O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Farg’ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 488 Kb.
bet2/4
Sana10.09.2017
Hajmi488 Kb.
#21688
1   2   3   4


    1. KIMYOVIY VA FIZIOLOGIK AKTIV QURUQ XAMDA SUYUQ MODDALAR BILAN ISHLASHDA EXTIYOTLIK CHORALARI.

Quyida nomi ko’rsatilgan moddalar bilan ishlash qoidalari va shu moddalar bilan zaxarlanganda beriladigan birinchi yordam xaqida xamma o’quvchilar xabardor bo’lishlari kerak.



1. Bariy nitrat oshqozonga tushsa zaxarlaydi zaxarlanganda oshqozonni 1% li natriy yoki magniy sulg’fat bilan yuvish kerak.

2. Bertole tuzi. Toza xoldagi bertole tuzi unchalik xavfli emas. Lekin yonuvchi moddalar oltingugurt, fosfor, aktivlangan ko’mir, glitserin, shakar bilan portlashi mumkin. Bertole tuzi odam ichiga tushsa, qon uchun kuchli zaxar xisoblanadi. Bunda birinchi yordam oshqozonni yuvishdir.

3. Kaliy permanganat. Kuchli oksidlovchi. Kontsentrlangan sulьfat kislota ishtirokida kaliy permanganat spirt, efir, glitserinlar bilan portlaydi. Kaliy permanganatni yonuvchi moddalardan uzoqroqda saqlash kerak. Quyosh nuri taxsiridan extiyot qilish zarur.

4. Kaliy nitrat. Quruq joyda saqlash va organik birikmalar bilan yonma-yon qo’ymaslik kerak.

5. Xlorli oxak. Xlorli oxak ximiyaviy jixatdan turg’un emas. Nam yorug’lik va yuqori xarorat taxsirida o’zidagi aktiv xlor miqdorini yo’qotadi. SHuning uchun xlorli oxak germetik idishlarda yaxshi shamollanuvchi xonalarda 200C xarorat atrofida saqlash kerak. Xlorli oxak nafas yo’llarini va shilliq pardalarini yallig’laydi. Bunday xolda 2% li ichimlik sodasining purkalgan mayda zarrachalaridan nafas olish kerak. Ko’z, burun va og’izni soda eritmasi bilan yuviladi.

6. Ishqoriy metallar. Maktab praktikasida asosan natriy va kaliy ishlatiladi. Ishqoriy metallarni saqlash va ular bilan ishlashda suvdan uzoqroqda bo’lish kerak. Bankadagi izolyatsiya qiluvchi suyuqlik (kerosin) metall sirtidan 10-15 sm baland bo’lish kerak.

Ishqoriy metallar bilan tajriba o’tkazishdan oldin ularni ustidagi peroksidlardan tozalash kerak. Buning uchun metallni bankadan pintset yordamida olib, kerosinli kosachaga solinadi, usti tozalanadi va kerakli kattalikda kesiladi. Tozalangan bo’lakni kerosin ostida pintset yordamida olib, filg’tr qog’ozi bilan quritiladi va shundan keyin uni ishlatiladi. Tajribadan qolgan mayda zarralarni etil spirtda eritib yo’q qilib yuboriladi.

Ishqoriy metallar bilan ishlaganda individual ximoya vositalaridan foydalanish kerak. Teriga tegsa kuydiradi.

Birinchi yordam: agar teriga tushsa, uni tezlik bilan teri ustidan olib tashlashga xarakat qilish kerak.

7. Qo’rg’oshin. Organizmga qo’rg’oshin oddiy modda (chang xolida) va o’z birikmalari tarzida taьsir etadi. Uning tuzlari Pb(NO3)2 va Pb(CH3COO)2 xamda PbSl2 eritmalari kuchli taxsir etadi. Qo’rg’oshin organizmda yig’ilib boruvchi - kumuletiv zaxardir. U qonda fosfat yoki alьbumin shaklida kolloid xolatda to’planadi. 90% qo’rg’oshin qonning eritrotsit va leykotsitlarida yig’iladi, jigar va suyak to’qimalarida fosfat ko’rinishida to’planib boradi. Qo’rg’oshin oshqozonga tushsa, ko’ngil ayniydi, oshqozon sanchib og’riydi. Bunday xollarda oshqozonni yuvib, bemorni kasalxonaga jo’natish kerak. Qo’rg’oshin bilan ishlab bo’lgandan so’ng qo’lni 1% li sirka kislota eritmasi bilan yuvish kerak.



8. Mis nitrat. Oshqozonga tushsa zaxarli shisha sklyankalarda, zaxarli moddalar bilan yonma-yon saqlanishi kerak.

9. Rux. Rux changi xavo bilan portlovchi aralashma xosil qiladi. Nam xolatda o’z-o’zidan alangalanib ketishi kerak. Kislotalar bilan shiddatli reaktsiyaga kirishadi. Sklyankalarda oz miqdorlarda, kislotalardan uzoqroqda saqlanadi.

10. Vodorod peroksid (30%li eritma). Terini kuydiradi. Organik moddalarga tegib ketsa alangalanish extimoli bor. Bu eritma metallar va ularning birikmalari bilan o’zaro taxsirlanganda shiddatli parchalanadi. Sariq rangli shisha idishlarda, yonuvchi moddalardan uzoqroqda saqlanishi lozim.

11. Kalsiy karbid. Uning mayda zarralari ko’zga tushsa xavfli. Kalsiy karbid bilan ishlaganda ximoya ko’zoynagi yoki shlemdan foydalanish shart. Suv bilan taьsirlanganda o’tga o’ch gaz atsetilen xosil bo’ladi. O’t olib ketsa, qum yoki karbonat angidrid bilan o’chirish, suvdan foydalanmaslik kerak.



12. Brom. Brom bug’lari nafas yo’llarini yallig’laydi, terini kuydiradi. Organik moddalar bilan taxsirlashganda o’t chiqishi mumkin. Brom bilan ishlashda quyidagilarga rioya qiling:

a) Tajribalarni mo’rili shkafda o’tkazish;

b) Brom bug’ining nafas yo’llariga tegishidan saqlaning;

v) Ko’zni brom bug’idan extiyot qiling;

g) Qo’lingizni bromdan extiyot qiling, chunki brom teriga tegishi natijasida xosil bo’lgan yaraning tuzalishi uzoqqa cho’ziladi;

d) Bromni idishga quyishda sklyanka og’zini idish chetiga tekkizib olib, sklyanka og’zidagi tomchini idishga tushiring, chunki brom shisha devoridan oqib tushib qo’lni kuydirishi mumkin;

e) Bromdan ko’proq quyib olinadigan bo’lsa, qo’lingizga rezina qo’lqop

kiyib oling;

j) Agar brom ta’siridan biror joyingiz kuysa, kuygan joyni kontsentrlangan natriy tiosulfat eritmasi bilan yuvib tashlang. Na2S2O3 ning eritmasi xar doim tayyor turishi kerak;

z) Brom bug’i dimoqqa tekkanda ammiakning suyultirilgan eritmasini xidlang va ochiq xavoga chiqing. Bromni shliflangan probkali maxsus sklyankalarda saqlash kerak. Sklyankalarni asbestli temir qutilarda saqlash lozim.

13. Yod. Yod shilliq pardalarni yallig’laydi. Yodni bug’latish ishini mo’rili shkaflarda bajarish kerak. Yod bilan taьsirlanganda ochiq xavoga chiqish va shilliq pardalarni ikki protsentli soda eritmasi bilan yuvish kerak.

14. Fenol. Fenolning yuqori kontsentratsiyali suvdagi eritma lari terining sezuvchanligini pasaytiradi va uni yemiradi. Agar vaqtida birinchi yordam ko’rsatilmasa, oqish yara xosil bo’ladi. Bu esa bir necha kundan so’ng bitishi mumkin. Fenol organizmga taьsir etganda asosan eritrotsitlarni yemiradi. Fenol oshqozonga tushsa, qayt qilish va ich ketish yuz beradi. Zaxarlangan odamning xarorati pastlashib, tomiri tortishadi Fenol bilan ishlaganda uning oyoq kiyimga tushishidan extiyot bo’lish kerak va individual ximoya vositalari - ko’zoynak xamda qo’lqopdan foydalanish zarur. Teriga fenol tekkan joylarni 10-40% li etil spirti va o’simlik moylari bilan yuvish kerak. Og’iz orqali zaxarlanganda oshqozonni oldin issiq suv bilan, so’ngra kaliy permanganat yoki 10 % li etil spirt eritmasi bilan yuviladi. Yuvishni qusiq massasidan fenol xidi yo’qolmaguncha davom ettiriladi. Shundan so’ng tuxum oqsili beriladi.



OSON ALANGALANUVCHI YoKI YoNUVCHI

SUYuQLIKLAR BILAN ISHLASH.

Suyuq organik moddalarning o’t olib ketish xarorati 3180K dan past bo’lsa, ularni oson o’t oluvchi suyuqliklar 3180K dan yuqori bo’lsa yonuvchi suyuqliklar deb ataladi. Bular bilan ishlashda quyidagi extiyot choralariga rioya qilish kerak.

1. Xonada yong’inga qarshi vositalar, ya’ni o’t o’chirgich, chelak, qumli yashiklar yoki qoplar, odeyal yoki namat bo’lishi kerak. O’t o’chirish shlangi qayerda ekanini va u xona ichida bo’lsa, undan qanday foydalanishni bilish lozim.

2. Yonuvchi va ayniqsa oson o’t oluvchi suyuqliklar (karbon (IV) - sulfid, efir, benzol, benzin, ligroin va shu kabilar) bilan ish olib borishda extiyot choralariga qattiq rioya qilish kerak.

a) Stol ustida ko’p miqdorda yonilg’i moddalarni (bir metrdan ortiq) saqlamang;

b) To’kmang;

v) Olov yaqiniga qo’ymang;

g) Ozroq kerak bo’lsa, faqat olovdan uzoqroq joyda quyib oling;

d) Ko’p miqdorda quyib olinadigan bo’lsa, xonadagi yonib turgan barcha issiqlik va elektr asboblarni o’chirib qo’ying;

e) Rakovinaga tashlamang;

j) Ochiq olovda yoki idishlardagi suyuqlikni og’zi yopiladigan idishga quyib, teskari sovitgich o’rnatiladigan suv xammomida isiting.

3. Oson o’t olib ketadigan suyuqlikning anchaginasi tasodifan to’kilib ketsa ishga quyidagicha kirishish zarur:

a) Xonada yonib turgan xamma gorelkalarni elektr isitgichlarni darxol o’chiring;

b) Eshikni berkitib, deraza yoki fortochkalarni ochib yuboring;

v) To’kilgan suyuqlikni sochiqqa yoki lattaga shimdirib olib, uni kengroq idishga siqing va chiqqan suyuqlikni sklyankaga quyib, og’zini probka bilan berkiting;

g) To’kilgan suyuqlik xidi xonadan batamom chiqib ketganidan keyingina deraza va fortochkalarni berkiting;

4. Kolba sinib ketsa yoki boshqa sababga ko’ra yonuvchi suyuqlik o’t olib ketsa, sarosimaga tushmay oxistalik bilan;

a) Gorelkani o’chiring;

b) Ichida o’t oladigan modda bor idishlarni chetroqqa olib qo’ying;

v) Alanga ustiga sochiq yopib berkiting;

g) O’chmasa, qum seping;

d) O’chmasa, o’t o’chirgichdan foydalaning;

e) O’chmasa, o’t o’chiruvchilarni chaqiring;

Spirt va suvda eriydigan yonuvchi suyuqliklarga suv sepib o’chirish mumkin emas.

5. Agar biror odamning ko’ylagi yonib ketsa:

a) Chopmang;

b) Alangani o’chirish uchun ko’ylagi yonayotgan odamni namat, odeyal, palto va shu kabilar bilan o’rang.

Maktab kimyo kabinetida ishlatiladigan ko’pchilik organik moddalar organizmga tomsa, teri orqali yoki bug’ xolatida zararli ta’sir ko’rsatadi.



1. Anilin. Nafas olish organlari va teri orqali organizmni zararlaydi. Laboratoriyadagi yuqori xarorat anilinni organizmga kirishiga sabab bo’ladi. Anilin bilan ishlashda qo’lqopdan foydalanib, ishni mo’rili shkafda olib borish kerak. Anilin terining ochiq joyiga tushganda uni sovuq suv bilan yuviladi va zararlangan joyga 1-2% li sirka kislota eritmasi suriladi. Agarda anilin organizm ichiga tushgan bo’lsa, oshqozonni aktivlangan ko’mir bilan yuvish kerak. Anilin bilan zararlanganda sut va yog’ iste’mol qilinmaydi, chunki ular anilin xarakatini tezlatadi.

2. Benzin. Benzin uchuvchan, o’tga o’ch suyuqlikdir. Xavo bilan aralashmasi kuchli portlaydi. Benzin o’t olganda uni qum va karbonat angidrid bilan o’chiriladi. Benzin alangasini o’chirishda suvdan foydalanish taqiqlanadi.

Eng yaxshi usul yong’in manbaini yong’inga qarshi odeyal bilan yopib o’chirishdir. Benzinni shliflangan probkali mustaxkam butilkalarda saqlanadi. Rezina probkalarni ishlatmaslik zarur, chunki ular benzin taxsirida shishib ketadi.



3. Benzol. Benzol markaziy nerv sistemasi faoliyatini shikastlantiradi. Organizmga benzol nafas olish yo’llari va teri orqali kiradi. Benzol bilan aloqador ishlarni mo’rili shkaf ostida qo’lqop kiyib bajarish kerak. Benzoldan kuchli zaxarlanganda nafas olish va yurak faoliyati shikastlanadi. Benzol bilan zararlangan odamni ochiq xavoga olib chiqish, sunxiy nafas oldirish va yuragini massaj qilish zarur. Agar benzol oshqozonga tushsa, o’simlik moyi ichirib oshqozonni suv bilan yuvish kerak.

4.Uglerod(IV)-sulfid. Bu modda xavo bilan oson alangalanuvchi aralashma xosil qiladi. Ko’p miqdordagi uglerod (IV) - sulьfid bug’lari organizmga narkotik ta’sir etadi, xammasidan xam oz kontsentratsiyadagi uglerod (IV) - sulfid (CS2) bug’larining uzoq vaqt taxsir etishi natijasida nerv sistemasi va ichki organlar o’zgarishiga uchraydi. CS2 bilan mo’rili shkafda individual ximoya vositalaridan foydalanib ishlash zarur. Zaxarlangan odamni ochiq xavoga olib chiqish va kislorod berish kerak.

5. Sirka kislotasi. Sirka kislota bug’lari yuqori nafas olish yo’llarini yallig’laydi. Sirka kislotaning kontsentratsiyasi 30% dan ortig’i terini kuydirib, yara xosil qiladi. Sirka kislota bilan ishlarni individual ximoya vositalaridan foydalanib mo’rili shkafda bajarish kerak. Teriga tegsa suv bilan yuvish zarur.

1.4. MAKTAB DASTURIDA KO’RSATILGAN AYRIM TAJRIBALARNI XAVFSIZ O’TKAZISH USULLARI.
Maktab kimyo dasturi bo’yicha o’tkaziladigan tajribalarni xavfsizlik texnikasiga rioya qilgan xolda bajarish kerak; aks xolda bu tajribalarning ko’pchiligi xavfli va ayrim xollarda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu tajribalarni quyidagi qismlarga bo’lish mumkin:

  1. Kuydirish xavfi bo’lgan tajribalar.

  2. Portlash xavfi bo’lgan tajribalar.

  3. Yong’in xavfi bo’lgan tajribalar.

  4. Zaxarlash xavfi bo’lgan tajribalar.

  5. Ayrim ish va tajribalarni bajarishda tanaga jaroxat yetkazish mumkin bo’lgan tajribalar.

  6. Elektr toki urishi bilan aloqador bo’lgan tajribalar.

Shunga qaramasdan, maktab dasturida ko’rsatilgan tajribalarni xavfsiz o’tkazishga erishish kerak.

1. Asboblarni ushlash - ushlamasligini (germetikligini) tekshirish. Gaz bilan o’tkaziladigan tajribalar uchun yig’ilgan asbob garchi yaxshi sozlangan probkalar bilan berkitilgan bo’lsada, ayrim joylaridan, butunlay sezib bo’lmaydigan tirqishidan gaz chiqayotganligi sababli tajriba uchun yaramay qoladi.

SHuning uchun asboblarning ushlash - ushlamasligini sinab ko’rish kerak. Bunda quyidagi sinash usullaridan foydalaniladi:

a) Asbob ichiga xavo puflanadi yoki asbob ichidagi xavo so’rib olinadi. Agar asbob ushlamasa, unga xavo uzluksiz puflanaveradi va shu vaqtda ayrim xollarda pastroq ovoz xam chiqadi.

Agar asbob ushlasa, uni faqat maolum chegaragacha puflash mumkin. Agar xavoni so’rish bilan sinab ko’riladigan bo’lsa, u xolda asbob zich berkitilgan va yaxshi ulangan bo’lsa, tilning uchi nay teshigiga tortiladi va tilni qo’yib yubormaydi, agar asbob ushlamasa, tilni tortmaydi.

b) Tayyor asbobning gaz o’tkazuvchi nayining uchi suvga tushiriladi va asbob qo’l bilan isitiladi, agarda asbob ushlasa, suv ichidagi nay uchidan xavo pufakchalari ajralib chiqadi.

Asbob sovigandan so’ng gaz o’tkazuvchi nay ichidan suv ko’tarilib, u ancha vaqtgacha tushib ketmaydi. Mabodo asbobning gaz o’tkazuvchi nayi qisqaroq bo’lsa, unga rezina orqali kichikroq shisha nay ulab, sinab ko’rish mumkin.

v) Agar asbob murakkabroq tuzilgan bo’lsa uni ayrim qismlarga ajratib, uning ushlash - ushlamasligini yuqoridagicha sinab ko’rish kerak. Gaz xosil qilish uchun biror avtomat asbob ishlatiladigan bo’lsa yoki gaz shu asbobga gazometrdan beriladigan bo’lsa, asbobning oxirgi nayiga shisha nay ulab, bu nayning uchi suvga botirib quyiladi va asbobga gaz keladigan jumrakni ochib, nay ichidagi suv siqib chiqariladi, shundan keyin jumrak yana berkitiladi. Agar shundan keyin suv nay ichiga yana ko’tarilib chiqmasa, demak, asbob yaxshi ushlaydigan asbob deb xulosa chiqariladi.

g) Asbobning ushlashini tekshirib ko’rish uchun aspiratordan foydalanish xam mumkin. Buning uchun tekshirilmoqchi bo’lgan asbobning gaz chiqaruvchi joyi aspiratorga tutashtiriladi. Asbob yaxshi yig’ilgan bo’lsa, bir ozdan keyin aspiratordan suvning oqib tushishi to’xtaydi.

d) Asbobning buzuq joyini topish uchun asbobga rezina nok yordamida xavo yuborilsa, uning buzuq joyidan xavo vishillab chiqadi.

Gaz ko’pincha shisha nay bilan shu nayga kiydirilgan probka orasidagi tirqishdan, agar moy surtilgan bo’lsa, shliflangan probka tirqishidan, katta shishaning ko’z ilg’amas yorig’idan xam o’tishi mumkin. Probirkaga yaxshi tozalangan natriy bo’lagi solinadi. Agar natriy yaxshi tozalanmagan bo’lsa, xlorda yondirilganda osh tuzi o’rniga qurum xosil bo’ladi.

Burchak xosil qilib egilgan gaz o’tkazuvchi nay probirkaning qariyb tubiga qadar yetadigan qilib kiritib qo’yiladi. Probirka og’zi ishqorga biroz xo’llangan paxta bilan berkitiladi. (Paxtadan suyuqlik natriyga oqib tushmasligi kerak.) Gaz o’tkazuvchi nayning ikkinchi uchiga rezina probka kiygiziladi, bu probka b probirkaga sig’ishi kerak. b probirkaga oldindan 1-2 g MnO2 solib qo’yiladi va probirka shtativ qisqichga gorizontal ravishda o’rnatiladi. Dastlab natriy suyuqlanguncha qizdiriladi. So’ngra probirkaga 2-3 ml kontsentrlangan xlorid kislota quyiladi va uning og’ziga bir uchi a probirkaga kirib turadigan shisha nayning probirkasi tiqib qo’yiladi. b probirkani shtativga o’rnatish shart emas, u osilib turaveradi. uni qizdiriladi, ajralib chiqadigan xlor natriy bilan o’zaro taosir etib, natriy ravshan yonadi. Agarda natriy yonmasa, probirkani qayta qizdirish kerak bo’ladi.

Gaz chiqarayotgan asbobning biror joyini tuzatish kerak bo’lganida asbobni ishlatmasdan oldin tuzatish kerak. Zararli moddalar bilan bajariladigan barcha ishlar mo’rili shkafda o’tkazilishi lozim.


II. BOB KIMYONI O’QITISHDA QIZIQARLI TAJRIBALARDAN FOYDALANISH.
2.1. 7-sinf kimyo darslarida qiziqarli tajribalardan foydalanish.
O’quv dasturiga ko’ra 7-sinfda xaftasiga 2 soat jami 68 soat vaqt ajratilgan bo’lib, bunda kimyoning asosiy tushuncha va qonunlariga aloxida axamiyat berilgan. SHuningdek, ko’rsatiladigan tajribalar, laboratoriya tajribalari, amaliy mashg’ulotlarga xam aloxida soat ajratilgan.

Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda xar bir darsda o’quvchilar uchun qiziqarli bo’lgan tajribalardan o’rinli foydalanish mumkin. Bu tajribalarni shunchaki xosil bo’ldi, rang o’zgardi deyilibgina qolmasdan balki uni o’quvchilarni jalb qila oladigan xolatda, ta’sirchan xayratlanarli xolda bajarish maqsadga muvofiqdir. Biz quyida 7-sinf kimyo darslarida mavzular bo’yicha ayrim qiziqarli tajribalarni bayon qilamiz.

Kimyoviy reaktsiyalarning turlari o’tilganda quyidagi tajribani bajarib kimyoviy reaktsiya turini izoxlab o’tish mumkin.

1- tajriba. Suvdan sut xosil qilish.

Diqqat qiling, suvdan qanday qilib sut xosil bo’lishini ko’rasiz. Grafindan stakanga tiniq toza suv quyib, ana shu suvga bir chimdim tuz solinsa xam u sutga aylanmaydi?

Mana sizga ichi quruq bo’sh stakan. Buni stol ustiga qo’ying. Endi mana bu ikki stakandagi tiniq suvni ikki qo’lingizga oling. (Ichish yoki mazasini totib ko’rish yaramaydi). Faqat ko’z bilan sirtdan qarab ularning tiniqligi va tozaligiga qanoat xosil qilsangiz bas. Shundan keyin xar ikki stakandagi suvni stol ustidagi bo’sh stakanga birdaniga quying.


  • Nima ko’rasiz?

  • Qiziq! Stakanga suv quydim. Ammo stakan suv bilan to’ldi.

  • Nega shunday bo’ldi. Bilmadingizmi?

Grafindan stakanga tiniq “suv” quyilganda xam, ikkita stakandagi “suv”ni bir - biriga quyganda xam ximiyaviy xodisa - almashinish reaktsiyasi ro’y beradi. Almashinish reaktsiyalari vaqtida ikkita murakkab modda molekulalarining tarkibiy qismlari o’zaro almashinadi. Birinchi tajribada olingan stakandagi suyuqlik toza suv bo’lmasdan bariy xlorid BaCl2 tuzining tiniq eritmasi bo’lib, uning ichiga tashlangan tuz esa osh tuzi emas, balki glauber tuzi (Na2SO4 * 10H2O) edi.

Ikkinchi tajribadagi stakanlarning birida bariy xlorid tuzi eritmasi, ikkinchisida esa glauber tuzi eritmasi bor edi.

BaCl2 + Na2SO4 = Ba SO4 + 2NaCl

Bariy sulfatning rangi oq va suvda erimaydi, shuning uchun u oq tusli loyqa xosil qiladi. Bu esa sutga o’xshab ko’rinadi.

7-sinfda kislorod mavzusi o’rganiladi. Bunda kislorodga oid bilimlar aytib o’tiladi. Kislorod so’zining lug’aviy manosi kislota demakdir. Kislorod tabiatda juda ko’p tarqalgan element bo’lib, yer qobig’ining og’irlik jixatdan 49.5% ni tashkil etadi. Tabiiy jarayonlarda kislorod muxim rol o’ynaydi. Kislorod xar yerda xozir, lekin ko’zga ko’rinmasdir. Kislorod yonmaydi faqat yonishga yordam beradi. Bu xossalarini o’rganish uchun quyidagi tajribani bajarib ishonch xosil qilish mumkin.

2 - tajriba. Gugurtsiz olov yoqish.

Gugurtsiz xam o’t yoqish mumkin. Bu tajriba quyidagicha bajariladi. Filtr qog’ozida qand poroshogi bilan bertole tuzidan ozginadan aralashtiriladi va aralashma chinni plitka ustiga to’kiladi. Aralashmaga pipetkada bir tomchi kontsentrlangan sulьfat kislota tomizilsa, u shu zaxoti yonib, bu yonish kuchli oksidlovchi bertole tuzi va qand moddalarining o’zaro reaktsiyaga kirishuvidagi kislorod xisobiga xosil bo’ladi.

Yana shunday tajriba qilish mumkin.

Probirkada 0.5 g kaliy permanganat tuzi bilan 0.5 ml kontsentrlangan sulfat kislota aralashmasidan iborat quyuq bo’tqa tayyorlanadi. SHisha tayoqcha uchini probirkadagi bo’tqaga sal botirib olinadi-da, keyin spirt lampasi piligiga tegizilsa, pilik darxol yonib ketadi. Bu xolda xam kuchli oksidlovchilar - kaliy permanganat va sulfat kislotaning o’zaro reaktsiyaga kirishish natijasida ajralib chiqayotgan atomar kislorod xisobiga alanga xosil bo’ladi.

Demak, kislorod yordamida gugurtsiz o’t yoqish mumkin ekan.

Vodorod mavzusi o’tilganda, vodorod yer qobig’ining, shu jumladan, suv va xavoni xisoblaganda deyarli bir foizni tashkil etadi. Vodorod xavodan 14.5 marta yengil, rangsiz gaz bo’lib, XVI asrning birinchi yarmida Paratsels tomonidan kashf etilgan 1765 yilda Genri Kevendish vodorodning xossalarini aniqladi.

Vodorod rangsiz va xidsiz gaz. Suvda 11.11% tuproqda 1 %, quyosh, yulduz sistemasida 50-80% ni vodorod tashkil etadi. Vodorod deyarli barcha metallmaslar bilan uchuvchan birikmalar hosil qiladi.

Vodorod bilan tajriba o’tkazganda extiyot va xushyor bo’lish kerak. Vodorod yengil gaz. Bu xossasini o’rganish uchun quyidagi tajribani bajarib bilib olish mumkin.



3-tajriba. Eng yengil gaz.

Kipp apparatida vodorod xosil qilinadi. CHinni kosachada 100 ml chamasi distillangan suv olib, unda 2-3 g sovun bo’lagi eritiladi va eritma 0.5 soat chamasi tindirib qo’yiladi. Kipp apparati jumragiga ulangan nayni o’ng qo’lda tutib turgan xolda uning ikkinchi uchi chinni kosachadagi sovun eritmasiga tushiriladi, so’ng chap qo’l bilan kipp apparati jumragini salgina ochib, kuchsiz vodorod oqimi yuboriladi. Sovunli suvda pufakchalar paydo bo’la boshlashi bilan nay kosachadan olinadi. Nay uchida xosil bo’lgan pufakchaning xajmi taxminan 10-15 ml ga yetganda nay sekingina silkitilsa, pufakcha ajralib xavoga uchib ketadi.

Sovun eritmasi ichiga vodorod gazi yuborilganda pufak xosil bo’lishi va uning xavoga ko’tarilishiga sabab vodorod gazining xavodan 14.5 marta yengilligidir. SHuning uchun vodorod geliy bilan aralashtirilganda dirijabl va aerostatlarda ishlatiladi.

4-tajriba. Konserva bankasida vodorod bilan xavo aralashmasini portlashi.

Bu maqsad uchun yaxshisi uzun va ingichka tunuka banka olish maьqul (kakaodan bo’shagan banka juda bop keladi). Bankaning tubi ingichka mix bilan teshiladi-da, teshikka nam qog’oz yopishtiriladi yoki uchi yondirilgan gugurt cho’pi tiqib berkitiladi. Bankani to’ntarilgan xolda stol ustiga qo’yib, xavo bemalol kirib turishi uchun uning tagiga cho’p qistiriladi, shundan keyin unga vodorod to’ldiriladi.

Vodorod ishga yangi tayyorlangan Kipp apparatidan kuchli oqim bilan yuborilganda bankani to’ldirish 2-3 minut davom etadi. Kipp apparatining jumragi berkitiladi, gaz chiqarish nayi banka ostidan chiqarib olinadi. Banka teshigini ochib, unga darxol uchi yonib turgan uzun cho’p tutiladi. Avval vodorod osoyishta yona boshlaydi, keyin guvillagan tovush eshitiladi va bu ovoz borgan sari kuchayib, nixoyat quloqni kar qilarli darajada portlashi mumkin. Banka shipka otiladi va yana stol ustiga, taxminan, avval turgan joyiga qaytib tushadi. Tajriba o’tkazishdan oldin stol ustidagi narsalarning xammasi olib qo’yilishi, tajriba o’tkazuvchi esa stoldan bir oz nariroq turishi kerak.

Bankaning bir qismigagina vodorod to’ldirilgan bo’lsa, uning teshigiga alanga tutilishi bilanoq portlash ro’y beradi.

Bayon etilgan tajriba o’quvchilarga juda yoqib tushadi-yu, biroq uning metodik axamiyati u qadar katta emas. Bu tajribani o’quvchilar xodisaning moxiyatini ancha samarali tajribalarda bilib olganlaridan keyingina namoyish qilish mumkin.

Mazkur tajribadan o’quvchilarga vodorod bilan xavo aralashmasi yondirilganda sodir bo’ladigan portlashning kuchini ko’rsatish uchun foydalanish mumkin.

Yuqoridagi tajribalar orqali vodorodning fizik va kimyoviy xossalarini o’rganishda o’rinli foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Anorganik moddalarning asosiy sinflari mavzusi o’rganilganda quyidagi tajribalarni namoyish etish mumkin.



Download 488 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish