Aim.uz
Avtomobilning asosiy agregatlari.
Reja.
1. Avtomobil asosiy qismlari va ularning vazifalari.
2. Avtomobil komponovkalari.
Har qanday avtomobil konstruksiyasida uch asosiy qismni ajratish mumkin: dvigatеl, shassi va kuzov.
Dvigatel yongan yonilg’ining issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradi.
Avtomobil shassisi aylantiruvchi lahzani dvigateldan yetaklovchi g’ildiraklarga uzatuvchi mexanizmlarni bir butun qilib birlashtiradi hamda dvigatel, kuzov, g’ildiraklar va ko’priklarni, osmalar va boshqarish tizimlarini joylashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shassi tarkibiga uch turkum mexanizmlar kiradi: transmissiya, yurish qismi va boshqarish mexanizmlari.
Avtomobil transmissiyasi aylantiruvchi lahzani bir zumda o’zgartirgan holda dvigateldan yetaklovchi g’ildiraklarga uzatib beradi.
G’ildirak formulasi 4x2 va orqa g'ildiraklari yetaklovchi bo’lgan ikki o’qli avtomobilning transmissiyasi ilashma, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, bosh uzatma, differensial va yarim o’qlardan iborat bo’ladi. Transmissiyaning sanab o’tilgan oxirgi uchta elementi konstruktiv jihatdan orqa ko’prik karteriga joylashgan bo’lib, alohida agregatni tashkil etadi.
Avtomobilning yurish qismi arava ko’rinishida bo’lib, u o’zida ramani, oldingi ko’priklarni, osmalar va g’ildiraklarni mujassamlashtiradi. Rama yurish qismining barcha elementlarini mahkamlash uchun asos bo’ladi. Yengil avtomobillarda bu vazifani kuzovning o’zi bajaradi.
1-rasm. Yuk avtomobilining dvigateli va shassisi;
1-dvigatel, 2-ilashma, 3-uzatmalar qutisi, 4-rul boshqarmasi, 6- orqa etaklovchi ko’prik (most), 7- rama, 8-ressor, 9-g’ildirak, 10- yonilg’i baki, 11-amortizator, 12- oldingi ko’prik.
Boshqarish me[anizmlari rul boshqarmasi va tormoz tizimidan iboratdir. Rul boshqarmasi oldingi g’ildiraklarni kerakli burchakka burib, avtomobilning harakatlanish yo’nalishini o’zgartirish uchun xizmat qilsa, tormoz tizimi esa avtomobilning tezligini kamaytirish, uni to’xtatish va o’z o’rnida tutib turish kabi vazifalarni bajaradi.
Avtomobil kuzovi haydovchi va yo’lovchilarni hamda yuklarni joylashtirishga mo’ljallangan. Yuk avtomobillarining kuzovi- kabina va yuk platformasidan iborat. Yengil avtomobillar kuzovi bir vaqtning o’zida yo’lovchilar va yuklarni joylashtirishga hamda dvigatel, transmissiya agregatlarini, yurish qismi va boshqaruv me[anizmlarini mahkamlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
2-rasm. Yengil avtomobil:
1-dvigatel, 2-kuzov, 3-yonilg’i baki, 4-orqa ressor, 5-orqa yetaklovchi ko’prik, 6-kardanli uzatma, 7-uzatmalar qutisi, 8-ilashma muftasi, 9-amortizator.
Avtomobilning uch asosiy qismini o’zaro joylashuviga qarab: avtobus, yengil va yuk avtomobillari turli xil komponovkfli bo’ladi. Yuk avtomobillarining barcha komponovkalarida dvigatel va haydovchi kabinasining bir-biriga nisbatan joylashishi alohida ajralib turadi. Hozirgi paytda kapotli va kapotsiz komponovkalar ko’p tarqalgan.
Kapotli komponovka (ZIL-130 avtomobili) avtozavodlarda uzoq yillardan beri qo’llanib kelinmoqda. So’nggi yillarda bu xildagi komponovkaning asosiy kamchiliklari, ya’ni haydovchi uchun atrofni ko’rishning yomonligi va massaning o’qlarga notekis taqsimlanganligi namoyon bo’lmoqda. Dvigatel qisman yoki to’la haydovchi kabinasiga joylashtirilgan kapotsiz komponovkaga nisbatan samarasiz hisoblanadi (MAZ va KamAZ), chunki massaning o’qlarga taqsimlanishi va haydovchining atrofni ko’rishi yaxshilanadi, ammo dvigatelga xizmat ko’rsatish qiyinlashadi. Yengil avtomobillarning komponovkalarida asosan, dvigatelning oldinda yoki orqada joylashganligi hamda oldingi yoki orqa g’ildiraklarni yetaklovchi bo’lganligi ajralib turadi. Dvigatel kuzovining old qismida joylashtirilib, orqa g’ildiraklari yetaklovchi bo’lgan komponovka klassik hisoblanadi hamda orqa yuritmali komponovka deyiladi. Bugungi kunda old yuritmali komponovka keng ommalashmoqda. Bunday komponovkalarda ham dvigatel kuzovning old qismida joylashtiriladi, ammo boshqariladigan oldingi g’ildiraklar yetaklovchi bo’ladi. Old yuritmali komponovkalarning asosiy afzalligi, ular yordamida avtomobil massasini 10 foizga kamaytirish hamda dvigatelni, transmissiya agregatlarini va yo’lovchilar o’rindiqlarini qulay joylashtirish imkoniyati tug’iladi. Ularning kamchiligiga to’xtalib, boshqariladigan oldingi g’ildiraklarga harakatni uzatish mexanizmlar konstruksiyasining texnologik jihatdan murakkab ekanligini aytib o’tish mumkin. Avtobuslar uch xil komponovkada tayyorlanadi: dvigatel old qismida joylashgan, dvigatel orqada joylashgan hamda dvigatel pol ostida joylashgan holda.
Tayanch iboralar: dvigatel, shassi, kuzov, konstruksiya, aylantiruvchi lahza, issiqlik energiyasi, mexanik ish, transmissiya, yurish qismi, boshqarish qismi, yetaklovchi g’ildirak, g’ildirak formulasi, platforma, komponovka.
NAZORAT SAVOLLARI:.
1. Avtomobilning asosiy qismlarini aytib bering.
2. Dvigatelning fazifasi nima?
3. Shassining fazifasi va tarkibini ayting.
4. Transmissiyaning vazifasini tushuntiring.
5. Avtomobillarning qanday komponovkalarini
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |