O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 1,9 Mb.
bet51/79
Sana02.03.2022
Hajmi1,9 Mb.
#478553
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   79
Bog'liq
2.05. Pedagogik texnologiyalar

7-MAVZU: TINGLOVCHILARNING TURLI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR BO‘YICHA DARS ISHLANMALARI TAQDIMOTI(2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy mashg‘ulot, 4 soat tarmoq orqali mustaqil о‘qish).
Reja:

  1. Matematika darsi va unga qо‘yilgan zamonaviy talablar. Dars shakllari va bosqichlari.

  2. Dars ishlanmasi va uning tuzilmasi. Dars ishlanmasini yaratish bо‘yicha uslubiy tavsiyalar.

  3. Darsning tafsilotlarini bayon qilish ketma-ketligi.

  4. Amaliy mashg‘ulot.

Tayanch iboralar:
Dars shakllari, darsning individual, frontal, guruhiy va jamoaviy shakllari, dars turlari, yangi mavzuni о‘zlashtirish darsi, mustahkamlash darsi, takrorlash darsi, tizimga solish va umumiylashtirish darsi, nazorat va baholash darsi, aralash (kompleks) dars, dars bosqichlari, motivasiya (yangi mavzuga qiziqtirish) bosqichi, darsning refleksiya bosqichi, dars ishlanmasi, dars rejasi, dars turi, dars maqsadi, darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari.
1. Matematika darsi va unga qо‘yilgan zamonaviy talablar. Dars shakllari va bosqichlari.
Matematika darsi va unga qо‘yilgan didaktik, psixologik va metodik talablar
Ta’lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi о‘quvchilarni Vatanimizni sevadigan, о‘z bilimi va iste’dodiga suyanadigan hamda mustaqil ravishda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda bilim oladigan qilib tarbiyalashdan iborat. Mazkur vazifalar samarali darslar orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim-tarbiyaning birlamchi asosi dars hisoblanadi. Darsning dastlabki kо‘rinishlari bundan 400 yil avval paydo bо‘lgan. Ta’lim-tarbiya beruvchilarning vazifasi davlat tomonidan tasdiqlangan о‘quv dasturi asosida darsni tashkil etish va о‘quv-mavzu rejada kо‘rsatilgan bilimlarni ta’lim oluvchilarga didaktikaning barcha tamoyillaridan kelib chiqib, bir qator pedagogik usullardan va о‘qitishning texnik vositalaridan foydalanib yetkazib berishdan iborat.
Dars - bu sinfda aniq о‘quv maqsadlariga erishish uchun belgilangan (odatda 45 minut) vaqt oralig‘ida о‘qituvchi rahbarligida о‘quvchilar bilan olib boriladigan, mazmuni mantiqan butun va yaxlit bо‘lgan asosiy ta’lim-tarbiya jarayonibir.
Darsning maqsadi, mazmuni, turi va unga ajratilgan vaqt Davlat ta’lim standartlari (о‘quv dasturi va reja hamda darslik) asosida belgilanadi. O‘qituvchi uchun dars о‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, u bu jarayonda:

  • har bir sinfda о‘quvchilarning yoshi va bilim darajasi bir xil bо‘lishiga;

  • dars qat’iy jadval bо‘yicha belgilangan aniq muddatda olib borilishiga;

  • dars о‘qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida о‘quvchilar bilan ishlash shaklida olib borilishiga;

  • dars о‘quv fanining xarakteri, о‘tilayotgan materialning mazmuniga qarab turli usulda va vositalar yordamida olib borilishiga va uzluksiz ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim berilishiga va navbatdagi bilimlarni о‘zlashtirish uchun zamin yaratishga qat’iy rioya qilishi shart.

Dars ta’limning asosiy shakli ekan, u ilmiy, tizimli, tushunarli, о‘quvchining shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olingan holda tashkil etilishi shart.
Pedagogika fani dars oldiga quyidagi bir qator didaktik talablarni qо‘yadi:

  • har bir dars aniq maqsadni kо‘zlagan holda puxta rejalashtirilmog‘i yoki loyihasi tuzilmog‘i, о‘qituvchi darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiuvchi vazifalarini belgilab olishi, dars bosqichlarini, ya’ni qanday boshlash, yangi materiallarni qanday о‘tish, qanday tamomlash, kо‘rgazmali va boshqa didaktik materiallardan qanday foydalanish kabilarni oldindan hal qilib olmog‘i;

  • har bir dars g‘oyaviy izlanishga ega bо‘lishi;

  • har bir dars maktabning ijtimoiy muhit imkoniyatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bog‘lanmog‘i, kо‘rgazmali vositalar bilan jihozlanmog‘i;

  • har bir dars mavzuga mos usul va uslublardan samarali foydalanilgan holda tashkil etilishi;

  • dars uchun ajratilgan vaqt va uning daqiqalaridan tejamkorlik va unumli foydalanish;

  • dars jarayonida о‘qituvchi va о‘quvchi о‘zaro faol munosabatda bо‘lishi, о‘quvchi passiv tinglovchiga aylanmasligi;

  • о‘tilayotgan mavzuning mazmuniga bog‘liq holda mustaqil O‘zbekistonda rо‘y berayotgan о‘zgarishlardan о‘quvchilarni xabardor etish lozim.

Darsning mazmuni va xarakteriga qarab xalqimizning boy ma’naviy merosidan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Darsning butun sinf va har bir о‘quvchi bilan, ularning shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda olib borilishi yuqori samara beradi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yо‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta’lim jarayonida о‘quvchi asosiy figuraga aylanadi.
Dars о‘quvchilarga bilim berish va berilgan bilimni ularning kо‘nikmasiga aylantirishda muhim rol о‘ynaydi. Shu sababli о‘quv mashg‘ulotlarida ajratilgan vaqtning asosiy qismi dars о‘tish uchun sarflanadi.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish