Narkozga qarshi kursatma
Narkoz qoramollarda qiyin va xavfli kechadi. Ayrim narkotik dori vositalari hayvon go’shtida hid qoldiradi. Tana harorati yuqori, qari hayvonlarda, bug’ozlik davrida xo’jalikda infeksion kasallik tarqalib karantin quyilgan bo’lsa hayvonlarda chuqur narkoz o’tkazilmaydi.
Narkoz o’tkazish 2 xil usulda amalga oshiriladi.
1.Ingalyasion – (nafas yo’llari orqali).
2.Noingalyasion - (nafas yo’llaridan tashqari).
Ingalyasion – (nafas yo’llari orqali) narkoz ko’proq oddiy – ochiq usulda, narkoz maska (hayvon tumshug’iga moslashgan simli, marli bilan 2-3 qavat qilib tikilgan asbob) va tomizgich yordamida it, mushuk, cho’chqa va mayda hayvonlarda qullaniladi.
Ingalyasion narkoz uchun bo’g’lanuvchi, gaz shaklidagi narkotik vositalaridan: efir, xloroform, azot I oksid, ftorotan qullaniladi.
Noingalyasion narkoz (nafas yo’llaridan tashqari) – veterinariya amaliyotida qullanilib – ularga farmakologik dori vositasidan alkogol, geksinal, tiopental natriy, xloralgidrat, norkolan va hokazolar. Buyinturuq venasi, to’g’ri ichak, muskul orasiga, teri ostiga, og’iz orqali, oshqozonga, qorin bushlig’iga yuboriladi.
Narkozning kechish darajalari
Ingalchsion narkoz – klinik jihatdan to’rt bosqichda kechadi.
Birinchi bosqich – analgetik – juda qisqa daqiqa ichida bo’lib hayvon beparvo, e’tiborsiz bo’ladi.
Ikkinchi bosqich (quzg’alish) – markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilib, bezovtalanish, nafas olish va yurak ritmi tezlashgan, kuz qorachig’i kengaygan, muskullar tonusi kuchaygan, qon boisim kutarilgan, sulak ajralishi kuchaygan, xoxlamagan holda siydik va tezak ajralish sfinktrlari bushab qoladi.
Uchinchi bosqich (xirurgik) – hayvon to’rt davrli narkoz holatiga o’tib Operatsiya qilish uchun sharoit yaratiladi.
To’rtinchi bosqich (uyg’onish) – narkotik dori vositasini berishdan tuxtamasak, hayvon o’z holatiga qayta boshlaydi.
Qoramollarda narkoz o’tkazish
Alkagolli narkoz – og’iz orqali 1 kg tirik vazinga 1,5 – 2 ml miqdorda 40 foizli spirtli eritma ichiriladi. 30 foizli spirtli spirtli eritma buyinturuq venasi orqali yuborilganda organizmga birdaniga ta’sir qilib organizmni yarim narkoz xolatga tushiradi. Qoramollarni tuliq narkozga tushirish xayvon organizmi uchun xafli bulib xisoblanadi. Spirtli eritmalarni og’iz yoki kon tomi orqali yuborish bilan bir qatorda qushimcha xolda Operatsiya o’tkaziladigan joy maxalliy og’riqsizlantiriladi.
Atropin xloralgidrat narkozi – Kryuchkv usuli buyicha qoramolning yoshi og’irligini hisobga olib 1 foizli atropin sulfat eritmasi 5 -10ml. miqdorda teri ostiga yuboriladi. 5 daqiqadan so’ng 1kg tirik vaznga 1ml miqdorda fiziologik eritmada tayorlangan 15 foizli xloralgidratni tana xarorati darajasigacha isitib buyinturuq venasi orqali sekin asta extiyokorlik bilan yuboriladi.
Ixtisoslatirilgan fermer xujaliklarida, insektorlardagi qoramollarning barmoq va tuyoqning yiringli jarayonlarida, buqalarni axtalashda, birinchi jarroxlik yordami kursatilganda neyroleptanalgeziya guruxiga mansub 2.5 % li amnazin eritmasidan 25kg tirik vaznga 1ml. miqdorda yoki 100kg.tirik vaznga 1,5ml rompun eritmasi mushaklar orasidan yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |