O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/70
Sana31.12.2021
Hajmi0,82 Mb.
#268674
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70
Bog'liq
ozbek orfografiyasi va punktuatsiyasi

Morfologik  tamoyil.  Bu  tamoyilga  ko‘ra  ,  so‘zlar  va  ularning  tarkibiy 

qismlari  jonli  so‘zlashuvdagi  talaffuziga  qarab  emas,  balki  asl  shakllariga  muvofiq 

yoziladi.  Masalan,  uchta,  kelib  turibdi,  shanba,  go‘sht  so‘zlari  og‘zaki  nutqda  ushta, 

kep  turipti, shamba, go‘sh shaklida aytiladi. Lekin morfologik tamoyilga asosan uchta 

, kelib turibdi, shanba, go‘sht tarzida yoziladi. 

Morfologik  tamoyil  o‘zbek  imlosining  etakchi  tamoyillaridan  hisoblanadi. 

Imlo  qoidalarining  ko‘pchiligi  morfologik  tamoyilga  asoslangan  holda  tuziladi.  Bu 

tamoyil  so‘z va morfemalarni  yozishda bir xillikni  ta‘minlaydi. 

Hozirgi  o‘zbek  imlosida  morfologik  tamoyil  asosida    yoziladigan  so‘z  va 

morfemalarga  namuna  sifatida   quyidagilarni  keltirish  mumkin: 

1.  Jarangli  b  tovushi  bilan  tugagan  so‘zlarda  bu  tovush  talaffuzda 

jarangsizlashib  p  tarzida  aytiladi,  ammo  imloda  asliga  ko‘ra  jarangli  b  tovushi  bilan 

yoziladi:  kitob,  maktab, mirob, javob, g‘olib, kosib, tartib, laqab, azob, asab, targ‘ib, 

mansab, maktub, choyshab kabilar. 

2.  Jarangli  d  undoshi  so‘z  oxirida  jarangsizlanib  t  tarzida  talaffuz  qilinadi, 

lekin  asliga binoan har vaqt d bilan yoziladi:obod, ozod, savod, mard, dard, maqsud, 

dilshod,  daromad,  iqtisod,  murod,  harid,  nobud,  mavjud,  madad,  qand,  zumrad, 

maqsad, tanqid va boshqalar. 

3.  O‘tgan  zamon  fe‘lining  III  shaxs  ko‘rsatkichi  -di,  o‘rin  kelishigi 

qo‘shimchasi  -da,  chiqish  kelishigi  qo‘shimchasi  -dan  jarangsiz  tovush  bilan  tugagan 

so‘zlarga    qo‘shilganda  progressiv    assimilyasiyaga  uchrab  -ti,  -ta,  -tan  shaklida 

aytiladi,  shunga    qaramay  morfologik  tamoyilga  binoan  har  doim  -di,  -da,  -dan 

tarzida  yoziladi:  o‘tti-o‘tdi,  ketti-ketdi,  tutti-tutdi,  ichti-ichdi,  bitti-bitdi,  ishta-ishda, 

ko‘kta-ko‘kda,  o‘tta-o‘tda,  ottan-otdan,  boshtan-boshdan,  o‘qishtan-o‘qishdan 

singarilar. 

4. Og‘zaki nutqda ba‘zan so‘z oxirida yonma-yon kelgan qo‘sh undoshlardan 

keyingisi    tushirilgan  holda  aytiladi, ammo yozuvda saqlanadi. Masalan do‘st, go‘sht, 

musht,  g‘isht,  juft,  to‘rt,  dasht,  past,  sust,  rost,  Toshkent  kabi  so‘zlarda  so‘nggi  t 

tovushi  va  xursand,  bahramand,  ixlosmand,  davlatmand,  garchand,  Samarqand 

singari  so‘zlarda  so‘nggi  d  tovushi  talaffuzda  tushib  qoladi.  Lekin  asliga  muvofiq 

bunday so‘zlar oxirida t va d undoshlari yozilaveradi. 



 

- 16 - 


5.  Ayrim  so‘zlarning  birinchi  bug‘inida  u  unlisi  kelsa,  ikkinchi  bo‘g‘inida  i 

tovushi  eshitiladi,  ammo  yozuvda  asliga  ko‘ra  u  tovushi  saqlanadi  va  yoziladi: 

uchqun,  uzun,  unum,  turmush,  tuzum,  butun,  turg‘un,  mushkul,  uzuk,  uchqur, 

quzg‘un, surgun, bulut, bugun, guruh, kumush, uzuk, usul, sukut, chuqur kabilar. 

6.  So‘z  o‘rtasida  kelgan  n  undoshi  o‘zidan keyingi b, m  undoshlari ta‘sirida 

m  bo‘lib  eshitiladi,  ammo  asli  bo‘yicha  doimo  n  bilan  yoziladi:  shamba,  sumbula, 

tambal,  mamba,  aylamma,  jomboz,  yombosh,  tambeh,  yomma-yon  (talaffuzda)  –

shanba,  sunbula,  tanbal,  manba,  aylanma,  jonboz,  yonbosh,  tanbeh,  yonma  -yon 

(yozuvda) va boshqalar. 


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish