O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi



Download 1,87 Mb.
bet1/9
Sana31.12.2021
Hajmi1,87 Mb.
#261729
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
39-ИДУМИ ХИКМАТОЙ



O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi

Izboskan tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli

39-IDUMI ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
HIKMATOY MIRZAMATOVANING

ona tili va adabiyot darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish mavzusidagi



USLUBIY QO’LLANMASI
IZBOSKAN-2021

So’z boshi
Ma’lumki, yosh avlodni tarbiyalash va voyaga yetkazish nafaqat biz- muallimlarning, balki bu butun jamoatchilikning oldiga qo’yilgan ulkan vazifasidir.

Shuning uchun ham jamiyatimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi ma’orif, aniqrog’i xalq ta’limi sohasida ham ijobiy o’zgarishlar bo’lmoqda. Mana shu davrda yangi "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" yaratilib, amaliyotga joriy qilinishing hozirgi kunda qo’lga kiritgan yutuqlarimizning poydevoridir.

Xalq ta’limi to’g’risidagi davlatimiz tomonidan chiqarilayotgan qaror va buyruqlar, Prezidentimiz farmonlari- hammasi ta’limni yaxshilash, farzandlarimizning puxta bilim olishi uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan.

Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan o’rta umum ta’lim maktablariga juda katta e’tibor qaratilmoqda.

Ta’lim muassasalarimizda binolar ta’mirlanib, yangi jihozlar bilan boyitilib, o’quvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda. Ayni paytda yangi ta’mirlangan, jihozlangan talim muassasalarida bilim oluvchi farzandlarimiz uchun barcha fan yo’nalishlari bo’yicha yangi darsliklar ham yaratilmoqda. O’qituvchilarimizning ham ana shu darslikdagi ma’lumotlarni o’quvchilarga qulayroq, aniqroq yetkazib berishi uchun uslubiy qo’llanmalar, ya’ni o’qituvchi kitoblari yaratilgan.

Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’riflaganidek «Yangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi» degan oliyjanob shior yurtimizda keng tarqalib, ustuvor davlat siyosati va umumxalq xarakati sifatida hayotda o’zini amaliy aksini topmoqda.

Istiqlolimizning o’tgan 21 yili davomida tili, dini va millatidan qat’i nazar, shu tabakkur zaminimizda istiqomat qilayotgan odamlarning ong-u tafakkuri tubdan o’zgartirishda qalbdan “Shu aziz Vatan meniki, men unga mas’ulman» deb fikrlashni singdirishda, farzandlarimizni o’z mustaqil fikriga ega, ona yurtiga sadoqatli, fidoiy, xushyor insonlar etib tarbiyalashda astoydil mehnat qilayotgan muallim va murabbiylarning beqiyos xissasi borligini, Xalqimiz, jamoatchiligimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

Darhaqiqat, kecha, bugun va ertangi kun davrida o’qituvchining o’rni beqiyosdir. Har davrda ta’lim-tarbiya jamiyat munosabatining asosi sanalgan.

Ta’lim-tarbiya har doim dolzarb mavzu bo’lib kelgan.. Rus yozuvchisi Maksim Gorkiy ta’riflaganidek: «O’zingni ayama-bu yer yuzidagi eng tanti, eng go’zal donishmandlikdir. Yashasin o’zini ayamaydigan insonlar-O’QITUVCHILAR».

Ta’lim jarayonining yadrosi sanalgan o’qutuvchiga bugungi kun katta talablar qo’ymoqda. Ta’limda hamma narsa tarbiyachining faoliyatiga asoslanishi kerak. «Shaxsning rivojlanishi va shakllanishiga shaxs ta’sir ko’rsata oladi, xarakterni faqat xarakter vositasida vujudga keltirish mumkin».

Bolalarni shaxs sifatida shakllantirish o’qituvchi uchun «yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir».



Kadrlar tayyorlash milliy dasturida shaxs kadrlar tayyorlash tizimini bosh sub’ekti va ob’ekti sifatida talqin qilinadi. SHuning uchun ham uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari isloh qilinar ekan , ulardagi mazmun ham mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashga yo’naltiriladi. Umumiy o’rta ta’limda, ayniqsa, bunga birinchi darajali muhim vazifa deb qaralmoqda.
Zamon talabi oshib borgan sari an’anaviy usuldan
andoza sifatida foydalanib, darslar shakl-shamoyilini
o’zgartirib borish lozimligini hayot ko’rsatmoqda. Yangi pedagogik
texnologiya, interfaol usulidagi darslar o’quvchini dars
jarayonida passiv ijrochidan faol ishtirokchiga aylantiradi. Bu dars usullari qo’llanilganda o’quvchi o’z fikrini erkin ayta oladi,
unda har daf’a ana shundan yo’l bilan o’z xulosasini chiqara olish
va mustaqil fikrga ega bo’lish malakasi shakllana boradi. Erkin va
mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash haqida gap ketganda,
avvalo, o’qituvchi hamda o’quvchilarni ijodkorligi, faolligini
oshirishning turli-tuman, zamon sinovidan o’tgan ilg’or
metodlarga e’tibor qaratish darkor. Chunki maktab ta’limining
samarasi avvalo o’qituvchining saviyasiga, uni o’z oldiga qo’ygan
talablarini qanchalik chuqur idrok etishi, zaruriy bilim va
malakalarni egallashi, o’rgatishga mas’uliyat bilan yondashuvi,
mahorati, bir so’z bilan aytganda, uning faolliligiga bog’liqdir.
SHuning uchun ham "Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat
umummilliy dasturida umumta’lim maktablarini malakali
pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ular tarkibiy sifatini
oshirish, o’qituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini
oshirishga samarali tizimini yaratishga alohida urg’u berilgan.
Bizni tashvishga solayotgan bola tarbiyasidek nozik va mashaqqatli
vazifani amalga oshirishda Xalq pedagoglari uchun har tomonlama
barkamol avlodni tarbiyalash hozirgi kunning talab va
ehtiyojidir”.

O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning II bosqich vazifalari hamda Vazirlar Mahkamasining va Xalq Ta’lim Vazirligining Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish to’grisida chiqargan qaror va tavsiyalari yangi pedagogik texnologiyalar bilan dars o’tishni talab etadi.

Noan’anaviy dars texnologiyasi noan’anaviy, qolipsiz shakllar tizimi bo’lib, mazmun o’zgarmagan holda turli shakllar orqali bilim berish, ko’nikma hosil qilish demakdir.

Hozirgi zamon ta’limining talabi o’quvchi faolligini oshirish, qulay usulda yetkazilgan axborotni anglashi, bilim va ko’nikmani shakllantirish jarayonida ta’limning faol shakllariga tayanish zaruratidir.

Jamiyatda bolalar, umuman, har bir nnson fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Demak, bugungi jahon andozalari sifatida qaralayotgan noan’anaviy ta’lim o’quvchi yoshlarni shaxs sifatida kamol toptirishni ko’zda tutadi, kundalik turmushda faol bo’lishga chorlaydi, voqea-hodisalarni tanqidiy nuqtai nazardan baholay olishga undaydi, ularning maktabda olgan bilimlari asosida jamiyatning faol a’zosiga aylantiradi.

Bu shunchaki bir mafkuraviy xohish - istak, iddao emas, rivojlanayotgan zamon talabi, shaxsning ichki, pinhoniy, imkoniyat va qobilyatini yuzaga chiqarishga yordam beradigan, jamiyat a’zolarining o’zaro munosabatlari va malakalarini kamol toptiruvchi ta’lim yo’sinidir. Boshqacha qilib aytganda bu bevosita tajribaga asoslanib, mustaqil fikr yuritish, malaka va ko’nikmalarni shakllantiruvchi jarayondir.

Mustaqil fikrlovchi o’quvchi shunday shaxs turiki, u doimo izlanishda bo’ladi, o’z ustida tinmay ishlaydi, va bahs-munozarani juda yoqtiradi, turg’unlik kayfiyati, o’tkinchi fikrlash tarzi, unga mutlaqo yot. U tashabbuskor, intiluvchan, qarshiliklardan quvvat oluvchi shaxsdir. Bizni hech kimga tobe bo’lmagan mustaqil hayotimizda xuddi shunday o’quvchi kerak. Bunday o’quvchining murabbiysi va ustozi esa ishini haqiqiy ustasi, ijtimoiy faol shaxsning turli sohalarida o’zini ko’rsata oluvchi, aql-zakovat sohibi ekanligini ko’rsata bilishi shart. Demak, bugungi global ta’lim jarayonini yadrosi global o’quvchidir.

Davr talabi bilan kirib kelgan yangi pedagogik texnologiya o’z amaliyoti natijasini maktabda, bilim dargohida namoyon kiladi.

Yangicha o’qitish jarayoni ma’muriy shaklda emas, novatorlik asosida amalga oshiriladi. Natijada ta’lim demokratik yo’nalishida bo’lib, o’quvchini manbalarga tayangan holda axborotni to’play olish va o’rganilishi ,unga amal qilish malakasini oshirishga xizmat qilmog’i kerak.

Biz tajriba-sinovlaridan o’tgan faol usullardan bermoqdamiz:

  • Interfaol usullar;

  • Aqliy xujum usullari;

  • Munozarali suhbat usuli;

  • Klaster usuli ;

  • Didaktik usul;

-Turli o’yin-mashq usullari...

Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan ushbu usullar o’quvchini faol bo’lishga undaydi, bilim samaradorligini oshiradi.

O’qitishni samaradorligi to’grisida gapirar ekanmiz, shu
o’rinda K.D.Ushinskiy ta’kidlaganidek: «O’quvchi biron idish
emaski, uni to’ldirish kerak bo’lsa, U- mash’ala, uni yondirish kerak
xolos»,- deb aytib o’tish lozim.


Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish