O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI(2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg‘ulot, 4 soat tarmoq orqali mustaqil о‘qish)



Download 1,9 Mb.
bet39/79
Sana02.03.2022
Hajmi1,9 Mb.
#478553
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79
Bog'liq
2.05. Pedagogik texnologiyalar

4.MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI(2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg‘ulot, 4 soat tarmoq orqali mustaqil о‘qish).


Reja:

  1. Muammoli ta’lim yondashuvining asoslari. Muammoli о‘qitishning tarixi haqida. Muammoli ta’lim jarayonida о‘qituvchiga qо‘yiladigan talablar.

  2. Muammoli ta’lim yondashuvini amalga oshirishda qо‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: ijodiy fikrlashni rivojlantiruvchi, evristik va loyihaviy ta’lim texnologiyalari.

  3. Ijodiy (tanqidiy) fikrlashni rivojlantiruvchi texnologiyalar va uni amalga oshirishda qо‘llaniladigan о‘qitish metodlari.

  4. Evristik ta’lim texnologiyasi yordamida о‘quvchilarda tadqiqotchilik kо‘nikmalarini shakllantirish metodlari.

  5. Loyihaviy ta’lim texnologiyasining mohiyati, uni amalga oshirish yо‘llari.




  1. Tanqidiy fikrlash, evristik va loyihaviy ta’lim texnologiyalari о‘rtasidagi farqlar va umumiy jihatlari.



Tayanch iboralar:
Muammoli ta’lim yondashuvi, muammoli vaziyat, monologli bayon etish metodi, fikr yuritib bayon qilish metodi, dialogli bayon metodi, evristik topshiriqlar metodi, tadqiqotli topshiriqlar metodi, dasturlashtirilgan topshiriqlar metodi.

MUAMMOLI TA’LIM YoNDAShUVINING ASOSLARI


Muammoli ta’lim yondashuvi - ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biridir. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatda ularni ijodiy tarzda qо‘llashning mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Muammoli ta’lim maqsadi – о‘qituvchi tomonidan taklif etilgan, maxsus bilim orttirishga xizmat qiladigan masala – muammoni о‘quvchilar о‘z aql-idroklari bilan yechishdan iborat.
Muammoli ta’lim quyidagicha tavsiflanadi: muammoli о‘qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari (tahlil, umumlashtirish) hisobga olingan о‘rgatish va dars berish usullarini qо‘llash qoidalari va о‘quvchilarni tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining (muammoli vaziyat, bilishga bо‘lgan qiziqish, talab va h.k) tizimi.
Muammoli о‘qitishning mohiyatini, о‘qituvchi tomonidan о‘quvchilarning о‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va о‘quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni о‘zlashtirish bо‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni о‘zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. Insonning bilish faoliyati jarayoni mantiqiy bilish ziddiyatlarini hal qilishdagi obektiv qonuniyatlari hamda didaktik tamoyil - muammolilikka tayanadi.
Psixolog va pedagoglar fikrlash muammoli vaziyat, kutilmagan hayrat va mahliyo bо‘lishdan boshlanadi deyishadi. O‘qitish sharoitidagi insonning ruhiy, emosional va hissiy holati unga fikrlash va aqliy izlanish uchun о‘ziga xos turtki vazifasini bajaradi.
Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u о‘quvchiga tanish bо‘lgan ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) о‘rtasidagi ziddiyatdir.
Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy о‘zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:

  • о‘quvchiga notanish faktning mavjud bо‘lishi;

  • vazifalarni bajarish uchun о‘quvchiga beriladigan kо‘rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi.

Muammoli о‘qitishni tashkil etishda о‘qituvchi о‘quv materialini: monolog; fikr yuritish va muhokama qilish usulida; dialogli bayon qiladi. Topshiriqlarni: evristik; tadqiqotli va dasturlashtirilgan usullarda beradi.
Monologli bayon etish metodi. O‘qituvchi muammoli vaziyat sharoitida о‘z ma’ruzasida yangi tushunchalar, faktlarning mazmun-mohiyatini tushuntiradi, о‘quvchilarga fanning tayyor xulosalarini aytib beradi.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish