- jamoatchilik fikrining monitoringini doimiy ravishda hisobga olgan holda
amalga oshirishini nazarda tutadi.
5. Profilaktik faoliyatning insonparvarlik va odillik printsipi:
10
O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 1998yil 28-dekabr, 1999 yil 30-aprel, va 1999 yil 4-may Plenumi
qarorlari. //- T.: 1999 yil
15
- ushbu faoliyat olib borilayotgan shaxslarga nisbatan huquqsiz ob’ektlar
emas, balki profilaktika organlari bilan bo’ladigan munosabatlarning sub’ektlari
sifatida qaralishini;
- shaxs, jamiyat va davlatga yetkaziladigan zararni kamaytirish uchun
kriminogen jarayonlarning yanada rivojlanishini ertaroq aniqlash va oldini olish
vazifasini; profilaktik ta’sir eng yumshoq choralardan boshlanishi lozimligini
nazarda tutadi.
Profilaktikaning ilmiylik printsipi:
1) jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan faoliyatni huquqiy tartibga
solish, shuningdek, bevosita profilaktika choralarini amalda qo’llashning jinoyat-
chilikning oldini olish faoliyatining qonuniyatlarini, uning ijtimoiy tizimdagi
o’rnini bilishga asoslangan ilmiy kontseptsiyani ishlab chiqilishini;
2) profilaktik faoliyatning barcha darajalari, bosqichlari, yo’nalishlari va
turlarining ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlanishini.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi 14 yoshdan 18 yoshga qadar bo’lgan
shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning yig’indisidir. Voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligi ham umuman jinoyatchilikni vujudga keltiruvchi omillar ta’sirida
rivojlanadi. Shu sababdan ham voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini tadqiq etishda
kriminologiyaga oid bo’lgan umumiy tavsiflar, ko’rsatkichlar va usullardan
foydalaniladi. Shu bidan birga voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining tahlili aynan
voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar va shart-
sharoitlarni aniqlashga qaratilishi lozim.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishni jinoyat huquqiy
choralar vositasida ta’sir ko’rsatish bilan qo’shib olib borish o’sib kelayotgan
avlodni ma’naviy sog’lig’ini muhofaza qilishning sharti hisoblanadi.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi respublikamizda so’nggi 2010 yillarda
umumiy jinoyatchilikning 3,4%ni tashkil qilib kelmoqda. Ushbu ko’rsatkich 2011
yilda 4,5%ni tashkil etdi.
16
Jinoyatchilarning anchagina qismi latent bo’lib qolmoqda, chunki
atrofdagilar ko’pincha ularning jinoyatlarini yoshi bilan bog’liq bo’lgan sho’xlik
deb hisoblaydilar va bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar
bermaydilar.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi quyidagi xususiyatlarga egadir:
a) voyaga yetmaganlar tomonidan solir etilgan og’ir zo’rlik ishlatib va
tamagirlik ular jinoyatchiligining 8%ni tashkil etadi va bu ko’rsatkich anchagina
barqarordir.
b) voyaga yetmaganlar tomonidan ko’proq o’g’irlik, talonchilik, bezorilik
sodir etiladi.
c) voyaga yetmaganlar tomonidan guruh bo’lib sodir etilayotgan jinoyatlar
miqdori ko’paymoqda.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi tuzilishida jinoyat huquqiy retsedivning
hissasi kattalarnikiga nisbatan pastroqdir. Ekspetlar xulosasiga ko’ra voyaga
yetmaganlarga jinoiy jazo o’rniga boshqa jazo choralari qo’llanilgandan keyin ular
tomonidan qayta jinoyat qilish hollari ko’proq uchraydi.
17
III-bob. Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar shaxsining kriminologik tavsifi.
Mazkur bobda jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar shaxsiga mavjud
kriminologik tushunchalar, fikrlar xususida to’xtalib, muallif 2009 yilda Toshkent
tarbiya koloniyasi, 2010 yilda Zangiota tarbiya koloniyalarida jazoni o’tayotgan
voyaga yetmagan mahkumlar o’rtasida o’tkazilgan anketa so’rovlari hamda
O’zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklarning oldini olish bosh
boshqarmasidan olingan statistik ma’lumotlarni umumlashtirib jinoyat sodir etgan
yoki sodir etishga moyil voyaga yetmaganlar shaxsining ijtimoiy-demografik,
jinoiy-huquqiy belgilari tahlil qilinib, xulosalar qilingan.
Voyaga
yetmaganlar
tomonidan
jinoyat
sodir
etilishini
jazoni
yengillashtiruvchi shart-sharoitlar safiga qo’shilishini bir qator sabablar bilan, shu
bilan birga mahalliy qonunlarimizning insonparvarligi bilan izohlash mumkin.
Voyaga yetmagan inson shaxsiyati hali to’liq shakllanib bo’lmaganligi bilan ajralib
turadi. U o’zi sodir etgan noqonuniy qilmishning mohiyatini ko’p hollarda to’liq
anglab yetmaydi ham. Bundan tashqari, yoshga bog’liq bo’lgan qiziqqonlik, o’zini
tuta olmaslik kabi boshqa xususiyatlar tufayli ham o’spirin noqonuniy harakatga
katta yoshli insonga nisbatan tezroq qo’l urishi mumkin. Shu bilan birga, voyaga
yetmaganlarga nisbatan jazo maqsadlariga davlat tomonidan qo’llanadigan qat’iy
choralarni qo’llamay turib ham erishish mumkin. Shuning uchun, teng sharoitda
voyaga yetmagan jinoyatchiga xuddi ana shu jinoyatga qo’l urgan katta yoshli
shaxsga nisbatan yengilroq jazo tayinlanishi kerak.
JKning
43-moddasida
jinoyat
sodir
etgan
shaxslarga
nisbatan
qo’llaniladigan jazolarning tizimi va qat’iy ro’yxati berilgan.
Jazo tizimi deganda, jinoyat qonuni bilan o’rnatilgan va sudlar uchun
majburiy hisoblangan va ma’lum tartib asosida ularning yengilidan og’iriga qarab
joylashtirilgan jazolar ro’yxati tushuniladi. Jazo tizimi tushunchasi o’zida bir qator
belgilarni nazarda tutadi. Jumladan jazo tizimida nazarda tutilmagan birorta
majburlov chorasi jinoiy jazo sifatida tayinlanishi mumkin emas, jazolarning
turlari qo’llanilishi tartibi va asoslari faqat jinoyat qonunlaridagina belgilanib
bo’lib jazo tizimidagi jazolarning ruyxati sudlar uchun majburiy hisoblanadi.
18
Jazo tizimida nazarda tutilgan jazolarning aksariyati ozodlikdan mahrum
qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazolardir.
Jarima jazosi asosiy jazo sifatida faqat qonunda belgilangan xollardagina
qo’llanishi mumkin.
Jinoyat qonuni jarimaning miqdoridan chetga chiqib, ko’proq yoki kamroq
belgilanishiga yo’l qo’ymaydi.
Jinoiy jazo sifatida qo’llaniladigan jarima ma’muriy jazo tariqasida
qo’llaniladigan jarimadan farq qiladi. Jinoiy jazo tariqasidagi jarima faqat jinoyat
qonunida nazarda tutilgan xollarda jinoyat sodir qilinganida sud tomonidan
qo’llanilishi mumkin. Ma’muriy jazo tariqasidagi jarima esa ma’muriy organlar
tomonidan qo’llaniladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi o’z mohiyatiga ko’ra jinoyat
ayblanuvchi shaxsning mansabi yoki kasbi bilan bog’liq holatlarda sodir
qilinganida yana shunday shunday jinoyat takrorlanishining oldini olish maqsadida
qo’llaniladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini asosiy jazo sifatida faqat qonun
sanktsiyasi nazarda tutilgan holatlardagina (JKning 57-moddasi yengilroq jazo
tayinlash bundan mustasno) qo’llanishi mumkin.
Axloq tuzatish ishlari berish jazosi amaldagi JK Maxsus qismi
normalarining aksariyat moddalarining sanktsiyalarida nazarda tutilgan. Bu jazoda
mahkumni axloqan tuzatish yoki tashkilotlarning mehnat jamoasi ma’muriyatiga
yuklatiladi va ular mahkumlarning ishlarni tashkil qiladilar, tarbiyaviy ishlarni
belgilaydilar, nazoratni amalga oshiradilar.
Qamoq shaxsni erkin xayotdan batamom ajratgan sharoitda saqlashdan
iborat bo’lib 18 yoshdan oshgan shaxslarga nisbatan bir oydan olti oygacha
muddatga, jinoyat sodir qilish paytida 18 yoshga tulmagan shaxslarga nisbatan esa
bir oyda uch oygacha muddatga tayinlanadi.
Qamoq ozodlikdan mahrum qilish jazosidan farq qilib, JKning 48-moddasi
mazmuniga ko’ra mahkum jamiyatdan batamom ajratilgan holda saqlanadi. Demak
mahkum mehnatga jalb qilinmaydi, qarindoshlari bilan diydor ko’rishuvga,
19
yo’qlovlar olishga ruxsat olinmaydi, mahkum jazo muddati davomida maxsus
saqlash joyida (kamerada) saqlanadi, qamoq joyida erkin harakat qilib yurishga
yo’l qo’yilmaydi.
Intizomiy qismga jo’natish jazosi JKning 49-moddasiga binoan faqat asosiy
jazo tariqasida uch oydan bir yilgacha muddatga qo’llaniladi. Bu jazo aynan qonun
sanksiyasida ko’rsatilgan taqdirdagina qo’llaniladi. Lekin sub’ektning qilmishi
kvalifikatsiya qilingan moddaning sanksiyasida intizomiy qismga jo’natish nazarda
tutilmagan xollarda ham mahkumga uch yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum
qilish jazosi o’rniga shu muddatni intizomiy qismga jo’natish jazosi qo’llanish
mumkin.
Agar shaxs ilgari ozodlikdan mahrum qilingan bo’lsa, yangi sodir qilingan
jinoyati uchun tayinlantan ozodlikdan mahrum qilish jazosini intizomiy qismga
yuborilish bilan almashtirilishi mumkin emas.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosi jinoiy jazo tizimida eng og’ir jazolardan
biri hisoblanadi. Shuning uchun ham sudlar shaxsga og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat
sodir qilganlarida ularni qayta tarbiyalash jamiyatdan ajratilmagan holda mumkin
emas va ularga nisbatan maxsus tabiyaviy choralarni qo’llash orqali tarbiyalash
mumkin degan xulosaga kelgandagina qo’llaydilar.
Ozodlikdan mahrum qilish JK 50-moddasiga muvofiq olti oydan yigirma
yilgacha muddatga, bir nechta jazolarni qo’shish yo’li bilan jazo tayinlashda esa
yigirma besh yilgacha belgilanishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan
esa olti oydan o’n yilgacha tayinlanishi mumkin. Ozodlikdan mahrum qilingan
mahkumlarga nisbatan koloniyaning turi O’zbekiston Respublikasi jinoyat
qonuniga nisbatan belgilanadi. Sodir qilingan jinoyatning ijtimoiy xavfliligini
jinoyatchi shaxsning ijtimoiy xavfliligiga ko’ra jazoni turma qamog’ida o’tash ham
belgilanishi mumkin, qonunga muvofiq ozodlikdan mahrum qilingan voyaga
yetgan mahkumlarga jazoni turma qamog’ida o’tashga jazoning faqat muayyan
qismigina, lekin besh yildan ko’p bo’lmagan muddatga: a) o’ta xavfli
retsidivistlarga b) og’ir yoki o’ta og’ir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga
20
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi
mumkin.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo’lib,
mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali
jamiyatdan muddatsiz ajratib qo’yishdan iboratdir.
Umrbod
ozodlikdan
mahrum
qilish
jazosi
faqat
javobgarlikni
og’irlashtiradigan xolatlarda qasddan odam o’ldirish (97-moddaning 2-qismi) va
terrorizm (155-moddaning 3-qismi) uchun belgilanadi.
Umrbod ozodlik mahrum qilish jazosi ayolga, 18 yoshga to’lmasdan jinoyat
sodir etgan shaxsga va 60 yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishini mumkin
emas.
Jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsning voyaga yetmaganligi
tufayli jazoni qay darajada yengillashtirish uning yoshiga bog’liq ravishda hal
etilishi shart. Bunda, hukmda shaxsning voyaga yetmaganligi faktining o’zi emas,
balki uning aniq yoshi, masalan 14 yosh va 9 oy, 16 yosh va 2 oy va hakazo
ko’rsatiladi
11
.
Shu bilan birga, ushbu holat sud tomonidan hamma vaqt, qilmishning og’ir-
engilligidan qat’i nazar hisobga olib borilishi shart. Qonunda bu nuqtai nazardan
hech qanday cheklovlar belgilanmagan
11
Zaripov Z., Ismoilov I. Kriminologiya. T., 1996.201-bet.
21
IV-bob. Voyaga yetmaganlar jinoyatlarini indnvidual oldini olishni huquqiy
ta’minlash va uni takomillashtirish.
Amaldagi qonun hujjatlarini takomilashtirish yuzasidan takliflar ishlab
chiqilgan. Unda voyaga yetmaganlar jinoyatlarini oldini olishda qo’llaniladigan
profilaktik ta’sir choralarning huquqiy tabiatiga aniqlik kiritilgan. Bular orasida
huquqiy ta’sir choralarning qo’llanilishini tartibga soluvchi qonun hujjatlari tahlil
qilingan. Voyaga yetmaganlar jinoyatlarini individual oldini olishda qo’llaniladigan
huquqiy ta’sir choralari tizimida ijtimoiy (jamoatchilik) ta’sir choralarining o’rni va
ahamiyati ochib berilgan. Jumladan, ijtimoiy ta’sir choralari boshqa majburlov
choralardan ta’sir doirasi, o’ziga xos xususiyatlari, javobgarlikni qo’llovchi
sub’ektlari bilan farq qiladi. Unchalik ijtimoiy xavf tug’dirmaydigan
huquqqa hilof harakatlar uchun jamoatchilik ta’sir choralarining qo’llanilishi ko’p
hollarda yaxshi samara berishi mumkin. Chunki davlatning boshqa majburlov
choralarining (jinoiy, ma’muriy, intizomiy, moddiy) ta’siri ko’p hollarda unchalik
samarali bo’lmasligi mumkin. Bugungi kunda ayniqsa O’zbekiston Respublikasida
jazo tizimining liberallashtirilishi munosabati bilan jamoatchilik ta’sir choralari
ahamiyati ortib bormoqda.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo’llaniladigan jamoatchilik ta’sir choralari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 sentyabrida qabul
qilingan
"Voyaga
yetmaganlar
ishlari
bo’yicha
komissiyalar
faoliyatini
takomillashtirish haqida"gi qarorida
12
belgilangan. Bularga jamoatchilik izzasi,
ogohlantirib qo’yish, voyaga yetmaganga jabrlanuvchidan uzr so’rash majburiyatini
yuklash to’g’risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish choralarini aytib o’tish
mumkin. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, jamoat izzasi berish ta’sir chorasi
respublika bo’yicha 2003 yilda 123 ta, 2004 yilning 10 oyida esa, 97 ta qo’llanilgan
yoki ogohlantirib qo’yish chorasi 2003 yil 176 ta, 2004 yilning 10 oyida 112 tani
tashkil etgan
13
.
12
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to’plami. — 2006. — № 6. — 99-m.
13
O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi qarorlarining to’plami.1991-1997. // - T.: 1997 yil.
22
Voyaga yetmaganlar javobgarligining o’ziga xos xususiyati shundaki, ularga
jazo tayinlashda xar doim javobgarlikni yengillashtiruvchi xolat hisoblanadi (JK
55-modda «j» bandi). Bundan tashqari ularning jazosi yengillashtiruvchi tomonga
jiddiy qisqartirilgan.
Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda ularniig aqliy va jismoniy
rivojlanganlik darajasini hisobga oladi. JK. 87-moddasining 3-qismida
belgilanishicha, voyaga yetmagan shaxs rivojlanishda o’z yoshiga nisbatan ancha
orqada qolgan bo’lsa va sodir etgan qilmshning ahamiyatini to’la ravishda anglab
yetmasa, sud jazo o’rniga majburlov chorasini qo’llaydi.
JKning 86-moddasida ozodlikdan mahrum qilishning hamda bir necha
jinoyatlar hamda bir necha hukmlar yuzasidan tayinlanadigan jazolarning eng ko’p
miqdorini kattalarga nisbatan ancha past belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi JKning 81-moddasida ko’rsatilgan jazolar voyaga
yetmaganlarga nisbatan tayinlanishi mumkin bo’lgan jazo turlarining qat’iy
ro’yxatidir.
O’zbekiston Respublikasining 1994 yil Jinoyat Kodeksining 85-moddasiga
muvofiq ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etgan paytda 13 yoshdan 16
yoshgacha bo’lgan shaxslarga nisbatan:
1. Uncha og’ir bo’lmagan jinoyat uchun -uch yilgacha.
2. Og’ir jinoyat uchun - olti yilgacha.
3. O’ta og’ir jinoyat uchun - o’n yilgacha muddat tayinlanadi.
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir qilish paytida 16 yoshdan 18
yoshgacha bo’lgan shaxslarga nisbatan:
1. Uncha og’ir bo’lmagan jinoyat uchun - to’rt yilgacha.
2. Og’ir jinoyat uchun - yetti yilgacha.
3. O’ta og’ir jinoyat uchun - o’n yilgacha muddatga tayinlanadi.
Shakllanish jarayonida bo’lgan shaxslarning dunyoqarashi shakllangan,
og’ir jinoyatlarni sodir qilgan, shaxsning buzilish darajasi chuqurlashib ketgan
23
mahkumlar bilan bir xilda jazo tayinlanishi va jazoni ular bilan birgalikda o’tashi
ular shaxsning g’oyat tez fursat ichida buzilib ketishiga sabab bo’lishi mumkin.
JK 87-moddasining mazmuniga ko’ra voyaga yetmaganlarga majburlov
chorasini qo’llagan holda javobgarlikdan ozod qilish uchun:
1. Majburlov chorasini qo’llash masalasi xal qilinayotgan vaqtda aybdor
voyaga yetmagan bo’lishi.
2. Sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi katta bo’lmasligi
3. Shaxs birinchi marta jinoyat sodir ettan bo’lishi kerak
Ana shu uchta shartning barchasi birdaniga mavjud bo’lsagina majburlov
choralarini qo’llab javobgarlikdan ozod qilish mumkin.
JKning 88-moddasida voyaga yetmaganlarga nisbatan quyidagi majburlov
choralarini qo’llash nazarda tutilgan:
1. Sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr so’rash majburiyatini
yuklash
2. O’n olti yoshga to’lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni o’z mablag’i
xisobidan yoki mehnati bilan to’lash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash.
Ushbu chora agar yetkazilgan zarar belgilangan eng kam oylik ish xaqining o’n
baravaridan oshib ketmagan bo’lsa qo’llaniladi. Boshqa xollarda yetkazilgan
zarar fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida undiriladi.
3.Voyaga yetmaganni maxsus o’quv tarbiya muassasasiga joylashtirish.
Jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartili ravishda ozod qilish tarbiya
kolonniyasi ma’muriyati va voyata yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi
komissiyaning birgalikda bergan taqdimnomasiga binoan voyaga yetmagan
shaxsga nisbatan sud tomonidan tayinlangan dastlabki jazoni u to’la o’tab
bo’lmasdan, jazoning qolgan qismini o’tashdan ozod qilishdan iborat.
JK 89-moddasining mazmuniga ko’ra voyaga yetmaganni jazoni o’tashdan
muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish uchun quyidagi asos bo’ladi:
1. Jazoni o’tash tartib qoidalarini (rejimni) bajarganligi.
2. Mehnga halol munosabatda bo`lish.
3. O’qishga halol munosabat.
24
4. Jazoning qonunda ko’rsatilgan qismini o’tab bo’lganligi.
Jazoni yengilrog’i bilan almashtirish hukm bo’yicha tayinlangan jazo
turining qolgan qismini yengilroq turdagi jazo bilan almashtirib jazodan ozod
qilishdan iborat.
JKning 81-moddasida belgilanishicha, o’n sakkiz yoshga to’lmasdan jinoyat
sodir etgan shaxslarga quyidagi asosiy jazo turlari qo’llanadi:
1. Jarima.
2. Axloq tuzatish ishlari.
3. Qamoq.
4. Ozodlikdan mahrum qilish.
Jazoning o’talmagan qismini yengilrog’i bilan almashtirish:
1. Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan yoki uncha og’ir bo’lmagan jinoyat uchun
tayinlangan jazo muddatining to’rtdan bir qismi;
2. Og’ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir
qismi;
3. O’ta og’ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun,
agar shaxs ilgari qasddan sodir qilgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum
qilishga hukm etilib tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini xaqiqatda o’tab
bo’lganidan keyin qo’llanilishi mumkin.
JKning 55-moddasiga asosan quyidagi xolatlar jazoni yengillashtiruvchi
xolatlar deb topiladi;
• aybni buyniga olish to’g’risida arz qilish, chin ko’ngildan pushaymon
bo’lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;
• yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
• og’ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda
jinoyat sodir etish;
• majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa
jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;
25
• jabrlanuvchining zo’rlik, og’ir xaqorat yoki boshqacha g’ayriqonuniy
xarakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruxiy xayajonlanish xolatida jinoyat sodir
qilish;
• zaruriy mudofaaning oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib
jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb
yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq bo’lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;
• voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;
• xomilador ayolning jinoyat sodir etishi;
• jabrlanuvchining g’ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida
jinoyat sodir etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |