Kompetensiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda, ta’lim jarayoni mohiyati - о‘quvchilarning kelajakda turli hayotiy vaziyatlar va faoliyat sohalarida duch keladigan muammolarni о‘z tajribalari asosida mustaqil yechish layoqatlarini (qobiliyatlarini) rivojlantirishdan iborat. Bu esa о‘z navbatida о‘quvchilarga nafaqat bilim, kо‘nikma va malakalarni berish balki, ularni hayotiy ehtiyojlarida qо‘llay olish layoqatlarini (kompetensiyalarlarni) shakllantirishni kо‘zda tutadi. Shu nuqtai nazardan, kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish umumiy о‘rta ta’lim tizimi oldida turgan shu kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Kompetensiyaviy yondashuvning asosiy maqsadi maktab bitiruvchisining ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishdan iborat.
Umumiy о‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bо‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, о‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qо‘yiladigan talablardan iborat bо‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi:
bilim — о‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib
berish;
kо‘nikma — о‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qо‘llay olish; malaka — о‘rganilgan bilim va shakllangan kо‘nikmalarni notanish
vaziyatlarda qо‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetensiya — mavjud bilim, kо‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qо‘llay olish qobiliyati.
Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalari
Davlat ta’lim standartining maqsadi — umumiy о‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
umumiy о‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qо‘yiladigan talablarni
belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida о‘quvchilarni
tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
о‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy о‘rta ta’lim muassasalarining о‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qо‘yiladigan talablarni belgilash;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab
chiqarishning samarali integrasiyasini ta’minlash;
ta’lim va uning pirovard natijalari, о‘quvchilarning malaka talablarini
egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’limtarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qо‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |