Bitiruv mаlаkаviy ishning metodologik asosi: . Umumiy o'rta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori;
-O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni;
-Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori; Bitiruv mаlаkаviy ishning ilmiy yangiligi: “Tarbiya shakllanishi”, “Tarbiya rivojlanishi”, “ma’naviy – ahloqiy rivojlanish” tushunchlarining psixologik nuqtai nazaridan talqin qilinishi;-Tarbiya fanining shakllanishi va rivojlanishi mezonlarini aniqlash, ta’riflash psixologik xususiyatlarini ochib berilishi; Tarbiya fanining shakllanishi va rivojlanishi rivojlanishi jarayoniga bilim – e’tiqod – faolyat tizimi nuqtai nazaridan yondashilishi;Tarbiya fanining shakllanishi va rivojlanishining bosqichma – bosqich maqsadlari, vositalari va usullari ifodalangan dastur ishlab chiqilishi;
Bitiruv mаlаkаviy ishning natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tarbiya fanini shakllantirish va rivojlanishtirishga yo’naltirikgan ta’limiy va tarbiyaviy jarayonlarda;
Tarbiya fanini shakllantirish va rivojlanishtirish bo’yicha maxsus dasturlar ishlab chiqishda; - Tarbiya fani o'qituvchisining o'quv - me'yoriy hujjatlari bilan ishlashi,shakllanishi va rivojlanishi jarayonini darslarda foydalanish mumkinligida namoyon bo’ladi.
Bitiruv ishi tuzilmasining tavsifi. Bitiruv ishi kirish, ikki bob, to‘rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat holda yoritib berilgan. Ishning asosiy hajmi 51 betni tashkil etadi.
I-Bob. Umumiy o'rta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori
1.1. "Tarbiya" fani konsepsiyasi.Konsepsiyaning dolzarbligi va zarurati.Konsepsiyani joriy etishning asos va prinsiplari.
Konsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) — 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 2)adabiyotda — biror asarning asosiy gʻoyasi. K. badiiy asar mohiyatini, ijodkorning "meni"ni ifoda etadi. Biroq badiiy asar K.si ayrim holatlarda muallifning subʼyektiv qarashlaridan keng qamrovli bulishi mumkin. Baʼzan muallif moʻljaliga zid holat yuz bersa ham, mohiyat eʼtibori bilan asar oʻz K.siga koʻra muallifning badiiy-estetik olamiga tegishli boʻladi. Oʻquvchining maʼnaviy-ruhiy saviyasi, tarixiy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda badiiy asar K.si alohida taʼkidlanib, ochiq-oydin ifoda etiladi. Inson va borliq mohiyatiga koʻra, K. bir butunlikni tashkil etadi. Masalani muayyan ijodkorning oʻz K.si yoki alohida olingan haqiqiy sanʼat asarining K.si tarzida qoʻyish ham mumkin. Boshqa jihatdan, badiiy asar K.si unda tasvirlangan badiiy-estetik, obrazli dunyo orqali hayotni anglash mexanizmi — usuli boʻlib ham maydonga chiqadi. Umuman, K. badiiy asarning sanʼat, adabiyot va madaniyat tarixidagi oʻrnini hamda oʻquvchilar ommasiga taʼsir etish darajasini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |