O`zbekiston respublikasi xalq ta`lim vazirligi



Download 2,11 Mb.
bet6/63
Sana31.12.2021
Hajmi2,11 Mb.
#220924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
Ёш физиологияси ва гигиенаси маъруза амалий мавзулар

Tayanch tushunchalar: Nerv, neyron, qo‘zg‘alish, tormozlanish, bosh va orqa miya, shartli va shartsiz refleks, ichki va tashqi tormozlanish.

Nerv tizimining funksiyasi ikki qismga bo‘lib o‘rganiladi. Nerv tizimisining birinchi funksiyasi odam organizmining barcha, hujayra, to‘qima, organlari va tizimlarining ishini boshqarish, tartibga solish, tashqi muhitdan, ichki organlardan keladigan axborotlarni qabul qilish va ularni markaziy nerv tizimisiga etkazib berish, organizmdagi barcha organlarni bir-biri bilan bog‘lash va organizmning bir-butunligini ta’minlash, ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan turli gormonlarning kon orqali organizmga ko‘rsatadigan ta’sirini, moddalar almashinuvini boshqarish, o‘sish va rivojlanishga ta’sir etishdan iborat.

I.P.Pavlov nerv tizimining bu vazifasini uning quyi funksiyasi deb atagan. Bu vazifani orqa va bosh miyaning quyi qismlari (uzunchoq, o‘rta, oraliq, miya va miyachada joylashgan nerv markazlari bajaradi.

Nerv tizimining ikkinchi vazifasi shundan iboratki, u odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog‘lanishini, muomalasini tashqi muhit sharoitiga moslashuvini ta’minlaydi. tashqi muhit ta’sirida, atrofdagilar bilan munosabati natijasida odamda paydo bo‘lgan fikrlash, bayon etish, bilim olish, xunar o‘rganish, xotira kabi yuksak insoniy hususiyatlar ham nerv tizimining ana shu ikkinchi vazifasiga kiradi. I.P.Pavlov nerv tizimining bu vazifasini oliy nerv faoliyati deb atagan. Nerv tizimining bu vazifasini uning yuqori qismida joylashgan (bosh miya yarim sharlari va uning po‘stloq. qismi) nerv markazlari bajaradi.

Nerv tizimi ikki qismdan iborat: markaziy va periferik nerv tizimi. Markaziy nerv tizimiga bosh va orqaa, miya kiradi. Periferik nerv tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar. Hamda umurtqa pogonasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi.

Bajaradigan vazifasiga ko‘ra, nerv tizimisi ikki qismga bo‘linadi: somatik va vegetativ nerv tizimi. Somatik nerv tizimi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi. Vegetativ nerv tizimi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va oshqozon hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi .



Nerv to’qimasi tashqi muhit ta`sirida ichki organlarda ro’y beradigan ta`sirotni, ya`ni qo’zg’alish, turli sezgilar, nerv impulslarini o’tkazish funktsiyasini bajaradi. Nerv to’qimasi neyron va yordamchi struktura-neyrogliyadan tuzilgan. Neyrogliya ko’p o’siqli hujayralardan iborat. Neyrogliya hujayralari orasida nerv hujayralari joylashgan. Neyrogliya hujayralari neyronlarga nisbatan tayanch-trofik funktsiyani o’taydi. Neyron birnechta o’sig’i bo’lgan nerv o’simtalari va nerv hujayrasi tanasidan iborat. Uzun o’siqlar neyritlar, kalta o’siqlar dendritlar deb ataladi.

Nerv hujayralari turli shaklda (yulduzsimon, yumaloq, oval va noksimon) bo’ladi. Ular nerv tizimisining turli qismida joylashgan. Nerv hujayrasidan chiqqan neyritning uzunligi har-xil, ba`zilari bir metr va undan uzun bo’ladi. Kalta tolalari ko’p tarmoqli, bir nechta bo’ladi. Nerv tolasini yog’simon moddadan tuzilgan miyelin parda, ustini esa Shvan pardasi- nevrilemma o’rab turadi. Miyelin parda nerv tolasining ba`zi qismida biroz torayib, Ranve, bog’lamlarini (bo’g’imlarini) hosil qiladi. Bu pardalar nerv tolalarini bir-biridan ajratib turadi va himoya vazifasini bajaradi.

Parda bilan qoplangan nerv hujayralari o’simtasi nerv tolasi deyiladi. Nerv hujayrasi o’simtasining markaziy qismi o’q silindr deyiladi. Nerv tolalari miyelinli va miyelinsiz bo’ladi. Miyelinsiz nerv tolala­ri faqat Shvann qavat bilan qoplangan.

Nerv tolasining asosiy xususiyati o’ta qo’zg’aluvchanlik va labillilik, moddalar almashinuvining sekin borishi, nisbatan charchamaslikhi soblanadi. Nerv tola­larining labilligi turlicha bo’ladi. Ba`zi nerv tolala­ri har lahzada bir necha o’nta impuls o’tkazsa, boshqalari 500 tagacha impuls o’tkazadi. Qalin miyelin qavat bilan qoplangan nerv tolalari o’ta labillik xususiyatiga ega.

Nerv tolalari qo’zg’alganda, muskullar qo’zg’alishiga nisbatan ancha kam energiya ajraladi. Ingichka nerv tolalari yo’g’on tolalarga nisbatan tezroq charchaydi. Keyingi tekshirishlarda nerv tolasining charchashi isbotlangan. Nerv tolasi charchaganda biotoklarning kuchi o’zgaradi. Qo’zg’alish impul’sining tarqalishi 2-3 mar­ta susayadi. Nerv tolasi ma`lum vaqt oralig’ida kelgan impul’sga nisbatan kamroq impul’s o’tkazib, o’zining charchamasligini ta`minlaydi.

Nerv tolasidan chiqqan qo’zg’alish to’lqinlarining o’tkazilishi nervning keyingi keladigan har-bir qismining yuqori voltli potentsiallar bilan ta`sirlanishiga bog’liq. Qo’zg’alish potentsiallari yumshoq qavatli nerv tolalaridan uzluksiz emas, balki o’qtin-o’qtin tarqaladi.

Qo’zg’alish to’lqinining nerv tolasidan o’tkazilishi o’zidan oldingi harakatlanayotgan yuqori volti potentsiallarning hosil bo’lishiga bog’liqdir. Nerv tolasidan ta`sir o’tishi uchun u fiziologik normal holatda bo’lishi shart. Nerv tolasi qattiq sovitilsa yoki o’tkir zaharlansa, nerv impuls o’tkazmaydi.

Aralash nervlar tarkibidagi harakatlantiruvchi sezuvchi nervlar esa impulsni bo’lib-bo’lib o’tkazadi. Impul’slarni bu xilda ajralgan holda o’tkazilishi nervning miyelin qavat bilan qoplanishiga sabab bo’ladi.

Bu skatning elektr organining nervida isbotlagan. Agar nerv tolasi baliq tanasidan ajratib qo’yilsa, u 2-3 kundan keyin nobud bo’la boshlaydi. Nerv tolasi qirqilganda esa nerv hujayrasi tanasi tomonidan o’sa boshlaydi. Nerv tolasining qayta tiklanishi bilan impuls o’tishi ham qayta tiklanadi. Markaziy nerv tizimisining neyronlari nerv tolasidan impulslarni bir tomonlama sezuvchi retseptordan ishchi organga o’tkazadi. Bu nerv impulsining sinapslar orqali o’tkazilishiga bog’liq.

Qo’zg’alish impulsi qo’zg’algan to’qimaning hamma qismiga birtekis to’la tarqaladi. Bunga dekermentsiz o’tkazilish deyiladi. Nerv tolasi qancha yo’g’on bo’lsa, qo’zg’alish shuncha tez o’tadi. Nerv tolalari yo’g’onligiga ko’ra, A, V, S gruppalarga bo’linadi. A gruppaga miyelin qavati qalinroq, diametri 12-22 mkm bo’lgan nerv tola­lari kiradi, ular orqali ta`sirot bir sekundda 70-120 m/sek tezlikda o’tadi. Bu gruppa nerv tolalari o’ta elektrik aktivlikka ega. V gruppaga vegetativ nerv tizimisining miyelinlashgan ba`zi tolalari kiradi. Bularning diametri 1-3 mkmbo’lib, issiq qonli hayvonlarda ta`sirni 3-14 m/sek tezlikda o’tkazadi. S gruppa nerv tolalari yumshoq qavatsiz bo’lib, diametri juda kichik, bularga asosan simpatik nerv tolalari kiradi.

Nerv tolalarining miyelinlashuvi. Avval periferik nervlar, so’ngra orqamiya nervlari, keyinroq bosh miya sopining nerv tolalari, undan so’ng bosh miya katta yarimsharlarining tolalari miyelinlashadi. Miyelin qa-vat rivojlangani sari nerv tolasining qo’zg’aluvchanligi orta boradi. Ona qornida embrion 4 oylik bo’lgandan boshlab, orqa va boshmiyadagi nervlar miyelinlasha bosh­laydi. Birinchi galda harakat nervlari, so’ngra aralash nervlar, undan keyin orqa miyaning markazga intiluvchi nervlari miyelinlashadi. Bola tug’ilganida harakat nervlari miyelin qavat bilan qisman o’ralgan bo’ladi.

Bola 1,5-2 yashar bo’lganda bosh miyasidagi ko’pgina nervlar, 2 yoshida eshitish organi nervlari miyelinlashib bo’ladi. Ko’rish va til-tomoq nervlari yangi tug’ilgan bolalarda miyelinlashmaganbo’ladi, 3-4 yoshda to’liq miyelinlashadi. Yuz nervining tarmoqlari homilada ona qornida yog’ miyelinlasha boshlab, bola tug’ilishi vaqtiga kelganda to’liq tugaydi. Uch yoshda bosh miyaning nerv to­lalari miyelinlashib, funktsiyalari murakkablasha bo­radi.

To’qima hujayralaridagi qo’zg’alish vaqtida quzg’algan soha bilan nisbatan tinch soha o’rtasida potentsiallar ayirmasi sodirbo’ladi. Qo’zg’alish vaqtida tirik to’qimalarda sodir bo’ladigan elektrik o’zgarishlar bioelektrik hodisalar, ya`ni bioelektrik toklar debataladi. Biotoklar quvvati va qtning mingdan, hatto milliondan bir bo’lagi bilan o’lchanadi. Baqaning birorta muskulini jarohatlab, shu joyga hamda sog’ joyga galvanometr elektrodlari qo’yilsa, galvanometrni bir tomonga, ya`ni manfiy zaryad tomonga harakatlanadi. Muskulning jarohatlangan qismida ( + ), jarohatlanmagan qismida (—) zaryadlar hosil bo’ladi. Sog’ qism bilan jarohatlangan qism orasida hosil bo’lgan potentsiallar ayirmasi tinchlik toki deyiladi. Bu po-tentsiallar ayirmasi ko’p o’tmay yo’qolib ketadi. Mus-kulda hosil bo’lgan tinchlik toki 1-2 mv, nervdagisi esa 30 mv bo’lishi, muskuldagi tinchlik toki nervdagiga nisbatan biroz uzoqroq saqlanishi mumkin. Biotoklarni o’rganish turli kasalliklarni aniqlashda yordam beradi.

Yurak muskullarining harakat toklari elektrokardiograf yordamida yozib olinadi. Bu yozuv elektrokardio­gramma deb ataladi. Me`dada hosil bo’ladigan harakat toklarini elektrogastrografda yozib olinadi, u elektrogastrogramma deyiladi. Bosh miyadagi harakat toklari esa elektroentsefalografda yozib olinadi.

Nerv markazlaridagi yana bir hususiyat dominanta hususiyati bo‘lib, buni birinchi bo‘lib 1923 yilda A.A.Uxtomskiy hisoblangan. Muayyan patda nerv markazlarida ustun to‘rgan qo‘zg‘alish o’chog’ini A.A.Uxtomskiy dominanta deb atagan. Ustun to‘rgan qo‘zg‘alish uchogi, boshqa markazlarga keluvchi qo‘zg‘alish to‘lqinlarini o‘ziga jalb qilib, shular hisobiga kuchaya oladi. Bu paytda boshqa markazlarda tormozlanish protsessi boshlanadi. Dominantaning vujudga kelishidagi muhim shartlardan biri nerv hujayralarining o‘ta qo‘zg‘aluvchanligidir.

Dominanta o‘zoq muddat saqlanib turishi mumkin. Dominanta oliy nerv faoliyatiga, odamning ruxiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Dominanta prinsipi diqqat aktivligining fiziologik asosidir. Shuning uchun dominanta pedagogika va psixologiyada juda katta ahamiyatga egadir. O‘qituvchilar o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda buni hisobga olishi kerak.

Bola tug’ilgandan keyin markaziy nerv tizimisiz tashqi muhit ta`siri va hulq-atvor, nutq tufayli rivojlanib boradi. Yangi tug’ilgan va kichik bog’cha yoshidagi bolalarning nerv tizimida qo’zg’alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustun turadi. Harakat markazlari orqa va bosh miyada tez qo’zg’alish xususiyatiga ega, shu sababli bu yoshdagi bolalar serharakat va his-hayajonga to’la bo’ladi.

Bolalarda shartli refleks hosil bo’layotgan davr­da qo’zg’alish shu shartli refleksi hosil qiluvchnan analizator markaziga hamda qo’shni analizator markazlariga tarqaladi. Shartli refleksning hosil bo’-lishi va mustahkamlanishi bilan shartli ta`sirlovchiga taalluqli markazlarga qo’zg’alish yoyiladi, qo’shni nerv markazlarigat arqalmaydi. Masalan, bolada birorta tovushga shartli refleks paydo bo’lsa, shu tovushga yaqin tovushlar ham shartli ta`sirlovchi kabi ta`sir etib, shartli refleks hosil qiladi. Shartli refleks qancha mustahkam bo’lsa, qo’zg’alish shuncha kam tarqaladi.

Go’daklarda qo’zg’alish bog’cha yoshidagi bolalardagiga nisbatan ancha keng tarqaladi. Bog’cha yoshidagi bolalar­da qo’zg’alish markazlari tez almashinib turadi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning harakati va diqqati beqaror bo’ladi, uzoq davom etmaydi. Bolaning yoshi orta borar ekan, dominanta markazlarida vujudga kelgan qo’zg’alish barqaror bo’lib, uzoq vaqt qo’zg’alib turadi hamda ta`sirlar yig’indisi ortib boradi. Yangi tug’ilgan bolada ovqatga dominanta paydo bo’ladi. Asta-sekin ayrim ta`sirga dominanta markazlari vujudga kela boshlaydi. Dominanta markazlari turg’un bo’lmaydi va dominanta uzoq davom etmaydi.

Orqa miya. Orqa miya umurtqa kanalida birinchi bo‘yin umurtqasi bilan II bel umurtqasi oralig‘ida joylashgan bo‘lib, katta odamda vazni 30-40 g, uzunligi 45 sm ga teng. Yangi tug‘ilgan bolada 6-10 g, uzunligi -15 sm. Orqa miya reflektor va o‘tkazuvchi vazifasini bajaradi.

Bosh miya ham oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Kulrang moddasi turli neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60 - 90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrogliya hujayralari himoya qiluvchi va tutib turuvchi tayanch to‘qima hisoblanadi. Bosh miya o‘zunchoq; miya, Varoliy ko’prigi, miyacha, o‘rta miya, oraliq miyadan iborat bo‘lib, bu qismlar bosh miya sopi deb ataladi. Ularni bosh miya katta yarim sharlari o‘rab turadi.

Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Bosh miya yarim sharlari va ularning po‘slog‘i markaziy nerv tizimisining yuqori qismi bo‘lib hisoblanadi. Odamning hulqi, idroki, fikrlashi, ongi va barcha ruhiy hususiyatlari oliy nerv faoliyati bo‘lib, u bosh miya yarim sharlari va ular po‘slog‘ida joylashgan nerv markazlarining normal funksiyasiga bog‘lik. Odamning oliy nerv faoliyati murakkab reflekslar orqali namoyon bo‘ladi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan bog‘lanishini, uning har-xil sharoitga moslashuvini ta’minlaydi.

Odamning barcha ixtiyoriy harakatlari, fikrlashi va ruhiy xolatlari reflekslar orqali sodir bo‘lishini mashhur rus fiziologi I.M.Sechenov 1863 yilda yozgan “Bosh miya reflekslari” deb nomlangan kitobida birinchi bo‘lib ko‘rsatdi . Uning reflekslar haqidagi fikrini taniqli olim I.P.Pavlov yanada rivojlantirib, shartli reflekslar haqidagi taminotni yaratdi. U odamning oliy nerv faoliyati shartli reflekslar orqali namayon bo‘lishini isbotlab berdi.

Birinchi va ikkinchi signal tizimisi. Odamda birinchi va ikkinchi signal tizimisi, hayvonlarda esa faqat birinchi signal tizimisi bo‘ladi. Qabul qiluvchi ta’sirlarko‘rish, eshitish, hid sezish, ovqat ta’mini bilish kabi sezgi organlari orqali birinchi signal tizimisi bo‘lib, ular odam va yuksak hayvonlarda deyarli o‘xshash. Bu sezgi organlari orqali qabul qilingan tashqi va ichki muhitning ta’siri miyaning shunga tegishli markazlarida refleks hosil qiladi. Odamning yuksak hayvonlardan asosiy farqlaridan biri unda og‘zaki va yozma nutqning rivojlanganligidir. Nutq ta’sirlovchi sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib, shartli refleks hosil qiladi.

Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi shakllari paydo bo‘ladi. "Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida, -deb yozgan edi I.P.Pavlov, - odam bosqichiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nihoyatda katta qo‘shimcha qo‘shildi". Bu qo‘shimcha odamda nutq paydo bo‘lishi va yangi signal tizimisi vujudga kelishidan iborat bo‘ldi. Organik dunyo taraqqiyotining shu bosqichida muhit bilan aloqa boglashning yangi faqat odamgagina xos bo‘lgan ikkinchi signal tizimisi qaror topdi.

"Homo sapens" oilasi paydo bulguncha hayvonlar, deb yozgan edi I.P.Pavlov - atrofdagi dunyoning hayvonlardagi xilma-xil retseptor mexanizmlarga ta’sir etadigan va markaziy nerv tizimining tegishli hujayralariga etib boradigan turli agentlaridan kelib chiquvchi bevosita taasurotlari orqaligina o‘shadunyo bilan aloqa qilar edi. Bu taasurotlar tashqi ob’ektalarning birdan bir signallari edi. Odamda ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signali talaffuz etiladigan, eshitiladigan, ko‘riladigan so‘zlar ko‘rinishda paydo bo‘lib, rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga etdi. Odamda so‘z alohida ahamiyat kasb etdi.

Odamda birinchi va ikkinchi signal tizimilari o‘zaro maxkam bog‘langan bo‘lib, bir-biriga doim ta’sir ko‘rsatib turadi. So‘zning signal sifatidagi ahamiyati bir-biri bilan qo‘shilib keladigan oddiy tovushlar bilan emas, balki so‘zning lugaviy ma’nosi bilan bog‘liqdir. It va yuqori darajali hayvonlarda so‘zga yoki jumlaga javobanshartli refleks hosil qilish mumkin, lekin hayvonlarda bu narsa so‘zning lug‘aviy ma’nosiga bog‘liq bo‘lmasdan, bir-biri bilan qo‘shilib kelgan muayyan tovushlarga bog‘liq bo‘ladi. Tovushlarning qo‘shilib kelishi jihatidan bir-biriga o‘xshash so‘zlar tanlab olinadigan bo‘lsa, u holda it bunday so‘zlarga, signal ma’nosi garchi boshqacha bo‘lsa ham, bir xil reaksiya bilan javob beraveradi.

Bolada ikkinchi signal tizimisining shakllanib borishi nutqning rivojlanishi bilan bevosita bog‘langan. Bola hayotining birinchi yilidagi so‘nggi oylari va butun ikkinchi yili nutq qaror topib boradigan davr hisoblanadi. Bolalarda nutq ning qaror topishi protsessi shartli reflekslar hosil bo‘lish qonunlariga muvofik o‘tadi. Bolalarda nutq reflekslari taqlid yo‘li bilan hosil bula boradi, bu reflekslar ning qaror topib, rivojlanishi esa bolaning katta yoshli odamlar bilan doimiy aloqa qilib turishiga, ya’ni ta’lim olishi, o‘rganishiga asoslangan.



Ekstroretseptorlarga teri, ko’z, quloq, hid bilish, ta`m bilish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi, ular turli xildagi tashqi ta`sirni qabul qiladi.

Interoretseptorlar esa ichki organlarda joylashgan, ular organizmning o’zida hosil bo’ladigan ta`sirni qa­bul qiladi. Proprioretseptorlar muskullar, paylar va bo’g’imlarda joylashgan retseptorlardir.

Ilk yosh davridagi bilimlar keyingi hayotning farovonligi va uzoq hayot kechirishiga asos bo’ladi. Tadqiqiotlar shuni ko’rsatadiki, qulay sharoitda o’sgan bolalar (Newille 2011). Erta maktab tadqiqotlari qaysiki quyi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda o’sgan bolalarga nisbatan muammoli bo’lib maktab davridagina aqliy va ijtimoiy taraqqiyot darajasi bo’yicha rivojlanib borganlar. Masalan 3 yoshli bola iqtisodiy tomondan og’ir sharoitda ota-onasining ish haqqi kam va ilmiy jihatdan bilimlari kam lekin bu bola maktab yoshidagi bolalarga hos xusuiyatga ega. Bu holat o’sib bormoqda kambag’al oilalarning bolalari 7 yoshdaham maktabga bora olmayaptilar. Ular sharoitlari tufayli ancha orqadalar. 14 yosh yoshdaham bu holatlar bor ular tengdoshlaridan 2 yilga orqadalar (Hirsch 2007).3



The factors that can undermine well-being in later life manifest them­selves very early on. Research shows that children growing up in poverty have poorer brain and cognitive development than children growing up in wealthier environments (Neville 2011). Studies of early-school leavers, who tend to come from lower socio-economic backgrounds, suggest that as early as preschool education they are likely to have developed patterns of under­achievement, problematic behaviour and poor attendance strongly associ­ated with the likelihood of failing to complete school. It has, for example, been found that by the age of three, children of poor homes whose parents have low educational attainment are already up to a year behind their middle-class peers in terms of school readiness and level of vocabulary. This gap continues to grow, and by the age of seven, poor children are already terms behind their middle class peers, while by age 14, they are almost two years behind (Hirsch 2007).

Bunday tizimlar bolalar bilan ularning kelajagi bilan bevosita bog’liq 1,292 ta b britan bolaalri orasidagi tekshiruv natijasida yuqoridagi holat 22,42, 60, 120 oyda bolaning aqliy rivojlanishga ta’sir etishi isbotlandi. (Feinstein 2000). Faynshtein takidlashicha 22 oydan keying natijalar oilaviy ahvolga bog’liqdir. Boy oilalar farzandlari esa ota-onalar bilan munosabatnign etibornig kamligi tufayli ularning aqliy rivojlanishiga ta’siri kuzatiladi. 120 oylik tekshiruvlar ashuni ko’rsatdiki boy oilalar farzandlariga qaraganda kambag’al oilalar farzandlari kuchli hissiy natija ko’rsatdilar.4



Such educational delays are not necessarily linked to the inherent abili­ties of these children. Figure 6 presents outcomes of research into inequality in early cognitive development of 1,292 British children assessed at 22, 42, 60 and 120 months (Feinstein 2000). Feinstein states that cognitive outcomes at 22 months have been shown to be related to family background. Yet the children of educated or wealthy parents who scored poorly in early cognitive tests had a tendency to catch up, whereas children of worse-off parents who scored poorly were extremely unlikely to catch up. In fact, at 120 months, the children with low cognitive outcomes at 22 months but from wealthier families outperformed children from lower socio-economic groups that had initially displayed strong cognitive outcomes.

Shartli rekflektor faoliyati nerv tizimining individual xosslariga bog‘liq. Oliy nerv faoliyatini belgilab beruvchi shu xossalar yig‘indisi har bir organizmning irsiy hususiyatlariga va avvalo hayot tajribasiga bog‘liq bo‘lib, nerv tizimining tipi deyiladi.




Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish