O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi


-mavzu. Ikki nuqta va uning qo’llanish o’rinlari



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/70
Sana31.12.2021
Hajmi0,82 Mb.
#268674
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
ozbek orfografiyasi va punktuatsiyasi

20-mavzu. Ikki nuqta va uning qo’llanish o’rinlari. 

 

Tayanch  tushunchalar:  Ikki  nuqta,  ikki  elementli,  aralash  qo‘llanuvchi  tinish 

belgi,  bog‘lovchisiz  qo‘shma gap, umumlashtiruvchi so‘z, sitata, muallif gapi, bo‘lish 

belgisi. 

 

Reja:  



1. Ikki nuqtaning o‘zbek yozuvida qo‘llanish tarixi. 

2. Ikki nuqtaning bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda qo‘llanilishi. 

3. Ikki nuqtaning uyushiq bo‘lakli gaplarda qo‘llanilishi. 

 

4. Ikki nuqtaning boshqa o‘rinlarda ishlatilishi. 

 

Ikki  nuqta  —  ikki  elementli  tinish  belgi.  U  nuqtaning  vertikal  holatdagi 

kombinasiyasi  asosida  shakllangan,  shuning  uchun  ketma-ket  emas,  ustma-ust 

qo‘yiladi,  ya‘ni  (:)  shaklida.  Ikki  nuqta  o‘zbek  tilshunosligida  «bayon  belgisi», 

«bayon alomati» deb ham yuritiladi. 



 

- 80 - 


Ikki  nuqtaning  o‘zbek  yozuvida  qo‘llana  boshlashi  XIX  asrning  oxiri  XX 

asrning  boshlariga to‘g‘ri keladi.    

Ikki  nuqta  aralash  qo‘llanuvchi  tinish  belgilar  jumlasiga  kiradi,  lekin  uning  gap 

oxirida  ishlatilishi  nisbatan  ko‘p  uchraydi.  «Men  asta  pastga  qarayman:  oriqqina, 

lekin  novcha,  bir  kishi  g‘azab  to‘la  ko‘zlari  bilan  bizga  tikilib  turibdi»  (O.)  misolida 

ikki  nuqta  gap  o‘rtasida  qo‘llangan  emas: u qo‘shma gap tarkibidagi birinchi gapning 

oxirida  qo‘llanib,  shu  gapning  keyingi  gap  bilan  ma‘lum  darajada  aloqadorligini 

ko‘rsatadi.  Ikki  nuqta  gap  o‘rtasida  yoki ayrim so‘zlardan so‘ng qo‘llanganda nutqni 

ixchamlashtirish  va uslubiy  ravonlik  uchun ishlatiladi,  ta‘kidni  bildiradi. 

Ikki 


nuqta 

gap  oxirida  qo‘llanganda  nutqning  ma‘lum  strukturada 

shakllanganligini  anglatadi:  ikki  nuqta  qo‘yilgan  gap  oxiridagi  pauza,  o‘z  harakteriga 

ko‘ra  nuqta  qo‘llangan  gap  oxiridagi  pauzaga  ancha  yaqinlashadi.  Ikki  nuqta 

ishlatilgan  gaplarda  ma‘lum  tugallanish  intonatsiyasi  bo‘lishiga  qaramay,  ma‘no 

jihatdan  fikrning  davomliligi  sezilib  turadi.  Shunga      ko‘ra  ular  nuqta  qo‘yilgan 

gaplardan  farqlanadi:—  Opangizning  adresi  bu  erda  yozilganku:  Shahrisabz  shahri, 

Devonbegi  ko‘chasi, 1- uy. (Gazetadan) 

Ikki  nuqta  sodda  gaplarda  ham,  qo‘shma  gaplarda  ham  qo‘llanaveradi.  Ikki 

nuqta  mohiyati  to‘la  ifodalanmagan,  uning  ma‘nosi  va  ma‘no  ottenkalari  o‘zidan 

keyingi  gaplar  vositasida  izohlanadigan  gaplar  oxirida  ishlatiladi.  Demak,  ikki  nuqta 

fikrning  to‘la  tugallanmaganligini,  bundagi  tugallik  keyingi  gap  orqali  ochilishini 

anglatish  uchun qo‘llanadi. Bu — uning asosiy vazifasidir. 

Yozma  nutqdagi  fikrning  undan  keyingi  gap  vositasida  izohlanishi,  izohlovchi 

va  izohlanuvchi  qismlar  o‘rtasidagi  sintaktik-grammatik  munosabatlar  turlicha 

bo‘lishi  mumkin.  Bunday  xilma-xil  munosabatlar  og‘zaki  nutqda  turlicha 

intonatsiyalar  vositasida  ifodalanadi.  Yuqoridagidek  munosabatlar  yozma  nutqda 

faqat  ikki  nuqta  orqali  ko‘rsatiladi.  Ikki  nuqta  qo‘llangan  matnlar  orasidagi  semantik, 

grammatik  munosabatlar matnda aniqlashadi.  Qiyoslang:   

Keng, ulug‘vorsan: Hazar, Boltiq, Azov bahring sening;  

Chuv, Dnepr, Sir,  Zarafshon, Neva, Don nahring sening. (U.) 

Bunda  ikki  nuqtadan  keyingi  qismlar  keng  va  ulug‘vorlikning  sababini 

izohlayotir;  ulug‘vorsan so‘zi esa ta‘kidlash, uqtirish intonatsiyasi  bilan  aytiladi.   

Ikki  nuqtaning  boshqa  tinish  belgilari  bilan  qo‘sha  qo‘llanishi kam uchraydi. U 

nuqta,  so‘roq,  undov,  nuqtali  vergul,  ko‘p  nuqta  va  vergul  bilan  birgalikda 

qo‘llanmaydi.   

Hozirgi  o‘zbek tilida ikki  nuqta quyidagi  o‘rinlarda qo‘llanadi: 

1.Bog‘lovchisiz  qo‘shma  gap  tarkibidagi  gaplarni  ajratish  uchun.  Bunda  ikki 

nuqta  qo‘shma  gap  tarkibidagi  birinchi  gapning  (qismning)  shaklan  tutallanish 

chegarasini  ko‘rsatib,  uning  keyingi  gap  (qism)  bilan  mazmuniy,  grammatik 

munosabatda ekanligini  ko‘rsatadi. 

 

Ikki  nuqta  bog‘lovchisiz  qo‘shma  gaplarda  qo‘llanganda,  uning  tarkibidagi  



gaplarning   o‘zaro munosabati turlicha bo‘ladi: 

1)keyingi  gap  oldingi  gapning  mazmunini  to‘ldiradi  yoki  izohlaydi, 

aniqlashtiradi.  Bunday  gaplar  maxsus  ta‘kid  intonatsiyasi  bilan  aytiladi,  grammatik 

jihatdan  ya‘ni,  binobarin  kabi  nisbiy  so‘zlar  bilan  bog‘langan  qo‘shma  gaplarga 

o‘xshaydi. Ikki nuqta qo‘yilgan joyda pauza o‘rtacha bo‘ladi: 



 

- 81 - 


Uning  she‘ri  misoli  oltin:  Ochiladi  o‘qigan  sayin.  (U.)  Yana  boshqa  bir 

g‘azalni  boshlaydilar:  nay kimi  hardamki, bazmi  vaslini  yor aylaram...  (O.) 

2)bog‘lovchisiz  qo‘shma  gap  tarkibidagi  oldingi  gapning  kesimi  qaradi,  diqqat 

qildi,  ta‘kidladi  kabi  ogohlantirish  ma‘nosidagi  fe‘l  bilan  ifodalangan  holda  ham  ikki 

nuqta qo‘yiladi: 


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish