1-2 - mavzu: Uygonish (renessans) davrini urganishning muxim urni.
( 4 soat ma’ruza ).
Asosiy savollar:
Garbiy va Markaziy Yevropadagi mamlakatlar tarixida renessansning yuzaga kelish muammolari.
Uygonish davrining boshlanishiga asosan turtki bulgan shart- sharoitlar. Ilk italyan Uygonishi.
Uygonish davrida inson shaxsining urni va ilk uygonish davri san’ati.
Sharkda Uygonish davrining uziga xosligi, Yevropada gumanizmning yoyilishi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Uygonish (renessans), insonparvarlik, neoplatonizm, san’at, madaniyat, dunyokarash, arxitektura, badiiy fikrlar va x.k. tushunchasi.
Maksad: XIV – XV asrda Yevropadagi ijtimoiy – siyosiy vaziyatning xarakterini aniklash, yangi fan va madaniyat rivojlanish xarakterini kursatib berish.
Identiv ukuv maksadlar:
Shark madaniyatining uziga xosligini talaba uzlashtiradi.
Yevropada Uygonish davrining yuzaga kelishida Shark madaniyatining ta’sirini anglaydi.
Shark va Garb fan rivojlanishini talaba kiyosiy urganadi.
Uygonish (renessans) tarixiy jarayon ekanligini anglab yetadi.
1 – asosiy savolning bayoni:
XIV – XV asrlarda Italiyada shaxarlarning yuksalishi, sanoatning tarakkiy etishi va dastlabki manufakturalarning paydo bulishi Italiyaning Yevropa va Shark mamlakatlari bilan umumiy alokalarining natijasi edi. Italiya shaxarlarida bank, kredit xalkaro kredit operasiyalarining bulishi boshka davlatlarga nisbatan Italiyada ilk kapitalistik munosabatlarining yuzaga kelishiga zamin tayyorlaydi.
Italiyada oldinrok ilk burjuaziya madaniyati yuzaga keldi. Bu madaniyatning nomi Uygonish (renessans) davri madaniyati deb nomlanadi. Ilk burjuaziya Italiyasi uchun uz sanoati, savdo-sotigi uchun Italiya shaxarlariga uz faoliyatlarini yuksaltirishlari uchun anik fanlar, jumladan matematikaning zarurligi kurinib koldi. Italiya burjuaziyasi uz turmush darajasini yaxshilash, chiroyli va xashamatli uylarda xamda did bilan yashash uchun san’ati xam uzlariga kabul kilishlari zaruriyati tugildi. Shuning uchun Italiya burjuaziyasi ichidan dastlabki adabiyotchilar, filosoflar, tarixchilar, shoirlar, musikachilar, arxitekturalar, rassomlar va boshkalar vujudga kela boshladi.
Bularning xammasi Italiyada yangi goyalarning vujudga kelishiga asosiy omil bulib xizmat kildi. Tarkib topayotgan goyatda boy italyan burjuaziya sinfi bilan bir katorda Italiya shaxarlarida akliy mexnat vakillarining xamda adabiyot va san’at bilan shugullangan kishilarning kupdan-kup guruxi: kupdan-kup adabiyotchilar, shoirlar, publisistlar, vrachlar, ukituvchilar, injenerlar, erkin kasb ustalari, rassomlar, xaykaltaroshlar, arxitekturlar va boshkalar usib bormokda edi. Yangidan tugilib kelayotgan ijtimoiy tabakaning – intelegensiyaning bu barcha vakillari Uygonish madaniyati yoki gumanizm deb nom olgan yangi madaniyatning bevosita arboblariga aylandilar.
Italiya xalk ommasi yangi progressiv, ilgor madaniyatning ravnakiga juda katta ta’sir kursatdi. Xalk ommasining kundalik kattik mexnati, xali uz axamiyatini yukotmagan yuksak darajadagi xunarmandlik, xalk ommasining xokim (plutokratiya) boylarga karshi juda kattik ba’zan jon-jaxdi bilan olib borgankurashi, umumiy xayotiy optimizm va birdamlik Uygonish madaniyatining eng yaxshi vakillarini ruxlantirib yubordi, gumanistlar ijodiga shunday chukur xalk-demokratik xususiyatlarni kiritdiki, bu xususiyatlar pirovardida ularning asarlarini juda xam jozibador kilib yubordi.
U y g o n i sh termini (fransuzcha «Renessans») yangi madaniyatning antik madaniyat bilan alokadorligini kursatadi. Shark bilan, xususan Vizantiya bilan tanishish, salib yurishlari davrida Levant bilan muntazam alokadorligini kursatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |