II. Konsrtuktor-texnologik qism
2.1. Texnologik jarayon rejimi
Quvur olish texnologik jarayonini tanlashdan oldin quvuming tashqi diametri, ichki diametri, qalinligi; profillar uchun quvurning eni, balandligi; kabellar uchun tashqi diametri yoki izolatsiya qatlamining qalinligini bilish kerak.
Ekstruziyalash usuli bilan quvur olish texnologik parametrlari plyonka olishdagi parametrlardan deyarli farq qilmaydi. Quvur olish uchun ishlatiladigan material, masalan, polietilen yuqori moleku- lar massaga (PTR kam) ega bo‘lishi kerak. Bu quvurni ekspluatatsiya qilish (yuqori bosimga chidamliligi) sharoitiga bog‘liq.
Silindr zonalari bo‘yicha polietilendan quvur olishda PE —PZ (P E -Y u Z ) uchun harorat (°C): 115(140); 120(160); 130(170);
140(190) bo‘ladi. Bu ekstruder kallagining 3- zonasida harorat (°C)
140 (210); 140 (220); 150 (220) bo‘ladi. Kalibrlovchi havoning ortiqcha bosimi (MPa): 0,08—0,1 (0,1—0,12) bo‘ladi.
Suyuqlanmaning kallakdagi bosimi 30 MPa gacha boradi. Suyuq- lanmaning kengayishini hisobga olgan holda quvuming ko‘ndalang kesim yuzasi (6) shakl hosil qiladigan kallak tirqishidan 10—15% ga katta bo‘lishi kerak.
Kalibrlangandan keyin quvur diametri uchlikning diametriga teng bo‘lgan holda 10—25% ga ortadi; quvur devori qalinligi esa kamayadi, ya’ni Duchlik > Z)mundshtuk.
Rossiya GOSTi bo'yicha 4 xil quvur ishlab chiqariladi (7-jadval). Ular bir-biridan suv bosimiga bardosh berish xususiyati bilan farq qiladi:
Yuqorida keltirilgan texnologik sxema bo'yicha Dtashq = 400 mm gacha, qalinligi 30 mm gacha bo'lgan quvurlar ishlab chiqiladi. Katta diametrli quvurlar olish uchun katta diametrga ega bo'lgan shnekli 'ekstruderlar qo‘llaniladi.
Quvur va shlanglar ishlab chiqarish uchun halqasimon to ‘g‘ri oqimli kallaklardan foydalaniladi. Uning tuzilishi 10-rasmda kel tirilgan
Kabellar, elektr tokini o‘tkazuvchi simlarni izolatsiya qilishda eks truderlarni shakllovchi kallagi boshqacha konstruksiyaga ega, ya’ni vkladishli bo‘ladi.
Murakkab profilga ega bo‘lgan buyirnilarni olishda suyuqlanmaga kattaqarshilik ko‘rsata oladigan kallaklar qo'llaniladi.
Polivinibdorid asosida tayyorlangan kompozitsiyadan ikki shnek- И ekstruder yordamida qattiq quvurlar olinadi. Bu quvurlar vinipiast quvurlar deb ham aytiiadi. Polietilenga nisbatan PVX kompozitsiya- sidan olinadigan quvuriarda ekstruziya harorati boshqacha bo‘lishi bilan ham farq qiladi. Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, vinipiast quvurlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi po‘lat quvurlarnikiga qaraganda
400 m arta kam. Shuning uchun ham bunday quvurlarning tashqi devorlarida suv tomchilari hosil bo‘lmaydi.
Agar polietilendan olinadigan quvurlami ekstruderdan chiqa- yotgan qovushqoq-oquvchan holatda 200°C dan ortiq ushlab turish mumkin bo‘lsa, PVX dan olinadigan quvurlar uchun 170—180°C dan ortmasligi kerak, chunki PVX ning termik turg‘unligi poli- etilenga nisbatan ancha past.
Polietilen va poliprolipendan quvurlar olishda (ayniqsa, tashqi
vodoprovod tarm oqlari uchun ishlatiladigan quvurlar) tarkibiga ( g ra n u la g a ) 2—2,5% miqdorida yorug‘lik stabilizatorlari — qurum q o‘sh ilad i.
Do'stlaringiz bilan baham: |