O‘quv-metodik majmuaga qo‘yiladigan talablar
14. O‘quv-metodik majmuaning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari hamda ularning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar:
o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish;
“Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” prinsipi mazmun va mohiyatini o‘quvchilarning ongu tafakkuriga singdirish;
o‘quvchilarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlash;
faol fuqarolik pozitsiyalarini mustahkamlash;
mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqodlilik, teran ma’rifatlilik, bag‘rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirish vazifalarini belgilaydi.
Tarbiya fani o‘quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularning har tomonlama ijtimoiylashuviga ko‘maklashish, samarali hamkorlik qilish, vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy, ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, o‘zlarining intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
15. Shu bilan birga, yoshlar o‘rtasida uchrayotgan salbiy holatlarning asl sabablarini aniqlash va oldini olish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni keskin kamaytirishga qaratilgan quyidagi profilaktik ishlar natijadorligini oshirishga zamin yaratadi:
o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor, moddiy va ma’naviy merosni asrab-avaylashga qaratilgan insonparvarlik tuyg‘usini tarkib toptirish;
davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan bilim va hayotiy ko‘nikmalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish;
o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
yangi avlod o‘quv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
umumta’lim fanlarining o‘qitish metodologiyasini takomillashtirish asosida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish.
16. O‘quv-metodik majmuani ishlab chiqish prinsiplari:
mazkur fan bo‘yicha o‘quvchilarga sifatli bilim berish, ularni to‘g‘ri tarbiya yo‘liga yo‘naltirish, zarur bilim va hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga, mustaqil hayotga moslashishlariga ko‘mak ko‘rsatish, turli vaziyatlarda huquqiy, ma’naviy mezonlarga asoslangan holda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan estetik jihatdan zamonaviy bezatilgan, qiziqarli va psixologik-pedagogik materiallarga boy quyidagi o‘quv-metodik majmualar kompleksini talab qiladi:
o‘quv-metodik majmua ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari asosida yaratilganligi;
o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi;
o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga qaratilganligi;
umumiy o‘rta ta’limining zarur hajmi berilganligi, o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi;
mavzularning mazmunan izchilligi, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, media-mahsulotlardan unumli foydalanilganligi
"Tarbiya fani", "Milliy istiklol goyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" fanlari bo’yicha o’nlab va yo’zlab risolalar, monografiyalar, o’quv qo’llanmalari nashr etildi.
G`arb va Sharq mutafakkirlarining Tarbiya to’g’risida bildirgan fikrlari tahlili shundan guvohlik beradiki, ularning ko’pchiligi Tarbiyani hayotiy qadriyatlar bilan bog’lab izohlashgan. Shundan kelib chiqib, hayotiy qadriyatlarning mohiyatini aniqlash Tarbiyaning tub negizini anglashda yordam beradi, deb aytish mumkin. Tarixga nazar tashlasak, Abu Nasr Forobiy o‘z ishlarida ta’lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o‘z o‘rni va xususiyati bor ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Forobiy ta’limotiga ko‘ra inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo‘lish, ularning ko‘maklaShuvchi yoki munosabatlariga muxtoj bo‘ladi. Uning fikricha tarbiya jarayoni tajribali pedagog, o‘qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhimdir. Chunki, har bir odam ham baxtni va narsa xodisalarni o‘zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o‘qituvchi lozim.
Bunga Forobiy ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamolga yetkazadi, Xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to‘g‘ri bilib oladi va hayotda to‘g‘ri yo‘l tutadi, boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘ladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi.
Demak, ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va Shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iboratdir. "Tarbiya insonni ruxan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir"
Do'stlaringiz bilan baham: |