O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Farg’ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 488 Kb.
bet3/4
Sana10.09.2017
Hajmi488 Kb.
1   2   3   4

5-tajriba. Sun’iy qor.

Bir tarelkaga bir necha g’isht bo’lakchasi solib, uning orasiga quruq navda o’rnatiladi. Tarelka atrofiga esa vazelin surtib chiqiladi. G’isht bo’lakchalariga va uning atrofiga o’n ikki osh qoshiqda ozgina sinpka aralashtirilgan osh tuzi, tuzning ustiga esa extiyotkorlik bilan 6 qoshiq suv sepiladi va tarelka issiq yerga qo’yib qo’yiladi. Xar kuni pipetka orqali 1-2 qoshiq suv sepib turiladi. Ertasigayoq “qor” bilan qoplanadi.



1-rasm

Bu shunday sodir bo’ladi: quruq osh tuzi suvni shimib unda eriydi. Xosil bo’lgan kontsentrik eritma portlashi natijasida g’isht bo’laklari va shox navdasida “qor” singari oppoq mayda kristallar xosil bo’ladi.

6-tajriba. Sexrli tayoqcha.

To’rtta probirka olib, birinchisiga fenolftalein, ikkinchisiga o’yuvchi natriy eritmasi, uchinchisiga xlorid kislota eritmasi, to’rtinchisiga esa siyox quyiladi. SHisha tayoqcha birinchi probirkadagi fenolftaleinga botirib olinadi-da, darxol og’zi barmoq bilan berkitiladi (unda fenolftalein bor). So’ng shisha tayoqcha ikkinchi probirkaga tushiriladi (tushirilganda barmoq ochiladi) va eritma chayqatiladi. Probirkadagi eritma kishilarni xayron qoldirib, darxol to’q-qizil rangga kiradi. Sexrli tayoqcha uchini probirkaga botirib olinadi (barmoq ishga tushadi). So’ng yana ikkinchi probirkaga tushirib chayqatilsa, eritma rangsizlanib qoladi.

Tayoqcha uchinchi probirkaga botirib olinadi-da (bunda xam barmoq ishga tushadi), keyin to’rtinchi probirkaga tushirib chayqatiladi, natijada siyox rangsizlanadi.

Sexrli tayoqcha fenolftalein yordamida ishqor va kislotalarning rangini o’zgartiradi.



7-tajriba. Yozda yaxmalak.

Stakandagi toza suvga kichik bo’lak tuz tashlansa suv muzlab qoladi. Ajabo, saratonda bu qanday yaxmalak?

Bu sirni ochish uchun quyidagi tajriba bajariladi. Avvalo Glauber tuzining to’yingan eritmasi tayyorlanadi. (Bu tuzni shifokor-kimyogar Glauber topgani uchun uning nomi bilan yuritiladi). Buning uchun Glauber tuzi xavonchada tuyiladi-da, qaynoq suvga (70-800C) oz-ozdan solib to’yinguncha eritiladi.

Bu yuqori temperaturada tayyorlangan to’yingan eritma ikkinchi stakanga filtrlanadi va sovitiladi. Sovigan eritmaga Glauber tuzining kristalidan tashlansa, stakanda tuzning quyuq kristallari paydo bo’lib, muz singari qotib qoladi. Yozda xam yaxmalak xosil bo’larkan.



8-tajriba. Sirli yozuvlar.

Uch varaq oq qog’oz olib, qora qalam bilan bilinar - bilinmas qilib birinchisiga Dilfuza, ikkinchisiga Malika, uchinchisiga Nargiza so’zlari yoziladi. Yozuvlar ustiga soda eritmasi surib, quritiladi. Qog’oz oppoq bo’lib qoladi. Unga Pulferizatordan suyuqlik purkalsa, oq qog’ozlar betida to’q - qizil rangli yozuvlar paydo bo’ladi. Bu shunday paydo bo’ladi: Pulferizator ichida fenolftalein eritmasi bor edi. Soda suvda gidrolizlanib gidroksil ionini ajratadi, bu ion fenolftaleinning rangini qizartiradi.



9-tajriba. Bir suyuqlikdan uch xil cho’kma.

Uchta probirkaning birida rangsiz, ikkinchisida sezilar-sezilmas ko’kimtir, uchinchisida sarg’ish suyuqlik bor. Suyuqliklarning uchalasi xam tiniq. Xar uchala probirkaga bitta stakandagi rangsiz suyuqlikdan oz-ozdan quyilgan edi, birinchi probirkada oq, ikkinchisida ko’k, uchinchisida esa qo’ng’ir tusli cho’kma xosil bo’ladi.

Buning sababi nimada?

Birinchi probirkadagi alyuminiy sulfatning to’yingan eritmasi, ikkinchisidagi mis (II) sulfatning suyultirilgan eritmasi, uchinchisidagi esa temir (III) xloridning suyultirilgan eritmasi edi. Stakandagi suyuqlik o’yuvchi natriy eritmasidir.




2.2. 8-SINF KIMYO DARSLARIDA QIZIQARLI TAJRIBALARDAN FOYDALANISH.
8-sinf o’quv dasturiga ko’ra jami 68 soat rejalashtirilgan bo’lib, bunda elementlar davriy sistemasi va atom tuzilishi, kimyoviy-bog’lanish, elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi metall maslar va ularni qishloq xo’jaligidagi axamiyati, mavzulari o’rganilishi va laboratoriya, amaliy mashg’ulot rejalashtirilgan. Yuqorida keltirilgan mavzular bo’yicha xam o’quvchilarga ko’pgina mavzularni ko’pgina mavzularni moxiyatini ochib berishga qaratilgan qiziqarli tajribalardan o’rinli foydalanish mumkin.

Bu sinfda galogenlar guruxiga aloxida qiziqarli tajribalarni tavsiya etish mumkin. Oltingugurt mavzusida S oid: Oltingugurt juda qadimdan ma’lum bo’lgan element S ning rombik, monoklinik, amorf, turlari mavjud. S kristallari och-sariq rangda bo’ladi. Oltingugurt tabiatda ko’p tarqalgan. U xam sof xolida, xam rudalar va sulg’fat kislota tuzlari ko’rinishida uchraydi. Oltingugurt kimyoviy reaksiyalarda oksidlovchi kislorod bilan reaksiyaga kirishkanda esa qaytaruvchi bo’lib ishtirok etadi. S sulfat kislota olishda, qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurashda, rezina sanoatida va ko’pgina soxalarda ishlatilishi aytilib S va uning birikmalariga oid bir qancha qiziqarli tajribalarni ko’rsatish mumkin.



10-tajriba. Gullarning rangsizlanishi.

Rango-rang gullar gaz ta’sirida rangsizlanib qoladi. Nima uchun? Buni quyidagi tajribada ko’ramiz. Chinni kosachaga ozgina oltingugurt solib yoqiladi (bu tajriba, albatta ochiq xavoda mo’rili shkafda bajarilishi kerak). Oltingugurt yonganda g’oyat yoqimsiz xidli gaz, oltingugurt IV oksidi ajraladi. Agar guldasta alanga ustida bir oz tutib turilsa, gullar asta-sekin rangsizlanadi. Bunda oltingugurt IVoksidi gullardagi alkoloidlar bilan reaktsiyaga kirishib, ularni rangsiz moddalarga aylantiradi.

H2S ning xossalari o’rganilganda quyidagi tajribani namoyish etish mumkin.

11-tajriba. Kumush va mis nima uchun qorayadi?

Stakandagi vodorod sulfid eritmasiga botirilgan kumush va mis plastinkalar bir oz vaqt o’tgandan so’ng qorayadi. Buning sababi plastinkalar betida reaktsiya borib, qora rangli kumush va mis sulfidlar xosil bo’ladi:

4 Ag + 2H2S + O2 2 Ag2S + 2H2O

2 Cu + 2H2S + O2 2 CuS + 2 H2O

Uy devorlarida uzoq muddat osig’liq turgan mo’yqalamda ishlangan va o’yma naqshli suratlarning qorayib qolish siri xam shundan. CHunki suratlardagi bo’yoqlarda kumush, mis, qo’rg’oshin tuzlari bor. Xavo tarkibidagi sulfid gazlari ta’sirida xam qorayadi.

Sulfid kislotaning xossalari o’rganilganda quyidagi tajribalarni namoyish etish mumkin.



12-tajriba. CHo’pning ko’mirlanishi.

Sulfat kislota yog’ochni yemiradi - suvni tortib oladi va erkin uglerod ajratib chiqaradi: cho’p kontsentrlangan sulfat kislotaga tushirilsa, u ko’mirga aylanadi. Cho’pni suvga chayqab o’quvchilarga ko’rsatiladi, ular H2SO4 murakkab moddalardan xam suv elementlarini tortib olar ekan degan xulosaga keladilar. Bu tajriba H2SO4 bilan ishlashda rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalarni tushunib olishga imkon beradi.



13-tajriba. Qog’ozning ko’mirlanishi.

Qog’ozga suyultirilgan sulfat kislota bilan biror so’z yoziladi yoki chiziladi. Qog’oz oxista qizdirilsa, suv bug’lanib H2SO4 ning kontsentratsiyasi ancha oshadi va buning natijasida qog’oz ko’mirlanadi. Uning betida yozuv yoki rasm paydo bo’ladi.

Xlor va uning birikmalarini xossalari o’rganilganda, xlorni murakkab moddalar bilan o’zaro ta’siri o’rganilganda quyidagi tajribalarni bajarish maqsadga muvofiq bo’ladi.

14-tajriba. Organik bo’yoqlarni xlor bilan rangsizlantirish.

a) Stakanga ozgina fuksin yoki gunafsha siyox qo’shilgan rangli suv solinadi. Rangli suvga u rangsizlanguncha xlorli suv qo’shiladi. Eritmani rangsizlanishi kuzatiladi.

b) Xlorning organik bo’yoqlarni parchalash xossasini o’quvchilarga ko’rsatish uchun xlorli kolbaga rangli latta solib, kolba og’zi probka bilan berkitib qo’yiladi. Bir necha minut kutib turilsa lattaning rangsizlanmayotganligini kuzatish mumkin. Endi kolbaga lattani xo’llaydigan qilib 1-2 ml suv quyiladi va kolba yana probka bilan berkitiladi. Rangli latta rangsizlanadi.

15-tajriba. Moddalarning suyuqlantirilgan selitrada yonishi.

Quruq probirkaning 1/5 qismiga KNO3 soling. Probirkani shtativga metall taglikning ustiga vertikal xolatda o’rnating va tuz suyuqlanguncha qizdiring. Suyuqlangan massadan gaz pufakchalari (O2) ajralib chiqa boshlagach bir bo’lak ko’mirni qisqich bilan ushlagan xolda gorelkada cho’g’latib probirka ichiga tashlang. Qizdirishni to’xtating. Ko’mir probirka ichida sakrab - sakrab, yorug’ alanga berib yonadi. Baozi xolatlarda ko’mir probirka ichidan uchib chiqadi.

Ko’mir yonib bo’lgandan so’ng probirkaga kichik bir bo’lak oltingugurt tashlang. Oltingugurt yonganda ko’p issiqlik chiqqanligi sababli ko’pincha shisha yumshab, probirkaning shakli o’zgarib xatto tagi tushib qolishi mumkin.

Bu tajribani 7-sinfda kislorodni olinishi, 8-sinfda S va uning xossalari, 9 - sinfda uglerodni xossalari o’rganilganda xam namoyish etish mumkin.

8-sinfda azot va fosfor birikmalari o’qitilganda quyidagi tajribalarni bajarish azot va fosforni xossalari va shuningdek ularni birikmalarini, xossalarini o’rganishda omil bo’lib xizmat qiladi.

16-tajriba. Ko’k fontan.

Taxminan 3 grammdan ammoniy xlorid va so’ndirilgan oxak olib, qog’ozda aralashtiriladi va aralashma biroz kolbaga solib qizdiriladi. Ajralib chiqayotgan ammiak gazi bilan 500 ml xajmli kolba to’ldiriladi. Kolbaning gazga to’lgan - to’lmaganligini xo’llangan qizil lakmus qog’ozini kolba og’ziga tutib bilish mumkin. Qog’oz ko’karsa, kolba gazga to’lgan bo’ladi. Shundan so’ng kolba to’ntarilgan xolda shisha nayli probka bilan tez berkitiladi. Nayning ikkinchi uchi stakandagi 2-3 tomchidan kislota va qizil lakmus eritmasi quyilgan suyuqlikka botiriladi. Stakandagi suv avval asta-sekin yuqoriga ko’tariladida, keyin ko’k fontan bo’lib to’ntarilgan gazli kolbaga otilib chiqadi.

Sababi, ammiak suvda juda yaxshi eriydi. 1 xajm suvda 700 xajm chamasi eriydi. Ammiakning suv bilan xosil qilgan ammoniy gidroksidi asos xossaga ega bo’lganligi uchun lakmusni ko’kartiradi. Shuning uchun fontan ko’k rangli bo’ladi. SHunday qilib, qizil suvdan ko’k fontan otiladi.

2. Gunafsha fontan. Yuqoridagidek quruq kolbaga ammiak gazi yig’ilib, nayning uchi bankadagi rangsiz fenolftalein tomizilgan chiroyli, gunafsharangli fontan xosil bo’ladi. Xosil bo’layotgan ammoniy gidroksidi fenolftalein ta’sirida gunafsharangga kiradi. Rangsiz suvdan gunafsharangli fontan otiladi.

3. Qizil fontan. Shtativga to’ntarilib o’rnatilgan kolba og’zidagi shisha nay stakandagi ko’k suvga tushirilsa, suv dastlab naydan asta-sekin ko’tarilib, keyin shiddat bilan kolba ichida qizil fontan bo’lib otila boshlaydi. Buning sababi nima? Osh tuziga kontsentrik sulfat kislotani ta’sir ettirish yo’li bilan vodorod xlorid gazi xosil qilinadi va bo’sh kolba ana shu gaz bilan to’ldiriladi. Stakandagi suvga esa ko’k lakmus eritmasi tomiziladi. Vodorod xlorid suvga yaxshi eriydigan (1 xajm suvda 500 xajm) bo’lganligi uchun suv kolba ichiga otilib kiradi va qizil fontan xosil qiladi.

17 - tajriba. Olovda qirov.

Chinni kosachaga 5 g chamasi ammoniy xlorid tuzidan solib, plastmassa archa o’rnashgan shisha qalpoq tagiga joylanadi. Kosacha asta-sekin spirt lampasi bilan qizdirilsa, archa butoqlarini oppoq qirov bosadi. 2-rasm.

Bu shunday sodir bo’ladi: ammoniy xlorid tuzi qizdirilganda parchalanib, ammiak va vodorod xloridga ajraladi. Ammiak xam, vodorod xlorid xam gazsimon moddalar bo’lgani uchun bir-biri bilan birikib, qaytadan ammoniy xlorid tuzining oq mayda kristallariga aylanadi. Oq kristallar archa butoqlarini qoplab, uni qirov bosgan daraxt shakliga kiritadi.

Yana shunday tajriba xam qilish mumkin: tsilindrlarning birini kontsentrik xlorid kislota, ikinchisini kontsentrik ammiak eritmasi bilan xo’llab, bir-biriga to’ntarilsa, oq quyuq tutun - ammoniy xlorid xosil bo’ladi. Yuqorida aytganimizdek, xlorid kislota ammiak bilan birikishi natijasida oq mayda kristallar xosil bo’ladi, bu quyuq oq tutun bo’lib ko’rinadi.



18-tajriba. Skipidarning o’t olishi.

Kislotaga tomizilgan skipidar o’z o’zidan alangalanib yonadi. Ajabo! Buni quyidagicha bajarish mumkin: stakanga 2-3 sm qalinlikda qum solinadi. CHinni kosachaga 2-3 ml dan azot va sulfat kislota quyilib aralashtiriladi. Kislotali kosachani temir qisqich bilan ushlab, qum ustiga o’rnatiladi.

Agar pipetka orqali kosachaga ozgina skipidar tomizilsa, skipidar alangalanib yonib ketadi.

Bu yerda sulfat kislota reaktsiya natijasida ajralayotgan suvni ushlab qolish uchun qo’llaniladi.

Kontsentrlangan nitrat kislota bilan skipidarning oksidlanishi natijasida ko’p issiqlik chiqqanidan u yonib ketadi.

19-tajriba. O’z - o’zidan yonish.

Besh - oltita sham stolga qator o’rnatiladi. Avval birinchi sham, so’ngra 5-6 sekunddan keyin birin-ketin qolgan shamlar o’z-o’zidan yona boshlaydi. Bu qanday sodir bo’ladi?

Ma’lumki oq fosfor xavoda sekin yonadi. Bordi-yu oq fosfor kukun xolida bo’lsa, u xavoda tez oksidlanadi va yonib ketadi. Oq fosfor uglerod sulьfidda eritiladi, shu eritmaga filьtr qog’ozni qisqich bilan ushlagan xolda botirib olib, xavoda tutib turilsa, bir oz vaqtdan keyin qog’oz o’z-o’zidan yonib ketadi. Bunga sabab shuki, uglerod sulfid juda tez bug’lanib ketib, filtr qog’oz yuzasida fosforning nixoyatda mayda kristallari o’t oladi, so’ng qog’oz yonadi.

Stol ustidagi shamlarning gugurtsiz yonishiga sabab ham shu. Lekin shamlarni yondirish uchun avval ularning piliklarini ignaning uchi bilan yaxshilab titiladi, keyin oq fosforning uglerod sulfiddagi eritmasiga botirib olinadi. SHamlar birin-ketin yonishi uchun esa, ularni orada bir oz vaqt o’tkazib - o’tkazib eritmaga botirish kerak.

Zinxor unutmaslik kerakki, oq fosfor juda zaxarli bo’lib, terini kuydirsa, uzoq vaqtgacha tuzalmaydigan yara xosil qiladi. Uglerod sulfid esa, benzinga qaraganda xam tez o’t oluvchi suyuqlikdir. Uning bug’i xam zaxarli. SHuning uchun fosforli tajribalar mo’rili shkafda nixoyatda extiyotkorlik bilan o’tkazilishi kerak.

20 - tajriba. Qabriston “jini”.




Yumaloq kolbaga 40 ml chamasi kaliy ishqorining (35-40% foizli) kontsentrik eritmasidan quyiladida, unga 2-3 bo’lak oq fosfor solinadi. Kolbaning bo’sh qismini xavosizlantirish uchun aralashmaga 1 ml chamasi dietil efirdan qo’shiladi. So’ng kolbaga nayli truba o’rnatiladi. Nayning egilgan uchi kristallizatordagi suvga botiriladi. Kolba extiyotlik bilan spirt lampasida qizdiriladi, bunda kolbadan avvalo dietil efiri chiqib ketadi va kolba xavosizlanadi. Kolbadagi fosfor kaliy ishqori bilan reaktsiyaga kirishib, fosfin gazi ajraladi.

3-rasm

4P+ 3 KOH + 3 H2O PH3+3KH2PO4



fosfin

Fosfin gazi xavoda xalqasimon ko’rinishda yonadi. Agar xonaning chirog’i o’chirilsa, gaz yorug’ shula bilan yonadi. CHunki fosfin oz bo’lsada bug’lanib turadi, fosfin bug’i xavo kislorodi ta’sirida oksidlanish natijasida bug’lanadi va oq tutun xosil qiladi.

2 PH3+4O2 P2O5+ 3H2O

Fosfor suyakning tarkibiy qismi bo’lib, suyaklar chirishi natijasida fosfor ajralib, u fosfin ko’rinishda namoyon bo’ladi. Buni din peshvolari qabriston “jini” deb, mexnatkash xalqni aldab kelganlar.



21 - tajriba. Xosildor donachalar.

Bu qanday donachalar bo’ldiki, “xosildor” deyiladi? Fosforli o’g’itlar ichida qadimiy va eng muximlaridan biri superfosfatdir. U quyidagicha xosil qilinadi: fosforit yoki apatitdan 2,5,3 g tarozida tortib olinadi. chinni stakanga 65 foizli sulfat kislotadan 45 ml quyib, tortib olingan fosforit solinadi va shisha tayoqcha bilan 5-10 minut aralashtiriladi, keyin temperaturasi 100-1200 bo’lgan quritish shkafiga qo’yiladi. 1,5-2 soatdan keyin stakan shkafdan olib sovitiladi. Natijada “xosildor” donachalar, super-fosfat xosil bo’ladi. Bu quyidagi reaktsiya asosida sodir bo’ladi.

Ca3(PO4)2+ 2 H2 SO42 CaSO4+Ca(H2PO4)2

fosforit superfosfat

Olingan superfosfatni xosil donachalari deb atadik. Bunga sabab, superfosfat xosildorlikni oshiradi. Superfosfat suvda yaxshi eriydigan bo’lganligi uchun uni o’simliklar oson o’zlashtiradi.


2.3. 9 - sinf kimyo darslarida qiziqarli tajribalardan foydalanish.
9 - sinf o’quv dasturi bo’yicha jami 68 soat rejalashtirilgan bo’lib, bunda kimyoning eng muxim mavzularini o’z ichiga olgan.

Bunda: uglerod guruxi, organik birikmalar, uglevodlar, kislorodli organik birikmalar, tarkibida azot va boshqa elementlar tutuvchi organik birikmalar, metallar, ishqoriy metallar, kalsiy va magniy, alyuminiy, temir va boshqa mavzularga soatlar rejalashtirilgan. Yuqorida keltirilgan mavzularga oid juda ko’plab qiziqarli tajribalarni namoyish etish mumkin.



22 - tajriba. Tuxumni archmay tozalanadi.

  1. Odatda tuxum archib tozalanadi, lekin uni archmay tozalash mumkin. Mana qarang-a: Stakandagi suvga tuxum solinsa, bir ozdan so’ng tuxum suvda o’ynab - o’ynab, o’zidan pufakchalar chiqarib sinmay archilib qoladi. Buning sababi nimada? Buni quyidagi tajribada ko’ramiz. Stakanga xlorid kislotaning suyultirilgan (1:5) eritmasi quyiladi. So’ng unga tuxum solinadi. Tuxum po’stlog’i asosan kalg’tsiy karbonatidan tashkil topganligi uchun xlorid kislota bilan o’zaro reaktsiyaga kirishib, erib ketadi, natijada tuxum archilib qoladi. Tuxum o’ynaganda chiqayotgan pufakchalar esa kaltsiy karbonat parchalanayotganda ajralayotgan SO2 gazidir.

23 - tajriba. Tuxumxo’r grafin.

Stol ustiga grafin qo’yilgan. Grafin ustida uning og’ziga sig’maydigan tuxum turibdi. Salima tuxumni oldi-da, bir probirkadagi suyuqlikni quygan edi grafin tuxumni yuta boshladi.

- Tavba, shisha tuxum yutishini tushumda xam ko’rmagan edim, - deb qo’ydi kimyo kechasida o’tirgan Karimning onasi.

Qani, bir o’ylab ko’ring-chi, grafin qanday qilib tuxumni yutdi? Bu qanday ximiyaviy reaktsiyaga asoslangan?

Tajribani quyidagicha bajarasiz. Bir probirkada o’yuvchi kaliyning kontsentrlangan eritmasidan tayyorlab qo’ying, so’ngra yaxshi pishirilgan tuxumning po’chog’ini extiyotlik bilan archib tashlang. Bunda tuxumning ba’zi joylari buzilsa, yirtilsa, shuningdek, xavo pufagi tuxumning o’rta beliga to’g’ri kelib qolgan bo’lsa, tajriba chiqmay qolishi mumkin. Olgan tuxumingizda shunday nuqsonlar bo’lgan taqdirda uni boshqasiga almashtirish zarur.

Endi suv solib quyiladigan odatdagi grafin yoki og’zi kengroq 1-1.5 litr sig’imi kolba oling-da, Kipp apparatidan chiqayotgan uglerod (IV) - oksid gazi bilan to’ldiring va grafin og’ziga archilgan tuxumni qo’ying. Tuxumning diametri grafin og’zining diametridan ancha katta bo’lgani uchun uning og’ziga qopqoq bo’lib qoladi. 4-rasm

Shundan keyin grafin og’zidagi tuxumni olib, grafin ichiga probirkadagi o’yuvchi kaliy eritmasidan quyiladi. Shu ondayoq tuxum ingichkalashib, cho’zilib grafin ichiga kirib keta boshlaydi va bir necha sekund ichida grafin ichiga tushib ketadi.

Xo’sh, grafin tuxumni nega yutdi?

Bunga sabab shuki, grafinga o’yuvchi kaliy eritmasi quyilganda u karbonat angidrid bilan reaktsiyaga kirishadi, natijada grafinda bosim kamayadi.



24-tajriba. Tosh yonadi.

Tagi teshik probirkaga kichik bo’lak toshga o’xshash kaltsiy karbidi solinadi-da, probirka kolbadagi suvga botiriladi. “Tosh” suv bilan shiddatli reaktsiyaga kirishib, atsetilen gazini ajratadi. Agar shisha nay uchiga gugurt yoqib yaqinlashtirilsa, chiqayotgan gaz tutab yonadi. Bunda quyidagicha reaktsiya boradi. Ba’zi bir metal karbidlari suv yoki kislotalar bilan ta’sirlashadi va bunda uglerodning turli tarkibdagi vodorodli birikmalari hosil bo’ladi.

CaC2+2 H2 OCa(OH)2+ C2 H2

atsetilen

Al4C3 + 12HCl= 4AlCl3 + 3CH4

Ajabo, tosh xam yonar ekan. Probirka suvdan olinsa, yonish to’xtaydi. Tosh yonayotgandek bo’lib ko’rinadi-yu, lekin aslida yonayotgan modda

kaltsiy karbidi - “tosh” emas, balki reaktsiyada ajralayotgan atsetilen gazidir.



Yuqoridagi tajribani organik kimyo kursida, atsetilenni olinishi va xossalari o’rganilganda, maktabda turli kimyoviy kechalar o’tkazganda namoyish etish mumkin.

5-rasm.

25 - tajriba. Oq qanddan qora ustun.

Oq qandni stakanga solib, 3 ml chamasi distillangan suv quyiladi va shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra unga 15 ml kontsentrlangan sulfat kislota quyib, yana aralashtiriladi va bir oz qo’yib qo’yiladi. 2-3 minut o’tmasdanoq qand qora tusga kira boshlaydi. Xosil bo’layotgan qora massa asta - sekin stakanni to’ldiradi. Oxirida stakandan bir necha santimetr yuqoriga ko’tarilib, qora ustunga o’xshab qoladi.

Tajribaning siri shundaki, kontsentrlangan sulfat kislota qandni parchalab, ko’mir (uglerod)ga aylantiradi. Uglerod ortiqcha sulfat kislota bilan reaktsiyaga kirishadi, natijada uglerod IV oksid va sulfat gazlari xosil bo’ladi. Bu ajralayotgan gazlar ko’mirni pufakchalar bilan ko’pirtirib, yuqoriga ko’taradi. SHunday qilib, oq qanddan qora ustun xosil bo’ladi.

Bu quyidagicha reaktsiya asosida sodir bo’ladi:

C12H22O1112C+11H2O

qand ko’mir

C+2H2SO42CO2+2SO2+2H2O

Oq qanddan qora ustun tajribasi H2SO4 ning kimyoviy xossalari, uglerod, uglevodlar mavzusi o’tilganda xam bajarish mumkin.

Quyidagi tajribani esa kraxmal va uning xossalari mavzusi o’rganilganda amalga oshirish mumkin.



26-tajriba. Kraxmal shakarga aylanadi.

Emallangan tarelkaga 200 grammcha (yangi tayyorlangan kraxmal) kleysteridan, 5 grammga (bir choy qoshiq HCl quyiladi). Aralashma spirt lampasida qizdiriladi. So’ng aralashmadan ozgina olib, probirkaga solinadi va unga yod eritmasi tomiziladi. Agar aralashma ko’karsa, demak, xali kraxmal batamom reaktsiyaga kirishmagan. Tajriba davomida bu sinov qaytarib boriladi. Ancha qizdirilgandan so’ng aralashma gunafsharangga kiradi. Undan ozgina probirkaga olib yod bilan sinab ko’rilsa, aralashma qizaradi. Nixoyat aralashma sariq tusga kiradi. Ozgina totib ko’rilsa, shirin maza beradi. Ishonch bilan aytish mumkin-ki, endi aralashmada kraxmal yo’q, demak kraxmal suv bilan gidrolizlanib, shakarga aylangan. Endi yod uning rangini o’zgartirmaydi.

Ishqoriy metallar mavzusi o’tilganda, ishqoriy metallarning kimyoviy xossalariga oid ko’plab tajribalarni osongina bajarish mumkin. Ayniqsa ishqoriy metallardan Na va K ning suv bilan shiddatli reaktsiyasini xar-xil usullarda bajarish mumkin.

27 - tajriba. Suvda yonuvchi metall.

Feruza yumaloqlab o’ralgan qog’ozni stakandagi suvga tashladida, tezlik bilan stakan og’ziga voronkani qopqoq qilib yopib qo’ydi. Salgina vaqt o’tgan ediki, qog’oz xarakatga keldi, nixoyat yona boshladiyu bu filtr qog’oz bo’lib, uning ichiga usti oksid qoplamidan tozalangan, no’xat kattaligidagi natriy metali o’ralgan edi. Natriy suvdan vodorodni shiddatli ravishda siqib chiqarganidan ko’p issiqlik xosil bo’ladi. Natijada natriy alangalanish tempuraturasigacha qizib yonib ketadi. Suvga Na metali o’rniga K metali tashlansa, u qog’ozga o’ralmasa xam chiroyli binafsha-pushti rangli alanga berib yonib ketadi. Xar ikki reaktsiyada xam suv, ishqor eritmasiga aylanadi, buni fenolftalein eritmasi yordamida aniqlash mumkin.

Uglevodlarni xossalari o’rganilganda katalizatorlar taosirida reaktsiyani borish mexanizmi o’rganilganda, organik moddalar xam anorganik moddalar singari katalizatorlar ishtirokida reaktsiyaga tezroq va shiddatliroq kirishini ko’rsatish maqsadida qandni yonish tajribasini ko’rsatish o’rinli bo’ladi.


Katalog: upload -> book
book -> Sana: 03. 04. 2015. Fan: Jahon tarixi Sinf
book -> Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
book -> Qayta tayyorlash va malakasini oshirish
book -> Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
book -> 6-sinf тарих (umumta’lim maktablari uchun)
book -> 6-§ Ilk sivilizasiyalarning vujudga kelish davri
book -> Mavzu: Ishlab chiqarish asoslari mashg`ulotlarini o`tkazish metodikasi Mehnat ta’limi jarayonida o`quvchilarga ishlab chiqarish to`g`risida quyidagi tushunchalar beriladi
book -> Uslubiy qo`llanma
book -> Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni miqdorlar bilan tanishtirish
book -> Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi savod oʻrgatish darslarida ta’limiy oʻyinlardan foydalanish

Download 488 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat