Topshiriq
Topshiriq mavzusi “Dars o`tganligi haqida hisobot ”
Mazkur bo`limni o`zlashtirish natijasida olgan bilimlaringizdan dars o`tish jarayonida foydalaning. Darsni o`tib bo`lganingizdan so`ng hisobot yozing. Bu topshiriq sizga dars algoritmini tuzishda: maqsad qo`yish, usul tanlash, motivatsiya va mashqlarni rejalshtirishda olgan bilimlaringizni namoyish etishda yordam beradi. Hisobotni tayyorlashda quyidagi “Darsning texnologik xaritasi”dan foydlaning.
Topshiriqni bajarish uchun yо‘riqnoma
Hisobotning birinchi satrida о‘qitilayotgan fanning nomini va sinfini yozing. Masalan “Iqtisodiy bilim asoslari” 8- sinf.
Keyingi satrda aniq bir dars mavzusi, kalendar –mavzuli rejadagi tartib raqamini yozing.
“Dars maqsadi”satrida о‘qituvchi tomonidan oldindan rejalashtirilgan natijani, ya’ni о‘quvchi va о‘qituvchi tomonidan dars yakunida erishiladigan natijani yozing. Darsning ta’limiy maqsadi- bu bilimga asoslangan natija bо‘lib, bunda dars mavzusining mazmuniga, о‘zlashtirish kerak bolgan yangi materialga diqqatni jalb etish muhim hisoblanadi. Masalan, “O‘quvchilar mavzu bо‘yicha asosiy tushunchalarni aytadilar”. Dars davomida о‘quvchilarning bilim olishi-bu darsning rivojlantiruvchi maqsadidir. Masalan, “O‘quvchilar misollarni yechishda formulalardan foydalanadilar”. Darsning tarbiyaviy maqsadi- bu qadriyatlarni о‘zlashtirishga doir natijalar va ularni baholashdir. Masalan, “O‘quvchilar iste’molchilar huquqini himoya qilish muammolariga о‘z munosabatlarini bildiradilar”.
“ Resurslar” satrida dars uchun zarur bо‘lgan materiallar va jixozlarni yozing. Masalan “Iqtisodiy bilim asoslari”о‘quv qо‘llanmasi har bir о‘quvchi uchun, slaydlarni namoyish qiluvchi multimediya proyektori, “Makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar” mavzusi bо‘yicha 10 ta slayd, aqliy hujum uchun 1ta о‘quv plakati, test uchun kartochkalar (30 ta 4 xil variantda) va boshqalar.
“Dars rejasi” satrida dars maqsadiga erishish uchun bajariladigan ishlar ketma-ketligini yozing.
Masalan:
“Aqliy hujum”ni о‘tkazish uchun muammoli vaziyat о‘rtaga tashlanadi.
Masalan, “Ekologik muammolar-bu …..” 10 min.
“Makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar” mavzusida ma’ruza-10 min.
Kichik guruhlarda ishlash “Iqtisodiy korsatkichlarning real miqdorini aniqlash”-15 min.
Darsga yakun yasash:
test ishlash -5 min.
baholash-5 min.
6. “Darsning tashkiliy tuzilishi” qismida har bir dars bosqichlarida amalga oshiriladigan faoliyat mazmuni yoziladi. Masalan, “Motivatsiya”qismida:
Har bir bosqich maqsadini yozing. Masalan “O‘quvchilarni mavzuni о‘rganishga qiziqtirish”;
Birinchi bosqichni amalga oshirishga ketadigan vaqtni kо‘rsating. Esda tuting! Mavzuni e’lon qilish va motivatsiya uchun ajratiladigan vaqt 10%, mavzu bо‘yicha axborot berish uchun vaqt 10%, о‘quvchilarning mustaqil ishi uchun vaqt 60%, darsni umumlashtirish va yakunlash uchun vaqt 20% ni tashkil qilishi kerak.
-O‘quvchilar faoliyati turlarini sanang. Masalan, “O‘quvchilar aqliy hujumda “Ekologik muammolar - bu ..” mavzusi bо‘yicha ishtirok etadilar ”. O‘quvchilar ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari, muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari haqidagi fikrlarini bildiradilar. Masalan, Orol dengizi muammosi, uni saqlab qolish, tabiatni asrash, atmosferadagi ozon qatlamining yemirilishi va boshqalar.
Bu bosqichda о‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarni sanang. Masalan, о‘qituvchi “Aqliy hujum”ni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
O‘qituvchi “Aqliy hujum”mavzusini qog`ozga yozadi;
O‘qituvchi “Aqliy hujum”ni о‘tkazish qoidasini tushuntiradi;
O‘qituvchi о‘quvchilarning javoblarini qog`ozga yozib boradi;
O‘qituvchi yozilgan sо‘zlarni о‘qib, xulosa chiqaradi.
Oqituvchi yangi mavzuni о‘rganishda hal qilinishi kerak bо‘lgan muammoni aytadi, mavzu nomini va kutilayotgan natijalarni sanab о‘tadi.
Hisobotni tо‘ldirganingizdan sо‘ng oldinga qaytib, tushib qoldirilgan satrlar yо‘qligini tekshiring.
Baholash mezonlari asosida bajarilgan topshiriqlar sifatini tekshirib kо‘ring.
Do'stlaringiz bilan baham: |