O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 327 Kb.
bet1/9
Sana29.12.2021
Hajmi327 Kb.
#82622
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Malaka ishi Do'stov Z.



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI TIZIMI RAHBAR VA MUTAXASSIS XODIMLARINI QAYTA TAYYoRLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

XALQ TA’LIMI SOHASIDAGI MENEJERLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH KURSIDA”


MALAKA ISHI




Mavzu









Malaka yo‘nalishi va guruhi










Ish joyi

(viloyat, tuman (shahar), ta’lim muassasasi)









Tinglovchi FISH




2020 yil, sentabr


T/r

Mavzu rejasi

Bet




Kirish………………………………………………………………..

3-4



Bolalar va yoshlar o‘rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik asoslari…………………………........


5-8




Bolalar va yoshlar o‘rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedogogik tizimi…………………………….......

9-11




Bolalar va yoshlar o‘rtasida tibbiy gigiyenasiga rioya qilish sog’lom turmush tarzini asosi…………….…………………….......

12-15




Bolalar va yoshlar o‘rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish usullari va vositalari………………...…………………............……

16-23





Xulosa va tavsiyalar ………………………………………………..

24-27




Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati....................................................

28




Ilovalar: ta’lim muassasasi faoliyatiga oid 1-8 jadvallar…………...







Rahbarning ta’lim muassasasini rivojlantirishdagi maqsadi

“Missiyasi” ........................................................................................









Umumta’lim maktabini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha“Yo‘l xaritasi”......................................................................





Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erisgandan keyin demakratik va erkin huquqiy jamiyat barpo etish yo’lida mustaqil fikrlovchi, aqliy, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash zaruriyati kun tartibiga qo’yildi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz - mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz,erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham - bularning barcha-barchasi,avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga etishiga bog‘liqdir. Uzoqni ko‘zlab aytilgan bu so‘zlar istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyatini yorqin ifodalaydi.Haqiqatan ham, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning oddiy hodisa emasligi, bu xalqimiz hayotini tubdan o‘zgartirish, milliy davlatchilikni mustahkamlash, mustaqillikni asrab-avaylash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin olish,yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin farovon hayot barpo etish,jamiyatimizni yangilash va modernizatsiyalash jarayonining tarkibiy qismi ekani dunyo hamjamiyati tomonidan ham bejiz e’tirof etilmayapti. Vatanimizning kelajak taraqqiyoti ko‘p jihatdan yoshlarimizning intellektual salohiyatiga, va tanparvarligiga bog‘liq. Agar ularni sog‘lom, bilimdon, xalqparvar qilib tarbiyalasak, ulardan vatanimiz ravnaqi uchun yetuk kadrlar yetishib chiqishi, shubhasiz. Albatta, yoshlarga tarbiya berish oson emas. Ularga odob va axloq haqida doimo tushunchalar berib borish, muntazam sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish, turli fanlardan bilimlar bellashuvini o‘tkazish, o‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlab, shu yo‘nalish bo‘yicha seminar va treninglar o‘tkazish, ularning bo‘sh vaqtini mashg‘ulotlar bilan band qilish kabi vazifalar yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Gap yoshlar tarbiyasi haqida borar ekan, bu borada shoshmaslik, yoshlar va ota-onalarning talab-istaklaridan kelib chiqib, har tomonlama puxta o‘ylab ish tutish kerak”, degan fikrlari ham barcha ta’lim ishtirokchilarini bola tarbiyasiga befarq bo‘lmaslikka chaqiradi. Ta’lim va tarbiya doimo chambarchas bir-biri bilan bog‘liqdir. Chunki ta’lim bor joyda, albatta, tarbiya ham mavjud. Tarbiyali bolaning qo‘lidan hech qachon yomonlik kelmaydi, u faqat ilm yo‘lida izlanadi, dars bilan cheklanib qolmay, noan’anaviy mashg‘ulotlarda qatnashishni istaydi. Masalan, seminar va treninglar, ochiq darslar. Bola tarbiyasida eng qiyin payt bu – uning o‘smirlik yoshidir. O‘smirlik yoshi o‘zining ijtimoiy va biologik rivojlanishida murakkab davr hisoblanadi. Hayot yo‘lining mana shu muhim qismida katta yoshdagi o‘smir o‘z oldiga kim bo‘lish, nima, qanday va nimaga erishish kabi masalalarni hal etishga to‘g‘ri keladi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Sog’lom avlod” Davlat dasturi mazmunida insonni intellektual va ma’naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalash, o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishni taqozo etmoqda. Inson, uning hayoti va salomatligini ta’minlash, o’sib kelayotgan yosh avlodni jismonan baquvvat qilib tarbiyalash bugungi kunda dolzarb ijtimoiy masala darajasiga ko’tarilmoqda.

Bugungi kunda pandimeya sharoitida ta’limni olib borishda bolalar va o‘smirlarning sog’ligiga e’tibor berish ularni gigiyena qoidalariga rioya qishlarini jiddiy nazorat qilish hamda bunda ularga amaliy ko’mak berish oldimizda turgan dolzarb masalardan. Demak, ushbu muammoning dolzarbligini quyidagi omillar bilan ifodalanishi joiz deb topdik;

  • Soglom turmush tarzuni shakllantirish dolzarb ijtimoiy buyurtma ekanligi;

  • Keyingi yillarda ekologiyaning keskin ozgarishi, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi;

  • Orta ummuta’lim maktablarida, xususan boshlang’ich sinflarda soglom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish muhim bosqich ekanligi;

  • Mamlakatimiz ravnaqi uchun har tomonlama kamol topgan (ham ma’nan, ham jismonan yetuk) insonlarni voyaga yetkazish talab va ehtiyojining kuchayganligi bilan belgilanadi.

Sog’lom avlodni tarbiyalash, sog’lom turmush tarzi qaror toptirish, insonning salomatligini har tamonlama muhofaza qilish ajdodlarimiz merosida to shu kungacha o’z aksini topib kelmoqda.

Bolalar va o’smirlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash;



  • Sog’lom turmush tarzi asoslarining bolalar va o’smirlar o’rtasida usul va vositalarining samaradorligini aniqlash; dars va darsdan tashqari jarayonda boshlang’ich sinf o’quvchilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

  1. Bolalar va o’smirlarda sog’lom tarzini shakllantirishning o’ziga xos jihatlari nazariy yechib berildi;

  2. Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda dars mashg’ulotlari tahlil etildi;

  3. Sog’lom turmush tarzini shakllantirish bo’yicha bolalar va o’smirlarda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish sharoitlari belgilandi.

Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.

Bolalar va o’smirlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning mavjud pedagogik asoslari o’rganildi, sog’lom turmush tarzini rivojlantirishda o’quvchilar o’rtasida sinfda samarali usul va vositalar belgilandi.

Tadqiqot ishining tarkibi:

Kirish, bir bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.




  1. Download 327 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish