Muvozanatni saqlash mashqlari - Yakka cho’p ustida yurish usullari: oddiy,
oyoq uchlarida, yonlarga juftlama qadam bilan, oldinga va orqaga juftlama qadam
bilan yurish. Shuningdek, yakka cho’p ustida yon bilan turib oyoqlarni chalishtirib
yurishlarga o’rgatish.
Yakka cho’p ustida sakrab burilishlar: avval yerda to`ntarilgan gimnastik
o’rindig`ida, reykasida 90°, 180° o’ng (chap)ga sakrab burilishlarga o’rgatish,
Yakka cho’p ustida turgan holatdan 35-40 sm balandlikdagi to’siqlar ustidan
xatlab o’tish bilan yurish.
Yakka cho’pni oxirida yarim cho’kkayish holatidan sakrab yerga tushishni
o’rgatish (yordamchi mashqlar uchun 3-sinf materiallariga qaralsin).
Do'stlaringiz bilan baham: |