Asosiy savol:
XVI-XVII asrlarda Polshaning iktisodiy va siyosiy tuzumi.
Ukituvchining maksadi: XVI-XVII asrlardagi Polshaning iktisodiy va siyosiy tuzumini tushuntirib berish, Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Polshaning xalkaro savdosining inkirozga uchrashi sababalarini ochib beradi va bu davrda kupgina yangi shaxarlarning vujudga kelish shart-sharoitlariga baxo beradi.
Identiv ukuv maksadlari:
XVI-XVII asrlarda Polshaning iktisodiy va siyosiy tuzumi bilan tanish buladi.
Bu davrlarda polyak shaxarlarining vujudga kelish shart-sharoilarini tushuntirib beradi.
XVI asrda Polshadagi feodal tarkoklikning asl moxiyatini anglab yetadi.
XVI asrda Polshada dexkonlarning ijtimoiy axvoliga baxo beradi.
1-asosiy savolning bayoni:.
XVI asrda Polsha katta davlat edi. Buyuk Polsha, Mazoviya, Kichik Polsha, Litva, Galisiya, Janubi-Garbiy Rus, Garbiy va Sharkiy Prussiya (bu ulka karam, vassal mamlakat sifatida), Livoniyaning bir kismi (Liflandiya) Polsha davlati sostaviga kirgan edi. XVI asr boshlarida Polshaning besh milnga yakin axolisi bor edi (usha davrdagi angliya yoki Niderlandiyadagiga karaganda ancha ortik edi).
Ammo shu bilan birga XVI asrda Polsha tipik agar mamalakat bulib kolaverdi. Umumuan uning sanoati va savdosi yaxshi rivojlanmagan edi. Turklarning Sharki-Janubiy Yevropadagi istilolari munosabati bilan va Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Polsha xalkaro savdoning asosiy yullarida chetda kolib ketgan edi. Sharkiy Yevropadagi boshka mamlakatlar (Sharkiy Germaniya, Baltika buyi mamlakatlari) kabi Polsha xam Garbiy Yevropadagi sanoat soxasida ancha tarkkiy kilgan mamlakatlarga kishlok xujalik maxsulotlari yetkazib beradigan agrar mamlakatga aylanib bormokda edi. Visla va Neman daryolaridan Baltika dengizi portlariga Polshadan juda kup mikdorda javdar, bugdoy, arpa, suli,zigir, xmel, kun, yog, mum, smola, yogoch, kora mol va shu singarilar tashib borilardi.Polshaning uziga esa chetdan turli gazmol, metall buyumlar va panlarning kupdan-kup kasr va kurgonlari uchun xar xil jixozlar va ziynat buyumlari keltirilardi.
Chetga kishlok xujaligi maxsulotlari chikarish va birinchi navbatda galla sotishga asoslangan tashki savdonigng rivojlanib borishi negizida Polshada XV asr oxiri va butun XVI asr davomida krepostnoy xukuk kuchayib bormokda va tobora umumiy tus olib, dexkonlar ommasining axvolini ayniksa ogirlashtirmokda edi. Seymda ketma-ket kabul kilingan konunlar polyak dexkonlarini asoratga solishni yuridik jixatdan rasmiylashtirib berar, dexkonni panlar ixtiyoriga tamomila topshirardi.
1496 yilda kabul kilingan konun (statut) tirikchilik uchun pul topish maksadida bir dexkon oilasidan fakat bir kishinigng chetga ketib ishlashi mumkin deb, dexkonlarning chetga chikib ketishlarini cheklab kuygan edi. 1520 yilda kabul kilingan konun ilgari barshchiga bilan sira alokasi bulmagan dexkonlarni xam xaftada bir kun barshchina ishlab berishga majbur etar edi. 1543 yilda kabul kilingan konunda pomeshchik yerlarida yashagan dexkonlar uchun «pan xoxish-irodasi bilan) cheksiz barshchina urnatildi.
Savdo-sotik ishlari bilan shugullanuvchi polyak shlyaxtasi iktisodiy monopoliyani fakat uz sinfi kulida saklab kolishga intildi. Xukumat shlyaxtaning chet ellarga kishlok xujalik maxsulotlarini boj tulamay chikarishi uchun imkoniyat bergan va spir tayyorlash monopoliyasini shlyaxta kuliga topshirib kuygan edi. kishlokdagi karvon saroylar, temirchilik ustaxonalari va tegirmonlarning xammasi pomeshchiklar monopoliyasi edi.
Pomeshchiklar manfaatini kuzlab, xukumat chet ellardan kiritiladigan sanoat mollardan boj olmas va pomeshchiklarga zarur bulgan sanoat mollarini Polshadan chetga chikartirmas edi.
Polshada XV asrning ikkinchi yarmi XVI asrning birinchi yarmida shaxar rivojlanishida davom etdi. Bu davrda kupgina yangi shaxarlar vujudga keldi, bular orasida tez usayotgan Varshava xam bor edi. Eski shaxarlardan Janubda Krakov, Lyublin: Sandomir, Shimolda Torun va Gdansk(yoki Dansig) ajralib turardi. Polsha savdogarlari Gardan janubi-Щarkka (Kora dengizning shimoliy soxilidan , Moska davlatidan) yullar Polsha orkali utganligi munosabati bilan vositachi savdogarlar sifatida katta foyda oladilar.
Polsha-Germaniya, Vengriya-Italiya, Skandinaviya mamlakatlari va Rossiya bilan intensiv savdo olibboardi. Polsha shaxarlarida bu davrda sanoatning turli tarmoklari; movut, tukish, turli gazlamalarga gul bosish, metallurgiya , kunchilik, kogoz, shisha va boshka ishlab chikarishlar ancha muvaffakiyatli rivojlandi. Boy shaxarliklar orasida maxalliy polyak elementlari ustunlikni kulga ola boshladilar. Kelgindi nemis xunarmandlari va savdogarlari sekin-asta polyaklar bilan kushilib ketdilar. Ammo Polshadagi shaxar xayotining bu yuksalishi uncha uzokka chuzilmadi. Bunga kisman savdo yullarining uzgarishi, xususan turkiyaning bolkon yarim orolidagi istilolari munosabati bilan Kora dengizning Jdanubi-Sharkida va Dunay soxilida savdoning kasodga uchrashi sabab buldi.
Krepostnoy xukuk avjiga chikkan xamda polyak shaxarlari iktisodiy va siyosiy jixatdan zaif bulgan sharoitda feodallar (panlar va shlyaxtalar) mamlakatda butun xokimiyatni uz kullarida saklab turar edilar. Urta asrlar oxirida Yevropaning kupchilik mamlakatlarida markazlashgan davlatning siyosiy formasi bulgan absolyutizm tashkil topgan xolda, Polshada aslida XVI asrda xam feodal tarkok monarxiyasi xukm surmokda edi. Kirol xokimiyati juda zaif bulib, nomigagina mavjudedi. Polsha kirolligi chin ma’nodagi monarxiya emas edi. Dvoryanlar seymi saylab kuyadigan va xukuklari shu seym tomoniadn cheklab kuyilgan kirol chinakkam kiroldan kura, uziga xos polyak,dvoryan, shlyaxta respublikasining umrbod prezidentiga uxshar edi.
Polsha kirolining doimiy armiyasi yuk edi. Shuning uchun u tomomila shlyaxta lashщkariga, ya’ni (Pospolita kulatuvchilari) ga karam edi. Kirolning moliyaviy axvoli xam nixoyatda tang edi. xatto bir zamonlar kirolga karashli yer mulklarining xam kup kismi XV asr davomida va XVI asr boshlarida magnatlar kuliga utib ketgan edi. Kirollar bu yerlarni kirollik ixtiyoriga kaytarish (reduksiya kilish) masalasini kup marta kutarib chikkan bulsalar xam, lekin natijasiz kolgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |