- 3 -
1-mavzu: Talaba tanlovi fanining maqsad va vazifalari
Tayanch tushunchalar: fanning ob‘ekti, maqsadi, vazifalari, grafika, grafik
vositalar, yozuv, orfografiya, imlo me‘yorlari, orfoepiya, fonetika, morfemika, so‘z
yasalishi, marfologiya.
R E J A
1. Talaba tanlovi fani, uning o‘rganish ob‘ekti, maqsad va vazifalari.
2. Yozuvning tarixiy ahamiyati.Grafika.
3. Orfografiya haqida umumiy ma‘lumot.
4. Orfografiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Ushbu tanlov fanning o‘rganish ob‘ekti sifatida tilshunoslikning orfografiya va
punktuatsiyasi bo‘limlari belgilab olindi. Bundan asosiy maqsad talabalarning imviy
malakalarini mustahkamlash, savodxonligini oshirish, yozma nutq saviyasini yanada
boyitishdan iboratdir. Chunki har bir yuksak madaniyatli kishi to‘g‘ri yoza bilishi va
to‘g‘ri so‘zlay olishi kerak. Bu talab bo‘lg‘usi pedagoglar va filologlarga nisbatan
ayniqsa qat‘iy qo‘yiladi. Zero ular yosh avlodga umumiy savodxonlik va nutq
madaniyati to‘g‘risida saboq beradilar, ularni savodxonlikka va chechanlikka
o‘rgatadilar. Qolaversa, imloviy savodxonlik ma‘naviy yetuklikning belgisi sifatida
ko‘p asrlar ilgari e‘tirof etilgan. Xususan, Sharq xalqlarida chiroyli xat bituvchi,
savodxon kishilar – hattot nomi bilan alohida hurmat va ehtiromga loyiq deb
topilganlar.
O‘zbek ma‘rifatparvar shoiri Furqatning quyidagi baytida ham yuqorida
keltirilgan fikrlar o‘zining yorqin ifodasini topgan:
Mening maktab aro bo‘lur murodim,
Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim.
Muxtasar qilib aytganda, ushbu o‘quv kursining maqsadi hozirgi kunda ham
eng dolzarb masalalardan biri bo‘lgan imlo masalasi bo‘lib, talabalarning
savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgandir.
―O‘zbek orfografiyasi va punktuatsiyasisi‖ tanlov fanining asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
1. Orfografiyaning tilshunoslik fani bo‘limlari o‘rtasida hamda jamiyatda
tutgan o‘rni va ahamiyatini belgilash;
2. O‘zbek orfografiyasining tarixiy taraqqiyoti bilan tanishtirish;
3. Talabalarning o‘zbek orfografiyasining imlo tamoyillari va asosiy imlo
qoidalariga oid bilim va ko‘nikmalarini sistemalashtirish, amaliy jihatdan
mustahkamlash;
4. To‘g‘ri yozish bilan bog‘liq ayrim (xususiy) imlo qoidalari haqidagi
bilimlarni kengaytirish;
5. Punktuatsiyasining mustaqil soha sifatidagi o‘rni va ahamiyatini aniqlash;
6. O‘zbek punktuatsiyasisining tarixiy taraqqiyoti bilan tanishtirish;
- 4 -
7. Talabalarning tinish belgilariga oid umumnazariy bilimlarini yanada
boyitish;
8. Tinish belgilarining qo‘llanish o‘rinlari xususidagi bilim va ko‘nikmalarni
mustaxkamlash;
Orfografiya xususida fikr yuritilganda albatta yozuvning ahamiyati masalasiga
e‘tibor qaratish talab etiladi.
Yozuvning kelib chiqishi va taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan, uning
madaniyatining yuqori saviyaga ko‘tarilishi, shuningdek, siyosiy-huquqiy, estetik va
shu kabi fikrlarni qayd qilish hamda keyingi davrlarga qoldirishga bo‘lgan
ehtiyojning o‘sishi bilan bog‘liq. Demak, yozuv jamiyatning buyuk madaniy
kashfiyotlaridan biri bo‘lib, kishilik jamiyatining har tomonlama taraqqiyotida juda
katta o‘rni va o‘ziga xos ahamiyati bor.
Grafika yunoncha so‘z bo‘lib, yozuv degan ma‘noni anglatadi. U biror tilning
yozuv tizimini aks ettiradi. Grafika harfiy yoki noharfiy vositalar orqali
ifodalanadigan shartli belgilarning muayyan sistemasidir. O‘zbek tilininig grafik
tizimi hozirgi vaqtda quyidagi belgilardan iborat bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri
shakllantirishda ulardan keng foydalaniladi: harflar, tinish belgilari, arab va rim
raqamlari, orfografik belgilar – chiziqcha (ba‘zan chiziqcha –inchi affiksi o‘rnida
qo‘llanib, morfemani ham ifodalaydi), tutuq belgisi, xatboshi; ramziy belgilar (+, √ ,
>) va maxsus belgilardan iborat. Albatta har qanday yozuv sistemasining asosiy
grafik vositalari harflar va tinish belgilari hisoblanadi. Shuning uchun grafika
xususida gap ketganda alifbo masalasi asosiy o‘rinni egallaydi. Chunki alifbo va imlo
o‘zaro bog‘liq bo‘lib, alifboning o‘zgarishi imloning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Alifbo tuzishning etakchi tamoyillari quyidagilardir:
1) alifbodagi har bir harf tovush ko‘rsatishi kerak; 2) har bir tovushning o‘z
harfi bo‘lishi kerak; 3) alifboda tilda yo‘q tovush uchun harf bo‘lmasligi kerak. Lekin
dunyodagi hech bir alifboda bu tamoyillarga to‘liq amal qilinmagan. Lotin grafikasi
asosidagi yangi o‘zbek alifbosida ham ng, ch - harfiy birikmalari bir tovushni
ifodalasa, j (jurnal, jo‘ja kabi) harfi, o (ota, boks) harflari ikki ovushni ifodalaydi.
Odatda, har bir tovush yozuvi kelib chiqishi jihatidan fonetik xususiyatga ega
bo‘ladi. Tilning tarixiy rivojlanishi natijasida so‘zlarning talaffuzi ham o‘zgarib
boradi. Ammo so‘zlarning yozilishi esa so‘zlashuv nutqiga nisbatan turg‘unroq
bo‘lib, ko‘pincha ilgarigi holicha qoladi. Nutqning og‘zaki va yozma shakllari
orasida yuzaga kelgan bu noo‘xshashlik, uzilish ongli ravishda tugatiladi, yoki tilda
saqlanib, mustahkamlanib qoladi. Keyingi holatda tovush bilan harfning o‘zaro
munosabatida boshqacha yangi qonuniyatlar yuzaga keladi. Demak, yozuv orqali
o‘zaro aloqa qilishda faqat grafikaning o‘zi kifoya qilmaydi. Faqat grafik belgilardan
foydalanish orqali yozuvda asosan so‘zning tovush tomonini ifodalash mumkin.
Masalan: tomosha so‘zi tomosha, tomasha, tamosho kabi turlicha aytilishi va
yozilishi mumkin. Bulardan qaysi biri to‘g‘ri ekanligini aniqlash uchun bu o‘rinda
orfografik me‘yorlar talab etiladi.
Xulosa qilib aytganda, orfografiya to‘g‘ri yozish me‘yorlarini belgilovchi imlo
qoidalaridan iboratdir. Hozirgi o‘zbek orfografiyasining tarkibini 1995 yilda qabul
qilingan «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari‖ va ayrim (xususiy) imlo me‘yorlari
tashkil etadi.
- 5 -
Orfografiya tilshunoslikning quyidagi sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Grafika ham orfografiya ham yozuv bilan bog‘liq bo‘lsada, ular mazmunan
farqlanadi. Masalan: maktab so‘zidagi harflarning to‘g‘ri yozlishini (balandligi,
kengligi, ulanishi, satrda joylashishi kabi jixatlarini) grafika aniqlasa, so‘z oxiridagi
―b‖ undoshining og‘zaki nutqda jarangsizlanishi ―p‖ tarzida aytilsada, ―b‖ deb
yozilishini (maktap – maktab kabi) imlo me‘yorlari belgilaydi.
Orfografiyaning orfoepiya bilan bog‘liqligini imlo qoidalarining ko‘pchiligini
talaffuzga nisbatan belgilanishida ko‘rish mumkin.
Orfografining fonetika bilan aloqasi tovush o‘zgarishi hodisalari oroqali aks
etadi: burun – burnim, o‘g‘il – o‘g‘lim (sinkopa hodisasi).
Orfografiyaning morfemika, so‘z yasalishi, morfologiya kabilar bilan aloqasini
asos va qo‘shimchalarga, qo‘shma so‘zlarga oid imlo qoidalarida ko‘rish mumkin.