YAkun qildim: ko‘z yoshlariga
Ikki bois bor ekan asli. (U.)
Ba‘zan o‘y, xayol, ichki tuyg‘u ham anglashiladi:
Qiz o‘ylaydi: shunday oydinda
Ne sababdan yotishim darkorx (U.)
3)bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi keyingi gap oldingi gapning
xulosasini, natijasini anglatadi. Bunday gaplar grammatik jihatdan natijada, oqibatda,
toki, hatto kabi nisbiy so‘zlar bilan boglangan qo‘shma gaplarga o‘xshaydi:
U ketmon uradi: yuzi, ko‘ziga,
SHohi ko‘ylagiga sachrar suyuq loy. (U.)
Kun bo‘ladi; marmar va zilol,
Ko‘rinadi poyoni yo‘q ko‘k. (H. O.)
4)bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi keyingi gap oldingi gapning sababini
anglatadi. Bunday gaplar grammatik jihatdan chunki, negaki, sababki kabi
bog‘lovchilar va nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarga o‘xshaydi:
Bahodir deb atagil meni:
Hijroningga berdim-ku bardosh. (U.)
2.Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin kelganda, undan so‘ng
ikki nuqta qo‘yiladi: bunda ikki nuqta sanaluvchi bo‘laklarga diqqatni jalb qilish, ta‘-
kidlash vazifasini bajaradi. Ikki nuqta qo‘yilgan joyda pauza uyushiq bo‘laklar
orasidagiga nisbatan cho‘ziqroq bo‘ladi. Bunda umumlashtiruvchi so‘z ta‘kidlash
intonatsiyasi bilan aytiladi: Qo‘zg‘aldi butun xalq: ulug‘ rus, ukrain, o‘zbek, yaxudiy.
(G‘. G‘.)
Ba‘zan umumlashtiruvchi so‘z qo‘llanmaydi. Bunda yozuvchi sanaluvchi
bo‘laklarni alohida ta‘kidlash, unga diqqatni jalb qilish, nutqning ta‘sirchanligini
oshirish uchun uyushiq bo‘laklardan oldin ikki nuqta qo‘yadi. Ikki nuqtani bunday
qo‘llash uslubiy jihatlar bilan ham bog‘liq: Bittayu bitta o‘g‘lim bor: yuvosh,
mo‘min-qobil, odobli bola, uni hamisha so‘kkaning-so‘kkan, tiling kesilgur! (O.)
3.Muallif gapi bilan boshqarilgan sitata muallif gapidan so‘ng berilsa, undan
oldin ikki nuqta qo‘yiladi. Sitata har vaqt qo‘shtirnoqqa olingan bo‘ladi: SHiypondagi
shiorlar ko‘zimizga yalt etib ko‘rindi: «Mirzacho‘lni gullab-yashnab turgan vodiyga
aylantiramiz!» (Gazetadan)
4.Muallif gapidan keyin keladigan ko‘chirma nutqni ta‘kidlash uchun muallif
gapidan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi: Keyin, qovog‘i soliq, erdan ko‘zini uzmay
deydi:—«Domlam badjahl, uradi... (O.)
5.Quyidagi so‘zlardan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi:
a)masalan, misol, chunonchi. Bunda bu so‘zlar o‘zidan keyingi gapning oldingi
gap bilan munosabatda ekanligini, uning oldingi gapni isbotlovchi (to‘ldiruvchi)
qism ekanligini ko‘rsatadi.
- 82 -
Agar bu so‘zlar yuqoridagidan boshqa vazifada qo‘llansa, ulardan so‘ng ikki
nuqta qo‘yilmaydi: Sport ishlarida, masalan, futbolda, chaqqonlik muhim ahamiyatga
ega. Bu misolda masalan so‘zi kirish so‘z (to‘g‘rirog‘i:! «aniqlovchi» so‘z) sifatida
qo‘llangan, shuning uchun ikki tomondan vergul bilan ajratilgan.
b)qaror, reja, mavzu, maqsad, sabab, sababi so‘zlari yakka holda yoki
ta‘kidlaщ ma‘nosida qo‘llanganda, ulardan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi. Bunda
yuqoridagi so‘zlardan keyingi gaplar (qismlar) ularning ma‘nosini izohlaydi:
R e j a:
1.Kirish.
2.Asosiy qism.
3.Xulosa.
6.Ikki nuqta raqamlar orasida qo‘llanganda quyidagi ma‘nolarni bildiradi: a)
nisbatlash ma‘nosini: «Bunyodkor» — «Paxtakor» o‘yini 2 : 0 hisobida tugadi.
Bunday vaqtda ikki nuqta -u (-yu) yuklamalari yoki va bog‘lovchisi o‘rnida
qo‘llangan bo‘ladi. Qiyoslang: Uyin ikkiyu nol hisobida tu gadi; b) bo‘lish yoki
bo‘linish ma‘nosini: 6 : 2 (olti bo‘luv ikki yoki oltini ikkiga bo‘lish). Bunday
qo‘llash, asosan, matematik matnlarda uchraydi.
7.Ba‘zan ikki nuqta nutqni ixchamlash, uslubiy ravonlik uchun ishlatiladi. Bu holat
matbuotda ko‘proq uchraydi: MDX: Do‘stligimiz abadiy! Toshkent — Ukraina:
ulkan marralar sari. (Gazetadan)
Do'stlaringiz bilan baham: |