Bog'liq Arziyev Xidir Оператив хирургия ва анестезиология
Mahalliy og’riqsizlantirish 1. Yuzaki og’riqsizlantirishni shilliq pardalarda va ko’z kon’yuktivasida Operatsiya o’tkazish vaqtida qo’llaniladi. Pipetka yoki shpris (ignasiz) orqali ko’zning kon’yuktivi xaltasiga 3-4 tomchi 3% kokain eritmasi tomiziladi. Og’iz bo’shlig’i, burunga, urg’ochi pardasiga 5% kokain yoki novokain eritmasini kichkina cho’tka bilan 2-3 marotaba ustma-ust surtish kerak.
2. Xloretil yoki efirni mayda zarrachalarga aylantirib yuzada joylashgan to’qimalarni sovutish usuli bilan og’riqsizlantirish. Xloretil solingan idishni (flakon) kaftga olib panjalar orasida isitilishi natijasida bug’ shakliga o’tib shishaning sindirilgan naychasidan shildirab chiqib, to’qimani sovutadi, natijada shu joyning sezish qobiliyatini ancha pasaytiradi.
3. Jarrohlik ishlarida ko’pincha infiltrasiya (organizm to’qimalari va xujayralarida novokain eritmasining to’planish jarayoni) usuli qo’llanilib og’riqsizlantiriladi. Operatsiya o’tkaziladigan joyning to’qima oralig’iga 0,5-1% ba’zi hollarda 2% novokain eritmasini yuborib og’riqsizlantiriladi.
4. O’tkazuvchanlik (provodnikovыy) og’riqsizlantirish usulini bajarish uchun analgetik moddasini sezuvchan nervlar joylashgan qismga yuborish kerak. O’tkazuvchanlik og’riqsizlantirish usuli ikkiga bo’linadi: markaziy va atrof tashqi (periferiya). Birinchisi bo’yicha nervni blokirovka qilish uchun analgetik moddani bosh miya bo’shlig’idan yoki orqa miya kanalidan chiqish nuqtasiga, ikkinchisi bo’yicha eritma nervning bironta novdasi joylashgan nuqtasiga yuboriladi.
O’tkazuvchanlik usulida og’riqsizlantirish 3 ga bo’yilinadi:
Intranevral og’riqsizlantirish usuli bo’yicha analgetik moddani to’ppa-to’g’ri nerv qobig’iga (qalinligiga) yuborish lozim;
Perinevral og’riqsizlantirish – novokain eritmasi nerv tanasining yaqiniga yuboradi;
O’tkazuvchanlik og’riqsizlantirish usullarining orasida ikkinchi usul ayniqsa tez-tez qo’llaniladi, anna shunda nerv va yuborilgan eritmaning orasida joylashgan to’qima orqali nerv o’ziga ta’sir oladi – bu usul paranevralli og’riqsizlantirish deb ataladi.
O’tkazuvchanlik usulida og’riqsizlantirish usuli bo’yicha nervning qalinligi, tana tuzilishiga qarab 2-6% gacha novokain eritmasi qo’llaniladi.
5. Vishnevskiy usuli qattiq sudralib yuruvchi infiltrasiyaning asosiy mohiyati shundaki, infiltrasiya va o’tkazuvchanlik usulida og’riqsizlantirish usullarining birga qo’shilishidir. Operatsiya o’tkazadigan joyga novokain eritmasini bosim-kuch ishlatib to’qima oralig’iga yuborib infiltrasiya chaqiradi. Boshqacha qilib aytganda novokain eritmasi Operatsiya qilinadigan joyga bosim bilan majburiy yuboriladi (to’qima orasiga, to’qima ostiga). Bu usulda og’riqsizlantiruvchi moda chuqur borib, shu yerda joylashgan nerv tanasiga ta’sir etadi.
6. Veterinariya amaliyotida mahalliy og’riqsizlantirish usulini (patogeneticheskoy terapii) davolash maqsadi uchun keng ko’lamda qo’llash mumkin. Nervning tanasiga, ularning tugagan va nervning boshlanish qismlariga yuborilgan novokain eritmasi o’zining kuchli ta’sirini o’tkazadi.