Bog’lov materiallari, oqliklar va buyumlarni sterilizasiyasi
Bu bosimi orqali sterilizasiya qilinadi – avtoklavga va boshqa bug’ oqadigan apparatlar yordamida bog’lov materiallari, oqliklar va buyumlarni sterilizasiya qilish uchun biks qutisiga qoidaga binoan tartib bilan ketma-ket joylashtiriladi. Biksni avtoklavga joylashtirishdan oldin uning qopqog’ini mahkam yopish, yon devorida bo’lgan teshiklarni esa ochiq qoldirish kerak. Biksni avtoklavga joylashtirib qopqog’ini o’zida bo’lgan boltlar yordamida mustahkam berkitish kerak. Avtoklavning pastki kranidan havo chiqishi bilan kran yopiladi va avtoklavning ichki bosimini 1 atmosferaga yetkazib, u yerdagi bo’shliqlarda joylashgan sovuq havo chiqariladi, shundan so’ng kran yopiladi va kerakli bosimga ko’tarilgan muddatdan boshlab sterilizasiya jarayoni boshlanadi. Qoidaga ko’ra avtoklav usuli bilan sterilizasiya kilish uchun 1 atmosfera bosimda 40 daqiqa, 1,5 atmosferada 30 daqiqa, 2 atmosferada 20 daqiqa vaqt sarflanadi.
Dazmol yordamida sterilizasiya o’tkazish usuli
Ishni boshlashdan oldin dazmollangan xalatni kiyib, qo’llarni Operatsiyaga tayyorlagandek tayyorlash kerak. Keyin ish stoli ustiga ikki-uch qavat choyshab to’shab, u yaxshi dazmollanadi va uning ustida sterilizasiya qilinadigan materiallar dazmollanadi (dazmolning harorati 1500). Agar bog’lovchi materiali dokadan bo’lsa, unda bir tomonlama, qalin kiyim-kechak materiallari esa ikki tomonlama dazmollanadi. Dazmollangandan keyin bu materiallarni yaxshi tekislab biks ichiga joylashtirish lozim.
Tikuv materiallarini sterilizasiya qilish usullari
Ipak va paxta iplarni sterilizasiya qilishdan oldin ularni yaxshilab sovun bilan issiq suvda yuvib, shisha g’altakka bo’sh o’raladi, undan keyin sterilizasiyani bajarish uchun quyidagi usullardan birortasini qo’llash mumkin:
N.V. Sadovskiy usuli.
Ipakni (yoki ipni) 15 daqiqa davomida 0,5 % novshadil spirti eritmasiga botirish kerak. Undan keyin ipni toza qisqich bilan 2 % formalin eritmasiga, 650 spirt aralashmasiga ko’chirish lozim (2,0 formalin, 68,0 960 spirt, 32,0 suv) ana shu eritmada ipni foydalanib bo’lguncha saqlash kerak. Lekin 15 daqiqadan kam bo’lmasligi shart.
Denis usuli.
Ipak (yoki gazlama ip) 1:1000 sulema eritmasida 15 daqiqa qaynatiladi. U ishlatilguncha toza spirtda saqlanadi. Lekin ipni ishlatishdan oldin 1:1000 sulema eritmasida qaytadan 15 daqiqa qaynatiladi.
Koxer usuli.
Ipakni yog’sizlantirishdan oldin uni 12 soat mobaynida avval efirda saqlab, keyin 1:1000 sulema eritmasida 10 daqiqa qaynatib, toza qisqich orqali toza spirtga ko’chirish kerak. Operatsiyadan oldin ipak ipni yana shu sulema eritmasida ikkinchi marotaba qaynatib olish kerak.
Ginkovskiy usuli.
3 soat mobaynida ipak ipni 8 % formalin va 5 % taninning teng qismli eritmasida saqlash kerak.
Tur usuli.
Ipak 1 % yod eritmasida 24 soat mobaynida ushlanadi.
Kaprondan ishlab chiqilgan iplar 20 daqiqa mobaynida distillangan suvda qaynatilib sterilizasiya qilinadi, shuning bilan birga sintetik materiallardan ishlab chiqilgan iplarni ham shu usul orqali sterilizasiya qilish kerak.
Gros-Bartolemi usuli.
Gazlama iplarni 4 % formalinning suvdagi eritmasida 24 soat mobaynida saqlab sterilizasiyaga erishiladi.
Gubarev usuli.
Ketgutni sterilizasiya qilish. Ketgut 12 soat benzinda ushlab yog’sizlantiriladi, qurutiladi, keyin 30 sm uzunligida alohida-alohida kesiladi. (Har bir bog’lamda 10-20 dona). Uni 14 soat mobaynida yod eritmasida va kaliy yoditda (1,0 kristalli yod, 20 kaliy yodi, 100,0 spirt rektifikat) saqlash kerak.
Pokotilo usuli.
Ketgutni yog’sizlantirmasdan 4 % formalin eritmasiga 72 soat solib qo’yish kerak.
Sadovskiy-Kotilev usuli.
Ketgutni 0,5 % novshadil eritmasiga 30 daqiqa solib, keyin toza qisqich bilan uni 2 % formalin eritmasida tayyorlangan 650 spi rtga o’tkazib, ishlatilgunga qadar saqlash kerak.
Mashg’ulot № 4
Do'stlaringiz bilan baham: |