O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'lim vazirligi a. Qodiriy nomli jizzax davlat pеdagogika instituti pedagogika – psixologiya fakul`teti



Download 315,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana25.02.2022
Hajmi315,48 Kb.
#462934
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kar bolalarni mehnatga tayyorlash usullari

 Birinchi yo’nalish: 
1.
Darsni tashkil qilishi. Ta’lim oluvchilarning kayfiyatlarini yaxshilash, 
darslarga xozirgini jadallashtirish, o’qitishning aniq-puxtaligi uchun 
bu bosqichmaning ahamiyati. Darsni tashkil qilishga eng kam vaqt 
sarflash va kunga misollar keltirish.
2.
O’quvchilarning bilim va malakasini tekshirish. Bilimlarni yuraki 
tekshirish va baholash. Ana shunday tekshirishni tashkil qilish. Uy 
topshiriqlarining bajarilganligini rag’batlantiruvchi vositalarni 
aniqlash. Yuraki tekshirishni muntazam va yalpi o’tkazishning 
samaradorligini oshirish shartini ifodalash.
3.
Bilimlarni chuqur tekshirish metodlari. Bilimlarga, ko’nikma va 
malakalarga qo’yilgan talablarga mos ta’lim metodlarini tasniflash 
to’g’risidagi qo’shimcha materiallarni to’plash va ularni amalda 
qo’llanishni yoritish. 
4.
Bilimlarni yakka tartibda tekshirish metodini uning turlarini, ijobiy 
va salbiy tomonlarini, bilimlarini tekshirishning boshqa metodlari 
orasida tutgan o’rnini yoritish. 
5.
Bilimlarni umumiy tekshirish. Bilimlarni umumiy tekshirishning 
mohiyati hamda ijobiy va salbiy jihatlari. Bilimlarni umumiy 
tekshirishning eng oqilona yo’llari. Bilimlarni tekshirish va 
baholashning boshqa metodlari orasida umumiy tekshirishning tutgan 
o’rni.
6.
Qisqa muddatli. Uning mohiyati. Erkin javoblarni talab qiluvchi 
dasturiy topshiriqlar bilan ishlash.


7.
Mavzuli diktant, yozma ish. Mavzuli yozma ishning turlari: a) savol-
javob yozma ish: v) aytib turilgan yozma ish.
8.
bilimlarni baholash. Bilimlarni baholash 5 baho tizimi uchun talablar 
mezoni.
Ikkinchi yo’nalish.
1. o’quv vazifalrni qo’yish. 
2. oldingi material bilan mantiqiy aloqa. 
3. tarixiy material qo’llash.
4. mantiqiy zarurat paytida o’quv vazifasini qo’yish.
5. ishlab chiqarish (kasb)ga oid materialdan foydalanish 
6. o’quv ishlab chiqarish topshiriqlaridan foydalanishda o’quv vazifalarini qo’yish.
7. O’quv ishlab chiqarish topishiriqlaridan foydalanishda o’quv vazifalarni 
qo’yish.
8. Ishlab chiqarish mazmundagi vazifalardan qo’llash
9. Eksperemental (ilmiy tajribaga asoslangan) vazifalarni qo’llash. 
10. Sinfiy vazifalarni qo’llash. 
11. Labaratoriyada o’tkaziladigan tadqiqot ishlardan foydalanish.
Uchinchi yo’nalish: 
tushuntirish – ko’rsatmali metodi. 
Reproduktiv metodi.
Muammoli metodi. 
Qisman izlanish metodi.
Muammolai tadqiqot metodi.
2. O’quv vazifasini hal qilish shakllari.
A) Hikoya qilish. 
B) suhbat
D) leksiya
ye) Yuriqnoma bilan mustaqil ishlash. O’quvchilarning darslik va yuriqnomalar 
bilan mustaqil ishlash.
f) mazuli pedagogik o’yin. 


G) tajriba va ko’rsatmali qo’llanmalarni namoyish qilish.
3. O’quv vazifasini hal qilishda shakl va metodlarning o’zaro aloqasi.
To’rtinchi yo’nalish:
1.
o’rganilgan materialni umumlashtirish.
2.
bilimlarni mustahkamlash va malakani shakllantirish metodlari.
3.
sinfiy vazifalarni hal qilish. 
4.
miqdoriy vazifalarni hal qilish. 
5.
eksperemental vazifalarni hal qilish.
6.
ishlab chiqarish mavzusidagi vazifalrdan foydalanish.
7.
Formulalarning xulsoasini takrorlash. 
8.
ta’lim beruvchining savollari bo’yicha umumiy takrorlash.
9.
o’quvchilarning hikoyasidan foylanish. 
10.
muammolarni ilgari surishdan qo’yilgan masalalarni hal qilish. 
11.
o’quv ishlab chiqarish topshirig’iga oid masalalani hal qilish. 
12.
dasturlashtirilgan kartochkalar bo’yicha materiallarni mustaxkamlash. 
13.
kinofilmlardan foydalanish. 
14.
topshiriqlarni bajarish bo’yicha o’quvchilarning mustaqil ishi
15.
yozma ishlar
16.
ijodiy vazifalarni hal qilish
Beshinchi yo’nalish:
1.
Uy vazifalari va o’quvchilarning mustaqil ishi. Kar o’quvchilarga ta’lim 
tarbiya berishda uy vazifalarning roliyu uy vazifalarini bajarish vaqti va 
uning o’rganilganligi va keyingi mashg’ulotlarga tayyorlik ko’rishga bog’liq 
bo’lishi.
2.
Uy vazifalrni muntazam ravishda tekshirish va ularga baho qo’yib borish – 
o’quv 
jarayonini 
muaffaqiyatining, 
o’quvchilarda 
ma’suliyatni 
shakllantirishning muhim sharti. Dars davomida noan’anaviy foydalanish 
uchun 1 soatlik dars mobaynida ko’rsatib o’taman.
Mavzu: Xisobchi:


Maqsad: O’Quvchilarga hisobchi kasbi haqida malumot berish mehnatga 
kasbga muhabbat ruhida tarbiyalash kasblarga qiziqish o’yg’otish. 
Jihozlar: Rasm, kitob, she’r, kampyuter.
Mashg’ulot metodi: suhbat, savol – javob, intervyu o’yini. 
Mashg’ulot shiori: mehnat qilgan elda aziz.
Mashg’ulot borishi:
A) salomlashish
B) navbatchi axboroti.
1. Mashg’ulotning chaqiriq bosiqich:
Sinf 3 guruhga bo’linadi va kasb nomlari bilan nomlanadi: “O’t o’chiruvchi”, 
“Uchuvchi”, “Hisobchi”.
1 shart: Kasblar sharxi o’yini o’tkaziladi.
O’yin qoidasi: kupik tomonlariga kasblar nomi yoziladi. 1 guruxdagi 
o’quvchilari kubikni ikkinchi guruhdagi o’quvchilarga tashlaydilar, qaysi so’z 
tushsa ular shu so’z asosida gap tuzishadi va o’sha kasbni sharxlab berishadi. 
Ikkinchi guruh uchinchi guruhga kubikni tashlaydi. Shu asnoda o’yin davom etadi. 
Guruhlar baholanadi.
2. Darsning mohiyatini anglash bosqichi:
O’quvchi: Hurmatli o’quvchilar, dunyoda kasb xunarlar juda ko’p. Har 
biringiz yoshligingizdan biror kasb tanlashingiz va shuningdek hunar 
o’rganishingiz kerak. Kasb va hunar egasi bo’lish uchun avvalo qunt bilan o’qish 
o’rganish lozim.
Hisobchi kasb mashaqatli va sharfli kasblardan biridir. Hisob kitob ilmini 
maktab partasidayoq qunt bilan egallash lozim. So’ngra kasb-hunar kollejlari va 
oliy o’quv yurtlarida o’qib o’z bilimingizni mustaxkamlashingiz kerak bo’ladi.
2 shart: guruhlar o’zligini she’riy yo’l bilan tanishtiradi.
- o’t o’chiruvchi
Eshiting o’g’il qizlar,
Judayam yaxshisizlar.
O’ynamanglar o’t bilan, 


O’ynamang gugurt bilan. 
Degan gaplarni eslang, 
Boshqacha o’yin izlang.
Uchuvchi
Men uchun baland osmon,
Yerda yurishdan oson. 
Buni qaranglar, buni 
Moskovaga har kuni. 
Giza borib kelaman,
Ovozday tez yelaman. 
Hisobchi
Har bir ishning reja, hisobi 
Ishxonada, ochig’in desak, 
Hisobchilik xavodek kerak.
Hisob kitob bo’lmagan joyda, 
Har qanday ish bo’lar befoyda. 
Idorada mehnat harakat, 
Kirim chiqim turli harajat. 
Qancha bo’ldi el uchun boylik, 
Kimga qancha maoshu, oylik. 
Hammasiga qotiraman bosh, 
Hammasiga qilaman bardosh.
Guruh baholanadi.
Maktab hisobchisi sinf honasiga taklif etiladi. U o’zining kasbi, kasb sirlari 
haqida o’quvchilarga gapirib beradi. Hisobchi o’quvchilarning savollariga javob 
beradi, kampyuterda hisob kitob ishlarini bajarib ko’rsatadi.
3 shart: guruhlar kasb-hunarga oid maqolalar aytishadi.
1 guruh:
1. kasbining - davlatining.
2. hunarli qo’l och qolmas.


3. oltinim bor deb maqtanma, kasbim bor, deb maqtanma.
2 guruh:
1. kasbi yaxshining, asabi yaxshi. 
2. hunarli kishi xor bo’lmas. Do’tu dushmanga zor bo’lmas.
3. xunarli qo’l xazinaning kaliti.
3 guruh:
1. kasb tanlash o’zinga bog’liq, odam bo’lish o’zinga bog’liq.
2. aql ko’pga yetkazar hunar ko’pga yetkazar.
3. boylik tugar, xunar tugamas.
Guruhlar baholanadi.
III.Mustahkamlash 
bosqichi: 
“Intervyu 
o’yini” 
asosida 
mavzu 
mustaxkamlanadi. O’yin qoidasi: bir o’quvchi jurnalist sifatida sinfga kirib keladi, 
o’quvchilar bilan salomlashadi, o’zini tanitadi. O’quvchilarga mavzu yuzasidan 
savollar beradi va javob oladi. Bunda taklufona so’zlardan foydalaniladi. Bu eng 
orqali o’quvchilar kasbga yo’naltiriladi va odam ahloq ruhida tarbiyalanadi.
IV Dars yakunlanadi va uyga vazifa qilib mehnatga oid maqolalardan yodlab 
kelish topshiriladi. 
O’qitishning ilg’or usullaridan biri ta’limning noan’anaviy shakillaridan 
hisoblanib, ular ta’lim jarayonini faollashtirishga hizmat qiladi. 


Kuzatishlardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, o’quvchilarga bo’lgan munosabat 
va talabning bir hilligi ularning shu darsga nisbatan qiziqishlari pasayib ketishga 
sabab bo’ldi. Shu sababli “auksion dars”, “ko’rgazma dars”, “trening dars”. “test 
so’rovi” kabi yangicha usullardan foydalanib ko’rdik.
Konfrensiya darsi. 5 – 7 sinfda texnik mehnat darslarida “yog’ochga ishlov” 
bo’limi mavjud. Bunda o’quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari hisobga olinib 
ularni 3 guruhga ya’ni o’lkashunoslar, durodgorlar va tadbirkor guruhlariga 
bo’linib olinadi. Ularga shu sohaga oid topshiriqlar beriladi. Konfrensiya darsini 
o’tkazish rejalashtiriladi.
Topag’onlik darsi: Darslardan olgan bilimlarini takrorlash va mustaxkamlash 
jarayonida o’yin ko’rinishidagi topag’onlik darsidan foydalanish mumkin. Shartga 
ko’ra, nimaning rasmi bo’lsa shunga oid ma’lumotlar bo’lajakligi ogoxlantirib 
qo’yiladi. Dars musobaqa tarzida o’tkazilib, faol o’quvchilar rag’batlantirib 
boriladi. Dars mobaynida o’quvchilarga turli ko’rinishdagi bosh qotirmalar 
tayyorlashini vazifa qilib berish mumkin.
Test sinov usuli: O’quvchilarga o’qituvchi 2 xil variantda test natijalarini 
tarqatadi. Bunda test materiallari variantlar bo’yicha sinf o’quvchilariga teng 
yetadigan darajada bo’lishi kerak. Bir xil variantdagi o’quvchilarning joylashuvi va 
munosabati dars davomida e’tiborga olinadi. Darsning o’z o’zini boshqarish va 
natijalarini baholash qismiga 10-15 vaqt sarflanadi. Qolgan vaqtlarda darsning 
boshqa bosqichlari amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilarni 100 foiz baholashga 
erishiladi.
Roli saxnalashtirish darsi. Bu mashg’ulot saxnat ko’rinishda tashkil etiladi. Bu 
usulda sinfdagi har bir o’quvchining qatnashishiga erishiladi. Qatnashuvchilar 
mavzu xususiyatiga ko’ra zarur mehnat qurollari va boshqa anjomlar, turli 
buyumlardan namunalar, ramziy kiyimlar va boshqa zurur narsalar.


Tayyorlab qo’yiladi. Shundan so’ng ma’lum bir metal qiyofasida sahnaga 
chiqib so’zlaydilar. So’zlari ko’rinishlari va harakatlari bilan darsning jonli, 
qiziqarli chiqishi ta’minlanadi.
Auksion dars: mehnat va kasb ta’limi mashg’ulotlarning samaradorligini 
oshirishdagi qulay usullardan yana biri auksion darsidir. Auksion darsni “traktorlar 
va qishloq xo’jalik mashinalari faniga” oid “pluklar” mavzusi yuzasidan 
ko’rishimiz mumkin. O’quvchi auksion boshqaruvchi rais vazifasini bajaradi. Bir 
necha o’quvchilar esa ishlab chiqarish korxonalarining savdo vakillari, qolgan esa 
xaridorlar bo’lishadi. O’qituvchi darsni boshlab auksionni ochib beradi. “Xurmatli 
xaridorlar bugungi auksionimizga yerga ishlov berish uchun mo’ljallangan turli hil 
pluklar qo’yilgan. Pluklar haqida ishlab chiqarish korxonalarining savdo vakillari 
ma’lumot berishadi. Marxamat”. 
3 ta o’quvchi navbati bilan sahnaga chiqib rasm, plakat, hamda 
dyobroektorlar yordamida bir necha klubni ta’riflab, texnik tavsifnomasi 
afzalliklari, ishlashdagi kafolat muddatlari haqida axborot beriladi.
Trening darslari: Mehnat va kasb ta’limi darslarida o’qitishning qo’llanishi 
mumkin bo’lgan faol usullaridan yana biri trenning mashg’ulotidir. Trening so’zi 
trenerovka qilish so’zidan olingan. Trening dasrlari qayta aloqa asosida o’qituvchi, 
o’quvchilarning fikrlarini bilib, bilimlarini yanada boyitib yana o’zlariga qaytarib 
beradi. Dars davomida faqat o’qituvchi ishlamasdan o’quvchilar ham tengma-teng 
ishlaydilar. Yuqoridagi kabi dars usullarini qo’llash orqali o’quvchilarini mustaqil 
ishlashga, nazariy bilimlarni amalda qo’llashga o’rgatish, ularning nutqini o’stirish, 
darsdagi faolligini oshirish darsda fanlararo ta’minlashga katta yordam beradi.


XULOSA 
Barchamizga ayonki inson qalbiga yo’l avval – tarbiyadan boshlanadi. 
Ta’lim-tarbiya esa ong mahsulidir. Shunday ekan yosh avlodni mustaqil va keng 
fikrlash qobiliyatigva ega bo’lgan ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga 
yetkazish. Ta’lim tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasidir degan edi 
Prezidentimiz o’zining Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch asarida eshitishida 
nuqsoni bo’lgan bolalarni mehnat tarbiyasining mazmuni va taxlili shundan 
iboratki, kar o’quvchilar mehnat so’zining ma’nosi bilan tanishligi anglab olishligi, 
ularga mehnat to’g’risida umuminsoniy xislatlarini tushuntirish va ta’limiy 
dunyoqarashini shakllantirishdir.
Mehnat qilish uchun kerak bo’lgan barcha kerakli manbalarni shakllantirish 
mehnat va kasb ta’limi dasturining mazmuni bo’lib tanishtirish o’quvchi yoshlarni 
va aholini mehnat va kasb-hunarga yo’naltirish tizimining rivojlantirish va 
takomillashtirish vazifalarini qo’ymoqda. Kar bolalar tug’ma yoki ilk yosh davrida 
eshitish qobiliyatining chuqur va turg’un yo’qolishi oqibatida maxsus pedagogik 
nutqni egallay olmaydigan bolalar. Karlik nutqiy muloqotda nutqning mustaqil 
egallashlariga to’qinlik qiluvchi eshitish nutqining og’ir darajada yo’qolishi.
Kech kar bo’lib qolgan bolalar 4-5 yoshda yoki undan ham kechroq davrida 
eshitish qobiliyati yo’qolgan. Nutqi saqlanib qolgan bolalar, nutqi saqlanishi 
karlikning yuzaga kelish vaqti hamda bolaning o’sish sharoiti bilan bog’liqdir. 
Bolani tizimli ravishda tashxis yo’nalishi nutqining saqlanishi ta’minlaydi. 
Ma’lumki mehnat ta’limni samaradorligini ta’minlashda bevosita maqbul ta’lim 
mazmuni shakli, metodlari va vositalarini tanlash, malakali o’qituvchi muxandis 
pedagoglar bilan ta’minlash. Moddiy texnik va o’quv uslubiy baza yaratish karlar 
bilan bog’liq. Lekin turli xil viloyatlardagi olib borilayotgan ishlar bilan 
tanishganimizda. Ishlarimiz xal zamon talablari darajasida emasligiga guvoh 
bo’lamiz.


Buning sabablaridan muhimlari joylarning mutaxassislarga bo’gan talab va 
ehtiyojlarni to’la qonli hisobga olmay mehnat dasrlarning olib borilishi. Bu 
ayniqsa ommaviy hisoblangan bo’yoqchilar, qish teruvchi, duradgor, chilangarlik 
bo’yicha kichik mutaxassislar tayyorlashda va o’rgatishda yaqqol ko’zga 
tashlanadi. Shunday kerakli kasblarni karlarga o’rgatishda maxsus bilim ko’nikma 
va malakaga ega bo’lgan surdopedagog, mehnat ta’limi fani o’qituvchi dars 
berishsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Kar o’quvchilarga qo’yiladigan mehnat 
ta’limi darslari tashkil etilishi va ularga qo’yiladigan talablar.
Mehnat o’quvchilar faoliyatining asosiy turi bolalarga ta’sir ko’rsatishning 
ularda ma’naviy qiyofani shakllantirishda asosiy omilidir. Lekin o’z xususiyatiga 
ko’ra kar bolalarda mehnat qanday bo’lishi kerak. Respublikamizda mehnatga 
yo’naltirilgan maxsus maktab internatlar davlat siyosati darajasiga ko’ratirilgan 
shu bois ta’lim tizimining maxsus maktab tizimi to’g’risida muammo davlat 
miqiyosida xal qilinmoqda. Mazkur dasturda bolalarni jismoniy rivojlantirish 
mehnat faoliyatini oshirish, nutq va eshitish qobiliyatini rivojlantirish tabiat bilan 
tanishtirish turli masalalar qamrab olgan. O’quvchilarni mustaqil xolatga 
tayyorlash va moslashtirish maqsadlarini nazarda tutadi. Shunday muammolarni 
hal etishda maxsus maktabda faoliyat olib boruvchi mutaxassis defektologlar kar 
va zaif eshituvchi yordamga muhtoj o’quvchilarni sog’lig’ini mustaxkamlash, 
eshitishni saqlanib qolagan salomatligini muxofaza qilish, tibbiy gigiyenik hamda 
valeologik bilimlardan xabardor bo’lishlari xamda ularni o’z amaliy faoliyatlarida 
qo’llay olishlari hozirgi davr talabidir. Xulosa qilib yana shuni ta’kidlab o’tish 
kerakki kar va zaif eshituvchi bolalarni mehnatga o’rgatishda oila, mahalla, ko’cha, 
maktab, kasb-xunar kollejlarining bir yoqadan bosh chiqarib to’g’ri yo’nalish 
belgilab olishlari katta samara beradi. Masalan, oilada xovlining bir burchagida 
mehnat qilishi uchun kichik maydon ko’chada davrozaxona ko’cha yurakcha va 
tarmoqada ishlash har oyda, yilda, xaftada obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish 
qurilishi ishlariga maktab mehnat sinf xonasi mehnat to’garagiga jalb qilish va 
bolaning to’g’ri mehnatga o’rgatish shanbaliklarda mehnatsevarlikning xashari 
degan tushunchalarida mehnat qilish odatiga o’gatishdir. 



Download 315,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish