Ishning maqsad: Oksidlanish- qaytarilish reaktsiyasi nazariyasini o‘rganish va reaktsiya tenglamalarini elektron balans usulida tuzish va oksidlanish- qaytarilish reaktsiyasi borishiga muxit ta’sirini o‘rganish va o‘quvchilarga oksidlanish –qayta-rilish reaktsiyasi xaqidagi bilimlar zamonoviy pedagogik texnologiyalar asosida yetkazish va xulosalar yozish va tavsiyalar ishlab chiqish.
Ishning vazifalari : Битиру малака ишининг maqsadiдан келиб чиққан холда қуйидаги вазифалар белгиланди :
1. Tanlangan mavzuga doir ilmiy va ilmiy metodik adabiyotlar, jurnallardagi maqolalar, tajribali o`qituvchilarning bu boradagi ish tajribalarini o`rganish.
2. Оксидланиш қайтарилиш реакцияси назарияси ифодаланган адабиётлар-ни тўплаш ва уларнин тахлил этиш.
3. Taxlil natijalariga ko`ra ishning bugungi xolatiga baho berish va o’qitish metodlarini takomillashtirishga doir tavsiyalar tayorlash.
4. Tavsiyalarni pedagogik amaliyot davrida o’rta maktablarda sinab ko’rish va samaradorligini aniqlash.
5. Olingan natijalar asosida tegishli tavsiyalar va xulosalar tayyorlash.
Tadqiqot predmeti: Oksidlanish- qaytarilish reaktsiyalari va uning nazariy bilimlari, elektron balans va yarim reaktsiyalar usulida tenglama tuzishi, masalalar yechish metodlari va ularning tatbig‘i.
Tadqiqot obhekti : Oksidlanish -qaytarilish reaktsiyasi turlari, oksidlovchilar va qaytaruvchilar, muxit ta’siri, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish texnologiyalari va undan foydalanish.
Ishning ilmiy yangiligi. Mazkur bitiruv malakaviy ishida kimyo darslarini tashkil etishda didaktik o`yinlardan va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan birgalikda foydalaniladi. Ularning o`quv jarayonida samaradorligini oshirishi aniqlandi.
Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati. Bu bitiruv malakaviy ish natijalari va tavsiyalardan respublikamiz umumiy o`rta maktablarida foydalanish mumkin.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uchun ta‘lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali o‘quvchilarning faol bilim olishlarini tashkil etish va ta‘lim tizimining demokratik tamoyillariga tabora keng yo`l ochib berilmoqda . Pedagogning asosiy vazifasi o`quvchilarga tayyor bilim berish emas, balki bilimlarini mustaqil egallashlariga ko`maklashishdan iborat bo`lishi kerak. Buning uchun esa o‘quvchilarning o`z qobiliyati va imkoniyatlarini to`la - to`kis namoyon etishlari va butun kuch g`ayratlarini bilim olishga sarflash-lari uchun imkon beradigan darajada ma‘lum ta’lim jarayonini takomillashtirish zarur.
An’anaviy tarzdagi o`qituvchining barcha materiallarini tushuntirishga hara-kat qilishi bilan bog`liq bo`lgan darslarning o`rniga o`quvchining faolligini oshi-rish bilan bog`liq bo`lgan noan‘anaviy darslarni amalga oshirish hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biridir.
Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Barkamol avlod tayanchimiz va su-yanchimizdir. -Mening eng katta ishonchim yosh avloddir. Zamonaviy bilimga ega, odobli, ilmli, ko`rsang havasi keladigan barkamol va shijoatli farzandlari-mizdir. Men o`zimning taqdirimni ham, mamlakatimiz va mustaqilligimiz taqdirini ham shularning qiyofasida ko`raman ”.
Yurtboshimiz yoshlarga yuksak ishonch bildirar ekanlar, ularni bilimli, odob-li, zakovatli, har tomonlama yetuk, barkamol bo`lib voyaga yetishi, tarbiyalanish-larida o`qituvchilarning ham o`z kasbiy mahoratlari, bilimlarini yoshlarga mohi-rona yetkaza olishi har bir pedagogning burchi va vazifalaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |