O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


-MAVZU: MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSLARI(2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg‘ulot, 4 soat tarmoq orqali mustaqil о‘qish)



Download 1,9 Mb.
bet42/79
Sana02.03.2022
Hajmi1,9 Mb.
#478553
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79
Bog'liq
2.05. Pedagogik texnologiyalar

5-MAVZU: MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSLARI(2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg‘ulot, 4 soat tarmoq orqali mustaqil о‘qish).
Reja:

  1. Matematika fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari sharhi.

  2. Tayanch va fanga oid kompetensiyalar.

  3. Tayanch iboralar:

Kompetensiyaviy yondashuv, bilim, kо‘nikma, malaka, kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi, о‘zini о‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, milliy va umummadaniy kompetensiya, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bо‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi, fanga oid kompetensiyalar, matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiyalar, kognitiv kompetensiyalar.

1. MATEMATIKA FANIDAN KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVGA ASOSLANGAN DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI


Mamlakatimiz yoshlarining ma’naviyatini shakllantirish va qaror toptirishda, ularni kasbga yо‘naltirishda xalq ta’limi tizimining ahamiyati salmoqlidir. Shuning uchun umumta’lim fanlari mazmuni milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlarga va boy о‘tmish merosimizga asoslangan bо‘lishi, shuningdek, mustaqil va bozor iqtisodiyoti sharoitida yuzaga chiqqan davlat va milliy ehtiyojlarni qondirishga qaratilmog‘i lozim. Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida matematika fanining mazmuni va uni о‘qitishning umumiy maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga mos davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integrasiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning о‘zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bо‘lishi - yoshlarimizdan fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi. Bu esa mamlakatimiz ta’lim tizimiga matematikani о‘qitishning xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.
Zamonaviy fan va texnika taraqqiyoti umumta’lim maktablarida matematika fanini о‘qitishga yangicha yondashuvni, о‘quvchilarning bu fanidan о‘zlashtirishi lozim bо‘lgan bilim va kо‘nikmalarining mazmuni va darajasiga yuqori talablarni qо‘ymoqda. Bugungi kunga kelib, о‘quv axborotlari hajmining haddan tashqari kо‘payib ketganligi о‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki ularni “о‘qish va о‘rganishga о‘rgatish”ni talab qilayapti. Jadallik bilan о‘zgarib va rivojlanib borayotgan axborotlashgan jamiyatda faoliyat kо‘rsatish va yashash о‘quvchilardan nafaqat shunchaki tayyor bilimlarni о‘zlashtirishni, balki turfa kо‘rinishdagi ma’lumotlarni mustaqil izlab topish va qayta ishlashni hamda ulardan turli hayotiy vaziyatlarda samarali foydalanishni taqozo etmoqda.
Shuningdek, oxirgi paytlarda maktabda matematika fani bо‘yicha о‘quvchilar о‘zlashtirishi nisbatan past bо‘lib kelmoqda. Bu qaysidir ma’noda matematika fani mazmunining birmuncha nazariy, ilmiy, mantiqiy va aksiomatik tuzilishga ega ekanligi, matematika fani mazmunining hayotiy masalalarga kamroq bog‘langan holda о‘qitilishi hamda matematika fanini о‘qitish metodikasining takomillashmagani bilan ham izohlash mumkin. Shulardan kelib chiqib, matematika fanini о‘qitishga ham zamonaviy talablar qо‘yilmoqda va uni kompetensiyaviy yondashuv asosida qayta kо‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017yil 6apreldagi 187-sonli “Umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi Qarori “Ta’lim tо‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tо‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini о‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, о‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida qabul qilindi.
Mazkur umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari 2017-2018 о‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.
Ular asosida umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari talablari asosida о‘quv dasturlari yangidan ishlab chiqildi, belgilangan tartibda tasdiqlandi hamda umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga yetkazildi. Umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari va о‘quv dasturlarini amaliyotga samarali joriy etish yuzasidan tegishli mutaxassislar uchun 2017-2018 о‘quv yilidan boshlab maqsadli о‘quv kurslari tashkil etildi hamda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari dasturlari va о‘quv modullarining qayta kо‘rib chiqilishi ta’minlandi.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish