Xulosa va tavsiyalar
Har bir davlatning taraqqiyoti, mustahkamligi ko’p jihatdan yosh avlodning ham jismonan, ham ma’nan sog’lomligiga bog’liq. Barkamol avlodni tarbiyalsh masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, hozirda ustuvor vazifa deb qaralmoqda. Davlat dasturidagi belgilangan tadbirlarni amaliyotda tadbiq etish fidokorona mehnatni talab etadi. Chunonchi, o’sib kelayotgan yosh avlodning har tamonlama sog’lom bo’lishi uchun o’quvchilardan sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ekologik va gigiyenik tarbiya berish juda muhim vazifalaridan biri sanaladi. Bu borada sog’lom turmush tarzini, yashash tarzini targ’ib etish bo’yicha umumiy o’rta ta’lim maktablarida salomatlik darslari kiritilgan bo’lib, unda ekologik va gigiyenik tarbiya berib boriladi. O’quvchilarning shaxsiy salomatligi xususida bilimlar berish, uni muhofaza etish, ularda gigiyenik bilimlarga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lish, bolalar sog’ligini saqlash va ularni kundalik turmushda hayotga joriy etish maqsadida olib boriladigan darslar o’quv yili davomida har bir sinfda 17 soatga mo’ljallangan. Bu darslarni o’qitishdan maqsad o’quvchilarga ruhiy, ma’naviy barkamollikka erishish yo’llarini, sog’lom avlodni sog’lom turmushga tayyorlash kabi masalalarni o’rgatish, ongiga singdirishdan iborat. Davlat ta’lim standarti boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’z salomatligi va jismoniy kamolotiga oid egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablarni belgilab beradi.
Inson salomatligi va jismoniy kamolotiga oid gigiyena va me’yorlari, o’z sog’ligini muhofaza qilish, o’zi uchun bo’lgan xavf – xatarni oldini olish, tozalikka rioya qilish, to’g’ri ovqatlanish, jismoniy chiniqish, badan tarbiyasi, jismonan go’zal bo’lishga intilish, jismoniy nafosatni his etish va undan zavqlnish kabi tushunchalarni bilish;
Chiniqish, muntazam badantarbiya qilish, yuvinish, jismoniy mashqlar bajarishning mohiyatini anglash;
Ertalabki gimnastika mashqlarini bajarish;
Shaxsiy gigiyena me’yorlarini bilish, unga amal qilish;
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni bilish;
Kun tartibiga rioya qilish;
Tishlarni parvarish qilish. Tishlarni kasallanishi va undan saqlanish;
Ovqatlanish gigiyenasiga rioya qilish;
’’Salomatlik – tuman boylik” tushunchasi va unga amal qilish;
Inson salomatligi uchun zararli bo’lgan odatlarni bilish.
Har bir o’quvchi ko’rsatmalarga erishishi davlat tomonidan talab qilinadi. Olib boriladiga ishlar, avvalo, har bir insonda sihat – salomatlik madaniyatini shakllantirish, jamiyatda sog’lom muhitni yuzaga keltirish, ona tabiatni muhofaza qilish ko’nikmalarini tarbiyalaydi. Boshlang’ich sinf metod birlashma yig’ilishlarida o’qituvchilar sog’lom – turmush tarzini targ’ibot etish bo’yicha taklif etilgan yangiliklar, ilg’or texnologiyalar bo’yicha fikr yuritishlari, tajriba almashishlari lozim. Boshlang’ich sinflarda tarbiyaviy soat darslarini quyidagi mavzular bilan o’tkazish tavsiya etiladi:
”Salomatligingiz o’z qo’lingizda” ;
”Reproduktiv salomatlik va sog’lon oila”;
”Giyohvandlikka qarshi kurashish va uni oldini olish”;
”Tez tibbiy yordam ko’rsatish”;
”Atrof – muhitni muhofaza qilsh”;
”Suv – hayot manbai”;
” Salomatlik kushandalari”;
” Salomatlik – tuman boylik”;
” Tabiatga g’amxo’r bo’ling”;
” Salomatlikni mustahkamlashda jismoniy mashqlarning ahamiyati”;
” O’quvchilarning kun tartibi”;
Chunki, bolalarni jismoniy mashqlar bilan shug’ullantirish ularni kuchli, chaqqon, chidamli, irodali, bardam, jasur, go’zal va harakatchan qiladi. Natijada bolalarning ish qobiliyati yuqori bo’ladi. Yuksak ish qobiliyatiga ega bo’lish – sog’lomlikning birinchi belgisi. Shuningdek, jisminiy mashqlar bilan muntazam shug’ullunish o’pka, ovqat hazm qilish va bola tanasidagi boshqa a’zolarning ishini yaxshilaydi. Eng asosiysi organizmning tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga hamda kasallik qo’zg’atuvchi mikroblarga chidamliligini oshiradi. Yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega odam kam kasal bo’ladi, agar kasal bo’lib qolsa, xastalikni oson va to’liq yengadi, ish qobiliyatini esa tez tiklaydi. Demak, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish inson salomatligiga ijobiy ta’sir etib, uni jismonan rivojlantiradi, baquvvat qiladi, salommatligini mustahkamlaydi, hayotining yangi qirralarini ochishga imkon yaratadi. Har qanday jamiyatning farzandlari barkamol, sog’lom rivojlanishi uchun tabiiy muhit yuqori darajada ekologik sifat va miqdor ko’rsatkichlariga ega bo’lmog’i darkor. Shu bilan birgalikda, har bir jamiyat a’zosi ekologik ong va tafakkur sohibi bo’lishi, o’zining yashash joyi makonini e’zozlashi va sevishi kerak.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimizda ekologik ta’lim – tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Umumiy o’rta ta’lim maktablarning boshlang’ich 1-4- sinflarida o’qitilayotgan ”Atrofimizdagi olam”, ”Tabiatshunoslik” fanlar dasturlarida o’quvchilarga ekologik saboq berishga keng e’tibor qaratilgan. Bu bejiz emas albatta. Barkamol avlodni shakllantirishda ekologik muammolarni hal etish borgan sari dolzarb bo’lib bormoqda. Hozirgi davrda, xususan ilm- fan va texnika, turli xil texnologik jarayonlarga ehtiyoj nihoyatda ortgan sharoitda, o’sib kelayotgan yosh avlodga ekologiya va atrof – muhitning muhofazasi asoslaridan nazariy va amaliy bilim berish uchun darslarda va darsdan tashqari tadbirlarda quyidagi mavzularni o’tish tavsiya etiladi. ”Tabiatni asrab – avaylash”, ”Atrofimizdagi havo va suvni muhofaza qilish”, ”Suvni ehtiyot qiling”, ” Tabiat va inson – bir butun”, ”Ekologiya nima?” , ”Ekologik tabiat” , ”Havo muhitining ifloslanishi”, ”Ekologik javobgarlik”. Ushbu mavzular orqali tabiatga va uning boyliklariga shavqatsizlarcha munosabatda bo’lish oqibatlari, Orol bo’yidagi achinarli yuzaga kelishi, hozirgi vaqtda bolalarning nimjon bo’lishi, ko’p kasalga chalinishining bosh sababi atrof – muhitning, ekologiyaning buzulishi ekanligini tushuntirib berish. O’tladigan mavzularning tarbiyaviy vazifasi – o’quvchilarda har bir kishining salomatligi uni o’rab turgan tashqi sharoitga ekanligi haqida tushuncha hosil qilib, ularga ekologik tarbiya berish, ajdodlarimizning tibbiyot faniga qo’shgan ulkan hissalarini o’rganib, ularga nisbatan hurmat, ilmiy meroslariga qiziqish uyg’otishdan iborat.Mavzularni rivojlantiruvchi maqsadi-o’quvchilarga tabiatshunoslik, jimoniy tarbiya, odobnoma, salomatlik fanlarini o’zaro boylab o’rganishi va fan haqida mantiqiy fikrlarni takomillashtirishdan iborat. O’qituvchi mavzularni o’tish jarayonida mavzuning maqsadiga muvofiq holda turli xil ko’rsatmali qurollar, o’quv vositarida: jadvallar,odam a’zolari tushirilgan rasmlardan foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Mavzularni o’tishning tarbiyaviy maqsadi.O’quvchilarga insonlarning sog’lig’ini muhofaza qilishga, yosh avlodni sog’lomlashtirishga qaratilgan tadbirlari, inson salomatligigia atalgan asarlari bilan ulkan hissa qo’shgan vatandoshlarimiz haqida keyingi yillarda odam va uning salomatligi haqida erishilayotgan yutuqlarimiz to’g’risida tushuncha beriladi.Sihat-salomatlik har bir kishi uchun baxt-saodatdir.Insonning mehnat unumi ,mamlakatning iqtisodiy qudrati, xalq farovonligi kishilarning salomatligiga bog’liqdir.Har bir salomatligini saqlash va mustahkamlash uchun avvalo o’zining tana tuzilishini, har qaysi a’zolarini ish faoliyatini va ularning normal o’sishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan gigiyenani bilishi kerak. Inson tanasi barcha a’zolarini ishi bir-biri va tashqi muhit bilan bog’liq. Ba’zi maktablarda bola organizimi uchun mos sharoit yaratilmasligi yoki gigiyena qoidalariga amal qilmaslik oqibatida maktab o’quvchilari talaygina qismining tayanch-harakatlanish, yurak-qon, nafas olish a’zolari kasalliklari ko’rish o’tkirligini pasayishi kuzatilmoqda. Masalan: sinf partalari o’quvchining gavdasiga mos kelmaganda tayanch –harakatlanish a’zolarini, yorug’lik kuchi kamligidan ko’z o’tkirligining, sinf xonalari yetarli isitilmaganligi oqibatida nafas olish organlarining ish faoliyati buziladi. O’quvchilar salomatligini muhofaza qilish va ular ongida sog’lom turmush shaklini rivojlantirish borasidagi xalq ta’limi xodimlarining tibbiy gigiyenik bilim darajasi yetarli bo’lishi kerak. Negaki, yohslikdan o’rganilgan bilim, hayotiy ko’nikma inson hayoti davomida bir umr unga yo’ldosh bo’ladi va an’ana sifatida avloddan- avlodga o’tib boradi.
Shu bois, barch ta’lim muasasalarida o’quvchilarga tibbiy bilamlar berish ularda o’z sog’ligini himoyalash ko’nikmasini hosil etish ishiga aholi salomatligini kafolatlaydigan asosiy omil sifatida qaralib kerilmoqda.
Ta’lim dasturlariga yangidan kiritilgan ” Tarbiya” predmetlari bu borada eng muhim vosita vazifasini o’tab kelmoqda.
Ozod va obod yurtimizda Vatan, millat, or-nomus kabi muqaddas tuyg’ular kabi sog’lom avlod yaratish tuyg’usi ham xalqimiz qalbidan chuqur joy oldi va olmoqda. Keng miqiyosida olib borilayotgan harakatlar ijobiy samara berishi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |