O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi namangan viloyati pedagog kadrlarni qayta


V-bob. Voyaga yetmaganlar jinoyatlarini indnvidual oldini olishning tashkiliy-taktik



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana14.09.2019
Hajmi0,77 Mb.
#22159
1   2   3
Bog'liq
voyaga yetmaganlar ortasida jinoyatchilikning oldini olish muammolari


V-bob. Voyaga yetmaganlar jinoyatlarini indnvidual oldini olishning tashkiliy-taktik 

asoslari. 

Voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarini  individual  oldini  olish  faoliyatning  asosiy 

sub’ektlaridan  biri  hisoblangan  ichki  ishlari  organlarining  bu  boradagi  amaliyoti 

tahlil  qilingan,  ichki  ishlar  organlari  tizimidagi  voyaga  yetmaganlar  orasida 

huquqbuzarliklarning  oldini  olish  bilan  shug’ullanuvchi  tizimlar  (bo’linma,  guruh, 

VEOHOOB) faoliyatining tashkiliy asoslari o’rganilgan. Bunda asosiy e’tibor voyaga 

yetmaganlar jinoyatlarining oldini olishda VEOHOOBlarning ichki ishlar organlarining 

boshqa  xizmatlari  hamda  jamoat  tuzilmalari  bilan  o’zaro  hamkorligiga  qaratilgan. 

Ushbu tuzilmalar faoliyati samarali tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan. 

Mavjud muammolarni bartaraf etishda  voyaga yetmaganlar jinoyatlarini individual 

olish  sub’ektlari  faoliyatining  tashkiliy  asoslarini  belgilovchi  metodik  qo’llanmalar, 

dasturlar ishlab chiqilishi lozimligi xususida fikrlar bildirilgan. 

Bu  borada  voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarini  individual  oldini  olishda  jamoat 

tuzilmalarining  bugungi  o’rni,  ularning  faoliyatini  tartibga  soluvchi  normativ-huquqiy 

hujjatlar hamda ularning ichki ishlar idoralari VEOHOOBlar bilan o’zaro hamkorligi 

o’rganilgan.  Voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarini  individual  oldini  olishda  jamoat 

tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan. 


 

 

26 



Voyaga  yetmaganlar  nazoratsizligi  va  huquqbuzarliklarining  oldini  olishga 

doir faoliyat munosabati bilan yuzaga keladigan huquqiy tartibga solishning asoslarini 

belgilovchi  qonun  loyihasini  ishlab  chiqishni  taklif  etish  kerak.  Ushbu  qonun 

nazoratsiz,  qarovsiz,  ijtimoiy  jihatdan  xavfli  holatda  bo’lgan  voyaga  yetmagan, 

ijtimoiy  jihatdan  xavfli  holatda  bo’lgan  oila  tushunchalari  berilishi  bilan  bir 

qatorda  voyaga  yetmaganlar  qarovsizligi  va  huquqbuzarliklarining  oldini  olishga 

doir  faoliyatning asosiy  vazifalari, printsiplari va  sub’ektlari hamda  ushbu  sub’ektlar 

faoliyatining  asosiy  yo’nalishlarini  belgilab  beradi.  Fikrimizcha,  taklif  etiladigan 

qonun loyihasida, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi va huquqbuzarliklarining 

oldini olishga doir faoliyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo’lishi kerak: 

-  voyaga  yetmaganlarning  nazoratsizligi,  qarovsizliga,  huqukbuzarliklari  va 

jamiyat uchun zararli bo’lgan xatti-harakatlarining oldini olish, bunday holatning sodir 

etilish sabablari va unga imkon bergan sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish; 

-  voyaga  yetmaganlarning  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlari  himoya 

qilinishini ta’minlash; 

-  ijtimoiy  xavfli  holatda  bo’lgan  voyaga  yetmaganlarni  ijtimoiy-pedagogik 

reabilitatsiya qilish; 

-  voyaga  yetmaganlarning  jinoyatlar  hamda  jamiyat  uchun  zararli  xatti-

harakatlar sodir etishga jalb qilinishi hollarini aniqlash va bartaraf etish.  

 

 

 

 

 

 


 

 

27 



VI-bob. Ichki ishlar organlarida voyaga yetmaganlar jinoyatlarini indnvidual oldini 

olish faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish. 

Jinoyatchilikning oldini olish sub’ektlari, ayniqsa, ichki ishlar organlari har 

ikkala darajada ham o’zlarining faoliyatini amalga oshiradi. Birinchi darajada ular 

oilada,  maktabda  va  boshqa  o’quv  muassasalarida:  mehnat  jamoalarida,  yashash 

joylarida  va  boshqa  ijtimoiy  sohalarda  shaxsning  ma’naviy  shakllanishiga  salbiy 

ta’sir qiluvchi sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf qilish, ta’sirini susaytirish va 

to’siqlash  o’rnatish  bo’yicha  chora  –  tadbirlarini  amalga  oshiradi.  Ikkinchi 

darajada esa ichki ishlar idoralari asosan shaxsdagi salbiy ma’naviy hususiyatlarni 

muayyan jinoiy xatti xarakatda namoyon bo’lishiga ko’maklashuvchi krimonogen 

vaziyatlarni  vujudga  kelishini  olidini  olish,  ularni  o’z  vaqtida  aniqlash  va 

kuchsizlantirish chora – tadbirlarni amalga oshiradi. 

Bundan  tashqari,  voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarini  individual  oldini  olish 

faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qonun hujjatlari orasida voyaga yetmaganlarning 

ilk  huquqbuzarliklari  uchun,  farzandlarining  tarbiyasiga  salbiy  ta’sir  etayotgan  ota-

onalar,  ularning  o’rnini  bosuvchi  shaxslarning  javobgarligini  belgilovchi  normalar 

ham  tahlil,  qilingan.  O’zbekiston  Respublikasi  Ma’muriy  javobgarlik  to’g’risidagi 

kodeksining  14-moddasi  (voyaga yetmaganlar javobgarligi), 30-moddasi (Ma’muriy 

jazo  ko’llashning  umumiy  qoidalari),  247-modda  (Voyaga  yetmaganlar  ishlari 

bo’yicha komissiyalarning vakolatlari)ga

14

 ham tegishli o’zgartish va qo’shimchalar 



kiritish to’g’risida takliflar ishlab chiqilgan. 

Yoshlar  va  o’smirlar  orasida  profilaktik  chora-tadbirlarni  takomillashtirishda 

tashkiliy tadbirlar, voyaga yetmaganlar o’rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning 

kelib  chiqish  sabablarini  o’rganish  hamda  uning  oldini  olishga  qaratilgan  tadbirlar, 

ichki ishlar idoralarining VEOHOOB, hokimliklar tarkibidagi voyaga yetmaganlar ishi 

bilan shug’ullanuvchi komissiyalar faoliyatini takomillashtirishga doir tadbirlar, diniy 

ekstremist va terrorchi jinoiy guruhlar ta’siriga tushib qolish holatlarining oldini olishga 

qaratilgan profshaktik chora-tadbirlar belgilash etiborga molik. 

                                                 

14

 O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga sharxdar / X. R. Alimov, N. T. 



Ismoilov va boshq. - T.: Adolat, 2000. 

 

 

28 



Xulosa 

Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  har  qanday  muayyan  jinoyatning 

bevosita  sababi  sifatida  ob’ektiv  va  sub’ektiv  omillarning  murakkab  aloqasi  va 

aloqada  bo’lgan  shaxs  hamda  muhitning  alohida  qismlar  harakat  qiladi.  Jinoyat 

sabablarini  ochish  shaxsning  ma’naviy  shakllanishi,  buzulish  va  ijtimoiy 

begonalashish jarayoniga kirib borish bilan bog’liqdir.  

Shuning uchun ham  alohida  jinoyatning  sabab va sharoitlari tadqiqiy  qilish 

shaxsning  ijtimoiy  muhit  bilan  aloqasining  har  ikkala  darajasini  hisobga  olgan 

xolda  amalga  oshirish  kerak.  Shu  nuqtai  nazardan  kriminologiyadan  jinoyatlarni 

oldini  olish  vazifalardan  kelib  chiqqan  xolda  muayyan  jinoyat  sodir  qilishi  bilan 

bog’liq bo’lgan: 

a)   Muayyan jinoyat sodir qilishning ijtimoiy – ruhiy jarayoni: 

b)  Muayyan  jinoiy  xatti-xarakatning  sub’ektiv  sababi  bo’lgan  shaxsdagi 

salbiy ma’naviy ruxiy hususiyatlarning shakllanish sharoitlari; 

с)  Muayyan  jinoyat  sodir  etilishini  osonlashtiruvchi,  yoki  sodir  etilishiga 

ko’maklashuvchi, yordamlashuvchi tashqi vaziyat va omillar.  

Voyaga yetmaganlar jinoyatlarini individual oldini olish faoliyatini ilmiy tahlil 

qilish, ushbu faoliyatni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan 

bir qancha xulosa va takliflarni ishlab chiqish hamda asoslash imkonini berdi. 

1. Voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarini  individual  oldini  olishga  biz    yangi  ta’rif 

berilga  harakat  qildik:  voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarini  individual  oldini  olish 

deganda,  sub’ektlar  hamda  jamoatchilikning  huquqbuzarlik  sodir  etishga  moyil 

shaxslarni aniqlash, ularni o’rganish, jinoyat sodir etishga olib keluvchi aniq sabab 

va  sharoitlarni  bartaraf  etish  maqsadida  ularga  tarbiya,  ijtimoiy  nazorat  vositalari 

orqali  oldini  olish  ta’sir  choralarini  qo’llashdan    iborat  maxsus  alohida  faoliyati 

tushuniladi. 

2. Voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarining  sodir  etilish  sabablari  va  ularga  imkon 

bergan  sharoitlarni  o’rganishda  jinoyat  sodir  etishga  olib  keluvchi  determinantlarni 



 

 

29 



(omillarni)  biz uch guruhga,  ya’ni  iqtisodiy-ijtimoiy  sohadagi  omillar,  ma’naviy-ruhiy 

omillar,  tashkiliy-boshqaruv  sohasidagi  omillarga  ajratdik.  Voyaga  yetmaganlar 

jinoyatlarini  individual  oldini  olishning  o’ziga  xos  xususiyatlari  quyidagi  tasnif 

asosida o’rganilgan:  

1) voyaga yetmagan shaxs psixologiyasi bilan bog’liq xususiyatlar; 

2) voyaga yetmagan o’sib ulg’ayayotgan muhit bilan bog’liq xususiyatlar;  

3)  voyaga  yetmagan  shaxsga  ta’sir  qiluvchi  kuchlarning  maqsadi  bilan  bog’liq 

xususiyatlar; 

 4)  voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarining  oldini  olish  sub’ektlari  faoliyati  bilan  bog’liq 

xususiyatlar. 

3.  O’zbekiston  Respublikasining  "Yoshlarga  oid  davlat  siyosatining 

asoslari  to’g’risida"gi  1991  yil  20  noyabr  qabul  qilingan    Qonunida  voyaga 

yetmaganlarning  ijtimoiy  himoyasi,  ularni  reabilitatsiya  etish  masalalari,  davlat 

organlarining 

mahalliy 

davlat 


hokimiyati 

organlarining, 

shuningdek, 

fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarining  ushbu  qonunning  ijrosini 

ta’minlashdagi  aniq  vazifalari  belgilanmagan.  Shu  bois  qonunning  yangi  tahriri 

tayyorlanishi lozim. 

4.Ushbu  tavsiyada  voyaga yetmaganlar jinoyatlarining sodir etilish  sabablari 

va ularga imkon bergan sharoitlar o’rganishda jinoyat sodir etishga olib keluvchi bir 

necha  omillar  qatorida  voyaga  yetmaganlar  nazoratsizligi  va    qarovsizligi  ko’rsatib 

o’tilgan.  Shuningdek  voyaga  yetmaganlar  nazoratsizligi  va  qarovsizligini  oldini 

olishni  huquqiy  tartibga  solish  masalalariga  alohida  e’tibor  qaratilgan.  Jumladan, 

amaldagi  qonunchilikda  "nazoratsizlik"  va  "qarovsizlik"  tushunchalari  aniq 

yoritilmagan.  Shu  bois  voyaga  yetmaganlar  nazoratsizligi  va    huquqbuzarliklarining 

oldini  olishga  doir  faoliyat  munosabati  bilan  yuzaga    keladigan  huquqiy  tartibga 

solishning asoslarini belgilovchi qonun loyihasini ishlab chiqish va unda nazoratsiz 

voyaga  yetmagan  shaxsga  "ota-onasi  yoki  qonuniy  vakillari  yoxud  mansabdor 

shaxslar  tarbiyasi,  ta’limi  va  (yoki)  boquviga  doir  majburiyatlarini  bajarmaganligi 

yoki lozim darajada bajarilmaganligi oqibatida xulq-atvori nazoratsiz qolgan voyaga 



 

 

30 



yetmagan shaxs" deb ta’rif berish maqsadga muvofiqdir.  Nazoratsizlikka quyidagi 

belgilar xosdir: 

- voyaga  yetmagan  shaxsning  ota-onasi  yoki  boshqa  qonuniy  vakillarining 

mavjudligi; 

- voyaga yetmagan shaxs turar joyining aniqligi; 

- voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining o’z 

vazifalarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi: 

-  bola  rasman  biror  shaxsning  qarmog’ida,  nazorati  ostida  bo’lsa-da, 

amalda nazorat mavjud bo’lmaydi. 

Qarovsiz voyaga yetmagan shaxs esa yashash joyi va (yoki) vaqtincha bo’lib 

turish joyi bo’lmagan nazoratsiz voyaga yetmagandir. Qarovsizlik quyidagi belgilar 

bilan ajralib turadi: 

-  voyaga  yetmagan  shaxs  ota-onasi  yoki  boshqa  qonuniy  vakillarining 

yo’qligi.  Bunda  nafaqat  ota-onasining  vafoti,  balki  ota-ona  yoki  boshqa 

qonuniy 

vakilning 

o’z 

vazifalarini 



bajarishdan 

chetlatilishi 

ham 

tushunshshshi lozim; 



- voyaga yetmagan shaxs turar joyining noanikligi; 

-  ota-ona  yoki  qonuniy  vakillar  voyaga  yetmagan  shaxsning  qaerdaligi 

to’g’risida ma’lumotga ega emasligi. 

5.  Voyaga  yetmaganlar  tomonidan  sodir  etilgan  huquqqa  hilof  xatti- 

harakatlar  uchun  qo’llaniladigan  amaldagi  qonun  xujjatlarida  belgilangan 

huquqiy 


(ijtimoiy, 

ma’muriy, 

jinoiy) 

ta’sir 


choralarining 

qo’llanishini 

tartibga  soluvchi  normalarni  hozirgi  kun  talabidan  kelib  chiqqan  holda 

takomillashtirish 

taqozo 

etiladi. 



Jumladan, 

O’zbekiston  Respublikasining 

Ma’muriy 

javobgarlik 

to’g’risidagi 

kodeksi 


14-moddasida 

voyaga 


etmaganlarning  ma’muriy  javobgarligi  belgilangan

15

.  Ushbu  moddaning  2- 



qismi  ayrim  turdagi  huquqbuzarliklar  uchun  voyaga  yetmaganlarning  umumiy 

asoslarda javobgarlikka tortilishi nazarda tutilgan.  

                                                 

15

 O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga sharxdar / X. R. Alimov, N. T. 



Ismoilov va boshq. - T.: Adolat, 2000. 

 

 

31 



FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR RO’YXATI 

I O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari 

1.  Karimov I. A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. - T.,  

“O`zbekiston”,1996. 



2.  Karimov  I.  A.  Bizdan  ozod  va  obod  Vatan  qolsin.  T,  2.  -  T.,  “O`zbekiston”, 

1996. 


3.  Karimov  I.  A.  Vatan  sajdagoh  kabi  muqaddasdir.  T.  3.  -  T., 

“O`zbekiston”,1996 



4.  Karimov I. A. Bunyodkorlik yo’lidan. T. 4. - T., “O`zbekiston”,1996 

5.  Karimov  I.  A.  Yangacha  fikrlash  va  ishlash  -  davr  talabi.  T,  5.  -  T., 

“O`zbekiston”,1997. 



6.  Karimov  I.  A.  Xavfsizlik  va  barqaror  taraqqiyot  yo’lida.  T,  6.  –  T., 

“O`zbekiston”,1998. 



7.  Karimov  I.  A.  Biz  kelajagimizni  o’z  qo’limiz  bilan  quramiz.  T.7.  -T., 

“O`zbekiston”, 1999. 



8.  Karimov  I.  A.  Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot-pirovard 

maqsadimiz. T. 8. - T., “O`zbekiston”,2000. 



9.  Karimov  I.  A.  Vatan  manfaati  uchun  hammamiz  mas’ulmiz.  -T.  9.-T., 

“O`zbekiston”,2001. 



10. Karimov  I.A.  Bizning  bosh  maqsadimiz  —  jamiyatni  demokratlashtirish 

va  yangilash,  mamlakatni  modernizadiya  va  isloh  etishdir.  O’zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo’shma 

majlisdagi ma’ruza. "Halq so’zi," 2005 yil 29 yanvar soni. 



11. Islom  Karimov.  Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch.  –Toshkent: 

Ma’naviyat, 2008. -102 b. 



12. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojla-nishini 

ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz. T. 17. –Toshkent: O’zbekiston, 2009. 

- 280 b. 

13. Karimov  I.A.  Mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  va  kuchli  fuqarolik 

jamiyati  barpo  etish  -  ustuvor  maqsadimizdir.  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentiz  I.A.Karimovning  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo’shma  majlisidagi  (27.01.2010  y.) 

ma’ruzasi // “Xalq so’zi” gaz. 2010 yil 28 yanvar soni. 

14. O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  O’zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  2010  yil12 

noyabrda  bo’lib  o’tgan  qo’shma  majlisidagi  “Mamlakatimizda  demokratik 

islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish 

kontseptsiyasi” nomli ma’ruzasi // “Xalq so’zi” gazetasi, 2010 yil 13 noyabr, 

220 (5135) soni. 



15. Karimov  I.A.  Barcha  reja  va  dasturlarimiz  vatanimiz  taraqqiyotini 

yuksaltirish,  xalqimiz  farovonligini  oshirishga  xizmat  qiladi.  –Toshkent. 

O’zbekiston,  2011 y. 


 

 

32 



16. Karimov    I.A.  Inson  manfaatlari,  huquq  va  erkinliklarini  ta’minlash, 

hayotimizning  yanada  erkin  va  obod  bыlishiga  erishish  -  bizning  bosh 

maqsadimizdir.  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  20  yilligiga 

bag’ishlangan  tantanali  marosimdagi  ma’ruzasi.  -Toshkent,  O’zbekiston, 

2012 y. 

17. Karimov  I.A.  2012  yilda  mamlakatimizni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 

yakunlari xamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim 

ustivor  yo’nalishlariga  bag’ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi 

ma’ruzasi. –Toshkent, O’zbekiston, 2013 y. 

 

II. Normativ huquqiy manbalar 

1.  O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: 2014 yil. 

2.  O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi - T.: 2004 yil. 

3.  O’zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  protsessual  kodeksi  -  T.:  Adliya 

vazirligi, 2004 yil. 



4.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumi  qarorlarining  to’plami.1991-

1997. // - T.: 1997 yil. 



5.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudining  1998yil  28-dekabr,  1999  yil  30-

aprel, va 1999 yil 4-may  Plenumi qarorlari. //- T.: 1999 yil. 



6. Sog’lom avlod yili” Davlat dasturi. – T.: O’zbekiston, 2014. 

7.  2008yil  «Bola  huquqlarining  kafolatlari  to’g’risida»gi  O’zbekiston 

Respublikasi Qonuni 



8.  O’zbekiston  Respublikasining  “Vasiylik  va  homiylik”  to’g’risidagi 

Qonuni.2014 yil. 



 

 

  



 

 

 



III. Ruscha   adabiyotlar 

1.  Ismoilov N. T. Organi (doljnostnyu litsa), upolnomochennme rassmatrivatь 

dela ob administrativnk pravonarusheniyax (Glava XVI) // Administrativnoe 

pravo Respubliki Uzbekistan; Uchebnik. -T.: Adolat, 1999. - S. 307-320. 

2.  Fedorenko Yu.I. Lichnost vora. T., 1992. 

3. 

Luneev 


V.V. 

Prestupnost 

XX 

veka. 


Mirovie, 

regionalnie 

i  rossiyskie  tendentsii.  Mirovoy  kriminologicheskiy  analiz.  M.  "Norma", 

1997.


 

4.  Kriminologiya.  Uchebnik.  Dlya  yurid.  Vuzov.  Pod  red.  doktora 

yuridicheskix nauk — A.I.Dolgovoy. M., 1999. 



5.  Kriminologiya. Sankt-Peterburg, 1998. 

 

 

 

 

 

33 



III Asosiy adabiyotlar 

1.  M.X.Rustamboev.  Jinoyat  huquqi  (Umumiy  qism) 

-  T.:  “



Ilmi  ziyo

”,  2005 

yil.

 

2.  O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar (Umumiy qism)  

T.: “



Ilmi ziyo

”,, 2006  yil.



 

3.  O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar (Maxsus qism)  

T.: “



Ilmi ziyo

”,, 2006  yil.



 

4.  M.X.Rustamboev,  Tohirov.F  Jinoyat  huquqi  (Umumiy  qism  sxemalar). 

O’quv qshllanma. 

- T.:  Yangi asr avlodi 2002 yil.

 

5.  M.X.Rustamboev,  Tohirov.F,  Erkahodjaev.A.K  Jinoyat  huquqi  (Maxsus 

qism) Darslik. 

- T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi 2000 yil

 

6.  M.X.Rustamboev,  Tohirov.F  Jinoyat  huquqi  (Maxsus  qism  sxemalar). 

O’quv qshllanma. 

- T.:  Yangi asr avlodi 2004 yil.

 

7.  M.Usmonaliev  Jinoyat  huquqi  (Umumiy  qism).  Darslik. 

-  T.:  Yangi  asr 

avlodi 2005 yil.

 

8.  Zaripov Z., Ismoilov I. Kriminologiya. T., 1996. 



9.  Kriminologiya. M., “Bek”, 1998. 

9.  Karaketov  Y.,  Usmonaliev  M.      Jinoyatchilikka  qarshi  ko’rashning   

kriminologik  choralari.   Toshkent,"O’zbekisgon," 1995 y.,; 



10. Muhitdinova  F.  Odillik  odimlari.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

sudining Axborotnomasi, 2003 yil, 4- son., 8-14-betlar. 



10. 

Ismoilov  N.  T.  Voyaga  yetmaganlar  tomonidan  sodir  etiladigan 

jinoyatlarning oldini olish muammolari // Xalq ta’limi. - 1998. - № 3. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

34 



 

 

 

MUNDARIJA 

 

Kirish.......................................................................................................................  

I-bob.      Voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarini  indnvidual  oldini  olishning  o’ziga  xos 

xususiyatlari................................................................................................................................ 



II-bob.  Voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarini  indnvidual  oldini  olish  tushunchasi  va 

mohiyati....................................................................................................................................... 



III-bob.  Jinoyat  sodir  etgan  voyaga  yetmaganlar  shaxsining  kriminologik 

tavsifi........................................................................................................................................... 



IV-bob.    Voyaga yetmaganlar jinoyatlarini indnvidual oldini olishni huquqiy ta’minlash  

va uni takomillashtirish............................................................................................................. 



V-bob.  Voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarini  indnvidual  oldini  olishning  tashkiliy-taktik 

asoslari......................................................................................................................................... 



VI-bob. Ichki   ishlar   organlarida   voyaga    yetmaganlar    jinoyatlarini    indnvidual 

oldini 


olish 

faoliyatini 

tashkil 

etish 


va 

takomillashtirish........................................................................................................................ 

 

Xulosa.................................................................................................................. 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.................................................................. 

 

 



 

 

 

35 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

36 



 

 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish