6-mavzu. To’qimalarni birlashtirish.
To`qimalarni birlashtirishning umumiy prinsiplari. Xirurgik chok turlari: uzlukli choklar, uzluksiz choklar. Qo`llanilishi bo’yicha choklarning xarakteristikasi (yaqinlashtiruvchi, birlashtiruvchi, vaqtinchalik) holatiga qarab, ikkalamchi, kechiktirib quyilishi mumkin bo’lgan cho`kma choklar. Maxsus choklar: ichaklarga qo`llaniladigan (qo`llash xususiyatlari, prinsiplari va turlari). Pay, nerv, qon tomirlarni birlashtiruvchi choklar. Sintetik yelimlar yordamida to`qimalarni birlashtirish. Suyaklarni birlashtirish asoslari.
7-mavzu. Desmurgiya
Veterinariya xirurgiyasida desmurgiyaning ahamiyati. Bog’lamlar haqida tushuncha. Bog’lov materialining xarakteristikasi. Bog’lov materialining shakli, har xil bog’lamlar turlarining xarakteristikasi va bog’lash texnikasi. Bog’lamlar turkumlari: bog’lash texnikasi, bog’lov materiallarining qo`llaniladigan shakli va bajaradigan vazifasi bo’yicha. Hayvonlar tanasining har qismlariga qo`yiladigan maxsus bog’lamlar. Simchali bog’lamlar. Yelimli bog’lamlar. Qimirlamaydigan (immoblizasiya) bog’lamlar: shinali va gipsli. Gipsli bog’lamlarning turlari. gipsli bog’lamlarning bajarish texnikasi va olinilishi.
3-modul. Bosh, bo’yin va ko’krak soxasidagi operatsiyalar
8- mavzu. Bosh soxasining anatomo-topografik tuzilishi. Burun, shox va miyada o’tkaziladigan operasiyalar
Anatomo-topografik ma’lumotlar. Nervlarni og’riqsizlantirish.
Shoxda o’tkaziladigan operasiyalar. Buzoqlarning shoxlarini o`sishini oldini olish usullari. Mayda va yirik shoxli hayvonlar shoxini olib tashlash usullari.
9-mavzu. Tish, til va ko’zda o’tkaziladigan operasiyalar
Tishlarda o’tkaziladigan operasiyalar. Tishni sug’urib olish va ildizini urib chiqarish. Ko`z oblastidagi operasiyalar: anatomo-topografik ma’lumot. Ko`z qovog’ining buralib chiqishi va qaytishida operasiyalar. Ko`z soqqasini eksterpasiya qilish. Bosh miyada o’tkazilinadigan operasiyalar: anatomo-topograik ma’lumotlar. Qorako’l qo`ylarda senuroz kasalligini operasiya yo’li bilan davolash. Itlar tashqi quloq oblastidagi operasiyalar: anatomo-topografik ma’lumot. Turli zotdagi itlar quloq suprasining amputasiyasi
10-mavzu: Bo’yinning ventral qismida o’tkaziladigan operasiyalar
Anatomo-topografik ma’lumotlar. Otlarda va yirik shoxli mollarda kranial, kaudal, simpatik va yulduzsimon tugunlari blokadasi. Kekirdakni kesish texnikasi. Qizilungachni yorish. Bo`yinturuq vena rezeksiyasi. Kekirdak va uyqu arteriyasiga inyeksiyasi.
Ko`krak devori va ko`krak qafasida joylashgan organlarning anatomo-topografik ma’lumoti. Ko`krak devoridagi nervlarni o`tkazuvchan og’riqsizlantirish. Chegara simpatik tarmog’ini va qorin nervlarining plevra usti novokain blokadasi. Plevrosentez texnikasi. Qovurg’ani kesish texnikasi. Aortaning punksiyasi.
4-modul. Qorin soxasi, jinsiy va ayirish organlari hamda oyoqlardagi operatsiyalar 12- mavzu. Qorin sohasi anatomo-topografik tuzilishi. Qismlarga bo’linishi. Nervlarni og’riqsizlantirish. Laporatomiya va ruminotomiya.
Qorinning yonbosh va ventral devorini anatomo-topografik tuzilishi va qismlarga bo`linishi. Qorinning bo`shlig`idagi organlarning anatomo-topografik tuzilishi. Qorin nervlarini paravertebral va paralyumbal og`riqsizlantirish. Laparatomiya texnikasi. Oshqozon va oshqozonoldi bo’lmalardagi operasiyalar. Ruminosentez (katta qorinni teshish). Ruminotomiya (katta qorinni yorish).
Do'stlaringiz bilan baham: |