Asosiy qism
Plastmassalardan buyumlar ishlab chiqarish
Plastmassa - plastik (yunon. qayishqoq) va massa (lot. yumaloqfangan narsa) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan. Albatta, bu so‘z shartli tushunchaga ega. Birinchi kashf qilingan plastmassalar bostm va qizdirish natijasida muayyan shaklga aylanib, sovigandan keyin tashqi muhit ta’sirida ilgarigi holatiga qaylolmas edi. Keyinchalik issiqlik ta’sirida qayta ishlanadigan plastmassalar ham ixtiro qilingan. Jahonda birinchi bo‘lib plastmassa - selluloidni 1856- yili ingliz kimyogari Aleksandr Parkes ixtiro qilgan.
Plastmassalar shaklini qayta tiklanishi bo‘yicha termoplast va reaktoplast turlariga bo‘linadi. Termoplast plastmassalarning (masalan, polietilen, polivinilxlorid, polistirollarning) molekulalari bo‘ylama joylashganligi sababli issiqlik ta’sirida shaklini o‘zgartiradi. Ya’ni ulardan qilingan buyumlar chiqindilarini qayta ishlash mumkin. Reaktoplastlarning (masaian, aminoplast va ftoroplastlarning) molekulalari to‘rsimon joylashganligi sababli ularni qayta ishlab bo‘lmaydi.
Plastmassalar arzonligi va ba’zi xususiyatlari bo‘yicha boshqa materiaUardan qolishmasligi sababli, ishlab chiqarishda ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan materiallarning 20%ini plastmassa tashkil qiladi. Lekin ular parchalanmasligi tufayli atrof-imihitni ifloslaydi, o‘simliklartomirlarini oziqlanishiga to‘sqinlik qiladi va gidrofobligi (suv shimmasligi) uchun organizmga zarari bor. Jizzax viloyatida Italiya bilan hamkorlikda qurilgan «O‘zitalplast» turli xil xalq iste’mol mollari ishlab chiqarmoqda. Plastmassalar olinishi bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi: polimerizatsion hamda polikondensatsion qatronlar va tabiiy polimerlar asosida olinadigan plastmassalar.
Plastik materiallar yoki plastmassalar — sintetik yoki tabiiy yuqori molekulali birikmalar asosidagi organik materiallardir. Ular isitish va bosim natijasida oʻz shaklini oʻzgartirish va sovutilgandan keyin berilgan shaklni saqlab qolish qobiliyatiga ega.
Plastmassalar, plastik massalar, plastiklar — tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali birikmalar asosida olinadigan materiallar. Issiqdik yoki bosim taʼsirida qoliplanadi va qoliplangan shaklini mus-tahkam saklaydi. Plastmassalardan yasalgan mahsulotlar yengilligi, elektr tokini, issiqsovuqni oʻtkazmasligi, atmosfera taʼsirlariga chidamliligi, yemiruvchi muhitga, haroratning keskin oʻzgarishiga bardoshliligi, mexanik mustaxkamliligi yuqoriligi va murakkab shaklli buyumlar yasash mumkinligi bilan boshqa materiallardan ajralib turadi.
Plastmassalar polimerlarning turiga koʻra, termoplastlar va reaktoplastlarga boʻli-nadi. Termoplastlar tarkibida chiziqsimon yuqori molekulali birikmalar yoki sopolimerlar (polietilen, polistirol, polivinilxlorid va boshqalar) bor. Chiziqsimon polimerlar asosiga qurilgan Plastmassalar tarkibida plastifikatorlar, boʻyagichlar ham boʻladi. Plastifikatorlar yuqori temperaturada Plastmassalarning plastikliligini oshiradi va qoliplangan mahsulotni qayishqoq hamda sovuqqa chidamli qiladi. Termoplastlar sovuqqa chidamsiz, 60—100° dan yuqori temperaturada mustahkamligini tez yoʻqotadi. Lekin koʻpchilik termoplastlar zarbga chidamliligi, dielektrik tavsiflarining yuqoriligi, optik shaffofligi, ulardan murakkab shaklli buyumlar qoliplash osonligi bilan reaktoplastlardan farq qiladi. Termoplastlar oʻrtacha kuch va 60—100° temperaturada ishlaydigan (umumiy maqsadlarga moʻljallangan) asbob kismlari (etrollar, viniplast, polistirol), shuningdek, elektr va radiotexnika buyumlari (polistirol, polietilen, polipropilen, ftoroplast) tayyorlashda qoʻllanadi. Termoplastlardan ishlangan buyumlar kimyoviy taʼsirlarga oʻta chidamli (fotoplastlar, polistirol, polietilen, vinilplast), yeyilmaydigan (poliamidlar, polietilente-reftalat), optik shaffof (polimetil -metakrilat, polistirol) boʻladi.
Reaktoplastl ar tarkibida isitilganda yoki katalizatorlar (fenolformaldegid va karbamid smolalar) hamda qotirgichlar (epoksid smolalari, polisiloksanlar, toʻyinmagan poliefirlar) taʼsirida toʻrsimon tu-zilishga ega boʻlgan polimerlar hosil qilib qotadigan polimerlar boʻladi. Reaktoplastlardan tayyorlangan buyumlar qotganidan keyin issiqlik taʼsirida buzilmagunicha oʻzining shishasimon holatini saklaydi. Reaktoplastlarning tarkibida toʻldirgichlar, chiziqsimon polimerlar: qotish jarayonini rostlagichlar, boʻyagichlar, termostabilizator, antiseptiklar boʻladi. Reaktoplastlar toʻldirgichlar turiga koʻra, kukunli (yogoch u ni, asbest kukuni, kvars uni va h.k.), tolali (ip-gazlama, asbest tolasi, shisha tolasi), listli (qogʻoz, ip-gazlama, shisha toʻqimasi, yogoch shpon) xillarga boʻlinadi. Qo-tirilgan Plastmassalardan tayyorlangan buyumlar 100—350°da kuchning uzok, muddatli taʼsiriga bardosh beradi (polimer va toʻldirgich turiga qarab). Reaktoplastlar yuqori kuchda ishlaydigan, issiqqa uzoq chidaydigan, keskin atmosfera taʼsiriga bardosh beradigan va yaxshi dielektrik xossali boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.
Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va boshqalar) asosida olinadigan Plastmassalar qadimdan maʼlum. Sunʼiy polimer — nitrotsellyuloza (sellyuloza nitrati)dan tayyorlangan eng dastlabki P. selluloid boʻlib, u 1872 yilda AQSH da ishlab chiqarila boshlagan. 1906—10 yillarda Rossiya va Germaniyada tajriba sanoa-tida 1-reaktoplastlar — fenol-formaldegid smolalar asosida olinadigan materiallar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 30-yillarda sobiq SSSR, AQSH, Germaniya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda termoplastlar, polivinilxlorid, polimetilmetakrilat, poliamid, polistirollar ishlab chiqarishi tashkil etildi. Lekin Plastmassalar sanoati 2-jaxrn urushidan keyingi-na rivojlandi, 20-asr 50-yillarida koʻpchilik mamlakatlarda polietilen Plastmassalar koʻplab ishlab chiqarila boshladi.
Oʻzbekistonda 10 ga yaqin korxona Plastmassalarni qayta ishlaydi. Shulardan Toshkent plastmassa zavodi, Ohangaron qurilish buyumlari zavodi, Jizzax plastmassa ishlab chiqarish zavodi ixtisoslashgan korxonalardir.
Qurilishda Plastmassalar pollarga qoplashda va boshqa pardoz ishlarida, binolarni germetiklash, gidro- va termoizo-lyasiyalash, quvurlar, sanitariya-texnika uskunalari ishlab chiqarishda, yopmalar, dera-za, eshik, sayyohlar uychasi, yozlik pavilonlar tayyorlashda kullaniladi. Mashinasozlik materiallari ichida Plastmassalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Plastmassalar mahsulotlar tannarxini arzonlashti-radi, mashinalarning muhim texnik iqtisodiy parametrlari, massasi kamayadi, puxtaligi, ishonchliligi va h.k. oshadi. Plastmassalardan tishli gʻildiraklar, podshipniklar, roliklar, stanok yoʻnaltirgichlari, quvurlar, boltlar, gaykalar va boshqa ishlab chiqariladi. Plastmassalarning aviatsiyasozlikda keng qoʻllanilishiga sabab ularning yengilligi va texnik xossalarini oʻzgartirish imkoniya-tiga egaligidir. Raketa va kosmik kemalar ishlab chiqarishda ham Plastmassalar muhim ahamiyat kasb etdi. Reaktoplastlardan foydalanib reaktiv dvigatellar, samolyotlarning kuch agregatlari, raketa korpuslari, gʻildiraklar, shassi ustunlari, verto-lyotlarning parraklari, issiqlik saqlash elementlari, osma yonilgʻi baklari tayyorlanadi. Termoplastlar oyna elementlari, antenna suyurmalari va h.k. ishlab chiqarishda kullaniladi.
Plastmassalar kemasozlikda kemalarning korpusi va korpusli konstruksiyalar (asosan, shishaplastlar), kema mexa-nizmlarining detallarini tayyorlashda, kema xonalarini pardozlash, ularni issiq, tovush va gidroizolyasiyalashda ishlatiladi.
Avtomobil sozl i kda Plastmassalardan avtomobil kabinalari, kuzovlari va ularning yirik gabaritli qismlari, dvigatel, transmissiya shassi detallari tayyorlanadi.
Qishloq xoʻjaligida Plastmassalar sugʻorish inshootlari qurishda, tuproqni mulʼchlasht, urugʻlarni dorilash va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlashda ishlatiladi.
Tibbiyot sanoatida Plastmassalardan koʻplab asboblar, maxsus idishlar ishlab chikariladi. Jarroxlikda plastmassadan tayyorlangan yurak klapanlari, qoʻl-oyoq protezlari, ortopedik qoʻyilmalar, koʻz soqqasi va boshqa ishlatiladi
Hozirgi paytda plastmassa buyumlar turli usullar bilan ishlab chiqariladi. Bu usullarni tanlash polimer turiga, uning dastlabki holatiga, shuningdek, buyumning shakli va o'lchamlariga bog‘liq.
Usullarning ko‘pligi (30 dan ortiq), ularni sinflarga bo‘lish zarurligini taqozo etadi.
Bunda Mak-Kelvi tomonidan taklif qilingan, turli usullarni bir xil guruhlarga birlashtirish yo‘li to‘g‘riroq hisoblanadi. Bunda birinchi guruhga faqat fizik jarayonlarga asoslangan usullar, ikkinchi guruhga feqat kimyoviy jarayonlarga asoslangan usullar, uchinchi guruhga esa fizik-kimyoviy jarayonlarga asoslangan usullar kiritilgan.
Polimer moddalaming dastlabki holati, ulaming tarkibi, shu ningdek, turli fizik-kimyoviy jarayonlarga asoslangan usullarning sinflarga bo‘linishida keltirilgan.
Birinchi (I) guruhga bir xil fizik o‘zgarishga asoslangan — ekstruziyalash, kalandrlash, bosim ostida quyish va boshqa jarayon- lar kiritilgan (2- jadval). Bunda buyumlarning shakl olishi qovush- qoq-oquvchan holatda bo'lgan polim erning deform atsiyalanib sovitilishi hisobiga amalga oshadi. Bu jarayonlar qovushqoq- egiluvchan (вязкоупругий), Nyuton suyuqliklari bo'lmagan suyuq- liklarning oqish qonuniyatlari, polimerlarning kristallanishi yoki shishalanishi bMan tushuntiriladi. Bunda dastlabki xomashyo sifatida term oplastik polim erlar asosidagi granulalangan kompozitsiya ishlatiladi, biroq ekstruziyalash va kalandrlash usullari uchun quruq aralashtirilgan kukunsimon kompozitsiya yoki valslangan suyuq- lanmadan foydalanish mumkin.
Qayta ishlashning ikkinchi (II) guruhi umum iy diffuziyon- adgeziv jarayonlami (rotatsion shakllash, changlash va boshqalar) o ‘z ichiga oladi. Ayni paytda buyumlar kukunsimon massalar va flastm assalam i harorat ta ’sirida suyultirish va qotirish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Mustaqil guruhlarga (III) eritmalardan buyumlar olish (plyon- kalar quyish, tolalar shakllash, shpredinellash kabi) texnologik jarayonlari birlashtirilgan.
Polimer kompozitsiyalami ko‘piklash, shuningdek, polimerlar yoki suyuq formopolimerlarni m a’lum shaklda polimerlash guruhga (V) birlashtirilgan.
IV guruhning barcha jarayonlari uchun polimerizatsiya yoki polikondensatsiya reaksiyalari qonuniyatlari xarakterlidir. M onomer initsiator yoki katalizator bilan aralashtiriladi va suyuq holatda shaklga quyiladi, natijada kimyoviy reaksiya sodir bo‘lib polimer hosil bo'ladi. Shaklda monomerlarni polimerizatsiyalash usulida list holatidagi m ateriallar (organik shisha-list), shuningdek, turli konfiguratsiyadagi buyum lar olinadi (m asalan, kaprolandlar). Oriyentatsiya, pnevmovakuum shakllash va shtamplash usullarida yuqori elastik holatdagi list va plyonka materiallar qayta ishlanadi (VI). Ular kalandrlash yoki ekstruziya usullari bilan olinadi. Bu usullar uch u n polim erlarning cho'zilishdagi deform atsiyasi, rekristallanishi va oriyentatsiyasi xosdir. Shuning uchun ular VI guruhga birlashtirilgan.
Turli xil usullar bilan olingan buyumlarga qo‘shimcha ishlov beriladi.
Termoreaktiv materiallami qayta ishlash usullari ham shunga o'xshash sinflarga bo‘lingan. Bunda buyumlami pressmateriallardan yoki ayrim komponentlardan (suyuq polimerlar, to ‘ldiruvchilar, armirlovchi materiallar) tayyorlash mumkin.
V II guruhning barcha usullarida buyum larni shakllash (kompozitsiyaga zarur konfiguratsiya berish) qovushqoq - oquvchan holatda bo‘lgan pressmaterialning siljib oqishi hisobiga amalga oshadi, so'ngra bog‘lovchi material yordamida qotirilib suyuqlanmaydigan va erimaydigan holatga o'tadi. Bu jarayonlar umum iy fizik-kimyoviy qonuniyatlarni (nonyuton suyuqlikning qovushqoq oqishi va bog‘lovchi yordam ida qotish kimyoviy reaksiyasi) o‘z ichiga olgani uchun bir guruhga birlashtirilgan.
Suyuq bog‘lovchilar shimdirilgan, so'ngra qotirilib arm ir- lanadigan materiallarga m a’lum konfiguratsiya berib olinadigan usullar VIII guruhga birlashtirilgan.
Ko‘piradigan term oreaktiv kom pozitsiyalardan buyum lar tayyorlash maqsadida qollaniladigan qayta ishlash usullari IX guruhga kiritilgan. Bu usullarning o‘ziga xos tomoni shundaki, bunda g‘ovak hosil bo‘lishi va qotish kimyoviy reaksiyasi bir vaqtda sodir bo'ladi.
Plastm assalarni buyumlarga va yarim tayyor m ahsulotlarga aylantirishda quyidagilarga ahamiyat berish kerak:
— plastmassa yoki kompozitsion m ateriallarni ekspluatatsiya sharoitiga bog‘liq xususiyatlariga ko‘ra tayyorlash (ta’minlash);
— ulam i shaklni oson qabul qiladigan holatga o'tkazish;
— plastmassalarga buyum yoki yarim mahsulot shaklini berish ISallari va tegishli rejimlami yaxshi bilish;
—buyum yoki yarim mahsulotga tugallangan shakl berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |