gap, sitata, ko‘chma ma‘noli gaplar, badiiy asar, gazeta, jurnal, muassasa, tashkilot,
«ochiluvchi qo‘shtirnoq», ikkinchi elementi «yopiluvchi qo‘shtirnoq» deb yuritiladi.
Buning grafik shakli „ " dan iborat bo‘lib, nashriyot ishlarida burchak (« ») shaklida
ham qo‘llanadi; ilmiy uslubda tirnoq shaklida (' ') ishlatiladi. Qo‘shtirnoqning bu uch
Qo‘shtirnoq o‘zbek tiliga rus tilidan kirgan. U rus tili grammatikasiga esa
tilshunos A.A.Barsov tomonidan kiritilgan. Qo‘shtirnoqni prof. A.A.Barsov
Qo‘shtirnoqning o‘zbek yozuvida tinish belgisi sifatida qo‘llanishy XIX
asrning 80-yillariga to‘g‘ri keladi. U «Turkiston viloyatining gazeti»da 1886 yildan
Qo‘shtirnoq, asosan, sintaktik-uslubiy vazifani bajaradi. Qo‘shtirnoq keyingi
vaqtlarda, hatto sarlavhalarda ham qo‘llana boshladi. Bu holat ko‘proq gazetalarda
- 77 -
uchraydi. Bu qo‘shtirnoqning qo‘llanish doirasi, vazifasi kengayganligidan dalolat
beradi.
Qo‘shtirnoq — chegaralovchi tinish belgisi. U yozma matndagi muayyan
qismlarni ajratib ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Masalan, o‘zganing gapini (ko‘chirma
gapni) muallif gapidan ayirib, uning boshlanish va tugallanish chegarasini va qanday
shaklda ekanligiii ko‘rsatadi.
Qo‘shtirnoq murakkab funksiyali tinish belgilari jumlasidandir. U, muayyan
qismni chegaralab ko‘rsatish bilan birga, uning muayyan matnga (qo‘shtirnoqqa
olingan qism kiritilgan umumiy matnga) sintaktik va intonasion jihatdan ma‘lum
darajada bog‘lanishini, unga muvofiqlashuvini ham ko‘rsatadi. Bu jihatdap
qo‘shtirnoq chegaralovchi tinish belgisi hisoblangan qavsdan farqlanadi: qavsga
o‘ralgan qismnipg umumiy matn bilan bog‘lanishi va unga muvofiqlashuvi shart
emas.
Qo‘shtirnoq ma‘lum qismning o‘zgaligi, muayyan nutqqa yotligi (chetdan
kiritilganligini), uning odatdagi ma‘noda qo‘llanmaganligi va boshqalarni ifodalash
uchun ishlatiladi. Qo‘shtirnoq yozma nutqning sintaktik-uslubiy strukturasi va
mantiqiy ravonligini ta‘minlashda katta ahamiyatga egadir. Qiyoslang: 1. Pokiston
prezidenti: «Biz ko‘pgina ajoyib narsalarni ko‘rdik». (Gazetadan) 2. «Razil urushga
chek qo‘yilsin!» (Gazetadan) Bu ikki misol gazetada sarlavha sifatida berilgan.
Bularda qo‘shtirnoq mazkur gaplarning odatdagidan boshqacha harakterga ega
ekanligini ko‘rsatib turibdi. Ikkinchi misolda muallif gapi qo‘llanmagan bo‘lishiga
qaramay, qo‘shtirnoq uning o‘zga nutq ekanligiii aniq ko‘rsatyapti.
Qo‘shtirnoq takroriy, oddiy va murakkab holatda qo‘sha qo‘llana oladi. U,
takroriy qo‘sha qo‘llanganda, ochiluvchi yoki yopiluvchi qo‘shtirnoqlar ketma-ket
qo‘llanadi. Bunda ulardan birining shaklini o‘zgartib ishlatiladi.
Qo‘shtirnoq quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:
1.Ko‘chirma (o‘zga) nutq qo‘shtirnoqqa olinadi. Ko‘chirma (o‘zga) nutq so‘z,
so‘z birikmasi, ibora va gap formalarida bo‘lishi mumkin. «Qaydan kelyapsizx
Bozordanmix Do‘ppilarnang narxi qandayx YAxshi foyda qildingizmix»— deb,
zerikmasdan igi-jigini surishtiradi. (O.)
Ko‘chirma nutq, uslub talabiga ko‘ra, muallif gapi bilan turlicha o‘rinlashuvi
mumkin. Muallif gapi ko‘chirma nutqning oldida, ketida va o‘rtasida keladi:
1) muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelganda, muallif gapidan keyin ikki
nuqta qo‘yiladi, so‘ng qo‘shtirnoq ochilib, ko‘chirma nutq bosh harf bilan
boshlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: