Komissiya qaror qiladi: _______________qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiya natijalari tasdiqlansin. Yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan________qayta tayyorlash kursi tinglovchilariga _________fandan dars berish yoki ixtisoslik bo‘yicha kasbiy (pedagogik) faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha tasdiqdangan namunadagi diplom berilsin.
KIRISH ………………………………………………………………9- 11
I.BOB. Oksidlanish – qaytarilsh reaksiyalari haqida bilimlarning nazariy asoslari…………………………………………………… 11 - 24
1.1. Oksidlanish –qaytarilish reaksiyasining asosiy qoidalari va eng muhim oksidlovchi va qaytaruvchilar…….………………………………….11 – 19
1.2. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari turlari va oksidlanish –qaytarilish reaksiyasi borishiga muhit ta’siri …..……………………………………………………………. 20 - 24
II. BOB. Masalalar yechish metodlari va turlari haqidagi bilimlarning nazariy asoslar…………………………………………………..... 25 - 56
2.1. Masalalar yechish talablari va turlari ……………………….…...25 - 31 2.2. Oksidlanish –qaytarilishni reaksiyalari tenglamalarini tuzishning
elektron balans va ion-elektron balans usuli………………………… 32 – 36
2.3. Oksidlanish –qaytarilishni reaksiyasi tenglamasida miqdoriy
hisoblashga doir masalalar …………………………………………….37 - 44
2.4. “Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish”
dars ishlanma…………………………………………………………...45 - 48
2.5. Pedagogik eksperiment o‘tkazish va uning tahlili…………………49 – 56
XULOSA………………………..………………………………….............. 57
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………...................................58 - 59
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda ta’lim sohasida Prezidentimiz tashab-busi bilan davlatimizda olib borilyotgan barcha ishlarning maqsadi vatanimizning kelajagi bo’lgan barkamol avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonini zamonaviy talablar darajasiga olib chiqish, ularning mustaqil fikrlashga, bilim olishga, ajdod-larimizning boy ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy merosini qadrlashga o’rgatish hamda ta’limning uzliksizligini ta’minlashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021- yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Pedagog kadrlarni tay-yorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora -tadbirlari” to’g’risidagi qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamona-viy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida pedagog xodimlarini qayta tay-yorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini yanada takomillashtirishni taqozo etadi [1]. Respublikamiz ta’lim tizimida tub islohatlar ro’y berayotgan bugungi kunda har tomonlama yetuk, yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, mada-niyatli o’z kasbiga sadoqatli bo’lgan pedagog kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi [2].
Ta’lim tizimida zamonaviy va axborat texnalogiyalardan foydalanish, farzand-larimizning mustaqil fikrlash, bilim olish ko’nikmalarini shakillantirish va rivoj-lantirish ta’lim sohasi vakillarining oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir [3]. Barcha o’quv predmetlar qatoriga kimyo fani asosida puxta va samarali o’zlash-tirishda zamonaviy ped texnologiyalardan foydalanishning o’rni katta. O’quv-chilarning berilgan mavzular mazmunini tushinishi, unda aks etgan kimyoviy tushunchalar, qonunlar, ayrim moddalar misolida daliliy ma’lumotlarni o’zlashti-rishda o’qitish metodlari yordamida amalga oshiriladi. Bularning barchasi talab darajasida bo’lishi uchun bugungi kunda kimyo ta’limida ham zamonaviy ped texnologiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Xususan, organik kimyo darslarining o`qitilishida zamonaviy ped texnologiyalaridan foydalanish, o`quv-chilar uchun darsning tushunarlilik darajasini oshirmoqda. Buning natijasda o`quv-chilarninng bilim olish salohiyati oshmoqda.
Ta’lim tizimida zamonaviy va axborat texnologiyalardan foydalanish, far-zandlarimizning mustaqil fikrlash, bilim olish ko’nikmalarini shakillantirish va rivojlantirish va ta’lim sohasi vakillarining oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Barcha o’quv predmetlar qatoriga kimyo fani asosida puxta va samarali o’zlashtirishda zamonaviy didaktik o’yinlarning o’rni katta. O’quvchilarning beril-gan mavzular mazmunini tushinishi, unda aks etgan kimyoviy tushunchalar, qonunlar, ayrim moddalar misolida daliliy ma’lumotlarni o’zlashtirishda o’qitish metodlari yordamida amalga oshiriladi.
Oksidlanish- qaytarilish reaktsiyalari kimyo fanining eng muhim reaktsiya-laridan biridir. Kimyo sanoatida metallarni pirometallurgiya usulida olish jaroyon-larida, elektroliz protsesslarida, organik moddalarni sintezlash reaktsiyalarida, tirik organizmlarda modda almashinuvida, oziq -ovqat sanoatida, teri sanoati va unga kimyoviy ishlov berish jaroyonlarida oksidlanish- qaytarilish reaktsiyasi qo‘lla-niladi. Shu sababli oksidlanish -qaytarilish reaktsiyalari nazariyasini mukammal o‘rganish va ularni o‘quvchilarga o‘rganish dolbzarb muommalardir biridir.